Authors

  • Bakiyev Zafar Abdushukurovich
  • Kamolov Mahmud Ahmadjon o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93533

Keywords:

Kalit so’zlari: Triotlon Suzish Yugurish Ironmen yugurish sakrash irgʻitish tosh koʻtarish suvda suzish.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada triatlonchilarni chidamliligini rivojlantirish usullari va metodlari haqida so’z boradi. Ironmen bu triatlon sport turining uzoq masofadagi shakli. Bu turdagi musobaqalarga qatnashishga yosh ahamiyatga ega emas, ammo sportchilar maxsus tibbiy ko’rikdan o’tishadi va bu masofalarni bosib utish uchun zarur sport anjomlari yaxshilab tekshiriladi. Suv harorati 14 gradusdan pas bo’lsa 5 mm qalinlikdagi gidrakastumlar kiyish shart buladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

188

188

TRIATLON SPORTIDA SUZISH VA YUGURUSHNING AHAMIYATI

1

Bakiyev Zafar Abdushukurovich

Oriental Universititi p.f.n. dotsent

2

Kamolov Mahmud Ahmadjon o’g’li

Oriental Universititi 1- kurs magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada triatlonchilarni chidamliligini rivojlantirish

usullari va metodlari haqida so’z boradi. Ironmen bu triatlon sport turining uzoq
masofadagi shakli. Bu turdagi musobaqalarga qatnashishga yosh ahamiyatga ega emas,
ammo sportchilar maxsus tibbiy ko’rikdan o’tishadi va bu masofalarni bosib utish
uchun zarur sport anjomlari yaxshilab tekshiriladi. Suv harorati 14 gradusdan pas
bo’lsa 5 mm qalinlikdagi gidrakastumlar kiyish shart buladi.

Kalit so’zlari:

Triotlon, Suzish, Yugurish, Ironmen, yugurish, sakrash, irgʻitish,

tosh koʻtarish, suvda suzish.


Triatlon (uchkurash) – multisport turi bo’lib, unda ishtirokchilar uch bosqichdan

uzluksiz ketma-ket o’tishi kerak bo’ladi: suzish, velopoyga va yugurish, ularning har
biri mustaqil bosqichli sport turi sanaladi. Triatlonning turli xil modifikasiyalari
mavjud bo’lib, ular tashkil etuvchi sport turlari va ketma-ketligi bilan ajralib turadi,
ammo hozirgi vaqtda eng ommabop va yagona Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgani
suzish, velosiped va yugurish bosqichini o’z ichiga oladi. Musobaqalar bir nechta
standart va ko’plab nostandart masofalarda o’tkaziladi.

Musobaqalar suzish bilan boshlanadi. Barcha ishtirokchilarning qirgʻoqdan,

pontondan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri suvdan (uzoq triatlonda) ommaviy starti mavjud.
Suv harorati past boʻlsa (odatda IRONMAN triatlon qoidalariga koʻra +24,5 ° C dan
yuqori boʻlmagan) qalinligi 5 mm gacha boʻlgan gidrokostyumlarga ruxsat beriladi.
Odatda suzish suzish mozlamasi va arqonlar bilan tortilgan uchburchak marshrut
boʻylab boradi. Marshrut uzunligini har bir oʻz istagicha qisqartirish uchun penalti
belgilanadi yoki diskvalifikasiya qilish mumkin. Sportchilar oʻzlari yoqtirgan har
qanday suzish uslubidan foydalanishlari mumkin, ammo eng samaralisi erkin (krol)
uslubidir.

Muntazam va izchil bajariladigan jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosini

tashkil etadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida tarkib topgan jismoniy mashqlar (odamning
mehnat, turmush, harbiy faoliyatidan olingan harakat va amallar asosida - yugurish,
sakrash, irgʻitish, tosh koʻtarish, suvda suzish va boshqalar) gimnastika, yengil atletika,
ogʻir atletika, harakatli va sport oʻyinlari, sport turizmi va hokazoni keltirib chiqardi.

Ilmiy asosda tanlangan jismoniy mashqlar barcha harakat organlarining

faoliyatini yaxshilaydi, mehnat qobiliyatini oshiradi. jismoniy mashqlar turlari toʻgʻri


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

189

189

va aniq tasnif qilinishni taqozo etadi. Shunda ulardan koʻzlangan samaraga erishish
mumkin.

Masalan, har xil usullar bilan suzish mumkin (krol, chalqancha va boshqalar),

biroq ba’zilar klassik usullarning birortasidan ham foydalanmasdan suzadilar.
Bajarilish usullarining samaradorligining individual fazilatiga, jismoniy tayyorgarlik
darajasiga hamda qoʻyilgan vazifalarga (masalan, agar uncha katta boʻlmagan
balandlikka arqonda tez chiqish kerak boʻlganda “bir qoʻlda” usulini qoʻllaydilar,
qattiq arqonda bitta usulni – kanatni oyoqlar bilan ushlash usulini qoʻllaydilar,
yumshogʻida – boshqasini) bogʻliq. Jismoniy mashqlar texnikasi muntazam ravishda
rivojlanadi: odatlangan texnika takomillashtiriladi, ba’zida esa usullar barham topadi,
yangilari tuziladi. Bu jarayon qator sabablar bilan belgilanadi:

1. Sport tayyorligi darajasiga talablarning muntazam oʻsayotganligi.
2. Harakatlar bajarilishining mukammallashgan usullarini uzluksiz izlash,

muvofiq tekshirishlar natijasi va rolining oshishi.

3. Yangi sport anjom-jihozlarining yuzaga kelishi.
Jismoniy mashq texnikasi yetakchi sportchilarning (muayyan vaqt uchun) harakat

bajarish usullarini amaliyotda tekshirish va ilmiy tahlil qilish, izlanish natijasidir.
Bunday zamonaviy texnika harakatni bajaruvchilarning barchasi uchun teng darajada
eng oqilona asosni aks ettiradi va shu sababli andozali texnika deb ataladi. Andozali
texnika bajarilishning ba’zi usullarida individual tuzilishi jihatidan chetga chiqishni
istisno qilmaydi. Texnikani individuallashtirish ikki yoʻnalish boʻyicha amalga
oshiriladi: individuallashtirishning bir xil andozali yoʻli boʻyicha, u standart texnika
chegarasida ayrim shaxslar guruhlari jismoniy tayyorgarligi va qomatning andozali
fazilati bilan muvofiqlikda oʻzgarishlar kiritiladi; insonning shaxsiy fazilatlarini
hisobga oluvchi maxsus individuallashtirish yoʻli boʻyicha sport-texnikaviy koʻnikma
aynan maxsus individuallashtirishning yuqori darajasini ham aks ettiradi (amaliyotda
uni “oʻz usuli” deb tavsiflaydilar).Texnikani individuallashtirishga asosiy e’tiborni
bolalarni harakatga oʻrgatayotgan vaqtda qaratish kerak.

Yugurish boshqichi boshlanishi vaqtida quloqchin, telefonlar va boshqa elektron

qurulmalardan foydalanish qat’iy taqiqlanadi. Masofa bosib o’tish jarayonida boshqa
odamlar yordam berishi, ko’p vaqt to’xtab qolishi mumkin emas. Bu harakarlar
diskvalifikatsiya bilan tugaydi. Triatlon sport turi O’zbekistonga Mudofaga
ko’maklashuvchi ‘’Vatanparvar’’ tashkiloti orqali 1994-yillar atrofida kirib kelgan va
rivojlana boshlagan. So’ngra triatlonda yana yangi bo’lim ‘’Duatlon’’ sport turi joriy
etildi. Unga ko’ra sportchilar yugurishlari, velik haydashlari va yana yugurishlari kerak
edi. Duatlon sport turini tashkel etishdan asosiy maqsan triatlon sport turi mavsumiy
bulganligi tufayli 1 yil mobaynida musobaqalar soni kam bulishi, sportchilarni bu sport
turiga qiziqishlani sussayishiga va ishtirokchilar soni kamayib ketishiga olib kelgani


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

190

190

sababli, duatlon har qanday ob-havo sharoitida o’tkaza olish mumkin bo’lgan sport
turi.

Harakat tizimi Yugurish-depsinish-uchish-yerga tushish Harakat fazalari 1, 2, 3,

4 Harakat qismlari Tayyorgarlik Asosiy Yakunlovchi Jismoniy mashqlarning davom
etishi va shiddatiga qarab organizmdagi oʻzgarishlar jarayonini koʻrsatuvchi fazalar.
SIQD- CHT - sport ish qobiliyati dinamikasi, charchash va uni tiklash. FFD -
organizmning ayrim tizimlarini funksional faollik dinamikasi. BMS - bioenergetik
moddalarning sarflash va tiklash dinamikasi. SS - superkompensatsiya samaradorligi.
Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun eng qulay
sharoit yaratishdan iborat. Masalan, yugurib borib sakrashda tayyorgarlik fazasi
yugurib borishdir. Joydan sakrashda – itarilish oldidan qoʻllarni silkitib va oyoqlarni
bukib depsinish asosiy faza harakatlaridan iborat, uning yordami bilan harakatning
asosiy vazifasi echiladi. Masalan, depsinish, joydan sakrash, uchish. Asosiy fazadagi
harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratilgan. Biodinamik
nuqtai nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli
joyda, tegishli yoʻnalishda va zarur lahzada toʻgʻri foydalanishdan iboratdir. Masalan,
krol usuli bilan suzishda qoʻllarni vaqtidan ilgari faol harakatlantirish gavdani suvdan
koʻtarishga va toʻlqin paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Soʻnggi fazada harakat
tugallanadi, obrazli qilib aytganda, bu faza ishchi holatdan chiqishga imkon beradi.
Sakrashlarda bu yerga qoʻnish, yugurishda marradan keyin bir oz yugurish boʻladi.
Asosiy faza texnikaning asosini tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan, qolgan ikkita
faza esa texnikaning detalini tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan amalga oshiriladi.

Ironmen bu triatlon sport turining uzoq masofadagi shakli. Bu sport turi 1987 –

yilda John Collins yaratilga. Ironmen so’zi ‘’ temir odam’’ degan ma’noni bildiradi.
Rostan ham 3.86 km (2.4 mil) suzish, 180.25 km (112 mil) veloseped haydash, 42.195
km (26.2 mil) yugurish har qanday odam ham utolmaydi. Bu uchun juda ko’p
chidamlilik, sabr-matonat zarurdir. Jahon miqyosida bo’lib utadigan sport turi
hisoblanadi. Bu turdagi musobaqalarga qatnashishga yosh ahamiyatga ega emas,
ammo sportchilar maxsus tibbiy ko’rikdan o’tishadi va bu masofalarni bosib utish
uchun zarur sport anjomlari yaxshilab tekshiriladi. Suv harorati 14 gradusdan pas
bo’lsa 5 mm qalinlikdagi gidrakastumlar kiyish shart buladi. Tarixda birinchi marotaba
2023 – yil O’zbekistonning Samarqand shaxrida ‘’CHALLENGE SAMARKAND we
are triathlon’’ nomli ironmen musobaqasi bulib utdi. Yurtdoshlarimiz faol ishtirok
etishdi va kuchli o’ntalikdan joy olishdi. Triatlon sport turi bilan hozirda hobbi sifatida
shug’ulanib keluvchilarning ham soni ortmoqda. Endilikda O’zbekiztonda triatlon ham
ommabop sport turiga aylanib kelmoqda.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

191

191

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarori

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston sportchilarini 2020 yil
Tokio (Yaponiya) shahrida o’tkaziladigan XXXII Olimpiya o’yinlari va XVI
Paralimpiya o’yinlariga tayyorlash haqida”gi PQ-2821-sonli Qarori 2017 yil 9
mart.

3.

A.M. Achilov, J.A. Akramov, O.V.Goncharova – “Bolalarning jismoniy jismoniy
sifatlarini tarbiyalash” -O’zDJTI- 2004y.

4.

N.J. Bulgakova Suzish.-M.: FiS, 2001y.

5.

K.B.Muxammadiyev R.R.Nijevyasova Jismoniy tarbiya va sport (suzish asoslari)
TOSHKENT – 2020 Darslik

6.

Nosirov Sardorjon. "Uzoq masofaga suzuvchilarda chidamlilikni oshirish uchun
vosita va usullar." Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and
Solutions". 2024.

7.

Jalilov U., Olimjonov, I., & Anvarov, D. (2024). Jaxonda va O‘zbekistonda og‘ir
atletika sport turining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi. Research and
implementation, 2(7), 150-156.

References

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarori

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio (Yaponiya) shahrida o’tkaziladigan XXXII Olimpiya o’yinlari va XVI Paralimpiya o’yinlariga tayyorlash haqida”gi PQ-2821-sonli Qarori 2017 yil 9 mart.

A.M. Achilov, J.A. Akramov, O.V.Goncharova – “Bolalarning jismoniy jismoniy sifatlarini tarbiyalash” -O’zDJTI- 2004y.

N.J. Bulgakova Suzish.-M.: FiS, 2001y.

K.B.Muxammadiyev R.R.Nijevyasova Jismoniy tarbiya va sport (suzish asoslari) TOSHKENT – 2020 Darslik

Nosirov Sardorjon. "Uzoq masofaga suzuvchilarda chidamlilikni oshirish uchun vosita va usullar." Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". 2024.

Jalilov U., Olimjonov, I., & Anvarov, D. (2024). Jaxonda va O‘zbekistonda og‘ir atletika sport turining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi. Research and implementation, 2(7), 150-156.