Authors

  • Ibrohimov Dostonbek Rustam o’g’li
  • Muhammadjonova Marjona Xabibullo qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93543

Keywords:

Kalit so’zlari: Jinoyat kodeksi jinoyat huquqi huquq sohasi qonunchilik sohasi demokratizim insonparvarlik prinsipi odillik prinsipi jinoyat huquqi fani huquqni muhifaza qiluvchi organlar huquqbuzalik belgilar insonparvarlik prinsipi.

Abstract

Annotatsiya: E’tiboringizga  havola etilayotgan ushbu maqolada jinoyat tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, uning qanday vujudga kelishi asoslari, belgilari va tasniflanishi haqida so’z borgan bo’lib, shu bilan birga hozirgi zamonaviy huquq tizimini tarkibiy qisimlari va predmeti, metodlari, vazifalarini keng asoslar orqali tushuntirilib o’tilgan, shu bilan birga jinoyatni osonlashtirish maqsadida jinoyat huquqi fani orqali keng yoritilib o’tilgan, jinoyatni ko’rib chiquvchi sud organi orqali amaliyotda qay tartibda amalga oshishni ko’satilinib o’tilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

129

129

JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI VA VAZIFALARI VA PRINSIPLARI

Ibrohimov Dostonbek Rustam o’g’li

Andijon davlat pedagogika instituti MG’MAHT

kafedrasi o’qituvchisi

Muhammadjonova Marjona Xabibullo qizi

Andijon davlat pedagogika instituti “Tarix” yo’nalishi

2-bosqich talabasi

Annotatsiya:

E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu maqolada jinoyat

tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, uning qanday vujudga kelishi asoslari, belgilari va
tasniflanishi haqida so’z borgan bo’lib, shu bilan birga hozirgi zamonaviy huquq
tizimini tarkibiy qisimlari va predmeti, metodlari, vazifalarini keng asoslar orqali
tushuntirilib o’tilgan, shu bilan birga jinoyatni osonlashtirish maqsadida jinoyat huquqi
fani orqali keng yoritilib o’tilgan, jinoyatni ko’rib chiquvchi sud organi orqali
amaliyotda qay tartibda amalga oshishni ko’satilinib o’tilgan.

Kalit so’zlari:

Jinoyat kodeksi, jinoyat huquqi, huquq sohasi, qonunchilik

sohasi, demokratizim, insonparvarlik prinsipi, odillik prinsipi, jinoyat huquqi fani,
huquqni muhifaza qiluvchi organlar, huquqbuzalik belgilar, insonparvarlik prinsipi.

Аннотация:

В этой статье дается определение понятия преступления,

рассматриваются основания, признаки и классификация его возникновения, при
этом подробно излагаются составляющие и предмет, методы, задачи
современной системы современного права, при этом широко освещается наука
уголовного права с целью облегчения совершения преступления, через судебный
орган, рассматривающий уголовное дело, указывается, в каком порядке оно
будет осуществляться на практике.

Ключевые слова:

Уголовный кодекс, уголовное право, отрасль

права,отрасль

права,

демократизм,

принцип

гуманности,

принцип

справедливости, наука уголовного права, правоохранительные органы, признаки
правонарушения, принцип гуманности

Annotation:

In reference to our work, this article describes the concept of crime

and talks about the basics, signs and classification of what kind of div it comes from,
at the same time explaining the current modern system of law through structural terms
and subject, methods, tasks on broad grounds ,at the same time it is widely covered by
the science of criminal law in order to facilitate

Keywords:

Criminal Code, Criminal Law, field of Law, Legislative Branch,

democratization, principle of humanism, principle of Justice, Science of criminal law,
law enforcement agencies, signs of infraction, principle of humanism


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

130

130

Kirish

O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy huquq tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan

jinoyat huquqi nafaqat huquqning alohida mustaqil sohasi sifatida o‘rganiladi. Shunga
ko‘ra,

jinoyat huquqi o‘zining predmeti, metodlari va vazifalari bilan boshqa huquqiy

fanlaridan alohida ajralib turadi.

«Jinoyat huquqi» tushunchasi bir necha ma’nolarda

qo‘llanilishi mumkin.

Masalan: 1) huquq sohasi; 2) qonunchilik sohasi; 3) fan sohasi;

4) o‘quv fanlari misol bo’la oladi.

Barcha huquq sohalari kabi jinoyat huquqining

asosini O‘zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum

e’tirof etgan normalari

orqali

tashkil etiladi. Jinoyat huquqi huquq sohasi sifatida ham

qonun ijodkorligi va huquqni

qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat qonunchiligi va

huquqiy munosabatlarni ham

o‘z ichiga oladi. Jinoyat huquqi O‘zbekiston

Respublikasi huquqiy tizimining ajralmas tarmog‘i bo‘lib, Oliy

Majlis tomonidan

o‘rnatilgan jinoiy javobgarlikning asoslari va prinsiplari, qanday

ijtimoiy xavfli

qilmishlar jinoyat ekanligi, jazoga sazovorligi, javobgarlikka tortish va

jazodan ozod

qilish asoslari va jinoyat huquqiga oid huquqiy ta’sir choralarini belgilovchi yuridik
normalar yig‘indisidan tashkil topgan deb aytsak bo’ladi .

«Jinoyat huquqi»

tushunchasining huquq sohasi hamda yuridik fan va o‘quv kursi sifatida

qo‘llanilishi

yagona normativ huquqiy jinoiy- huquqiy normalar tizimidan

iborat bo‘lgan amaldagi

jinoyat qonunida taqdim etiladi.

Jinoyat huquqi qonunchilik sohasi sifatida davlatning

oliy

qonun

chiqaruvchi organi

:

– Oliy Majlis chiqargan qonun va normalar yig‘indisini o’z ichiga oladi, u jinoiy

javobgarlik asoslari va prinsiplari, ayrim qilmishlarning jinoiyligi va jinoiy jazoga
loyiqligi, jinoiy javobgarlikka tortish va jinoiy jazodan ozod qilish asoslari va

meyorlari, jinoyat huquqiga oid ta’sirning jinoiy jazo hisoblanmaydigan hamda

jinoyat huquqiga oid munosabatlar doirasida ijobiy va ijtimoiy foydali xulq-atvorni

rag‘batlantiruvchi boshqa ta’sir choralarini qo‘llashni ta’minlaydi. Mazkur tushuncha

jinoyat huquqini huquq sohasi sifatida tushunishdan birmuncha torroq ma’noga ega

bo‘lib, davlat va jinoyatchi shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Bu
munosabatlar jinoyat

sodir etilishi bilan boshlanadi hamda sudlanganlikning olib

tashlanishi yoki jinoiy

javobgarlik va jazodan ozod qilish bilan tugaydi.

Jinoyat qonunining vazifasi o‘ta muhim ijtimoiy munosabatlarni qo‘riqlashdan

iborat bo‘lib, shu bilan birga ushbu vazifani bajarmay turib, qo‘yilgan maqsadga
erishish,

qo‘riqlanayotgan ijtimoiy munosabatlarga qilinadigan tajovuzlarning oldini

olish va

sodir etilgan jinoyat hamda uni sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga davlat

tomonidan o‘rnatilgan majburlov choralarini qo‘llash orqali ta’sir etish imkoniyatini

amalga oshirilmaydi. Shunday qilib, jinoyat qonunining qabul qilinishi jinoyat

huquqida ishlatiladigan boshqa tushunchalarga tuzatish kiritish va ularni yangicha
sharhlash imkonini beradi.

Jinoyat huquqi fan sohasi sifatida jinoyat


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

131

131

qonunlari, huquq va fan sohalarining

rivojlanish tarixi, amaldagi qonunlar, jinoyat

huquqiga oid normalarni qo‘llash

samaradorligi, xorijiy davlatlarning jinoyat huquqi

va qonunlari, xalqaro va jinoyat huquqi

normalari, jinoyat qonunlarini qo‘llashning

nazariy muammolari, jinoyat huquqi

sotsiologiyasi, jinoyat qonunlari, fuqarolarning

huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat

manfaatlariga xavf tug‘diruvchi xulq-avtorning

turli shakllari va boshqa shunga o‘xshash muammolarning kelib chiqish sabablari va
shartlari kabilarni o‘rganishga qaratilgan huquqiy qarashlar, tasavvurlar va g‘oyalar
yig‘indisidan iborat.

Jinoyat huquqi o‘quv fani sifatida ham qo‘llaniladi va u yuridik

mutaxassislikka oid

oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida tinglovchilar,

kursantlar va talabalarga

o‘rgatilib boriladi. Jinoyat huquqi fanining asosiy vazifasi

jinoyat qonunchiligini qo‘llashning,

keyinchalik uni takomillashtirishning amaliy va

nazariy muammolarini ishlab chiqish va

uning samaradorligini oshirish, shuningdek,

jinoyatga oid huquqiy siyosatni samarali amalga

oshirish uchun jinoyat qonunchiligini

kelajakda rivojlanishini ta’minlashdan iborat.

Jinoyat huquqi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar mazmuni

hisoblanadi. Jinoyat

kodeksining 2-moddasidagi vazifalarni shart qilib qo‘yadi. Jinoyat

huquqining

vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari hamda jamiyat va

davlat manfaatlari,

mulk, tabiiy muhit, tinchlik shuningdek, insoniyat xavfsizligini

jinoiy tajovuzlardan

qo‘riqlash, jinoyatlarning oldini olish va fuqarolarni O‘zbekiston

Respublikasining

Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni

amalga oshiradi. Bunday

ijtimoiy munosabatlar barcha huquqiy demokratik davlatlar

negizini talqin etilinadi. Bu

vazifani amalga oshirish uchun maxsus, aniqrog‘i,

qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni

tartibga solish orqali amalga oshiriladi hamda

u jinoyat qonuni bilan taqiqlangan

qilmishni sodir etish vaqtidan boshlab yuzaga

keladi. Davlat ayrim qilmishlarni man

etish yoki uni bajarishning majburiy ekanligini

ko‘rsatish orqali buzilishi salbiy

oqibatlarga olib keladigan hamda barcha fuqarolar va

jamiyat uchun muhim bo‘lgan

ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qiladi. Davlat va

jamiyatning asosini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz

qiladigan

shuningdek, ayrim qilmishlarga qat’iy taqiq o‘rnatish bilan birga, davlat huquq bilan

tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilariga aniq yuridik vazifalarni

yuklashdan iborat.

Davlatning jinoyat huquqi normalari bilan istalgan xulq-atvor turini ifodalash

orqali,

ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qiladi. Zero, u biror-bir huquqiy munosabat

subyektlariga aynan shunday xatti-harakat qilish yoki, aksincha, jamiyatga zid bo‘lgan

ba’zi qilmishlardan o‘zini tiyish majburiyatini yuklaydi. Basharti, jinoyat huquqiga oid

normalarda belgilangan talablariga rioya qilinmasa, u holda jinoyat huquqiga oid

qo‘riqlanadigan munosabatlarni yuzaga keltiradi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

132

132

Huquqiy munosabatlarning mazmuni, munosabat subyektlarining huquq va

majburiyatlari mazmunidan kelib chiqadi. Chunonchi, bular, bir tarafdan jinoyat

huquqiga oid normadagi qoida yoki taqiqdan iborat bo‘lsa, ikkinchi tarafdan sud

hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarga jinoiy javobgarlikni amalga

oshirish, jazo tayinlash yoki huquqiy ta’sirning boshqa choralarini qo‘llash vakolatini

beruvchi davlat hisoblanadi. Har bir alohida sharoitda huquq va majburiyatlar hajmi

turlicha bo‘lishini hisobga olgan holda, jinoyat huquqiga oid munosabatlar mazmunini

subyektlarining huquq va majburiyatlari majmui sifatida belgilash to‘g‘ri bo‘ladi.

Binobarin, davlat ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs bilan qonunga muvofiq

muomalada bo‘lish huquq va majburiyatiga ega, shaxs esa buni talab qilishi va u bilan

bo‘layotgan qonuniy muomalaga bo‘ysunishi lozimligini anglatadi.

Jinoyatlarning

oldini olish ham jinoyat huquqining asosiy maqsadidir. Mazkur vazifalar jinoyat
huquqiga oid taqiqdan kelib chiqadi hamda ba’zi

toifadagi shaxslarning jinoyat sodir

etishdan qaytarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Xulosa

Jinoyat huquqi predmetidagi maxsus ijtimoiy munosabatlarga jinoyat huquqiga

oid

tartibga soluvchi munosabatlar kirib, ular huquq beruvchi normalar asosida amal

qiladi

hamda haqqoniy, ijtimoiy foydali xulq- atvorni tartibga soladi. Huquq beruvchi

normalar Jinoyat kodeksi Umumiy qismining uchinchi bo‘limida belgilangan
bo‘lib,ular qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb nomlanadi.

Fuqarolarni

zaruriy mudofaa holatida ijtimoiy xavfli tajovuzlardan o‘zini,

boshqa shaxsni, davlat

va jamiyat manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ijtimoiy

xavfli qilmish sodir etgan

shaxsni ushlash, oxirgi zarurat, buyruq yoki boshqa vazifani

ijro etish, kasb yoki

xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik vaqtida zarar

yetkazish huquqini

beruvchi normalar ijtimoiy maqbul xulq-atvorni tartibga soladi.

Mazkur normalarning

bir qismi qonun oldida mas’uliyatli shaxslarni tarbiyalashi,

ularda jinoyat sodir etish yoki boshqa qonunga xilof xulq-atvorga murosa- sizlikni
shakllantirishi bois, ulkan

tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.
Ochilov X.R Jinoyat huquqi umumiy qism. O’quv qo’llanma 72-bet
Rustamboyev M.X, Tohirov F. Jinoyat huquqi umumiy qism O’quv uslubiy qo’llanma
T.; Yangi asr avlodi. 2002.-130-bet.
Usmonaliyev M. Jazo tayinlash. O’quv qo’llanma. T.; Yangi asr avlodi. 2003.-120-bet
Rustambayev M.X. O’zbekiston Resbuplikasi jinoyat huquqi kursi . Tom.3 Maxsus
qism. Shaxsga qarshi jinoyatlar .Darslik , 2-nashr To’ldirilgan va qayta ishlangan –T.;
o’zbekiston Resbuplikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institute , 2018.-412-bet.

References

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.

Ochilov X.R Jinoyat huquqi umumiy qism. O’quv qo’llanma 72-bet

Rustamboyev M.X, Tohirov F. Jinoyat huquqi umumiy qism O’quv uslubiy qo’llanma T.; Yangi asr avlodi. 2002.-130-bet.

Usmonaliyev M. Jazo tayinlash. O’quv qo’llanma. T.; Yangi asr avlodi. 2003.-120-bet

Rustambayev M.X. O’zbekiston Resbuplikasi jinoyat huquqi kursi . Tom.3 Maxsus qism. Shaxsga qarshi jinoyatlar .Darslik , 2-nashr To’ldirilgan va qayta ishlangan –T.; o’zbekiston Resbuplikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institute , 2018.-412-bet.