JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
120
120
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIGA QISQA MUDDATLI
GURUHLARDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH
Mahammadova Ozodaxon Sadriddin qizi
Andijon davlat pedagogika instituti maktabgacha
taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qisqa muddatli
guruhlar orqali 5-7yoshli bolalarni oʻrta taʼlim maktablariga tayyorlashga
qaratilgan.Qisqa muddatli guruhlar haftasiga bir necha marta har biri 2-3 soatdan
tashkil etilib bolalarning yoshiga va individual xususiyatlariga mos ravishda
tuziladi.Dars jarayonlari oʻyin mashqlar suhbatlar va amaliy topshiriqlar olib
boriladi.Bundan tashqari maqolada savodxonlikka tayyorgarlik,matematik fikrlarni
rivojlantirish,nutq madaniyati, ijtimoiy va psixologik tayyorgarlik kabi tushunchalar
yoritib oʻtilgan.
Kalit soʻzlar:
Maktabga tayyorgarlik, savodxonlikka tayyorgarlik, matematik
fikrlarni rivojlantirish, nutq madaniyati, ijtimoiy va psixologik tayyorgarlik, estetik va
ijodiy rivojlantirish, ota-onalar bilan hamkorlik.
Kirish.
Bolalar uchun maktabga tayyorgarlik-bu ularning taʼlimdagi
muvaffaqiyatini belgilovchi eng muhim bosqichlaridan biridir. Maktabgacha taʼlim
tashkilotlari oʻquvchilari uchun qisqa muddatli guruhlarda tayyorlov dasturlari
bolalarga nafaqat bilim, balki, ijtimoiy emotsional va psixologik koʻnikmalarini
rivojlantirish imkonini yaratadi. Ushbu jarayon bolalarni nafaqat oʻqish va yozishga
balki jamoada ishlash oʻz fikrini ifodalash masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish kabi
koʻnikmalarga ham tayyoylaydi.Maktabga tayyorlashda bolalar oʻzining yangi
hayotga, yangi muhitga kirishini boshlaydi.Bu esa ularning kelajakdagi
muvaffaqiyatlarga taʼsir koʻrsatadigan muhim davr hisoblanadi.
Maktabga tayyorlash jarayonida taʼlimni boshlashdan oldin bolalarning nutq
mantiqiy fikrlash ijtimoiy va psixologik tayyorgarlikni oʻz ichiga oladi.Bolalarga
koʻproq muhim bilimlar berilishining oʻzi shaxsiy rivojlanishiga oʻziga boʻlgan
ishonchining mustahkamlashiga ham alohida eʼtibor qaratish lozim.Bunday guruhlarda
tayyorgarlik koʻrsatishining maqsadi bolalarni nafaqat maktabning boshlangʻich
sinfini muvaffaqiyatli oʻtkazishga tayyorlash, balki ularni oʻz-oʻzini ifodalash qaror
qabul qilish va muolajalarni hal qilish kabi hayotiy koʻnikmalar bilan
taminlashdir.Bunday guruhlarda odatda 3oydan 6oygacha boʻlgan muddatda faoliyat
yuritib 6-
7yoshli bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlashni maqsad qiladi.
Qisqa muddatli guruhlarning asosiy afzalligi shundaki bu jarayon aniq maqsad va
metodikaga asoslangan boʻladi.Darslar mazmunan boy bolalarning yosh
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
121
121
xususiyatlariga mos va zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslangan
boʻladi.Qisqa muddatli guruhlarning oʻziga xosligi odatda 3oydan 6oygacha faoliyat
yuritadi.Darslar haftasiga 3-5marta har biri 2-3soatdan olib boriladi.Oʻquv dasturi
maxsus metodika asosida ishlab chiqilgan boʻlib quyidagi yoʻnalishlarni qamrab
oladi.Bular: Savodxonlikka tayyorgarlik.Bolalar harflarni tanish tovushlar bilan
ishlash boʻgʻinlarga ajratish sodda soʻz va gap tuzish koʻnikmalarni egallaydi.
Matematik fikrlashni rivojlantirish.Raqamlarni tanish sanash oddiy misollarni
yechish shakllar bilan ishlash tafakkurni rivojlantirishga doir topshiriqlar bajariladi.
Nutq madaniyati bu toʻgʻri talaffuz oʻz fikrini erkin va aniq ifoda etish dialog
qurish savollarga javob berish va hikoyalar tuzish koʻnikmalari rivojlanadi
Ijtimoiy va psixologik tayyorgarlik deganda guruhda ishlash navbat kutish
muammolarni hal qilish,oʻzini tutish madaniyati emotsiyalarni boshqarish oʻrgatiladi.
Estetik va ijodiy rivojlantirish bu rasm chizish ranglarni ajratib koʻrsatish qogʻoz
bilan ishlash musiqa va raqs orqali estetik did va ijodkorlikni rivojlantirishga etibor
qaratiladi.
Ota onalar bilan hamkorlik.Bolani maktabga faqat maktabgacha taʼlim
tashkilotlari zimmasida emas balki ota onalar ham faol ishtirok etishi lozim.Buning
uchun pedagoglar tomonidan ota onaga tavsiya beriladi, individual suhbatlar
oʻtkaziladi, oʻquv jarayoni haqida muntazam maʼlumot beriladi, ota onalar bilan
seminar va treninglar tashkil etiladi.Bazi qisqa muddatli guruhlarda muammolar
kuzatiladi.
Ular:
bolalarning
maktabga
nisbatan
psixologik
tayyorgarligi
yetishmasligi,ota onalarning ushbu jarayonga boʻlgan befarqligi, tajribali
mutaxassislarning yetishmasligi, metodik vositaning zamonaviy emasligi kabilar
kiradi Bunday holatlarning oldini olish uchun tizimli yondashuv pedagoglarni malaka
oshirishi ota onalar bilan koʻproq ishlashi shuningdek texnologik vositalaridan keng
foydalanish lozim .Qisqa muddatli guruhlarning yana bir muhim jihati bu guruhlar bir
tomondan yosh oilalarga qulaylik tugʻdiradi yani ularga moliyaviy yengillik beradi.
Eng muhimi esa bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrovi oshib boshlangʻich
sinflarda oʻquvchilar orasidagi tavofudga barham beriladi.Yana muhim jihatlaridan
biri maktabgacha taʼlim tashkilotlarigi bolalarning intellektual qobiliyatini
rivojlantirish boʻyicha zarur didaktik oʻyin va oʻyinchoqlar bilan taʼminlanishi kichik
kutubxonalarning tashkil etilishidir.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2017-2021-yillarda maktabgacha taʼlim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorining qabul
qilinishi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning qalbida ilm tarbiya sport bilan
shugʻullanishga boʻlgan ilk tasavvurlarni shakllantiradigan ularning maʼnaviy yetuk
jismonan barkamol boʻlib ulgʻayishlariga mustahkam poydevor yaradigan shaxs
kamolotida debocha vazifasini bajaradigan mumkin hujjat boʻlib xizmat qilishi
Sogʻlom ona va bola yili davlat dasturida maktabgacha taʼlimni har tomonlama
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
122
122
takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilgani tizimda faoliyat olib borayotgan barcha
pedagog metodist tarbiyachilar zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydi.Dasturda
Sogʻlom bolani voyaga yetkazishda taʼlim tizimining roʻlini kuchaytirish maktabgacha
taʼlim tashkilotlari tarmogʻini yanada rivojlantirish boshlangʻich taʼlimning yuqori
sifatini taʼminlab zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan
oshirish sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish
vazifalarini belgilaydi.
Oʻyin maydonchalari tashkil etish maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududini
obodonlashtirish va atrofni oʻrash BMTning vazifasi hisoblanadi.Nodavlat
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish bolalarni maktabga tayyorlash va har tomonlama kamolga yetkazish boʻyicha
qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur.Jumladan:
Bolalar maktabgacha taʼlim va boshqa tegishli tashkilotlar uchun sotib olinadigan
jihozlar mebellarga talablar va standartlarni rivojlangan mamlakatlarda toʻplangan
ilgʻor tajribani hisobga olgan holda tubdan qayta koʻrib chiqish eng avvalo jihozlarning
ergonomikligi qoʻllashga qulayligi va foydalanish uchun xavfsizligi uzoq muddat
qoʻllashga yaroqliligi zararsiz materiallardan tayyorlangani va energiya tejamkor
samarali texnologiyalardan foydalanilganida eʼtibor qaratish;
Bolalarda mantiqiy fikrlash hamda matorikani erta rivojlantirish maqsadida 2016-
2018-yillarda 3000ta maktabgacha taʼlim tashkilotini koʻrgazmali qurollar didaktik
materiallar jamlanmasi oʻyin va sport faollik markazlari oʻquv metodik materiallar va
50 nomdagi badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash;
Maktabgacha taʼlimga qamrab olinmagan 3-6yoshli bolalarni oilada maktabga
tayyorlash maqsadida maktabgacha yoshdagi farzandlari bor 200 ming oilani 7
nomdagi ertak va sheʼrlar toʻplami ota onalar uchun bolalarni maktabga tayyorlovchi
qoʻllanmalar bilan taʼminlash maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maktabgacha
taʼlimga qamrab olinmagan bolalar uchun "Sogʻlom ona va bola yili"davlat dasturida
tashkil etilgan "Zumradoylar davrasi" toʻgaraklari mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha
metoʻdik qoʻllanmalar bukletlar ishlab chiqish va nashr etish lozim.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisida
nizomlar.
1-BOB.
Umumiy qoidalar.
1.Ushbu Nizom maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi
bolalar qisqa muddatli guruhlari maqsadlari vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibi
belgilaydi.
2.Qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha taʼlim tashkilotlari ustavi bilan
tartibga solinadi.
3. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha taʼlim tashkilotiga bormaydigan
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
123
123
bolalarning toʻloqonli kamol topishini taminlash, ularni tengdoshlari va kattalar
davrasida moslashtirish uchun moʻljallangan.
4.Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli
guruhlarda bolalarning boʻlishi uchun toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan
miqdorlarda amalga oshiriladi.
5. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli
guruhlarda bolalarning boʻlishi uchun toʻlov muassis tomonidan belgilanadigan
narxlar va tariflar boʻyicha belgilanadi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar
mustasno.
2-BOB.
Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari va vazifalari.
6.Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari bolalarning maktabgacha taʼlimga toʻliq
jalb etilishi va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalar maktabgacha
taʼlim olishga teng imkoniyatlardan foydalanishini taʼminlashdan iborat.
7.Qisqa muddatli guruhlarning asosiy vazifakari quyidagilardan iborat:
- bolaning jismoniy, aqliy va manaviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash;
- bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish,
bolaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini
taminlash;
- bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va oʻqitishda oilaga har tomonlama
yordam berish;
- bolalarning bilim orttirishini , ijtimoiy shaxsiy, badiiy estetik va jismoniy kamol
topishini taminlash;
3-BOB.
Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish,ularga qabul qilish va ularni
toʻldirish tartibi.
8.Qisqa
muddatli
guruhlar
maktabgacha
taʼlim
tashkilotlarida
foydalanilmaydigan xonalar boʻlganda tashkil etiladi.
9.Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlarga bolalar
ularning ota onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi va bola
sogʻligʻi holati terisidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.
10.Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar
quyidagilar asosida qabul qilinadi:
- bolaning qonuniy vakili arizasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan
tartibda vakolatli organ bergan yoʻllanma;
- bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma.
11.Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar oʻz
faoliyatini davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi asosida amalga
oshiradi.
12.Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar oʻz
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
124
124
faoliyatini bolaning qonuniy vakillari bilan shartnoma asosida amalga oshiradi.
13.Bitta xonada koʻpi bilan 3 ta qisqa muddatli guruh faoliyatini uchta smenada
tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
14.Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga javob beradigan
xonalarida tashkil etiladi.
15 Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 3
yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
16.Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarigi qisqa muddatli guruhlarga 2
yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
17.Qisqa muddatli guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan
toʻldirilishi mumkin.
18.Bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha taʼlim
tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va:
- bola qonuniy vakilining arizasi boʻyicha;
- tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha;
- bola maktabgacha taʼlim tashkilotining toʻliq kunli guruhiga joylashtirilganda
amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy
vakillari maktabgacha taʼlim tashkilotiga yoʻllanma olgan kundan boshlab 14 kun
ichida maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbarini xabardor qilishi kerak.
19. Qisqa muddatli guruhlarning ishlash tartibi maktabgacha taʼlim tashkilotining
ustavida va bolaning qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
20. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning
quyidagi turlari faoliyat koʻrsatishi mumkin:
- rivojlantirish guruhi;
- bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi;
- inklyuziv guruh;
- kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.
Xulosa.
Qisqa muddatli guruhlar orqali bolalarni maktabga tayyorlash- bu
kelajakdagi oʻquv muvaffaqiyatlarni taʼminlashga qaratilgan muhim jarayondir.Bu
jarayon bolalar uchun nafaqat bilim balki ijtimoiy va emotsional tayyorgarlikni ham
oʻz ichiga oladi. Taʼlim tarbiya sohasida oʻtkazilayotgan chuqur oʻylangan islohotlar,
avvalo,ong va tafakkurdagi ijobiy oʻzgarishlarga yoʻl ochib pirovardida xalq
madaniyati takomilida hal qiluvchi ahamiyat kasb Shunday qilib qisqa muddatli
guruhlarni tashkil etish ularning metodikasini yanada takomillashtirish va
samaradorligini oshirish zamonaviy taʼlim tizimning muhim vazifalardan boʻlib
qoladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
125
125
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Djanpeisova G.E.Modern aspects of mathematics education of preschool
children /Methodical aid.T.:TSPU named after Nizami,2017.- 106 p.14.
2 Kodirova R.M.Maktabgacha yoshdagi bolalarda diologik nutqni rivojlantirishning
ruhiy omillari.- Sariogoch 1998 yil.
3. Qodirova F.Sh. Toshpoʻlatova ,N.Kayumova ,M.Azamova , Maktabgacha
Pedagogika Toshkent 2019.
4. Xasanboeva , O.va boshqalar. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi.
Oʻquv qoʻllanma. 2007-yil.
5.
Xasanboeva O.umumiy tahriri ostida,Oila pedagogikasi Gʻ.-T.:Aloqachi,2007.-383
b.
6.
Sodiqova Sh.A "Maktabgacha pedagogika". Tafakkur sarchashmalari "T:. 2013 y.