JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
62
62
INKLYUZIV TA’LIMNING XALQARO VA
O`ZBEKISTONDAGI HUQUQIY ASOSLARI
Iskandarova Oqiljon Shavkat qizi
Andijon davlat pedagogika instituti milliy go‘ya,
ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning mazmun-
mohiyati va xalqaro hamda milliy darajadagi huquqiy asoslari taxlil qilinadi. Inklyuziv
ta’lim nogironligi bo`lgan va maxsus ehtiyojga ega shaxslar uchun umumiy ta’lim
muhititida teng sharoitlar yaratish g’oyasiga asoslanadi. Maqolada BMT, YUNESCO,
kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar muhim hujjatlar, jumldan,
‘‘Nogironlar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya’’ va ‘‘Salamanka deklaratsiyasi’’
asosida ta’limdagi inklyuzivlik tamoyillari yoritilgan. Shuningdek, O’zbekistonda
so’nggi yillarda qabul qilingan qonun
va qarorlar jumladan, ‘‘Nogironligi bo’lgan
shaxslar to’g’risida’’gi Qonun hamda ‘‘Ta’lim to’g’risida’’gi Qonun doirasida
inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ochib
berildi. Maqola inklyuziv ta,limni huquqiy asosda rivojlantirish borasidagi xalqaro
tajriba va milliy yondashuvlarning o`zaro bog‘liqligini tahlil qilishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
YUNESKO, Global, Inklyuziv, huquq, deklaratsiya, farmon,
qaror, prezident, konvensiya, ratifikatsiya.
Аннотация:
в этой статье анализируется концепция инклюзивного
образования, его содержания и юридической основы международного и
национального уровня. Идея создания равных условий для создания неравных
условий, которые являются инвалидностью инклюзивного образования и
являются специализированной личностью, основана на создании равных
условий. В статье подчеркиваются принципы включения в образование на
основе важных документов, включая Конвенцию о правах инвалидов, и «в статье
в статье». В последние годы в последние годы Узбекистан также был обнаружен
о разработке людей с ограниченными возможностями в развитии инклюзивного
образования в рамках исследования. Статья служит для анализа связей
международного опыта и национальных подходов к юридическому развитию
литературы, литературной.
Ключевые слова:
ЮНЕСКО, Глобальный, Инклюзивный, Закон,
Декларация, Указания, Конвенция, Конвенция, Ратификация.
Annotation:
In this article, the concept of inclusive education, its content and
the legal basis of international and national levels is analyzed. The idea of creating
equal conditions for creating unequal conditions, which is a disability of inclusive
education and are specialized personality, is based on the creation of equal conditions.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
63
63
The article highlights the principles of inclusion in education on the basis of important
documents, including the Convention on the Rights of Disabled, and '' on the article in
the article. In recent years, in recent years, Uzbekistan has also been discovered on the
development of persons with disabilities in the development of the Inclusive Education,
within the framework of the study. The article serves to analyze the connections of the
international experience and national approaches to the legal development of the
literature, literary.
Keywords:
UNESCO, global, inclusive, law, declaration, decrees, convention,
convention, ratification.
KIRISH
Bugungi
kunda jamiyatda barcha qatlam vakillarining teng huquqli ta’lim
olishiga imkon yaratish masalasi global miqyosda dolzarb mavzulardan biri
hisoblanadi. Xususan, inklyuziv ta’lim- bu nogironligi bo‘lgan bolalar, maxsus
ehtiyojga ega shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar hamda boshqa turli
sabablarga ko‘ra ta’lim olishda to‘siqlarga duch kelayotgan shaxslar uchun umumiy
ta’lim muhitida o‘qish imkonini beruvchi yondashuvdir. Bunday tizim har bir
insonning individual ehtiyojlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda, ularni jamiyat
hayotiga to‘liq jalb etishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston Resbublikasida ham oxirgi yillarda ta’lim tizimini modernizatsiya
qilish va uni barchaa uchun ochiq, adolatli qilish bo‘yicha muhim islohotlar olib
borilmoqda. ‘‘Ta’lim to‘g‘risida’’ gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar, Prezident
farmon va qarorlari orqali inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda.
Bugungi kunda Respublika bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni
bo‘lgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 21,2
ming nafar, 21 ta sanatoriya turidagi maktab internatlari 6,1 ming nafar o‘quvchilar
ta’lim-tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan 13,3 ming
nafar o‘quvchilar uyda yakka tartibda o‘qitiladi.
ASOSIY QISM
Inkyuziv ta’lim alohida yordamga muxtoj bolalar me’yorida rivojlanishdagi
bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlaydi. Shuning
uchun ham ahamiyatlidir. BMT tomonida 1948 yilda qabul qilinga-inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasida-ta’lim olish har bir insonning asosiy va ajralmas huquqi
ekanligi alohida e’tirof etilgan.
-
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi barcha insonlarning huquq va
erkinliklarini kafolatlar ekan, bu Deklaratsiyaning barcha bandlari maxsus ehtiyojli
insonlarga ham tegishliligi aniqlandi.
Nogiron shaxslarning huquqlarini yanada mustahkamlash va kafolatlash
maqsadida BMT 1975-yilda Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiyani
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
64
64
qabul qildi. Mazkiur Deklaratsiyada ta’kidlanishicha: - Nogironlar shaxsiyatini hurmat
qilish huquqi ularda tug‘ilishi bilan mavjud bo‘ladi. Nogironlikning kelib chiqishi,
tabiat va jiddiylik darajasidan qat’iy nazar, fuqaro o‘z yoshidagi tengdoshlari bilan bir
xul huquqlarga egadirlar, shu bilan birga ular mumkin qadar to‘laqonli yaxshi hayot
kechirish huquqiga ham ega (Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya ,
3-modda). Xuddi shunday bolalarni huquqlarini muxofaza qilish maqsadida BMT
1989-yilda Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyani qabul qildi. Bollar huquqlari
to‘g‘risidagi Konvensiya bolalarning huquqlarini hamma joyda himoylash maqsadida
ishlab chiqilgan inson huquqlari borasidagi xalqaro shartnoma hisoblnadi. U qariyb
butun jahon mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan 191 mamlakat ko‘ngilli
tarzda zimmalariga Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarni ma’muriy
qonunchilik, sud va boshqa chora – tadbirlar yordamida hayotga tatbiq etish
majburiyatini oladilar. Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvetsiya kompleks va ko‘p
qirrali xarakterda bo‘lib, bu barcha bolalar uchun inson huquqlarining fuqarolik,
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy singari jabhalarni ta’min etadigan yagona
Konvensiyadir.
Salamanka Bayonoti va ish faoliyati rejasida
–
Ta’lim
hamma uchun shiori
ilgari surilmoqda. – Ta’lim hamma uchun shiori deganda nogiron bo‘lgan yoki jamiyat
ichida ajratib qo‘yilgan guruhlardan kelib chiqqan bolalarning ham tenghuquqlilik
asosida ta’lim olishlari tushuniladi .
Ushbu xarakter rejasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, asoslanadigan muhum
tamoyili quyidagilardan iborat:
-
Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emotsional, tilidagi yoki boshqa
nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi kerak. Ularga ruhiy va
jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bolalar, ko‘chmanchi xalqlarga tegishli
bo‘lgan bolalar, etnik yoki madaniy kamchikni tashkil etgan oilaning bolalari kiradi (
Harakat Rejasiga kirish 3-chi band).
Salamanka Bayonoti va ish faoliyati Rejasida maxsus ehtiyojli bolalarga
umumta’lim tizimini sharoitida inklyuziv ta’lim berish lozimligi alohida ta’kidlanb,
har bir bolaning boshqalarnikiga o‘xshamagan o‘z ehtiyojlari mavjudligi, shunigdek,
har bir bola yashash joyiga yaqin bo‘lgan maktabga borish huquqiga egaligi alohida
ta’kidlab o‘tilgan. Bunday maktablarning asosiy maqsadi barcha bolalarga samarali
ta’lim beribgina qolmay, maxsus ehtiyojli bolalarga nisbatan inklyuziv va iliq
munosabatli jamiyat yaratib berishdir.
YUNESKO tomonidan olib borilayotgan global tashabbuslar ham inklyuziv
ta’limni rivojlantirishda asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. ‘‘Ta’lim barchaga’’
g‘oyasi doirasida har bir bolaga, uning ehtiyojlaridan qat’i nazar, teng sharoitda ta’lim
olish imkonini yaratish xalqaro siyosatga aylangan. O‘zbekiston ham ushbu xalqaro
me’yor va standartlarga mos ravishda o‘zining milliy qonunchiligini va ta’lim tizimini
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
65
65
takomillashtirish yo‘lida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda
yurtimizda bir nechta maktabgacha va umumta’lim muassasalari inklyuziv tizim
asosida faoliyat olib bormoqda. Bunda YUNISEF, JICA kabi xalqaro
tashkilotlariningtexnik va medodik yordami katta ahamiyatga ega.
XULOSA
Inklyuziv ta’lim – zamonaviy jamiyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Har bir
shaxsning teng huquq asosida sifatli ta’lim olishini ta’minlaydi. Xalqaro huquqiy
hujjatlarda o‘z aksini topadi. Xususan, BMT, Yunesko, YUNISEF va Inson huquqlari
deklaratsiyasini misol qilib olish mumkin. Bu tashkilotlar tashabbuslari inklyuziv
ta’lim tamoyillari global miqyosida qo‘llab quvvatlanmoqda. O‘zbekistonda ham
inklyuziv ta’limga va bolalar huquqlarga, imkoniyati cheklanganlarni o‘qitishga katta
ahamiyat berilmoqda. Bu borada ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Mening xulosam
shuki, inklyuziv ta’lim bu faqat ta’lim shakli emas, balki insonparvarlik, bag`rikenglik
va ijtimoiy birdamlik g‘oyalarini ifoda etuvchi tizim deb hisoblayman.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi;
3.
Inklyuziv ta’lim va Gospital pedagogika o‘quv uslubiy majmua;
4.
hppts://slideplayer.fr
5.
hpps://oefen.uz