Authors

  • Yusufjonova Zebo Muzaffar qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93563

Keywords:

Kalit so’zlar: Bola xotira idrok ong qobiliyat diqqat eslab qolish.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda xotira jarayonlari va uning rivojlanishining psixologik, pedagogik jihatlari yoritiladi. Xotiraning shakllanish bosqichlari, uning samaradorligini oshirish usullari va bolalarda eslab qolish qobiliyatini rivojlantirishga oid tavsiyalar taqdim etiladi. Ushbu tavsiyalar orqali bola xotirasini yaxshilash uchun amaliy yondashuvlar ko‘rsatilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

48

48

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA XOTIRA VA UNING

RIVOJLANISHI, SAMARALI YONDASHUV VA AMALIY TAVSIYALAR

Yusufjonova Zebo Muzaffar qizi

Qo’qon universiteti Andijon filiali

Ijtimoiy-gumanitar va pedagogika fakulteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi

1-bosqich 1-guruh talabasi

Gmail: Zebo06.2207@gmail.com

Telefon raqam:+998 91 878 86 67

Annotatsiya:

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda xotira

jarayonlari va uning rivojlanishining psixologik, pedagogik jihatlari yoritiladi.
Xotiraning shakllanish bosqichlari, uning samaradorligini oshirish usullari va bolalarda
eslab qolish qobiliyatini rivojlantirishga oid tavsiyalar taqdim etiladi. Ushbu tavsiyalar
orqali bola xotirasini yaxshilash uchun amaliy yondashuvlar ko‘rsatilgan.

Kalit so’zlar:

Bola, xotira, idrok, ong, qobiliyat, diqqat, eslab qolish.

Аннотация:

В статье рассматриваются психолого-педагогические аспекты

процессов памяти и ее развития у детей дошкольного возраста. Представлены
этапы формирования памяти, методы повышения ее эффективности, а также
рекомендации по развитию памяти у детей. Эти рекомендации предлагают
практические подходы к улучшению памяти ребенка.

Ключевые слова:

Ребенок, память, восприятие, сознание, способность,

внимание, запоминание.

Annotation:

This article discusses the psychological and pedagogical aspects of

memory processes and its development in preschool children. The stages of memory
formation, methods for improving its effectiveness, and recommendations for
developing children's memory skills are presented. These recommendations provide
practical approaches to improving a child's memory.

Keywords:

Child, memory, perception, consciousness, ability, attention,

remembering.


XX asrning 90-yillarida psixologiyada “kognitiv ta’lim”* yo’nalishi paydo

bo’ldi. Mazkur yo’nalish doirasida kognitiv ta’limning individual metod va uslublarini
ishlab chiqish, tafakkur jarayonini faollashtirish, ijodiy qobiliyatlarini diagnostika
qilish, bolalar va kattalar ijodiy qobiliyatlari, yashirin salohiyatlarini ruyobga chiqarish
muammolari o’rganildi. Bugungi kunga kelib bu yo’nalish ta’lim yondashuvi
rivojlanayotgan bo‘lsa-da, maktabgacha yoshdagi bolalarning xotira va tafakkur
jarayonlariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti. Aksincha, tezkor natijaga


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

49

49

erishishga intilish natijasida bolalarning eslab qolish, diqqatni jamlash va mustaqil
fikrlash qobiliyatlari ikkinchi darajaga surilmoqda. Ushbu maqola davomida
maktabgacha yoshdagi bolalarda xotira, diqqat va bilish faoliyatini rivojlantirishga
xizmat qiladigan samarali amaliy tavsiyalar beriladi.

Maktabgacha bo’lgan yosh davri yoki bog'cha yosh davri 3 yoshdan 7

yoshgacha bo’lgan davrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrdagi bolalarda sezgi, idrok,
diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal
kechadi. Ulardan biri ongning eslab qolish qobilyati ya’ni xotira. Xotira deganda idrok
etilgan narsa va hodisalarni yoki o'tmish tajribalarini esda qoldirish va zarur bo’lganda
tiklashdan iborat psixik jarayon tushuniladi. Xotira kabi bilish jarayoni eslab qolish,
saqlash, keyinchalik tanib olish va ilgari o'rganilgan narsani qayta ishlab chiqarishdan
iborat. Shuni ta'kidlash kerakki, xotira ta'lim va tarbiya, bilim olish, shaxsiy tajriba va
ko‘nikmalarni shakllantirishning asosi hisoblanadi. Bog’cha yoshidagi bolalarda xotira
asosan idrok etishda ko’zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilarga asoslanadi, misol
uchun, rang-barang o’yinchoqlar yoki turli tuman rasmlar bilan tasvirlangan ertak
kitoblar ko’proq e’tiborini tortadi va shu tarzda bola xotirasi shakllana boshlaydi.

Xotira jarayonlari:

1)Esda olib qolish;
2)Oz'lashtirilgan ma’lumotni esa saqlash;
3)Esga tushurish va tanish;
4)Unutish.
Bola 3–4 yoshga yetganda atrof-muhitdan olingan ma’lumotlarni esda olib qolish

qobiliyatiga ega bo'la boshlaydi. Esda qolgan ma’lumotlar kop'roq shaxsiy tajribalarga
taalluqli bo'lib, ular hali to'liq o'zlashtirilmagan bo‘ladi. Bola ma’lum bir voqeani eslab,
o'z so'zlari bilan esga tushirish va oddiy tanishish darajasida ifodalay oladi. Unutish
esa nisbatan tez yuz beradi, chunki esda qolgan voqealar chuqur mustahkamlanmagan
bo‘ladi.4–5 yoshdagi bolada esda olib qolish qobiliyati kuchayadi va u ma’lumotlarni
yanada chuqurroq o‘zlashtira boshlaydi. Voqealarni batafsilroq esga olish va ketma-
ketlik asosida hikoya qilish imkoniyati rivojlanadi.

Bola o‘z tajribalarini xotiradan esga tushurish va atrofdagi voqealarni tanish

orqali tahlil qila oladi. Shunga qaramay, o‘rganilgan ma’lumotlar hali mustahkam
xotira zaxirasiga to‘liq joylashmaganligi sababli ayrim tafsilotlar vaqt o‘tishi bilan
unutilishi mumkin. Bola 5–6 yoshga kelib, esda olib qolish, o‘zlashtirish va esga
tushurish jarayonlari yanada tizimli shaklga kiradi. U endi ma’lumotlarni ongli
ravishda o‘zlashtirib, uzoq muddatga eslab qoladi. Bola voqealarni mantiqiy bog‘liq
tarzda esga tushurish va tafsilotlar asosida tanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yoshda
unutish nisbatan kamayadi, chunki xotirada mustahkam asoslangan bilim va tajribalar
shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda yetakchi faoliyat o’yin ekanligini
hisobga olsak, ularda xotira jarayonlari asosan o’yin faoliyati davomida


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

50

50

rivojlanadi.Shuning uchun ularga o’yinlar orqali qiziqarli tarzda eslab qolishni
yaxshilovchi, xotirani rivojlantiruvchi va diqqatni rivojlantiruvchi metodikalardan
foydalanish samarali natija beradi.Quyida bog’cha va maktab yoki uyda bajarish
mumkin bo’lgan rivojlantiruvchi o’yinlar keltirildi:

1."Tezkor topish" o‘yini

Bu o‘yin bolalarning vizual xotirasini va tezkor fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishga qaratilgan. Dastlab bolaga bir necha daqiqa davomida turli xil
buyumlar (masalan, o‘yinchoqlar, geometrik shakllar, mevalar) ko‘rsatiladi. So‘ngra
buyumlar berkitiladi va bolaga topshiriq beriladi: eslab qolgan buyumlarning nomini
aytish yoki ular orasidan ma'lum birini tezda topib ko‘rsatish.Ushbu mashq bolada
kuzatuvchanlik, eslab qolish va tezda to‘g‘ri javob berish ko‘nikmalarini
shakllantiradi.

2. "Ketma-ket harakatlar" mashqi

Bolaga ketma-ket harakatlar ketma-ketligi ko‘rsatib beriladi, masalan: "qo‘lni

ko‘tarish – chapga burilish – sakrash – pastga egilish." Bola bu harakatlarni eslab,
to‘g‘ri tartibda bajarishi kerak bo'ladi. Dastlab harakatlar soni kam bo‘ladi, keyinchalik
esa ularni asta-sekin ko'paytirsa bo'ladi.Mazkur mashq bolada eslab qolish, harakatni
rejalashtirish va motorik xotirani rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

3. "Raqamli poezd" o‘yini

Pol ustiga yoki qog‘oz ustiga raqamlar yozgan vagonchalar rasmi (masalan, 1 dan

10 gacha). Tarbiyachi ma’lum ketma-ketlikni aytadi (masalan, 2-4-7), bola esa shu
raqamli vagoncha ustiga to‘g‘ri tartibda sakrashi kerak bo'ladi.Bu o‘yin bolada raqamli
ketma-ketlikni eslab qolish, tanani boshqarish va muvozanatni saqlash ko‘nikmalarini
kuchaytiradi.

Bu kabi amaliy mashg’ulotlar bolalarda diqqat va xotira kabi kognitiv

qobilyatlarini rivojlantiribgina qolmay, sezgi a’zolari- ko’rish, eshitish, harakatlarini
ham yaxshi shakllantirishga yordam beradi.Shuningdek, ma’lumotlarni idrok qilishda
sezgi organlari qanchalik ko’p ishtirok etsa ma’lumot shunchalik tez va puxta esda
qoladi.Bu haqda mashxur rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiyning quyidagi gaplari
juda ham o’rinlidir.”Bolaning esida biror narsaning mahkam o’rnashib qolishini
xohlovchi pedagog, bola sezgi organ, muskul sezgisi va hatto, iloji bo’lsa hidlash va
ta’m bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi
kerak”.

Kognitiv ta’lim* (lotincha: cognitiо "idrok", "bilish“ ma'nolarini anglatib—

tafakkur, tasavvur, va xotira orqali ongni rivojlantirishga qaratilgan ta'limiy
yondashuv)




background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

51

51

Foydalanilgan adabiyotlar:

1) S.X.Jalilova, S.M.Aripova “

Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Toshkent-2013.
2) Z.T.Nishanova, G.K.Alimova, A.G’.Turg’unboeva, M.X.Asranboeva “

Bolalar

psixologiyasi va psixodiagnostikasi

” Toshkent-2017.

3) Z.Nishanova, G.Alimova “

Bolalar psixologiyasii va uni o’qitish metodikasi

Toshkent-2006
4) psixologim.uz
5) uz.m.wikipedia.org

References

S.X.Jalilova, S.M.Aripova “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” Toshkent-2013.

Z.T.Nishanova, G.K.Alimova, A.G’.Turg’unboeva, M.X.Asranboeva “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” Toshkent-2017.

Z.Nishanova, G.Alimova “Bolalar psixologiyasii va uni o’qitish metodikasi” Toshkent-2006

psixologim.uz

uz.m.wikipedia.org