JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
45
45
CHAQALOQLIK VA GO’DAKLIK DAVRIDA BOLANING
JISMONIY VA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI:
NAZARIY TAHLIL VA AMALIY AHAMIYATI
Avazbekova Xurshida Ulug’bek qizi
Qo’qon universiteti Andijon filiali
Ijtimoiy gumanitar va pedagogika fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-bosqich 1-guruh talabasi
Gmail:avazbekovahurshida@gmail.com
Telefon raqam:+998951327757
Annotatsiya:
Mazkur maqolada chaqaloqlik va go’daklik davrida yuz beradigan
o’zgarishlarning psixologik xususiyatlari hamda ushbu davrlarda kechadigan jismoniy
rivojlanishlar o’rganib chiqildi. Chaqaloqlik va go’daklik davrining bosqichlari tahlil
qilinib, har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlari yoritildi. Maqola yakunida mavzu
yuzasidan xulosalar berildi va amaliy tavsiyalar keltirildi.
Kalit so’zlar
: Chaqaloqlik davri, go’daklik, psixologik rivojlanish, jismoniy
rivojlanish, Elkonin nazariyasi.
Annotation
: This article examines the psychological characteristics of the
changes that occur during infancy and childhood, as well as the physical developments
that occur during these periods. The stages of infancy and childhood are analyzed, and
the specific characteristics of each stage are highlighted. At the end of the article,
conclusions are drawn on the topic and practical recommendations are made.
Keywords
: Infancy, psychological development, physical development,
Elkonin's theory.
Аннотация
: В статье рассматриваются психологические особенности
изменений, происходящих в младенчестве и детстве, а также физическое
развитие, происходящее в эти периоды. Были проанализированы стадии
младенчества и детства, а также выделены уникальные характеристики каждой
стадии. В конце статьи сделаны выводы по теме и даны практические
рекомендации.
Ключевые слова
: Младенчество, психическое развитие, физическое
развитие, теория Эльконина
Inson hayotidagi eng muhim bosqichlaridan biri bu — chaqaloqlik davridir. Bu
davr bolaning umri davomidagi psixologik va jismoniy rivojlanishining poydevorini
tashkil etadi. Ayniqsa, hayotning dastlabki oylari mobaynida bolaning atrof-muhit
bilan o‘zaro munosabati shakllana boshlaydi, sezgi a’zolari rivojlanadi, hissiy holat va
reaksiya shakllari paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, tananing umumiy o‘sishi, mushaklar
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
46
46
faoliyati, harakatlar muvofiqligi kabi jismoniy rivojlanish jarayonlari ham jadallashadi.
Mazkur maqolada chaqaloqlik davrida yuz beradigan psixologik va jismoniy
o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Chaqaloqlik va go’daklik davrining
bosqichlari alohida o‘rganilib, ularning har birida kuzatiladigan asosiy xususiyatlar va
bu bosqichlarda bolaning sog‘lom rivojlanishini ta’minlovchi omillar tahlil qilinadi.
Bolaning ona qornida bo’lgan paytdan ya’ni homila paydo bo’lgan davrdan
tug’ilib, 1 yoshga yetgan yoshi chaqaloqlik davri deb ataladi. Chaqaloq 1 yoshga
to’lgan davri esa go’daklik davri hisoblanadi. Homiladorlik (lot.
graviditas
.)- ayol
organizmining maxsus holati bo’lib, uning reproduktiv a’zolarida rivojlanayotgan
embrion mavjudligidir.
Ona qornida rivojlanish o’rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga bo’linadi:
1.
Zigota bosqichi(1-2 haftalik)
2.
Embrion bosqichi(3-8 hafta)
3.
Homila bosqichi(9-38 hafta)
Zigota - urug‘langan tuxum hujayra bo‘lib, ona bachadoniga joylashguncha
bo‘lgan ilk bosqichni tashkil etadi. Embrion davrida chaqaloq shakllanishni boshlaydi.
Asosiy tana qismlari - miya, yurak, orqa miya, qo‘l-oyoqlar va ko‘zlar shakllana
boshlaydi. Homila bosqichida esa homila shakllanib bo‘lgan a’zolarini rivojlantiradi
va mukammallashadi.
Homiladorlikning birinchi haftasida embrion qobig’i kattaligi 10 mm ga yetadi,
ikkinchi oyning oxirida 3 martta, to’rtinchi oyning oxirida 30 martta kattalashadi.
To’qqizinchi oyning oxirida 470 mm bo’ladi. Homila vazni tez ortadi. 3 oylikda 20 g,
6 oyligida 600-700 g, 9 oyligida 2400-2500 g dan ortiq bo’ladi.Shuningdek, bu davrda
bolaning tana vazni va bo’yi keskin o’sib boradi, asosiy a’zolar faoliyati rivojlanadi va
mushaklar, harakat tizimi faollashadi. Shu bois bolaning chaqaloqlik davri jismoniy
jihatdan juda tez rivojlanish davri deb yuritiladi. Bola hayotining har bir oyi — uning
jismoniy va psixik imkoniyatlarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
davrdir. Masalan, ikki yoki uch oylik bola yangi tug‘ilgan chaqaloqdan sezilarli
darajada farq qiladi, uch yoshli bola esa o‘z rivojlanishi jihatidan bir yoshli bolaga
nisbatan ancha yuqori bosqichda turadi.
Psixolog
D.B. Elkonin nazariyasiga
ko‘ra, chaqaloqlik davridan go‘daklik
hamda ilk bolalik davriga o‘tishda o‘ziga xos psixologik xususiyatlar kuzatiladi.
Jumladan:
-Ko‘z va quloq orqali diqqatni muayyan obyektga qaratish qobiliyati shakllana
boshlaydi. Bu, o‘z navbatida, bolaning harakat faoliyatida muhim o‘zgarishlarni
yuzaga keltiradi — harakatlar asta-sekin xulq-atvor shakllariga aylana boshlaydi.
-Atrof-muhitdagi
obyekt
va
subyektlarga
yo‘naltirilgan
alohida
qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan shartli reflekslarning paydo bo‘lishi kuzatiladi.
-Katta yoshdagi insonlarga nisbatan ifodalanuvchi emotsional reaksiyalar
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
47
47
bolaning yangi ehtiyojlarga ega bo‘la boshlaganini bildiradi.
-Kattalar bilan muloqot qilish ehtiyoji bolaning psixik rivojlanishining asosiy
omili sifatida namoyon bo‘ladi.
Xulosa
Chaqaloqlik va go‘daklik davri — inson hayotidagi eng muhim, poydevor
bosqichlardan biridir. Bu davrda bolaning jismoniy o‘sishi bilan bir qatorda psixik
rivojlanishi ham jadal kechadi. Ayniqsa, D.B. Elkonin nazariyasiga ko‘ra, bolaning
psixik faolligi, harakat faoliyati, idrok va muloqot ehtiyoji aynan shu davrda
shakllanadi. Ularning atrof-muhitga, ayniqsa, katta yoshdagilar bilan muloqotga
ehtiyoji ortadi, bu esa kelgusidagi shaxsiy rivojlanishining asosini tashkil etadi. Ilmiy
manbalarda keltirilishicha, chaqaloqlik davrida bolaning tanasi, miyasi va reflekslari
tez sur’atlarda shakllanib boradi. Bu davrda bola tashqi muhitga sezgir bo‘lib, har
qanday yondashuv va ta’sirga nisbatan kuchli javob qaytaradi. Go‘daklik davrida esa
bola o‘z harakatlarini muvofiqlashtira boshlaydi, atrofni idrok etish darajasi ortadi va
ilk nutq alomatlari paydo bo‘ladi. Shunday ekan, bu davrlarda bolaning jismoniy va
psixik ehtiyojlariga mos muhit yaratish, sog‘lom tarbiya va emotsional qo‘llab-
quvvatlashni ta’minlash uning kelgusi rivoji uchun mustahkam zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1) S.X.Jalilova, S.M.Aripova “
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi
”
Toshkent-2013.
2) Z.T.Nishanova, G.K.Alimova, A.G’.Turg’unboeva, M.X.Asranboeva “
Bolalar
psixologiyasi va psixodiagnostikasi
” Toshkent-2017.
3) Z.Nishanova, G.Alimova “
Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi
”
Toshkent-2006
4)
Begali Xoliqnazarov
“Individual rivojlanish bioologiyasi”
Toshkent-2006
5)
mymedic.uz
: