Authors

  • Yuldasheva Saodat Arslanovna
  • Otanazarova Charos Baxtiyor qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93576

Keywords:

Kalit so’zlar: yashil iqtisodiyot elektrlashtirish yashil transport elektr poyezdlar tramvay global iqlim tabiiy resurlar.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqola yashil iqtisodiyotda transport va mobillikning roliga qaratilgan.Unda shaharlarda yashil transportning o’rni va ahamiyati, iqtisodiyotga tasiri, shuningdek, zamonaviy sharoitda yashil transportning afzalliklari o’rganilgan. Dissertatsiyada rivojlangan mamlakatlardagi yashil transportning holati o’rganilib, O’zbekiston sharoitiga mos takliflar keltirilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

364

364

YASHIL IQTISODIYOTDA TRANSPORTNING TUTGAN O’RNI

Toshkent Davlat Transport Universtiteti

Iqtisodiyot fanlari professori

Yuldasheva Saodat Arslanovna

Magistratura 1-bosqich talabasi

Otanazarova Charos Baxtiyor qizi

Annotatsiya.

Ushbu maqola yashil iqtisodiyotda transport va mobillikning roliga

qaratilgan.Unda shaharlarda yashil transportning o’rni va ahamiyati, iqtisodiyotga
tasiri, shuningdek, zamonaviy sharoitda yashil transportning afzalliklari o’rganilgan.
Dissertatsiyada rivojlangan mamlakatlardagi yashil transportning holati o’rganilib,
O’zbekiston sharoitiga mos takliflar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

yashil iqtisodiyot, elektrlashtirish, yashil transport, elektr

poyezdlar, tramvay, global iqlim, tabiiy resurlar.

Abstract.

This article focuses on the role of transport and mobility in a green

economy. It examines the role and importance of green transport in cities, its impact
on the economy, as well as the advantages of green transport in modern conditions.
The dissertation studies the state of green transport in developed countries and presents
proposals suitable for the conditions of Uzbekistan.

Keywords:

green economy, electrification, green transport, electric trains, tram,

global climate, natural resources

KIRISH

Bilamizki iqtisodiyotning bosh asosiy muammosi- bu cheklangan resurlar bilan

cheksiz ehtiyojlarni qondirish zaruratidir. Boshqacha qilib aytganda insonlarning
ehtiyojlari va istaklari cheksiz, ammo ularni qondirish uchun mavjud resusrlar
cheklangan.Ko’p yillardan buyon olimlarimiz bu kabi muammolarni ortib borishiga
yo'l qo’ymaslik, cheklangan resurlardan oqilona foydalangan holda insonlarning
ehtiyojlarini meyor darajasida qondirish yechimlar ishlab chiqishmoqda. Ulardan biri-
“Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasidir. Yashil iqtisodiyot- bu iqtisodiy o’sishni
taminlaydigan, ayni vaqtda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi iqtisodiy modeldir.Bu modelda turli
sohalarning ekologik jihatdan barqaror bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Xususan,
transport tizimi yashil iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi, chunki u ekologik
ta’siri eng yuqori sohalardan biridir.

Hozirgi kunda transport sektori global miqyosda uglerod chiqindilarining

taxminan 25 foizini tashkil etadi.Shaharlar va sanoat markazlarida transport havoni
ifloslantiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ichki yonuv dvigatelli avtomobillar


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

365

365

ko’p miqdorda yoqilg‘i resurslarini iste’mol qiladi va inson salomatligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi zararli moddalarni atmosferaga chiqaradi . Shu sababli, yashil iqtisodiyot
konsepsiyasida ekologik toza, energiya tejamkor va barqaror transport turlariga o‘tish
dolzarb masala sanaladi.

Yashil transport yashil iqtisodiyot yondashuvida ko'rib chiqiladigan asosiy

tarmoqlardan biridir. Yashil transport — bu ekologik toza, energiya tejamkor va inson
salomatligi uchun xavfsiz bo‘lgan harakatlanish shakllarini ifodalaydi. Quyidagilar
yashil transportga kiradi:

1. Elektr transport vositalari (elektromobillar) – Ichki yonuv dvigateli o‘rniga

akkumulyatorda ishlovchi avtomobillar atmosferaga chiqindi chiqarmaydi va ekologik
xavfsiz hisoblanadi.

2. Gibrid avtomobillar – Benzin va elektr energiyasi kombinatsiyasida ishlaydi,

yoqilg‘i sarfini kamaytiradi.

3. Velosiped va piyoda harakati – Shaxsiy transportga muqobil sifatida ekologik

jihatdan hamda sog‘liqqa foydali.

4. Jamoat transporti – Xususan, metro, tramvay va avtobuslarning ekologik

samaradorligi yuqori. Bir nechta odamni bir vaqtda tashish orqali chiqindilar miqdorini
kamaytiradi.

5. Temiryo‘l transporti – Ayniqsa, elektrlashtirilgan yo‘nalishlar ekologik

xavfsiz transport turi hisoblanadi.

Bugungi kunda shaharlarda aholi sonining ortishi va urbanizatsiya jarayonining

tezlashuvi tufayli yashil transport tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa,
avtobus, trolleybus, metro, tramvay kabi ommaviy jamoat transportlari —
shaharliklarning kundalik hayotida muhim rol o‘ynaydi.

Yashil transportni rivojlantirish uchun shaharlar o‘z infratuzilmasini ekologik

harakatlanishga moslashtirishi zarur. Transportni ekologik toza shaklga o‘tkazish
nafaqat atrof-muhit, balki jamiyat va iqtisodiyot uchun ham ko‘plab ijobiy natijalarni
beradi:

• Sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yuk kamayadi (kamroq kasallik, kamroq

xarajat);

• Yoqilg‘i importiga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, energiya mustaqilligi oshadi;
• Yangi texnologiyalar va “yashil ish o‘rinlari” paydo bo‘ladi (masalan,

elektromobil ishlab chiqarish, quvvatlash stansiyalari qurilishi);

• Turizm va shaharlarda yashash sifati yaxshilanadi.

MAVZU YUZASIDAN ADABIYOTLAR TAHLILI

Hozirgi holat tahlili
Rivojlangan mamlakatlardagi yashil transportning holati

AQSh, Germaniya, Norvegiya va Yaponiya kabi mamlakatlar elektromobillarni

joriy etishda yetakchilik qilmoqda. Masalan, Norvegiyada yangi sotilayotgan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

366

366

avtomobillarning qariyb 80% elektromobil hisoblanadi. Hukumatlar elektromobil
xaridini subsidiyalash, soliq imtiyozlari berish va bepul quvvatlash imkoniyatlari
orqali aholini ekologik toza transportga o‘tishga rag‘batlantirmoqda.

Evropa Ittifoqi davlatlari, ayniqsa, Niderlandiya, Shvetsiya va Germaniyada

jamoat transporti elektr, vodorod va boshqa muqobil energiya manbalarida ishlaydigan
avtobuslar bilan almashtirilmoqda. Elektr tramvaylar, metro va elektrobuslar
yordamida shahar havosining ifloslanishini kamaytirish maqsad qilingan.

Kopengagen (Daniya), Amsterdam (Niderlandiya) va boshqa ko‘plab Yevropa

shaharlari velosiped infratuzilmasi bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Shahar
markazlarida avtomobillarga kirishni cheklash, keng velosiped yo‘laklarini yaratish va
ekologik transportni targ‘ib qilish orqali aholi velosiped va piyoda harakatini ko‘proq
tanlayapti.

Rivojlangan mamlakatlarda aqlli transport tizimlari (ITS) keng joriy qilinmoqda.

Bu tizimlar transport oqimini boshqaradi, yo‘l harakati samaradorligini oshiradi va
yoqilg‘i sarfini kamaytiradi. Shuningdek, vodorod yoqilg‘isida ishlovchi avtomobillar,
uchuvchi transport (dron-taksilar) kabi innovatsion loyihalar ustida faol ishlanmoqda.

Yashil transportni rivojlantirish uchun rivojlangan mamlakatlar katta miqdorda

mablag‘ ajratmoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi 2030 yilgacha uglerod chiqindilarini
55% ga kamaytirish maqsadida yashil infratuzilma uchun milliardlab yevro investitsiya
kiritmoqda. AQShda esa “Green New Deal” dasturi orqali yashil texnologiyalar va
transport tizimini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

1.

Diagramma

.

82,4

88,9

96

75

80

85

90

95

100

2023

2024

2025

Norvegiyada elektromobillarning o'sishi

Percentage


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

367

367

2. Jadval

Davlat

Loyihalar

Maqsad

Germaniya

Elektr avtobuslar sonini 2025-yilgacha 5

barobarga oshirish

Shahar havosini tozalash

Shvetsiya

2030- yilgacha barcha avtobuslarni elektrga

o’tkazish

Uglerod

chiqindilarini

70% kamaytirish

Yaponiya

Vodorod avtobuslar Tokio olimpiadasi uchun

joriy qilindi

Yashil

transportni

ommalashtirish

METODOLOGIYA

O’zbekistonda yashil iqtisodiyotning ahamiyati va unda yashil transportning

tutgan o’rnini o’rganish uchun quyidagi metodologiyalardan foydalaniladi:


1.Tahliliy-uslubiy yondashuv

.

Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi va transport

sektorining ushbu modeldagi o’rni haqidagi ilmiy nazariyalar o’rganiladi.

2.Statistik tahlil. Elektromobil bozori ulushi, velosiped infratuzilmasi va yashil

investitsiyalar hajmi kabi ko’rsatkichlar asosida raqamli tahlil amalga oshiriladi.

3.Taqqoslama tahlil. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yashil

transport rivojlanish darajasi solishtiriladi.

NATIJA VA MUHOKAMA

O’zbekiston yashil iqtisodiyot uchun noyob imkoniyatlar va shart- sharoitlarga

ega. Xorij tajribalariga tayangan holda O’zbekiston yashil iqtisodiyotini
shakllantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri- transportni elektrlashtirish. Elektr
avtomobillari, elektr avtobuslar va tramvaylar chiqindilarni sezilarli darajada
kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, velosiped va piyodalar harakati uchun
infratuzilmani rivojlantirish yo'llardagi yukni kamaytirish va shahar ekologiyasini
yaxshilashga yordam beradi.

Yana bir asosiy tajribalardan biri- mamlakatda aqlli transport tizimini keng joriy

qilish. Bu transport harakatini xavfsiz va samarali boshqarish uchun axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan tizimdir. O’zbekistonda
raqamli boshqaruv bo’yicha Toshkentda transport oqimini real vaqtda monitoring
qilish, avtomotlashtirilgan svetoforlar va raqamli yo’l belgilarini joriy etish bo’yicha
ishlar olib borilmoqda.

XULOSA

Yashil iqtisodiyotda transportning tutgan o‘rni beqiyosdir. Bu sohada ekologik,

ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlar bir-birini to‘ldiradi. Transport tizimini barqaror va
yashil yo‘nalishda rivojlantirish orqali inson salomatligi, atrof-muhit holati va iqtisodiy
farovonlikka erishish mumkin. Har bir davlat, shahar va fuqaro bu yo‘nalishda
mas’uliyat bilan harakat qilsa, yashil kelajak reallikka aylanishi mumkin.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

368

368

Shuningdek, u barqarorlikning boshqa ikkita ustunini, ya'ni iqtisodiy va ijtimoiyni

qo'llab-quvvatlaydi.Yashil transportning maqsadlari nafaqat issiqxona gazlari
chiqindilarini, havo ifloslanishini va shovqinni kamaytirish, balki qashshoqlikni
kamaytirish va iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlashdir.

Yashil transportga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar yangi ish o‘rinlari yaratilishi

va iqtisodiyotning innovatsion sektorini rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda.
Shunday qilib, transport barqaror va ekologik toza kelajakka o'tishda strategik rol
o'ynaydi.

FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR

1.

«2019 — 2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «yashil iqtisodiyot»
iqtisodiyotiga o'tish strategiyasini belgilash to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining PQ-4477 sonli Qaror

2.

Navstrechu «zelyonoy» ekonomike: puti k ustaychivomu razvitiyyu i iskoreneniyu
bednosti / Shtayner A., Ayris R., Bessa S. Va boshqalar: YUNEP/ GridArendal,
2011.

3.

https://transformative-mobility.org/wp-
content/uploads/2024/01/SUTP_GIZ_FS_Transport-in-Green-Economy-EN.pdf

4.

Yashil iqtisodiyot loyihasi: Devid Pirs, Anil Markandya va Edvard B. Barbier.
Earthscan, London, Buyuk Britaniya, 1989. 192 bet

5.

https://stat.uz/

References

«2019 — 2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «yashil iqtisodiyot» iqtisodiyotiga o'tish strategiyasini belgilash to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4477 sonli Qaror

Navstrechu «zelyonoy» ekonomike: puti k ustaychivomu razvitiyyu i iskoreneniyu bednosti / Shtayner A., Ayris R., Bessa S. Va boshqalar: YUNEP/ GridArendal, 2011.

Yashil iqtisodiyot loyihasi: Devid Pirs, Anil Markandya va Edvard B. Barbier. Earthscan, London, Buyuk Britaniya, 1989. 192 bet