JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
249
249
MICE TURIZM FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA GERMANIYA
TAJRIBASIDAN SAMARALI FOYDALANISH YOʻLLARI
Xalilova Gulnoza Nurullo qizi
Oriental universiteti o‘qituvchi-stajyori, Toshkent davlat
iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi (PhD)
Annotatsiya:
Mazkur tezisda turizmni rivolantirishda xorij tajribasidan
foydalanish, MICE turizmning hozirgi kundagi eng serdaromad turizm turi ekanligi
haqida fikr va mulohazalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
MICE turizm, gibrid konferensiyalar, tendensiya, raqobat, o‘sish,
xalqaro hamkorlik, valyuta oqimi.
Abstract:
This thesis presents ideas and observations on the use of foreign
experience in developing tourism, MICE tourism as the most profitable type of tourism
today.
Keywords:
MICE tourism, hybrid conferences, trend, competition, growth,
international cooperation, currency flow.
Biznes sayohatlari zamonaviy turizmning eng tez rivojlanayotgan sohasidir.
Bilamizki, ish turizmi jadal sur’atlar bilan rivojlanib kelayotgan turizm turlaridan
biridir. Mustaqil va yuqori daromadli turizm turi sifatida ishbilarmonlik turizmi 70-80-
yillarda Yevropa va AQSHda rivojlana boshlagan. MICE so‘zi ingliz tilidagi Meeting,
Incentives, Conferences, Events kabi so‘zlar majmuasidan tashkil topgan bo‘lib, u
uchrashuvlar, konferensiyalar, turli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq
bo‘lgan ish safarlarini o‘z ichiga oladi. MICE turizmining rivojlanishi mamlakatlararo,
hukumatlararo va tashkilotlararo munosabatlarni yaxshilash, biznes va hamkorlik
bo‘yicha shartnomalarni imzolash, o‘zaro manfaatli takliflarni almashish, yangi
g‘oyalarni izlab topish, munozarali va muhokamali vaziyatlarni hal qilishda samarali
yechim hisoblanadi. Bunda ayniqsa ish va turizmning o‘zaro bog‘lanishi ikki hamkor
tomonlarga ham ijobiy foyda olib keladi. MICE turizmini rivojlantirishda unga ta’sir
etadigan omillarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu omillar jumlasiga
quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin:
− mehmonxona, transport, biznes, madaniy-ko‘ngilochar infratuzilma va
logistika kompleksining rivojlanish darajasi;
− hududiy moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarning shaffofligi;
− biznes tuzilmalarining axborot tizimining ochiqligi;
− hukumat tuzilmalarining jahon iqtisodiyotining o‘zgaruvchan voqeliklariga
moslashuvchanligi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
250
250
MICE turizmi – bu biznesning (tijorat) maqsadli yoki korporativ, madaniy, ijodiy,
sport, va boshqa turdagi tadbirlarni tashkil qiluvchi kompaniyalar, tashkilotlar vakillari
tomonidan amalga oshiriladigan turizm turidir.
MICE turizmini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalasi desak
adashmagan bo‘lamiz. Chunki MICE turizmda mavsumiylik degan tushuncha yo‘q.
Yil 12 oy MICE turizm tadbirlarini tashkil etish hamda ushbu tadbirlarni tashkil etish
ortidan turistlar oqimini ko‘paytirish, valyuta tushumini oshirish imkoniyatlariga ega
bo‘lishimiz mumkin. Quyida MICE turizmni rivojlantirishda xorij tajribasidan
foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqishimiz mumkin:
Germaniyaning MICE Turizmini Rivojlantirishdagi Tajribasi
1
Tashkiliy Yondashuv
Germaniyada MICE turizmini boshqarish bilan
shug‘ullanuvchi maxsus davlat va xususiy tashkilotlar
mavjud (masalan, German Convention Bureau -
GCB).
Rasmiy rejalashtirish va marketing strategiyalari
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
InfraTuzilma
Germaniyada yirik xalqaro kongress markazlari va
zamonaviy ko‘rgazma zallari mavjud (Frankfurt
Messe, Berlin ExpoCenter City, Hamburg Messe).
Transport tizimi rivojlangan bo‘lib, anjuman
ishtirokchilari uchun qulay logistikani ta’minlaydi.
Marketing va Brending
Germaniya MICE tadbirlarini global darajada targ‘ib
qilish uchun xalqaro hamkorlik va marketing
strategiyalaridan foydalanadi.
«Meetings made in Germany» brendi ostida yirik
xalqaro tadbirlarga mezbonlik qiladi.
Barqarorlik va Innovatsiyalar
Atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun ekologik
barqarorlikka katta e’tibor qaratiladi (Green
Meetings).
Raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar
orqali MICE tadbirlarini yanada samarali o‘tkazish
ta’minlanadi.
2021-2025-yillarda zarur infratuzilmani rivojlantirish va respublika sayyohlik
salohiyatini jahon bozorlarida muvaffaqiyatli targʻib qilish orqali mamlakatimiz yalpi
ichki mahsulotidagi turizm ulushini 5 foizga yetkazish, shuningdek, 9
milliondan ortiq sayyohni jalb etish maqsadi qoʻyildi. 2025 yil oxiriga qadar, shu
jumladan uzoq xorijdan 2 mln. Turistni jalb qilish belgilangan
2
.
1
https://www.travelandtourworld.com/news/article/germany-welcomes-global-mice-community-as-imex-2025-opens/
2
2019–2025-yillarda
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi//elektron
resurs//https://lex.uz/ru/docs/-4143188
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
251
251
1-jadval
022-yil davomida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida 11 nis-
022-yil davomida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida nis-
Oʻzbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish boʻyicha erishilgan va
maqsadli koʻrsatkichlar dinamikasi
3
Koʻrsatkich
Haqiqiy koʻrsatkichlar
Maqsadli koʻrsatkichlar
2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2023 y.
2025 y.
Turistik xizmatlar
eksporti, mln
546,9
1041,0
1313,0
370,0
1399,1
1739,4
2232,8
O‘zbekistonga kelgan
xorijiy sayyohlar soni,
ming kishi
2690,0
5346,8
6748,0
1504,1
6743,3
7865,4
9089,3
Mahalliy sayyohlar
soni, mingta sayohat
10560
14000
15640
18000
18806
21867
25010
Turoperatorlar soni,
birliklari
561
983
1482
1158
1262
1458
1676
Mehmonxonalar va
shunga o'xshash
joylashtirish vositalari
soni, birliklari
816
914
1188
1226
2394
2715
2994
Turar joy binolaridagi
xonalar soni, ming
birlik
18,6
20,2
26,1
29,2
48,7
55,2
60,9
2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar
soni 974,2 ming nafarni tashkil etdi. Turistlarning asosiy qismi Markaziy Osiyo
davlatlaridan: Tojikiston-363,3 ming, Qirgʻiziston-291,1 ming, Qozogʻiston-155,9
ming nafar kishi tashrif buyurgan. Yil boshidan buyon mamlakatimizga eng kam
sayyoh Xitoydan-5,5 ming, Janubiy Koreyadan-5,4 ming va Belarusdan-2,2 ming nafar
kishi tashrif buyurgan
4
.
Germaniya MICE turizmini rivojlantirishda tajribaga ega bo‘lgan yetakchi
davlatlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston ushbu tajribadan foydalanib, strategik
rejalashtirish, infrastrukturani yaxshilash, marketingni kuchaytirish va ekologik
barqarorlikni ta’minlash orqali MICE turizmini rivojlantirishga erishishi mumkin. Bu
esa mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish va iqtisodiy daromadni
ko‘paytirishga xizmat qiladi. Quyida
O‘zbekiston uchun Germaniya tajribasidan
foydalanish imkoniyatlari haqida takliflar keltirilgan:
1. Maxsus qavlat qo‘mitasini yaratish
2. Infratuzilmani rivojlantirish
3
https://uzbektourism.uz/service/opendata
4
https://uz.kursiv.media/uz/2024-03-18/ozbekistonga-sayyohlar-oqimi-12-foizga-oshdi/
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
252
252
3. Yirik xalqaro kongress va ko‘rgazma markazlarini barpo etish.
4. Aeroport, mehmonxona va transport xizmatlarini yaxshilash.
5. Marketing va targ‘ibot ishlari
6. «MICE Uzbekistan» brendi ostida xalqaro tadbirlarga mezbonlik qilish.
7. Germaniya bilan hamkorlikda qo‘shma tadbirlarni tashkil qilish.
8. Texnologik rivojlanish va barqarorlik
9. MICE tadbirlarini raqamlashtirish va onlayn platformalardan foydalanish.
10. Atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyillariga rioya qilish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Germany Welcomes Global MICE Community as IMEX 2025 Opens//electron
resurs//
https://www.travelandtourworld.com/news/article/germany-welcomes-global-
mice-community-as-imex-2025-opens/
2. 2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish
konsepsiyasi//elektron resurs//https://lex.uz/ru/docs/-4143188
3. https://uzbektourism.uz/service/opendata
4.
https://uz.kursiv.media/uz/2024-03-18/ozbekistonga-sayyohlar-oqimi-12-foizga-