JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
220
220
SUD-PSIXOLOG EKSPERT FAOLIYATINING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ilmiy rahbar:
Elov Ziyodulla Sattorovich,
Sulaymanov Akram Ahmatovich
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sud psixolog eksperti faoliyatida sotsial-
psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini tadqiq etish
hamda uning o'ziga xos ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish haqida fikr
yuritilib, sud psixolog eksperti sotsial-psixologik kompetentligi va emotsional
intellektini rivojlantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, komponentlarini aniqlash, sud
psixolog ekspertidagi kommunikativ, emotsional va shaxslilik komponentlarining
namoyon bo'lishi va rivojlanishini tadqiq qilish; sud psixolog ekspertlarining sotsial-
psixologik kompetentligini rivojlantirishda ularning sud-huquq tizimi bilan bog'liqligi
ochib berilgan.
Kalit so'zlar:
sud psixolog eksperti, sotsial-psixologik kompetentligi, sud
psixologik ekspertiza, kasbiy kompetentlik, kompetentlik, ekspert shaxsi, emotsional
intellekt, kasbiy faoliyat.
Abstract:
This article discusses the study of the manifestation and development
of factors of socio-psychological competence in the activities of a forensic psychologist
and the improvement of its specific socio-psychological factors, the identification of
components, the study of the manifestation and development of communicative,
emotional and personal components of a forensic psychologist; in the development of
socio-psychological competence of forensic psychologists, their connection with the
legal system is revealed.
Keywords:
forensic psychologist-expert, socio-psychological competence,
forensic psychological examination, professional competence, competence,
personality of an expert, emotional intelligence, professional activity.
KIRISH:
Mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va soha mutaxassislarining kasbiy
tayyorgarlik darajasini oshirishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. "Sud
ekspertizasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respulikasi qonunida sud ekspertizasi
sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, bo'yicha muhim vazifalar belgilangan. Bu
vazifalarni bajarishda sud psixologik ekspertizasi ekspertlari kasbiy kompetentligini
takomillashtirishga oid tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, sud
psixologik ekspertizasi ekspertlari psixologik kompetentligini oshirish, ularning
shaxsiy fazilatlarini ro'yobga chiqarish, psixokorreksion usullar orqali faoliyat
samaradorligiga bevosita ta'sir etuvchi sotsial-psixologik kompetentlik omillarini
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
221
221
shakllantirish dolzarb muammo sifatida qaraladi. Sotsial-psixologik kompetentlik
bilan bog'liq manbalarni tadqiq qilganimizda unga aloqador bo'lgan tahlillar
tadqiqotimizda sud psixolog ekspertining sotsial-psixologik kompetentligi ularning
kasbiy kamoloti jarayoniga bog'liqligini yana bir jabhadan yoritishga undadi. Bu esa
sotsial-psixologik kompetentlikni rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar hisoblanmish
emotsional intellektning sud psixolog eksperti faoliyatida o'zaro aloqadorlikda
rivojlanish jarayonini alohida tadqiq qilishni talab qiladi. Zamonaviy psixologiyada
«emotsional intellekt» tushunchasi keng qo'llanilib, ushbu tushunchani fanga P. Selov
va Dj. Meyerlar olib kirdilar. Mualliflarning fikricha, emotsional intellekt - emotsiyani
ifoda etish va baholash qobiliyati; emotsiyani tushunish va emotsional bilimlarga
egalik; qolaversa, shaxsning emotsional va intellektual kamolotini o'zaro
birlashtiruvchi emotsional boshqaruv qobiliyati hisoblanadi. "Emotsional intellekt"
terminini fanga kiritilishi bilan emotsional va bilish jarayonlarining nisbati nuqtai
nazaridan tadrijiy o'zgarish yuz berdi. Emotsiyalarni tadqiq qilish ko'pincha intellekt
tadqiqotlaridan alohida tarzda amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan, affektiv va
kognitiv (bilish) jarayonlari o'rtasidagi munosabatlarni tizimli tahlil qilishning
dastlabki urinishlari amalga oshirilmoqda. Nemis psixologi va faylasufi G.Mayerning
"Psychologie des emotionalen Denkens"(1908) nomli kitobida tafakkur turlarining
mukammal tasnifi keltirib o'tilgan. G.Mayer "hukm qiluvchi" tafakkur turi bilan birga
emotsional tafakkurni ajratib ko'rsatadi, unda amaliy ehtiyojlar - iroda va his-tuyg'u
birinchi o'rinda turadi. Bu tafakkur turlarini bir-biriga taqqoslagan G.Mayer ular
o'rtasidagi bir qancha umumiyliklarni, xususan: o'xshash mantiqiy jarayonlar kuzatish
mumkinligini ta'kidlaydi (sharhlash, ob'ektivlashtirish, kategorial apparat faoliyati).
Shunga qaramasdan, emotsional tafakkur harakatlarida mantiqiy tafakkurdan farqli
tendensiya mavjud bo'lib: unda bilish jarayoni "ko'lankali, orqa fonga surilgan, diqqat
markazi amaliy maqsadga qaratilgan bo'lib, unda bilish shunchaki qo'shimcha vosita
sanaladi" G.Mayer emotsional tafakkurni affektiv (estetik va diniy) va irodaviy turlarga
ajratadi. Estetik tafakkur deyilganda, "yoqadi - yoqmaydi" ko'rinishidagi mulohazasini
o'z ichiga oladigan estetik kechinmalar tushuniladi. Diniy tafakkurda esa fantaziyaning
emotsional tasavvurlari, e'tiqod fikrlari (irrotsional, affektiv hamda irodaviy istak bilan
yuzaga keladigan "Olloh mavjud" mulohazasi namuna bo'ladi)ga kiritiladi.
G.Mayerning tadqiqotlari go'yoki tafakkurda bilishga bo'lgan qiziqish ikkinchi darajali
hisoblanishi haqidagi "intellektual xurofotlar"ni tarqatadi va "emotsional tafakkur"
insonning aqliy faoliyatida ahamiyatli rol o'ynashini ta'kidlab o'tadi. 1970-1980
yillarning oxirlariga kelib emotsiya va tafakkurning o'zaro ta'sirini o'rganishga doir
qiziqish ortib bordi. Bu davrda emotsional va kognitiv jarayonlarning o'zaro samarali
ta'siri haqidagi qarashlar ko'pgina tadqiqotlarda o'z isbotini topdi. Masalan: tafakkur
realligiga depressiyaning ta'sirini o'rganish inson kayfiyatining o'zgaruvchanligi va
kreativlikka moyillikning o'zaro bog'liqligi shuningdek, emotsional o'zini-o'zi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
222
222
boshqarish imkoniyatlarini o'rganish, kayfiyat va fikr-mulohazani birlashtiruvchi
"kognitiv halqa" mavjudligi haqidagi gipoteza ilgari surilgan edi. Bunday qarashning
mohiyati shundaki, salbiy his-tuyg'ular negativ fikrlarga olib keladi va o'z navbatida
emotsional kechinmalarning tezligini kuchaytirib yuboradi. Qolaversa, ijobiy
emotsiyalar pozitiv fikrlarni faollashtiradi. R.Lazarusning kognitiv konsepsiyasida
emotsiyalarning bilish determinatsiyasi haqidagi g'oya markaziy hisoblanadi. Kognitiv
bavosita ifodalanishn emotsiyalarning paydo bo'lishidagi zarur sharti sifatida
baholanadi. R.Lazarusning konsepsiyasida asosan ikki ta holat muhim hisoblanadi:
1) mohiyatidan qat'i nazar har bir emotsional reaksiya o'ziga xos turdagi kognitiv
yoki baho funksiyasi;
2) emotsional javob reaksiyasi qandaydir sindromni o'zida ifodalaydi, uning har
bir alohida qismi umumiy reaksiyadagi qandaydir muhim lahzani o'zida aks ettiradi.
Intellektning ko'plab turdagi kategoryalarining imkoniyatini aniqlagan X.Gardner
1983 yilda "intropsixik qobiliyatlar" (introspeksiya - o'zini-o'zi kuzatish qobiliyati) va
"shaxsiy qobiliyatlar" deb ataluvchi turli intellektual qobiliyatlarning mavjud bo'lishi
mumkinligi to'g'risidagi fikr bildirdi. Gardner dastlab intellektning yetti turini ajratib
ko'rsatadi:
vizual-makonli,
verbal-lingvistik,
mantiqiy-matematik,
tana-
harakatli,musiqali-ritmik, shaxslararo va ichki shaxsiy; 1998 yilda tabiiy va mavjudlik
turlari qo'shildi. Har bir intellektual qobiliyat hayot faoliyatining muayyan sohasida
muvaffaqiyatga erishishda muhim hisoblanadi. Intellektning har bir komponenti
qimmati muayyan intellektual qobiliyatlarning rivojlanishiga rag'batlantiruvchi va
rag'batlantirmaydigan umumiy mezonlar orqali aniqlanadi. Gardner har bir yangi
aniqlanadigan intellekt turi (shakl)ga mos keladigan mezonlarni taklif qildi. Avvalo,
har bir intellekt shakli o'zining belgilar tizimiga ega bo'lishi lozim.Shu bilan birga, u
o'zining asosiy operatsiyalari yoki funksiyalari tizimiga tayangan holda dalillarni olish
kerak. Gardnerning modeli yanada integrallashgan, shu bilan birga, intellekt tabiati va
paydo bo'lish shakllariga bo'lgan farqli qarashni amalga oshirishga imkon berdi.
E.Doll, D.Veksler va R.Liperlar tomonidan boshlangan tadqiqotni R.Sternberg davom
ettirdi. Natijada "real hayotda yuzaga keladigan vaziyatlarga moslashish, o'zgartirish
yoki tuzatish qobiliyati" sifatida belgilangan "amaliy intellekt" konsepsiyasi paydo
bo'ldi. R.Sternbergning nazariyasida intellekt shaxsning atrof-muhitga moslashishiga
xizmat qiluvchi informasion tizim sifatida qaraladi. Triarxik nazariyaning asosiy
mazmuni quyidagicha: "Intellektni aqliy o'z-o'zini boshqarish, butun hayotni
konstruktiv maqsadga yo'naltirilgan usul yordamida aqliy boshqarish sifatida belgilash
mumkin" Aqliy o'z-o'zini boshqarish uch asosiy elementni o'z ichiga oladi: atrof-
muhitga moslashish, yangi atrof-muhit ta'sirini tanlash yoki shaxs bilan mosmuhitni
tanlash va atrof-muhitni shakllantirish. Sud psixolog ekspertlarining kasbiy kamolotida
sotsial- psixologik kompetentlikni rivojlanishida emotsional intellekt orasidagi
uyg'unlikni baholashda N. Xoll tomonidan yaratilgan "Emotsional intellektni
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
223
223
o'rganish" metodikasini tanladik.. Test natijalarining dastlab umumiy natijalari
xususida to'xtalsak, so'ngra uning sotsial intellekt bilan o'zaro aloqadorlikda
o'rganishga harakat qilamiz. A.Adler emotsional intellekt haqida to'xtalar ekan,
shaxsning muomalaga qobiliyatini IQ emas, balki uning emotsional ekvalenti
emotsioanal intellekt(YeQ) eng muhim ko'rsatkichi sifatida belgilaydi, degan edi. Sud
psixolog ekspertlarining emotsional intellektining umumiy natijalari uchta shkalasi
bo'yicha yuqori va ikkita shkalasi bo'yicha o'rta natijani qayd etmoqda. Ulardagi
emotsional bilimdonlik (13,73 ball) yuqori darajadan o'rin egallaganligi shaxs
kechinmalarining chegaralari, shaxslararo munosabatlardagi his-tuyg'ularni anglash,
emotsional intellektning ikki tomoni, ya'ni o'zining emotsiyalarini tushunish uchun
intellektual boshqaruvga yoki aksincha kasbiy faoliyat jarayonida kreativ impulslar va
intuisiyalarni ta'minlashda emotsiyaga zarurat borligini anglash, inson emotsiyasining
vazifalari haqidagi tushunchalarga, faoliyat jarayonida emotsional barqarorlik va
beqarorlik, stressli holat, depressiya va ularni yengib o'tish yo'llarini qidirish haqidagi
psixologik va hayotiy tajribadan xabardor ekanligini ko'rsatmoqda. Aynan emotsional
sovadxonlik YeQning muhim jihati sifatida shaxs xususiyatlari va individualligiga
singib boradi. O'ylaymizki, Sud psixolog ekspertlarining emotsional savodxonligining
bu darajasi sudga oid psixologik ekspertizai jarayonida vujudga keladigan psixologik
buzilishlar,
emotsional
zo'riqishlar,
Sud
psixolog
ekspertlarining
o'zaro
munosabatlarini hissiy tushunishiga nazariy jihatdan yetarlicha tayyorligini anglatadi.
YeQ ning ikkinchi ko'rsatkichi "o'z emotsiyasini boshqarish" Bu shkala bo'yicha Sud
psixolog ekspertlari o'rtacha qiymatni namoyon etgan bo'lib, unda Sud psixolog
ekspertlarining emotsiya to'g'risidagi nazariy bilimlarini amaliyotda joriy etishda bir
oz ortda qolayotganliklar, qiyin vaziyatlarga duch kelganda emotsional zo'riqishlarga
berilishi, atrofdagilarni tushunishda asabiylashishlari mumkinligidan dalolat bermoqda
(12,02 ball). Bu holatni ushbu kasbining mashaqqali mehnati oqibatidir deb
baholashimiz mumkin. Emotsional intellektning yana bir muhim funksiyasi bu
shaxsning psixik ko'tarinkiligini quvvatlash, unda o'ziga ishonch tuyg'usi va rag'batni
ta'minlashdan iboratdir. Sud psixolog ekspertlarining mazkur yo'nalishdagi emotsional
jihatlarini "o'z-o'zini rag'batlantirish" shkalasi qiymatlari bilan izohlashga to'g'ri keladi.
"O'z-o'zini rag'batlantirish" shkalasidagi ko'rsatkichlar o'rtacha daraja bilan cheklangan
(12,29 ball). Sud psixolog ekspert emotsional intellektining ushbu shkalasida ham sud
psixolog ekspertlar bo'yicha ular emotsiyasining muhim funksilari va imkoniyatidan
foydalanish yo'l va usullarini ko'rsatish lozim bo'lar ekan. Tahlil etilayotgan natijalar
umumiy bo'lganligi bois sud psixolog ekspertlarining vazifalari bo'yicha sotsial
psixologik kompetentlik bilan bog'liq holati tahlil etilayotganda yangi ma'lumotlar
bilan taqdim etish imkoniyati tug'ilar. Agar "o'z-o'zini rag'batlantirish" shkalasi
natijalariga ko'ra, sud psixolog ekspertlarining emotsional imkoniyatini o'z-o'zini
rag'batlantirish, tushkunliklar, ruhiy zuriqishlar va kezi kelganda yutuqlarga
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
224
224
erishganda hamundan yetarlicha qoniqish olishning psixologik usullarini bilishi kerak.
Ammo, keyingi "empatiya" shkalasi qiymatlari ancha ijobiydir (13, 09 ball). Empatiya
sud psixolog ekspertlarining kasbiy faoliyatini ta'minlashning muhim shartidir. Sud
psixolog ekspertlarining hamkasblarini va atrofdagilarni tushunishida empatiya
muhimdir. Amaliyotda empatiyaning yetishmasligi turli darajadagi nizolarga va o'zaro
tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday holatdan Sud psixolog ekspertlari
anchagina yiroq deya olamiz. "O'zga insonlarning kechinmalarini sezish" shkalasi
natijalari ham aynan empatiyaniki singari yuqori qiymatlidir (12,11 ball). Sud psixolog
ekspertarining kasbiy kamolotiga ko'ra shaxslararo munosabatlarda o'zaro tushunish,
o'zga insonlarni kechinmalarini his etish, ularga o'z munosabatini bildira olishi, verbal
va noverbal xulq-atvoridagi o'zgarishlarni baholashga qobiliyatliliklari emotsional
intellekt natijalarida o'z aksini topmoqda.. Natijalarda umumiy qiymatlarni yoritgan
singari o'rtacha qiymat nuqtai nazardan emas, balki intellektlar orasidagi ichki
munosabatni korrelyatsion tahliliga tayanildi.
XULOSA:
Tadqiqotimiz davomida sud psixolog ekspertlari sotsial-psixologik
kompetentligi omillarini har biri o'ziga xos dinamikasi va natijasiga ega ekanligi qayd
etildi va bu uslub, o'z navbatida, ijtimoiy psixologiya fanidagi sotsial-psixologik
kompetentlik samaradorligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy. Sud
psixolog ekspertlarining sotsial-psixologik kompetentligini rivojlanishida emotsional
intellektning o'rni beqiyos. Sud psixolog ekspertlarining kasbiy faoliyatiga
yo'naltirilgan
talablarning
o'sib
borganligi
hamda
ijtimoiy
tajribalarning
shakllanganligiga bog'liq bo'lishi mumkin. Sud psixolog ekspertlarining sotsial-
psixologik kompetentlik omillari ko'rsatkichlarining oshishi bevosita ularning kasbiy
faoliyatida tajribaning oshishi bilan bir qatorda ijtimoiy ko'nikma va malakalarni
shakllanishi bilan ham bog'liq. Sud psixolog ekspertlari kamolotida sotsial-psixologik
kompetentlikning roli faoliyat davomiyligining oshishi bilan bir qatorda shaxs
ijtimoiylashuviga ham bog'liqdir. Umuman, sud psixolog ekspertlari shaxsiy va kasbiy
faoliyati uyg'unligining namoyon etilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi sotsial-
psixologik kompetentlikni ko'rsatkichlariga baho berishda, ularning adekvat
muloqotmandligi, adekvat emotsional munosabati kabi omillarini chuqur o'rganish,
tahlil qilish va tegishli empirik xulosalar chiqarish orqali sud psixolog ekspertlari
kasbiy faoliyat kompetentligini taminlash mumkinligi yana bir bor o'z tasdig'ini topdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of
Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник
интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С
233237.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
225
225
2. Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA
International Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 |
November 2021 75-76
3. Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of
law-enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol 5 2017