JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
178
178
TALABALARDA JISMONIY MADANIYANI RIVOJLANTIRISH
Tulaganov Karim Olimjonovich,
Hamidullayev Rustam Fayzullayevich,
Samarqand davlat vetirinariya meditsinasi, chorvachilik
va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali
Tabiiy-ilmiy, gumanitar va jismoniy madaniyat kafedrasi
Annontatsiya:
Ushbu maqolada talabalarda jismoniy madaniyani rivojlantirish
hamda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida ta’lim berishning muhim jihatlari
to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Talaba, mashg‘ulot, o‘zlashtirish, jarayon, muasssasa, musobaqa,
pedagogik, nazariy.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari jarayonida ta’lim berishning
xususiyatlarining maqsadi o‘quvchi va talabalarni organizmini jismoniy rivojlantirish
va sog‘lom turmush tarzi kechirish talablariga o‘rgatishdan iborat bo‘ladi. Shu bilan
birga jismoniy tarbiya sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari mutaxassislik
mashg‘ulotlarini ijobiy o‘zlashtirishga katta yordam beradi. O‘quvchi va talabalar
jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari, sport
to‘garak mashg‘ulotlari, sport sog‘lomlashtirish musobaqalari va bayramlari
shakllarida bo‘ladi.
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari talabalar yotoqxonasida ommaviy holda,
yashash oylari va oilada mustaqil holda bajariladi.Ta’lim muassasalarida jismoniy
tarbiya tadbirlari o‘quvchi va talabalarni jismoniy rivojlantirish, sog‘lomlashtirish va
hayot faoliyatiga tayyorlashdan iborat bo‘ladi. Jismoniy tarbiya jarayonlari barcha
bosqichlarida tashkil etiladi. Jismoniy tarbiyani tashkil etishda ta’lim muassasaning
pedagogik jamoasi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylaring axamiyati
katta. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya,
jismoniy tarbiya darslari sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar, sport musobaqalari va
bayramlar hamda dam olish kunlari va ta’tillarda olib boriladigan turizm
mashg‘ulotlari hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya tadbirlarida o‘quvchilar hayotiy zarur harakatlar yurish,
yugurish hamda sakrash va uloqtirish, tirmashib chiqish mashqlarni bajarib harakat
malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. Jismoniy tarbiya vositalari bo‘lib hisoblangan
jismoniy mashqlar va tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari hamda gigienik vositalar
yordamida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va organizm sog‘lomlashadi. O‘zbekiston
Respublikasining "Halq ta’limi haqidagi" va "Jismoniy tarbiya va sport haqida"
qonunida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘z salomatliklarini yaxshilash va
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
179
179
mustaxkamlash uchun jismoniy jixatidan chiniqishlari to‘g‘risida qayg‘urishlari shart,
degan fikr ta’kidlanadi. Bu qonun to‘la ma’noda o‘quv dargoxlaridagi jismoniy tarbiya
ishiga xam ta’luqlidir. O‘quvchi va talabalar jismoniy tarbiyasi ularni jismoniy
harakatlarini amalga oshirishning tashkil etilgan pedagogik jarayonidir.
Ta’lim muassasasidagi jismoniy tarbiyaga oid ishlar o‘quvchi va talabalardan
xavaskorlikni, tashabbuskorlikni, uyushqoqlikni talab qiladigan juda xilma xil
shakllari bilan farq qiladi. Ular o‘quvchi va talabalarda tashkilotchilik ko‘nikmalari,
faollik, topqirlikni tarbiyalashga yordam beradi.
Ta’lim muassasasida o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi:
1. Sog‘lomlashtirish.
2. Har tamonlama etuk inson qilib tarbiyalash.
3. Vatan mudofaasiga hamda mexnatga tayyorlash. Jismoniy tarbiyaning
maqsadidan kelib chiqqan holda o‘quvchi va talabalarni sog‘lomlashtirish, chiniqtirish,
jismoniy rivojlantirish, harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha
Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari belgilanadi:
Jismoniy mashqlar va sportga oid maxsus bilimlar berish, jismoniy mashq deb,
jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan
ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari
gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, to‘plandi
va usluban to‘ldirildi. Ularga gigienik bilim va ko‘nikmalarni singdirish. Bu vazifa
o‘quvchi va talabalaga jismoniy mashg‘ulotlarning foydasi xaqidagi, gigenik
qoidalarga, dasturda ko‘zda tutilgan barcha jismoniy mashqlarni to‘g‘ri bajarish
qoidalariga rioya qilish haqidagi zarur bilimlarni berishdan iborat.
Bularning hammasi sog‘liqni mustaxkamlashga, ularning gigiena qoidalarini
bilishlari va ularga amal qilishlariga bevosita daxldor bo‘lib, bunga maktab, oila,
jamoatchilik hamda bolalarning o‘zlarining birgalikdagi harakat bilan erishiladi.
Jismoniy mashqlarga va sport mashqlariga jismoniy tarbiya darslari, kun tartibidagi
tadbirlar hamda to‘garak mashg‘ulotlarida o‘rgatiladi. Uning natijasida jismoniy
rivojlanish ta’minlanadi. Shuningdek, o‘quvchi va talabalarda sportga qiziqishlar
shakllantirilib, sport turlariga jalb etiladi. Sog‘liqni mustahkamlash, o‘quvchilarni
to‘g‘ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish. Tabiat omillari suv,
quyosh, havo ta’sirida o‘quvchilarni sog‘ligini mustaxkamlash, chiniqtirish hamda
organizmni kasalliklarga chidamliligini orttirish.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini imkoni boricha toza havoda o‘tkazish yoki
sport zallarini toza havo bilan ta’minlanishini tashkil etish. O‘quvchi va talabalarni suv
muolajalari, suzish va cho‘milish mashg‘ulotlarini olib borish hamda quyoshga
toblanish tadbirlarini boshqarish. Bu tadbirlarni sayrlar, ekskurstiyalar va turizm
mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Bu vazifa ta’lim muassasasidagi barcha jismoniy
madaniyat va sport ishlarining eng muhimi hisoblanadi. U xar bir o‘qituvchining,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
180
180
pedagoglar jamoasining diqqat markazida bo‘lish kerak. Shuning uchun o‘quvchi va
talabalarning jismoniy jihatdan normal rivojlanishi kerak. Harakat, malakalari va
ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat
faoliyatiga o‘rgatish.
O‘quvchi va talabalarning jismoniy madaniyat dasturi mazmuni shunday
tuzilganki, o‘quvchilar jismoniy madaniyat darslarida, uyda, jismoniy madaniyat
to‘garaklarida va sport to‘garaklarida muntazam shug‘ullanib, yurish, yugurish,
uloqtirish, tirmashish, muvozanat saqlash kabi hayotiy zarur harakat ko‘nikmalarini
sistemali tarzda egallay boradilar. Sanab o‘tilgan barcha tadbirlar har tomonlama
jismoniy rivojlanishiga, ularni mehnatga tayyorlashga yordam beradi. O‘quvchi va
talabalarda harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda ularni jinsi, yoshi va
jismoniy tayyorgarligi hamda shaxsiy qobiliyatiga qarab yondashish zarur. Jismoniy
fazilatlarni takomillashtirish.
Tezkorlik, kuch, epchillik va chidamlilik hamda egiluvchanlik xar bir kishi uchun
zarur bo‘lgan sifatlardir. Ular o‘quvchi va talabalarda harakat ko‘nikmalarining
shakllanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Jismoniy mashqlarni qisqa yoki uzoq vaqt
davomida turli sur’atda, turli murakkabliklar bilan o‘tkazish yuqoridagi sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. Jismoniy fazilatlarni bir-biriga muvofiq holda
rivojlantirish.
Mashg‘ulotlarni shug‘ullanuvchilar shaxsiy qobiliyatlariga muvofiq tashkil etish
hamda o‘quvchilarni sport turlariga jalb etish. Aqliy va estetik sifatlarni tarbiyalash.
Botirlik, qat’iylik, intizomlilik, jamoatchilik, do‘stlik va o‘rtoqlik xissini, madaniy
xulq ko‘nikmalarini, mehnatiga va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash. Jismoniy
tarbiyaning butun jarayoni bunday qimmatli axloqiy va irodaviy sifatlarni
tarbiyalashga yordam beradi. Ko‘pchilik jismoniy mashqlar, o‘yin harakatlari
dovyuraklik va do‘stlik xislarini tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek, vatanga
muxabbat, vatanparvarlik, xis—tuyg‘ularni shakllantirish va tarbiyalash. To‘g‘ri
qomatni shakllantirish.
Turganda va yurganda qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Qomatni to‘g‘ri shakllantirish murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir. Shunday
ekan, bu sohada ijobiy natijalarga erishish uchun tik to‘rganda, yurganda qomatini
to‘g‘ri tutishi masadga muvofiqdir; jismoniy mashqlarni keng qo‘llash kerak; jismoniy
madaniyat darslari mazmuniga albatta qomatni yaxshilashga oid mashqlarni,
mashg‘ulotlargacha bo‘lgan gimnastikani, jismoniy madaniyat vaqtlarini, badan
tarbiyani kiritish, o‘quvchi va talabalarga o‘zlari ustida tinmasdan jismoniy va aqliy
mashg‘ulotlar bilan ishlash hamda uyga tegishli vazifalar berish kerak. Berilgan
vazifalarni o‘z vaqtida tekshirish hamda amaliyotda sinab ko‘rish shu asosida
natijalarga erishish ko‘zda tutiladi.
O‘quvchi va talabalarni aqliy va axloqiy tamondan keng doirada tarbiyalash
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
181
181
muxim vazifalardan biridir chunki o‘quvchi va talabalar ongi rivojlanish paytida
bo‘ladi. Tarbiyani yaxshi tomonga yo‘naltira olgandagina kerakli natijalarga erishish
mumkin. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarga jalb etish. O‘quvchi va talabalarni
ta’lim muassasalaridagina emas, balki uyda ham jismoniy mashqlarni sistemali
ravishda bajarishga odatlantirib borishdan iborat. Bu muhim vazifani amalga oshirish
uchun o‘quvchi va talabalar bilan olib boriladigan barcha mashg‘ulotlarni jonli,
o‘rganiladigan materialning mazmuni va shaklini qiziqarli, hayajonli qilish,
mashg‘ulot rahbarining samimiy muomalasi ostida o‘tkazish, shug‘ullanuvchilar
o‘zaro do‘stona hamkorlik qilishlari uchun sharoit yaratish zarur. O‘quvchi va
talabalarni shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatlariga ko‘ra ularni sport turlari
bilan shug‘ullanishga jalb etish.
Shuningdek, yashash joylarida, sport to‘garaklarga umumiy jismoniy tayyorgarlik
va sport mashg‘ulotlarni amalga oshirish kerakdir. O‘quvchi va talabalarda
tashkilotchilikni tarbiyalash, jismoniy madaniyat faoliyatini tayyorlash. Ta’lim
muassasasi ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishlarini muvaffaqiyatli olib borish,
jismoniy madaniyat darslari hamda mashg‘ulotlarni to‘laqonli o‘tkazishda o‘quvchi va
talabalar jismoniy madaniyat faoliyatining o‘qituvchiga doimiy yordami zarur.
Shug‘ullanuvchilarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash uchun qanday
yashayotgani, nima xaqida o‘ylashi, kimlar bilan do‘stligi ishlab chiqarishda qanday
ishlashi, o‘quv yurtida qanday o‘qishi, oilada, jamoat joylarda o‘zini tutishi bo‘sh
vaqtini qanday o‘tkazishi va boshqalarni jismoniy tarbiya mutaxassislari to‘liq bilishi
kerak. Jismoniy tarbiya mutaxassislari shug‘ullanuvchilarni jismoniy qobiliyatlar
rivojlanganlik darajasini bilishi, shaxsiy xarakter xususiyatlarini, aql, idrok, hissiyot
irodalarini axloqiy sifatlari va statik extiyojlardagi individual farqlarni o‘rganish zarur.
Mustaqil mashg‘ulotlar jarayonlarida o‘quvchi va talabalarda jismoniy tarbiya va
sportga munosabati shakllanadi, jismoniy mashqlar, harakatlar va sport turlari bilan
mustaqil shug‘ullanish ko‘nikmalari ortadi. Mustaqil mashg‘ulotlarda hayotiy zarur
harakatlar o‘rgatilish bilan birga, jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, egiluvchanlik,
tezkorlik, chaqqonlik sifatlari takomllishtirib boriladi. Har bir jismoniy sifatlarni
rivojlantirish natijasida organizda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Inson tanasi azolari
chiniqadi va qon aylanish doirasi yaxshilanish natijasida rivojlanadi.
XULOSA. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalr bilan jismoniy tarbiya
sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot
va pedagogik amaliyot ishlarimizda bir qator kerakli bo‘lgan aniq xulosalar keltirdik.
1. O‘quvchi va talabalrni jismoniy tarbiyalash va sog‘lomlashtirish jarayonlarida
tabiat omillarining chiniqtirish ahamiyati muhim o‘rin tutadi.
2. Umum rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar o‘quvchi va talabalarni organizmini
tetiklashtirishga va jismoniy yuklamalarga tayyorlashda kerakli vosita bo‘lib xizmat
qiladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
182
182
3. Maxsus jismoniy mashqlar o‘quvchi va talabalarni sport turlari buyicha
jismoniy harakatlar texnikasini egallashga va takomillashtirishga katta yordam beradi.
4. Yordamchi jismoniy mashqlar sport turlarining maxsus mashqlarni
shakllantirishda o‘ziga xos vosita bo‘lib xizmat qiladi.
5. Jismoniy tarbiya sport va sog‘lomlashtirish shakllaridan o‘quvchi va talabalar
jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarida samarali foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
6. Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish
tadbirlarining jismoniy rivojlantirish va sog‘lomlashtirish ta’siri muhim ahamiyatga
egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Adizov B.R., Khamroyev A.R. Modeling activities of teachers when designing
creative activities of students //Ilmiy xabarnoma. – С. 69.
2. Shukurov R.S., Samadov S.S. The inquiry on the changes of ralations towards
the basics of the culture of healthy life in the students of elective courses //International
journal of progressive sciences and technologies. – 2021. Т. 25. – №. 2. – С. 112-118.
3. Olimov S.S. The innovation process is a priority in the development of
pedagogical sciences. – 2021.
4. Азимова Н.Э. Роль профессионального педагога в подготовке гармонично
развитой личности //Международный журнал гуманитарных и естественных
наук. – 2018. – №. 5-1.
5. Ибрагимов А. К. Основа физкультурного образования школьников–
знания по физической культуре //Рекомендовано к изданию Советом по качеству
УралГУФК Протокол № 8 от 14 мая 2018 г. – С. 128.
6. Муниров Н. А. Роль физической культуры и спорта в развитии учащихся
//Проблемы науки. – 2021. – С. 47.