JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
98
98
TALABALARDA KASBIY-PEDAGOGIK
FAOLIYATINING IJTIMOIY OMILLARI
“University of economics and pedagogy”
Dotsent.
Abdurazaqova Feruza
Boshlang`ich ta`limy yo`nalishi talabalari
Siddiqova Vazira Ilhomjon qizi
Abdullaeva Ruhshona Tohirjon qizi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada talabalarda kasbiy-pedagogik faoliyatning
ijtimoiy omillarini, axloqiy me’yorlarini o‘rgatish dolzarb muammo ekanligi,
shuningdek talabalarda kasbiy-pedagogik faoliyatning ijtimoiy-axloqiy qoidalarining
o‘rni xususida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
kasbiy-pedagogik faoliyat, ijtimoiy ahloq, me’yor, kasb standarti,
pedagog, intellektual salohiyat, oliy ta’lim, xulq-atvor.
Annotation.
This article reflects on the fact that teaching the socio-moral
standards of professional-pedagogical activity in students is an urgent problem, on
professional orientation, professional standards, as well as on the role of the rules of
pedagogical Ethicsin mastering the socio-moral standards of professional-pedagogical
activity in students.
Base words and phrases:
professional-pedagogical activity, social moral,
professional standard, pedagogical, intellectual potential, higher education, behavior.
Аннотация.
В данной статье рассматривается актуальная проблема
обучения
студентов
социально-этическим
нормам
профессионально-
педагогической деятельности, рассматриваются особенности профессиональной
ориентации, профстандарты, а также роль правил педагогической этики в
усвоении
учащимися
социально-этических
норм
профессионально-
педагогической деятельности.
Базовые
слова
и
выражения:
профессионально-педагогическая
деятельность, социальная этическая норма, международный стандарт,
Профессиональный стандарт, педагог, интеллектуальный потенциал, высшее
образование, поведение.
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonda keltirilganidek “Oliy ta’lim bilan
qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va
tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning
intellectual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida
shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish” oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
99
99
strategik maqsadlaridan biriga aylandi. Pedagogik oliy ta’limda tayyorlanadigan
pedagogik kadrlarning ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishida ijtimoiy-
axloqiy me’yorlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasi
bitiruvchilarining
mehnat
bozorida
raqobatbardoshligini
oshirish, bo‘lajak
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi ijtimoiy axloqiy me’yorlarni shakllantirish
oliy ta’lim tizimining funktsional vazifasi hisoblanib,halqaro va milliy talablardan
kelib chiqqan holda tadqiq qilib borish dolzarb masala sifatida qaralmoqda.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-axloqiy me’yorlarni bilishi va o‘z faoliyatiga
tadbiq etish borasidagi ko‘nikmalar o‘zini professional mukammallashtirish va
tarbiyalas uchun yetakchi komponent bo‘lib, “maqsadga muvofiq ma’lum tarzda
amalga oshiriladigan pedagog umuminsoniy tajriba, pedagogik jarayonni
takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan metodologik va maxsus bilimlar, kasbiy
ko‘nikma va malakalar” tushuniladi.Ilmiy adabiyotlar tahlili talabalarga ijtimoiy-
axloqiy me’yorlarni o‘rgatish pedagogik-psixologik, ijtimoiy-gumanitar, me’yoriy-
huquqiy, nazariy-amaliy, uslubiy jihatdan dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.Talabalarda
kasbni egallashning shakllanishi ularda majburiyat va javobgarlik hissining tarkib
topishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularda ana shunday sifat va kechinmalar to‘la shakllangan
bo‘lsa, bilimlarni egallash yoki kasbiy kamolot uchun hech narsa to‘siq bo‘lmaydi.
Talabalarda kasbiy-pedagogik faoliyatga doir ijtimoiy-axloqiy me’yorlarni bilishi
o‘zini pedagog sifatida o‘zini identifikatsiya qilish bosqichida namoyon bo‘ladi.
Mazkur bosqich kasbiy-pedagogik faoliyat, ijtimoiy rolni bajarish va ijtimoiy-
psixologik tizimidan iborat. O‘zini identifikatsiya qilish uch bosqichda: tayyorgarlik,
asosiy va yakunlovchi bosqichlarda amalga oshiriladi. Tayyorgarlik bosqichida talaba
egallamoqchi bo‘lgan kasbiga taaluqli faoliyat turlarini aniqlashtiradi, o‘zining o‘rni
va rolini aniqlashtiradi, o‘z xulq-atvorlari, odobi, ko‘zlagan maqsadlarini ro‘yobga
chiqarishning vosita va usullarini asoslab, belgilab oladi. Asosiy bosqichda o‘zini
nomoyon qilish maqsadlarini amalga oshiradi. Yakunlovchi bosqichda talaba o‘zini
nomoyon etish sohasida erishgan
natijalar
baholanadi, qiyinchiliklarni sabablari
aniqlanadi.
Kasbiy-pedagogik muvaffaqiyat bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-axloqiy
me’yorlar hamda kasbiy yo‘nalganlik bilan mustahkam aloqadorlikka ega.
M.I.Dyachenko, L.A.Kandibovich talabalarda kasbiy yo‘nalganlikni rivojlantirish bu
bo‘lajak kasbiga ijobiy munosabatni, unga qiziqish, layoqat va qobiliyatlarini
mustahkamlash, oliy o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng kasbiy-pedagogik faoliyatini
takomillashtirish istagi, tanlangan kasb sohasida doimiy mehnat faoliyatini olib borish
asnosida o‘zining asosiy moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‘lg‘usi
mutaxassis ko‘z o‘ngida kasbning obro‘sini oshirishdir.
Kasbiy yo‘nalganlik mazmuni sifatida bo‘lajak kasbiy faoliyatini,
majburiyatlarini, ijtimoiy-axloqiy me’yorlarini yaxshi bilishi, o‘z funktsional
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
100
100
vazifalarini bajarishga intilish, mohir, yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatish,
murakkab o‘quv vazifalari, masalalarini aniq yechishga intilish, mas’uliyat hissining
kuchayishi, ishda muvaffaqiyatga erishish istagidir. Shuningdek, talabalarning ijtimoiy
burchga, o‘ziga, intilishlariga, hislariga munosabatining rivojlanishi bilan kasbiy
motivlarning mazmuni o‘zgaradi. V.A.Sonin ilmiy tadqiqotida talabalarda kasbiy
yo‘nalganlikning muvaffaqiyatli rivojlantirish omillaridan biri ularda kasb tanlashning
ijobiy motivlarini shakllaganligi ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasida pedagogning maqomi tan olinib, ularning o‘z
kasbiyfaoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmoqda,
ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlanib va huquqlari amalga oshirilishi uchun kafolatlar
qonunan ta’minlanmoqda. Bu kafolat qonun hujjatlarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi” to‘g‘risida Qonunida o‘z aksini
topgan.Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si
ta’minlanishi bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-axloqiy me’yorlarni shakllanish
mazmuni, jarayoni bilan uzviy bog‘liq.
Ma’lumki, pedagogning kasbiy faoliyati kasb standartlarida belgilanadi. Ish
beruvchi esa pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun zaruriy
shartsharoitlarni yaratib beradi. Pedagogning kasbiy kompetentligining muhim
tarkibiy qismlaridan biri o‘z faoliyatining ijtimoiy-axloqiy me’yorlarini bilishi bilan
tavsiflanadi.
Kasbiy-pedagogik faoliyatning ijtimoiy-axloqiy me’yorlarini ikkita nuqtai
nazardan tahlil qilish mumkin. Birinchisi, jamiyatda pedagoglar faoliyati uchun
belgilangan ijtimoiyaxloqiy me’yorlar bo‘lsa, ikkinchisi mazkur ijtimoiy-axloqiy
me’yorlar pedagogik oliy ta’lim muassasalarida qay tarzda shakllantirilishi, uning
metodik-kontseptual jihatlari hisoblanadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish va
tarbiya vositalarini hamda usullarini tanlash jarayoni tahlil qilinsa, mazkur jarayonda
ham ijtimoiy-axloqiy me’yorlar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, kasbiy-pedagogik faoliyatga tegishli mualliflik dasturlarini va
o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish va joriy etish, ijodiy faollik ko‘rsatish, shuningdek
tegishli o‘quv fanlari, kurslari va modullaridan foydalanishda ham ijtimoiy-axloqiy
me’yorlar mavjud. Pedagog sifatida ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek
ta’lim tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok
etish ham ijtimoiy-axloqiy me’yorlarda o‘z aksini topadi.
Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy-axloqiy me’yorlarni o‘rgatish
va bu bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish pedagogik ta’limning dolzarb
vazifalaridan biri hisoblanadi. Misol tariqasida o‘quvchilarni baholash jarayonida bir
qancha ijtimoiy hamda axloqiy me’yorlar mavjud. Mazkur me’yorlarni bilmaslik yoki
uni o‘z faoliyatiga tadbiq eta olmaslik oqibatida o‘quvchilar, ota-onalar, hamkasblar
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
101
101
bilan ziddiyatli vaziyatlarni keltirib chiqarish mumkin. Kasbiy-pedagogik faoliyati
davomida o‘ziga biriktirilgan sinfdagi (guruhdagi, kursdagi) ta’lim oluvchilarning
bilimini mustaqil baholay olish ma’suliyatli vazifa bo‘lib, baholash ta’lim oluvchining
nafaqat fanni o‘zlashtirishi yoki kognitiv qobiliyatini aks ettiradi, bunda bir qancha
ijtimoiy hamda axloqiy jihatlari mavjud. Baholash ta’lim oluvchini jazolash yoki bu
orqali ta’lim oluvchiga refleksiv ma’lumot yetkazish uchun emas, balki
o‘zlashtirishining mavjud holatini xolis ask ettirishi lozim bo‘ladi.
Pedagogning kasbiy-pedagogik faoliyatida muloqotning o‘rni katta. Ta’lim
oluvchilar va ularning ota-onalari, hamkasblar, turli davlat organlari bilan bo‘lib
o‘tadigan muloqot pedagogning kasbiy identitetligini namoyish qiladi. Kasbiy
identitetlik kasbiypedagogik faoliyatning ijtimoiy-axloqiy me’yorlariga qat’iy rioya
qilishni taqozo etadi.Talabalarda kasbiy-pedagogik faoliyatini amalga oshirish
davomida o‘z sha’ni,qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishga doir
me’yorlarni o‘zlashtirishi pedagogik ta’limda amaliyotga yo‘naltirilgan metodik
ta’minotni taqozo etadi. Kasbiypedagogik faoliyatning ijtimoiy-axloqiy me’yorlari
pedagogik ta’lim o‘quv rejasiga fan sifatida kirirtilmagan bo‘lasda, mutaxassislik
fanlari mavzulari mazmuniga singdirilgan. Jumladan, “Pedagogik kompetentlik”
fanidagi mavzularda ham ijtimoiy-axloqiy me’yorlar o‘z aksini topgan. Didaktik
jihatdan mazkur o‘quv fani mazmuniga ijtimoiy-axloqiy me’yorlarni singdirish
imkoniyati mavjud.
Bo‘lajak pedagoglar o‘z kasbiy-pedagogik faoliyatini amalga oshirishda
ijtimoiyaxloqiy me’yorlar keng qo‘llanilishiga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining (o‘quvchi, ota-ona, hamkasblar, rahbariyat)
sha’ni, qadrqimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi, o‘quv mashg‘ulotlari
davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va
usullaridan foydalanish, ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini,
jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor
qaratishi va ularni kamsitmasligi, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-
tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda
olib borishi, ta’lim tashkilotining ustaviga va boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat
tartibi qoidalariga va pedagogik etika qoidalariga rioya etishi, majburiy tibbiy
ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi va boshqalar. Talabalarda kasbiy-pedagogik faoliyatning
ijtimoiy-axloqiy me’yorlarini o‘zlashtirishda pedagogik etika qoidalari alohida va
muhim ahamiyatga ega. Pedagogik etikani bilish va ularga amal qilish pedagogning
o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishining sifat ko‘rsatkichlarini hamda pedagogning
mehnat intizomini belgilaydigan mezondir.
Pedagogik etika qoidalarining pedagog tomonidan buzilishi uni mehnat
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
102
102
to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Kasbiy-pedagogik faoliyatning ijtimoiy-axloqiy me’yorlari keng qamrovli tushuncha
bo‘lib, dinamik jarayonlarni o‘z mazmuniga qamrab oladi. Ta’limning xalqarolashuvi,
axborotlashtirish sharoitida faoliyatning ijtimoiy-axloqiy talablari ham ortib bormoqda
va bu me’yorlar o‘zgarib, jamiyat ijtimoiy-madaniy hayoti ta’sirida mustahkamlanib
bormoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-axloqiy
me’yorlarini o‘qitish pedagogik zarurat hisoblanib, ilmiy-uslubiy, nazariy-kontseptual
jihatdan tadqiq qilish zarurat ekanligini ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi
to‘g‘risi”dagi O‘RQ-901-son Qonuni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
https://lex.uz/docs/-6786401.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida” gi PF-5847-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazas,
https://lex.uz/ru/docs/-4545884.
3. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 19
oktyabrdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston
Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risidagi 35-2021-son buyrug‘i //
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, https://lex.uz/docs/-5705038.
4. Илъин Э.П. Психология взростлости. 2012. – С. 200.
5. Oribboeva D.D. Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy-motivatsion sohaning
rivojlanganligi ijtimoiy kompetentlikni belgilovchi omil sifatida // “Pedagogik
mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal, 8-son, 2023. – B. 132-137.
6. Дъяченко М.И., Кандибович Л.А., Кандибович C.Л. Психология висшей
школи. Минск: Харвест. – М.: АСТ, 2001. – С. 576.
7. Сонин Б.А. Учитель как социальный тип личности. – СПб.: Речь, 2007. –
400 c.