Authors

  • Ergashev Xudoynazar Xabibullayevich
  • Abduraxmonov Saidqosimxon Abduhamid o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93738

Keywords:

Tayanch so‘zlar: buxgalteriya hisobi byudjet tashkiloti ichki audit moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot moliya - xo‘jalik faoliyati byudjetdan tashqari mablag‘lar davlat moliyaviy nazorati byudjet nazorati ichki nazorat xizmati smetalar daromad xarajatlar.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada byudjet tashkilotlaridan oliy ta’lim muassasalarida davlat moliyaviy nazorat usullaridan biri ichki audit xizmatini rejalashtirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari, asosiy tamoyillari, usullari va xususiyatlari haqida yozilgan. Bunda davlat, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining mulkchilik shakliga ko‘ra tarkibi, ularning o‘ziga xos bo‘lgan farqli jihatlari, ta’lim muassasalaridagi byudjetdan tashqari mablag‘larining tarkibiy tuzilishi va buxgalteriya hisobining ob’ektlari tadqiq qilingan. Shu bilan birgalikda maqolada byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi va nazoratini takomillashtirish bilan bog‘liq hozirgi kundagi muammolar va ularni bartaraf etishning nazariy hamda amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

85

85

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ICHKI

AUDIT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Ergashev Xudoynazar Xabibullayevich

"Samarqand iqtisodiyot va

serves instituti " i.f.n, dotsent

Ergashev1962@mail.ru +998915296002

Abduraxmonov Saidqosimxon Abduhamid o‘g‘li

SamATI, mustaqil izlanuvchi

Email: saabdurkhmonovs@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada byudjet tashkilotlaridan

oliy ta’lim

muassasalarida davlat moliyaviy nazorat usullaridan biri ichki audit xizmatini
rejalashtirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari, asosiy tamoyillari, usullari
va xususiyatlari haqida yozilgan. Bunda davlat, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim
muassasalarining mulkchilik shakliga ko‘ra tarkibi, ularning o‘ziga xos bo‘lgan farqli
jihatlari, ta’lim muassasalaridagi byudjetdan tashqari mablag‘larining tarkibiy
tuzilishi va buxgalteriya hisobining ob’ektlari tadqiq qilingan. Shu bilan birgalikda
maqolada byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi va nazoratini takomillashtirish bilan
bog‘liq hozirgi kundagi muammolar va ularni bartaraf etishning nazariy hamda amaliy
jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Abstract:

This article discusses the current issues, basic principles, methods and

features of planning and improving the internal audit service, one of the methods of
state financial control in higher educational institutions from budgetary organizations.
In this article, the composition of state, foreign and non-state higher educational
institutions by form of ownership, their specific differences, the structural structure of
extra-budgetary funds in educational institutions and objects of accounting are studied.
At the same time, the article considers current problems related to the improvement of
budget accounting and control in budgetary organizations and theoretical and practical
aspects of their elimination.

Аннотация:

В статье рассматриваются актуальные проблемы, основные

принципы, методы и особенности планирования и совершенствования службы
внутреннего аудита — одного из методов государственного финансового
контроля в высших учебных заведениях бюджетной сферы. В ходе исследования
были изучены состав государственных, иностранных и негосударственных
организаций высшего образования по формам собственности, их отличительные
особенности, структурная структура внебюджетных средств в образовательных
организациях, объекты учета. Вместе с тем в статье рассматриваются актуальные


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

86

86

проблемы совершенствования бюджетного учета и контроля в бюджетных
организациях, а также теоретические и практические аспекты их устранения.

Tayanch so‘zlar

: buxgalteriya hisobi, byudjet tashkiloti, ichki audit, moliyaviy

nazorat, moliyaviy hisobot, moliya - xo‘jalik faoliyati byudjetdan tashqari mablag‘lar,
davlat moliyaviy nazorati, byudjet nazorati, ichki nazorat xizmati, smetalar, daromad,
xarajatlar.

Keywords:

accounting, budget organization, internal audit, financial control,

financial reporting, financial - economic activities, extrabudgetary funds, state
financial control, budget control, internal control service, estimates, income, expenses.

Ключевые слова:

бухгалтерский учет, бюджетная организация, внутренний

аудит, финансовый контроль, финансовая отчетность, финансово-хозяйственная
деятельность, внебюджетные фонды, государственный финансовый контроль,
бюджетный контроль, служба внутреннего контроля, сметы, доходы, расходы.


Кириш:

Hozirgi kunda 300 mln.dan ortiq talabalar 40 mingdan ortiq oliy ta’lim

muassasalarida ta’lim olmoqda. Bu ko‘rsatkich keyingi 5 yillikda Osiyo va Yevropa
davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish istagi borlar hisobidan yana
oshishi bashorat qilinmoqda. Jahon ta’lim bozordagi aylanma o‘rtacha 120
mlrd.dollarni, bunda oliy ta’lim muassasalarining ulushi 40-85 mlrd.dollarni tashkil
etmoqda. Bu o‘z navbatida ta’lim oluvchilarning oliy ta’lim muassasalari tanlanishida
sifatli ta’lim berilishi, halqaro reyting ko‘rsatkichlaridagi egallagan yuqori o‘rniga,
ta’lim muassasasining imidjiga hamda bitiruvchilarning nufuzli tashkilotlarda
ishlashlari bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan mamlakat oliy ta’lim muassasalari
faoliyatida ham ushbu ishlarga alohida e’tibor qaratilishi, kelgusida oshishi
kutilayotgan ta’lim oluvchilarning jalb qilish yo‘llarini topishi, kuchayib borayotgan
raqobat kurashida munosib ishtirok etib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashi, ilm-
fan, ishlab chiqarish, biznes va jamiyatning muhim bo‘g‘ini sifatida tadbirkorlik
faoliyatlari asosida byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishi zarur bo‘ladi. Bu o‘z
navbatida oliy ta’lim muassasalarining mavjud moddiy-texnik bazasi, ilmiy
salohiyatilaridan kelib chiqqan holda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishlari bilan birga
ilmiy tadqiqot natijalari va yaratilgan innovatsiyalarni biznes sub’ektlariga amaliyotiga
joriy etish orqali qo‘shimcha byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishlari zarur
bo‘ladi.

Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida

O‘zbekistonda Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me’yoriy
huquqiy hamda tashkiliy asosi yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining
Byudjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, “Byudjet tashkilotlarida
buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma va boshqa bir qator muhim me’yoriy
hujjatlar qabul qilindi. Davlat byudjeti ijrosining ushbu me’yoriy hujjatlar doirasida


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

87

87

amalga oshirilishi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘zaro muvofiqligini ta’minlab
kelmoqda.Ichki audit tizimining joriy qilinishi nafaqat byudjetning bosh tasarrufchisi
bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat byudjeti mablag‘lari maqsadli
ishlatilishini, byudjet tashkilotlari samaradorligini, mutaxassislardan oqilona
foydalanish, axborot oqimlari ishonchliligi va shaffofligiga erishish, balki bu borada
vakolatli tashkilotlar oldida to‘laqonli hisobotlarni ta’minlash va shu orqali boshqaruv
tizimini yanada takomillashtirish imkoniyatini beradi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi

davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy
nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 14.02.2022 yildagi PQ-128-
son qarori, “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi, 27 avgust 2021 yilgi PF-6300 son Farmoni Davlat moliyaviy
resurslarini samarali boshqarish hamda byudjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona
foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish, shuningdek,
2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
amalga oshirishga oid belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ichki audit hizmatini
yanada takomillashtirishga qaratilgan. Asosan Hisob palatasi, Moliya vazirligi,
vazirliklar va idoralarni ichki audit xizmatlariga byudjet qonunchiligi buzilishiga
alohida e’tibor qaratish yuklatildi. Bunda byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga
tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblanishi, davlat dasturiga kiritilgan ob’ektlarda
qurilish ishlarini monitoring qilish va ularni nazoratini o‘tkazish, byudjet
subsidiyalarini manzilliligini va samaradorligini baholash, davlat xaridlari talablari
ijrosini nazorat qilish va davlat qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan
loyihalar samaradorligini o‘rganish yuklatildi. Asosiy maqsad byudjet qonunchiligini
buzish holatlarining oldini olish va byudjet intizomini mustahkamlashga qaratilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

88

88

Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili

Byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmati o‘z faoliyatini rejalashtirish asosida

amalga oshiradi, bu qoida tariqasida taqvim yilini o‘z ichiga oladi.Ichki audit xizmati
rejasi mavjudligi ichki audit xizmatining muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shartdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida reja tuzilgan va ko‘rib chiqilayotgan davrda o‘zgartirilishi
mumkin. Vaqti-vaqti bilan faoliyatdagi o‘zgarishlarga va oliy ta’lim muassasa
ehtiyojlariga muvofiq ravishda ko‘rib chiqilishi kerak.

Xorijlik, ushbu sohaning yetuk olimlaridan E.A.Arens va Dj. K.Lobbeklar,

“Rejalashtirishning oltita asosiy bosqichi mavjud, ular: oldindan rejalashtirish,
umumiy ma’lumotni yig‘ish, mijozning majburiyatlari mavjudligi to‘g‘risida
ma’lumot to‘plash, auditorlik xavfi, ichki xavf, biznes xavfi, ichki nazorat tizimi bilan
tanishish va boshqarish xavflarini oldindan baholash, audit rejasi va dasturini ishlab
chiqish” muhimligini ilgari surishgan.

Jumladan, V.I.Podolskiy, A.A.Savina, L.V.Sotnikova “Ichki audit iqtisodiyot

sub’ektida uning mulk egalari manfaatlarini ko‘zlab tashkil etilgan va uning ichki
hujjatlari bilan tartibga solingan buxgalteriya hisobini yuritishning o‘rnatilgan tartibiga
amal qilinishini va ichki nazorat tizimi faoliyati ishonchliligini nazorat qiluvchi nazorat
tizimi hisoblanadi” deb fikr bildirgan.

A.V.Evdokimova va I.N.Pashkina “Ichki audit – buxgalteriya hisobi va ichki

nazoratni to‘g‘ri yuritishga javob beradigan tashkilotning ichida qo‘llaniladigan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

89

89

nazorat tizimi” sifatida e’tirof etadi.

O‘zbekistonlik taniqli iqtisodchi olimlaridan biri S.U.Mehmonov bu borada

quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan, “Ichki auditni o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi
uni rejalashtirish hisoblanadi. Auditning rejasida ishning kutilayotgan hajmi, audit
o‘tkazishning jadvali va muddatlari, tekshirilayotgan ob’ekt to‘g‘risida ob’ektiv va
har tomonlama asos langan fikrlarni shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan auditorlik
amallarining hajmi, turlari va ketma-ketligi ko‘rsatib o‘tilgan auditorlik dasturi
belgilanib o‘tilishi lozim. Auditorlik tekshirishlarning umumiy rejasi har hisobot yili
boshlangunga qadar tuziladi. Uni tuzishda quyidagilar ko‘zda tutiladi:

-

har bir aniq ob’ektlar bo‘yicha tekshiruvchilarni ularning professional xusu
siyatlari va lavozim darajalariga muvofiq taqsimlash;

-

guruhning barcha a’zolari, ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida
yo‘riqnomalarni chuqur o‘rganishlari, tekshirilayotgan ob’ektlar to‘g‘risida
ma’lumotlarni yetkazib berish;

-

ishchi hujjatlashtirishni olib borish;

-

amalga oshirilgan ishni hujjatli ravishda rasmiylashtirish va uni tekshirilayotgan
ob’ektning mas’ul shaxslari bilan muhokama qilish.

Xususan, Hamidova Z.U. “Ichki audit tekshiruvini o‘tkazishning byudjet

muassasalariga moslashtirib quyidagi turlarga bo‘lishi lozim” deb hisoblaydi

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Oliy ta’lim muassalarini boshqaruvini

tashkil etishda ularni ishonchli axborotlar bilan ta’minlash muhim hisoblanib, bu uning
barcha faoliyatlari, shuningdek, moliyaviy analitik faoliyatiga ham taalluqli
hisoblanadi. Moliyaviy analitik axborotlarining asosini oliy ta’lim muassasalari
moliyaviy faoliyati, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarining samaradorligi tahlili,
ichki audit tizimi hisoblanadi. Bizga ma’lumki oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan
moliyalashtirish va uning smeta asosida ijrosini ta’minlashda buxgalteriya hisobi, ichki
audit va tahlil ishlari asosida mavjud smeta orqali tashkil etiladi. Bugungi kunda oliy
ta’lim muassasalaridagi ushbu sohaga oid muammolar sirasiga: faoliyat yo‘nalishlari
bo‘yicha asosiy vositalar uchun amortizatsiya hisoblash va hisobdan chiqarish, alohida
aktivlar bo‘yicha hisob operatsiyalarini yuritish, ilmiy salohiyati va moddiy texnik
ta’minotlari asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha
byudjetdan tashqari topilgan mablag‘larning buxgalteriya hisobi va ichki auditni
tashkil qilish ishlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

90

90

Хулоса:

Olib borilgan tadqiqotlar asosida oliy ta’lim muassasalarining ichki

audit va moliyaviy nazorat tizimlarida quyidagi muammolar mavjud ekanligi
aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berildi.

Oliy ta’lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni rivojlantirish

muhim sanaladi. Chunki ichki audit va moliyaviy nazoratning o‘ziga xos jihatlarini
bilishlari ta’lim muassasasi rahbarlariga nafaqat davlat muassasasi bilan bir qatorda
moliyaviy mustaqillika erishgan ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali boshqarishni
tashkil etishda ushbu shakldan optimal foydalanish imkonini beradi.

-Xalqaro va milliy amaliyotda oliy ta’lim muassasalarining shiddatli raqobat

muhitidagifaoliyati, eng avvalo, ta’lim sifati bilan bir qatorda undan iste’molchilarning
ehtiyojlarini to‘la qondirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuni ta’kidlash kerakki,
mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan ichki audit va moliyaviy
nazorat davlat, moliyaviy mustaqillika erishgan va nodavlat oliy ta’lim
muassasalarining boshqaruv faoliyatlarida tobora muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z
navbatida, mazkur ta’lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatida
ichki institutsional o‘zgarishlari amalga oshirishni, yuqoridagi belgilangan
muammolarining yechimlari bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar foydalanish zarur
bo‘ladi.

-

Oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta

maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari bosh auditorining namunaviy
lavozim majburiyatlari Yo‘riqnomasini tasdiqlash haqida” buyrug‘i bilan bosh
auditorning lavozim faoliyatlariga qo‘shimcha ravishda ishlab chiqilgan yo‘nalishlari
qo‘shish va ichki moliyaviy nazoratni bevosita kuchaytirishni talab qiladi.

Oliy ta’lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazoratini mukammaligini

ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar:

-

Xozirda ta’lim muassasalari ichki auditori Oliy va o‘rta maxsusta’lim

vazirlikning namunaviy shtat jadvaliga asosan 1 birlik ajratilgan. Lekin ish hajmi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

91

91

ko‘pligi inobatga olinib, qo‘shimcha shtat birlikligi kiritish belgilanmagan. Moliyaviy
mustaqillikka erishgan Oliy ta’lim muassasalari ichki audit va moliyaviy nazorat
xizmatini tashkil etgan holda shtatlar jadvaliga o‘zgartirish kiritib, ushbu bo‘limga
qushimcha ichki auditorlarni jalb qilishga ruxsat berish;

-

Elektron ma’lumotlarni kiritib ishlash va kompyuterlashtirilgan tizimlarni

samarali tekshirish uchun yetarli salohiyatli mutaxassislar mavjud emas. Moliyaviy
mustaqillikka erishgan Oliy ta’lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazorat
xizmatiga shartnomaviy kelishuv asosini malakali kadrlarni, shuningdek , zamonaviy
axborot texnologiyalarini jalb qilish imkoniyatini mavjud. Moliyaviy mustaqillikka
erishgan oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashi qarori bilan ish hajmiga qarab 1
yoki 2 qo‘shimcha shtatlar asosida malakali mutaxassislar jalb etilishi mumkin.

FOYDALANILAGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2022 yildagi PQ-128-son
“O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada
oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish
to’g’risida” gi Qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ–3231-son
“Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat
moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 21 dekabr 2010 yildaga 2169-son
“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yuriknomani tasdiklash
xakida”ga buyrugi.

4.

Podolskiy

V.I.,

Savina

A.A.,

Sotnikova

L.V.

“Международные и

внутрифирменные стандарты аудиторской деятельности: учеб.пособие” М.:
Вузовский учебник: ИНФРА-М, 2010. 288 c.

5.

Evdokimova A.V. va Pashkina I.N. “Внутренний аудит и контроль финансово-
хозяйственной

деятельности

организatsiи:

практическое

пособие”.

М.:Издательско- торговая корпорatsiя «Дашков И.К.» 2009. 214 c.

6.

Axmedjanov K.B. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit metodologiyasini
takomillashtirish. Diss. avtoref. i.f.d.. – Toshkent. 2016.

7.

Ibragimov A.K., Sugirbaev B.B. Byudjet nazorati va auditi. O‘quv qo‘llanma.
infoCOM.Uz MChJ. T.: 2010. 192 b.

8.

X.X.Ergashev., Таълим муассасасини бюджетдан ташкари маблаглар билан
таъминлашнинг куп вариантли тизимини жорий этиш. Кasb-hunar ta’limi
ilmiy uslubiy jurnal 2006, №3. 14-15 b

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2022 yildagi PQ-128-son “O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” gi Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ–3231-son “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 21 dekabr 2010 yildaga 2169-son “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yuriknomani tasdiklash xakida”ga buyrugi.

Podolskiy V.I., Savina A.A., Sotnikova L.V. “Международные и внутрифирменные стандарты аудиторской деятельности: учеб.пособие” М.: Вузовский учебник: ИНФРА-М, 2010. 288 c.

Evdokimova A.V. va Pashkina I.N. “Внутренний аудит и контроль финансово- хозяйственной деятельности организatsiи: практическое пособие”. М.:Издательско- торговая корпорatsiя «Дашков И.К.» 2009. 214 c.

Axmedjanov K.B. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit metodologiyasini takomillashtirish. Diss. avtoref. i.f.d.. – Toshkent. 2016.

Ibragimov A.K., Sugirbaev B.B. Byudjet nazorati va auditi. O‘quv qo‘llanma. infoCOM.Uz MChJ. T.: 2010. 192 b.

X.X.Ergashev., Таълим муассасасини бюджетдан ташкари маблаглар билан таъминлашнинг куп вариантли тизимини жорий этиш. Кasb-hunar ta’limi ilmiy uslubiy jurnal 2006, №3. 14-15 b