“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
97
Kredit bozorlarining iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va defolt xavfi
Guliston davlat universiteti
Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabasi
No‘monjonova Shoxsanam Muzaffar qizi
nomonjonovashohsanam221@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kredit bozorlarining iqtisodiy rivojlanish
jarayonlariga ko'rsatayotgan ta’siri va defolt xavflarini boshqarish masalalari tahlil
qilingan. O'zbekiston kredit bozorining hozirgi holati, rivojlanish tendensiyalari va
iqtisodiyotning real sektoriga ta'siri o'rganilgan. Tadqiqot davomida kredit
bozorlarining makroiqtisodiy barqarorlikka ko'rsatayotgan ta'siri, defolt xavflarini
baholash mexanizmlari va ularni minimallashtirishning zamonaviy usullari tahlil
qilingan.
Kalit so‘zlar:
kredit bozori, iqtisodiy rivojlanish, defolt xavfi,
moliyaviy barqarorlik, kredit riski, bank tizimi, kreditlash siyosati, makroiqtisodiy
ta'sir, qarz yuki, moliyaviy vasitatchilik.
KIRISH
Kredit bozorlarining zamonaviy iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini inkor qilib
bo'lmaydi. Moliyaviy vositachilik tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan kredit
bozori iqtisodiy o'sish, investitsiyalarni rag’batlantirish va innovatsiyalarni
moliyalashtirish jarayonlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, kredit
bozorlarining noto‘g’ri rivojlanishi yoki nazorat qilinmasligi jiddiy moliyaviy
inqirozlarga olib kelishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasida kredit bozorining rivojlanishi mamlakatning
bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonining muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
1991-yildan boshlab bank tizimining shakllanishi va kreditlash faoliyatining
rivojlanishi milliy iqtisodiyotning zamonaviylashtirish jarayonida muhim rol
o'ynadi.
Kredit bozorlarining iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta'sirini ta'minlash bilan
birga, defolt xavflarini boshqarish zamonaviy moliyaviy tizimning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu muammoning dolzarbligi, ayniqsa, so‘nggi
yillarda global moliyaviy bozorlar barqarorligiga bo‘lgan e’tibor ortishi bilan yanada
oshdi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
98
Hozirgi kunda O'zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan boshlab qarz yuki (DSTI)
koeffitsienti 50 foizgacha qisqartirilishi va yangi kreditlash standartlarining joriy
etilishi kredit bozorida muhim o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda.
Kredit bozori jamg'armalar va investitsiyalar o'rtasida ko'prik vazifasini
o'taydi. Bank tizimlari aholi va korxonalar jamg'armalarini yig'ib, ularni
iqtisodiyotning eng samarali sohalariga investitsiya shaklida yo‘naltirish jarayoni
kapitalning optimal taqsimlanishini ta’minlaydi va iqtisodiy samaradorlikni
oshiradi.
Mamlakatimizda turli xil kredit yo‘nalishlari rivojlangan:
Iste'mol kreditleri
Avtokreditlar
Uy-joy kreditleri
Biznes-kreditlar
Mikroqarzlar
Ta'lim kreditleri
1-jadval. Turli banklarning kredit takliflari
1
Kredit nomi, bank
nomi
Foiz stavkasi
Muddat
Summa
Ipak Yo'li Banki
16.99dan -
23.99 % gacha
2 yil - 4 yil
1 000 000dan -
950 000 000
so'mgacha
O‘zsanoatqurilishbank
Bir necha daqiqa
ichida mikroqarz
29dan - 34 %
gacha
1 yil - 4 yil
2 000 000dan -
100 000 000
so'mgacha
Asakabank
5.5dan - 20.5
% gacha
2 yil - 4 yil
1 000 000 000
so'mgacha
Anorbank
33 %
3 yil - 5 yil
400 000 000
so'mgacha
TBC Bank
28 % dan
3 oy - 3 yil
300 000dan -
100 000 000
so'mgacha
1
Markaziy bank statistik ma’lumotlari
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
99
Trastbank
28dan - 30 %
gacha
1 yil - 5 yil
100 000 000
so'mgacha
Kredit mablag’lari kichik va o‘rta biznes faoliyatlarini qo‘llab quvvatlashda,
yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholini ish bilan taminlashda , iqtisodiyotga yangi
ilmiy texnologiyalar va g’oyalarni joriy etishda, raqobatbardoshlikni oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlil va natijalar:
Hozirgi kunda O'zbekiston bank tizimida 31 ta tijorat banki faoliyat
ko'rsatmoqda, ularning 17 tasi yirik va 14 tasi kichik banklar hisoblanadi. Bank
tizimining kredit portfeli yildan yilga o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon qilmoqda.
Kredit bozorining rivojlanishi YIM o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Kreditlash hajmining oshishi iste’mol va investitsiya talabini oshiradi, bu
esa iqtisodiy faollikni rag’batlantiradi.
Shuningdek,
kredit mablag’larining haddan tashqari o‘sishi inflyatsion
bosimni kuchaytirishi mumkin. Shu sababli Markaziy bank pul-kredit siyosati orqali
kredit bozorini tartibga soladi. Biznes-kreditlarning ko‘payishi yangi ish o‘rinlarini
yaratishga yordam beradi va ishsizlik darajasini pasaytiradi.
Defolt - bu qarz oluvchining o‘z majburiyatlarini belgilangan muddatda to‘la
bajara olmasligi holatidir
2
va buning ham bir necha xil turlari mavjud(1-rasm). Bu
moliyaviy institutlar uchun kredit riskini oshiradi.
1.
2
G‘ulomov S., Haydarov A., G‘ulomov Sh. va boshqalar.
Bank ishi
: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent:
Iqtisodiyot, 2010. – 456 b.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
100
1-rasm. Defolt xavfining turlari
O‘zbekistonda ko‘plab iqtisodchilarda davlat aholi qarzini qaytara olmasligi
bilan bog’liq muammolar yuzaga kelishi haqida xavotir bor. Markaziy bank 2024-
yildagi moliyaviy barqarorlik sharhida bu masalaga alohida to‘xtalgan.
Aytish joizki, bu o‘ziga yarasha xavflarni keltirib chiqarmoqda. Misol uchun,
uy-joylar narxlarining ortiqcha baholanishi davom etmoqda, mikroqarzlarning
yuqori sur'atlarda o'sishi hamda kiber xatarlar qizg’in tus olmoqda, tashqi
moliyalashtirish bo‘yicha yuqori xarajatlar uzoq muddatda saqlanib qolishi,
O‘zbekistonning moliyaviy hamda nomoliyaviy sektori ishtirokchilariga nisbatan
ikkilamchi sanksiyalarni joriy etish xavfi asosiy xatarlar hisoblanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan shuni ko‘rish mumkinki, kredit
bozorining muvozanatli rivojlanishi iqtisodiy o‘sishning muhim shartlaridan biridir.
Biroq, 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz kreditlash standartlarining yumshatilishi
va defolt xavflarini noto‘g’ri baholashning oqibatlarini ko‘rsatdi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, kredit bozorlarining iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ko‘p
qirrali va murakkab jarayon hisoblanadi. Birinchidan, kredit bozorining rivojlanishi
iqtisodiy o‘sish, investitsiyalarni rag’batlantirish va moliyaviy inklyuziyani
oshirishda muhim rol o‘ynasa, ikkinchi tomondan, noto‘g’ri boshqarilgan kredit
Individual
defolt xavfi
Sektoral
defolt xavfi
Tizimli defolt
xavfi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
101
bozori jiddiy moliyaviy xavflar yaratishi va makroiqtisodiy barqarorlikni buzishi
mumkin.
O‘zbekiston kredit bozorining tahlili shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda bu
soha sezilarli rivojlanishga erishgan. Ushbu sohaning ijobiy tomonlari sifatida kredit
portfelining o‘sishganligi, yangi kredit mahsulotlarining joriy etilganligi va
kreditlash jarayonlarining takomillashganligini aytish joiz.
Biroq, Markaziy bankning moliyaviy barqarorlik sharhida ko'rsatilganidek,
defolt xavflari ortib borishi va aholining qarz yukining oshishi tashvish
uyg’otmoqda. Bu masalalarni hal qilish uchun qabul qilingan DSTI koeffitsientini
50 foizgacha cheklash va boshqa chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kelajakda O'zbekiston kredit bozorining barqaror rivojlanishi uchun kredit
riskini boshqarish tizimlarini takomillashtirish, kredit riskini boshqarish tizimlarini
takomillashtirish, prudentsial nazoratni kuchaytirish, makroiqtisodiy siyosatni
muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega.
Kredit bozorlarining muvozanatli rivojlanishi O‘zbekiston iqtisodiyotining
uzoq muddatli barqaror o‘sishi uchun muhim shart hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.
G‘ulomov S., Haydarov A., G‘ulomov Sh.
Bank ishi
: O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2010. – 456 b.
2.
Yo‘ldoshev R.S., Abdukarimov M.M.
Moliya
: O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: Iqtisodiyot, 2021. – 412 b.
3.
Markaziy bank.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2024-yilgi moliyaviy barqarorlik sharhi
. – Toshkent: MBUZ rasmiy sayti, 2024.
4.
Mishkin F.S.
The Economics of Money, Banking and Financial
Markets
. – 12th ed. – Pearson, 2019.
5.
IMF.
Global Financial Stability Report
. – International Monetary
Fund, 2023.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va
islohotlar markazi.
Kreditlash bozoridagi islohotlar va barqarorlik masalalari
.
– Analitik sharh, 2024.
7.
World Bank.
Financial Inclusion Overview. –
World Bank Group,
2023.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
102
8.
Krugman P., Wells R.
Macroeconomics
. – 6th ed. – Worth Publishers,
2022.
9.
OECD.
Credit Market Trends and Risk Management
. – OECD
Publishing, 2022.
10.
Qudratov A., Komilov A.
Makroiqtisodiyot
. – Toshkent: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2020. – 384 b.
