Authors

  • Fuzayljon Dilmurodov
    Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son davolash ishi fakultetining 1-bosqich talabasi
  • Fayoza Dilmurodova
    Toshkent tibbiyot akademiyasi assistent o’qtuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.110306

Keywords:

Kalsiy elementi osteoporoz giperkalsemiya gipokalsemiya kalsiy balansi gipertenziv kasallik.

Abstract

Ushbu maqolada organizmda uchraydigan va ko’pgina metabolitik jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadigan element kalsiy elementi va kalsiy almashinuvi natijasida kelib chiqadigan o’zgarishlar, turli kasalliklar, ularga qarshi chora tadbirlar, Kelajakda kalsiy almashinuvi bilan bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan matabalitik o’zgarishlarning oldini , ularga qarshi chora tadbirlar olib borish , hozirgi kunda olib borilayotgan tadqiqotlar kabi muommolar bayon qilinadi.Men bu maqolani yozishimdan maqsad tirik jon organizmida juda ahamiyatga ega bo’lgan kalsiy elementi bilan bog’liq kasalliklarining oldini olish va ularga qarshi birgalikda kurash olib borish.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

242




Kalsiy elementining miqdori o ‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan

kasalliklar.

Dilmurodov Fuzayljon Gulmurod o’g’li

1

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son davolash ishi fakultetining 1-bosqich talabasi

Dilmurodova Fayoza Gulmurod qizi

2

dilmurodovafayoza@gmail.com

Toshkent tibbiyot akademiyasi assistent o’qtuvchisi

Annotatsiya

Ushbu maqolada organizmda uchraydigan va ko’pgina metabolitik

jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadigan element kalsiy elementi va kalsiy
almashinuvi natijasida kelib chiqadigan o’zgarishlar, turli kasalliklar, ularga qarshi
chora tadbirlar, Kelajakda kalsiy almashinuvi bilan bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan
matabalitik o’zgarishlarning oldini , ularga qarshi chora tadbirlar olib borish , hozirgi
kunda olib borilayotgan tadqiqotlar kabi muommolar bayon qilinadi.Men bu
maqolani yozishimdan maqsad tirik jon organizmida juda ahamiyatga ega bo’lgan
kalsiy elementi bilan bog’liq kasalliklarining oldini olish va ularga qarshi birgalikda
kurash olib borish.

Kalit so’zlar

: Kalsiy elementi, osteoporoz, giperkalsemiya, gipokalsemiya, kalsiy

balansi,gipertenziv kasallik.

Asosiy qism

Kalsiy – bu biz ko’p eshitadigan element, bu hayot uchun ajralmasdir. Bu

tabiatdagi eng keng tarqalgan elementlardan biridir. Kimyoviy belgisi

:

Ca

Kalsiy mikrobiogen element bo’lib, hujayra tashqi kationidir. Kalsiy ishqoriy yer
metallar elementlaridan biridir. Yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan beshinchi element
– metallar orasida uchinchi metall. Tabiatdagi eng keng tarqalgan ohaktosh
shakllanishida uchraydi. Pamukkale, Denizli tabiiy travertinlari kalsiydan iborat
Odam organizmining kalsiyga boy ehtiyoji ozuqa va sut mahsulotlari orqali
o’zlashtiriladi. U 1808 yilda kashf qilingunga qadar yillar davomida ishlatilgan,
ammo aniqlanmagan.. Odam organizmi gomeostaz holatini ta’minlab turish uchun
unda har 24 soat davomida 1g Ca

2+

ionlari o’zlashtirilishi kerak.Kalsiy ionlarining

o’zlashtirilishi ingichka ichaklarning kislotalik tabiati yuqori bo’limlarida sodir
bo’ladi. U odamlar, hayvonlar va o’simliklar uchun muhim element. Suyak va


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

243




tishlarda ko’p miqdorda kalsiy mavjud. Odamning ichak sistemasida kalsiy kationini
bog’lovchi oqsil modda bo’ladi. Bu moddaning hosil bo’lishi D vitamini kamaysa,
oqsil kam sintezlanadi, demak Ca

2+

oz miqdorda o’zlashtiriladi. Bu esa suyaklarning

mexanik barqarorligini kamaytiradiva deformatsiyalanishiga olib keladi.Buning
asosiy sababi kalsiy suyakning mustahkamligini ta’minlovchi asosiy element bo’lib,
u

suyak

tarkibida

ion

holida

emas

murakkab

komleks

birikmalar

(3Ca

3

(PO

4

)

2

*Ca(OH)

2

) ko’rinishida bo’ladi. Odamning biologik suyuqliklari

tarkibida Ca

2+

ionlarining nisbatan kata miqdori qon zardobida va eritrotsit

sitoplazmasida saqlanadi. Qon zardobidagi kalsiy ionining 60% i erkin ion holda,
qolganlari oqsil, uglevodlar va boshqa moddalar bilan bog’langan holda saqlanadi.
Erkin holdagi kalsiy ioni qonning ivish jarayonida ishtirok etadi ya’ni protrombinni
trombinga aylantiradi. Shuni ham takidlab o’tish kerakki, kalsiy mushaklarning
bo’shashib, qisqarishini ta’minlaydi. Shuning uchun biz ko’nglimiz aynib qayd
qilganimizda organizmdagi barcha kalsiy ionlari quyuq massa bilan tashqariga
chiqib ketadi natiyjada organizmimizda holsizlik, mushaklarimizda og’riqlarni
kuzatamiz. Bundan tashqari yana og’ir hollarda spazmofiliya, nefroz, o’tkir
pankreotit kasalliklari bilan davom etishi mumkin. Undan tashqari yana
suyaklardagi kalsiy miqdori kamayganda yosh bolalarda raxit kasalligi kelib
chiqadi. Bundan tashqari yana kalsiy yetishmaganda gipokalsemiya, chimchilashga
o’xshash sanchiq, mushaklar harakatsizligi, osteoporoz kabi kasalliklar kelib
chiqadi.

Kalsiy yetishmaganda kelib chiqadigan asosiy kasalliklar:
Osteporoz

- suyak to‘qimasi kasalligi bo‘lib, kalsiy yo‘qolib ketishi bilan

ta’riflanadi, bu suyaklarning mo‘rtligiga olib keladi. Natiyjada suyaklarning sinish
havfi ortadi. Bu kasallikda barcha suyaklar zararlanadi. Lekin asosan umurtqa
pog’onasi, bilak va son suyagi boshchasi sinishi ko’proq kuzatiladi. Bu kasallikning
eng yomon tomoni shundaki, kasallik asta-sekin uzoq yillar davomida hech qanday
belgilarsiz rivojlanib boradi.

Bu kasallikning qo’shimcha belgilari :
Beldagi ogriq , opka tiriklik sigimi pasayishi ishtaha yoqolishi va uyqusizlik kiradi.
Dunyo bo’yicha 200 millionga yaqin odam ushbu kasallikdan aziyat chekadi.
Shundan 2,5 mln. Ga yaqin bemorlarda kasallik suyak sinishi bilan kuzatiladi.
Osteoporozning oldini olish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

244




Vitamin va mineral komplekslarni qabul qilish

Chekish va alkogoldan voz kechish

To‘g‘ri muvozanatli ovqatlanish

Surunkali kasalliklarni davolash

D vitamini ishlab chiqarish uchun quyoshda yetarlicha bo‘lish

Muntazam jismoniy faollik hamda mehnat va dam olish tartibiga rioya qilish

Tana vazni kamligiga qarshi kurash

Bu kasallikni davolashda asosan tarkibida kalsiy elementi bor bo’lgan dori-
darmonlar buyiriladi. Ovqat ratsioniga kalsiyga boy mahsulotlar qo’shib
beriladi.

Giperkalsemiya

bu qon plazmasidagi kalsiy kontsentratsiyasining

oshib ketishi bilan xarakterlanadi.

Giperkalsemiyaning

asosiy sabablari-

organizmda paratiroid gormonining ortiqcha bo’lishi (giperparatiroidizm),
onkologiya va kaltsiy qo’shimchalarini uzoq muddat ishlatish. Kasallikning
alomatlar tananing asosiy tizimlarida namoyon bo’ladi: asab, mushak, ovqat
hazm qilish, siydik, yurak -qon tomir, ko’z va teri kasalliklari. Bemorning
xotirasi yomonlashadi, letargiya, uyquchanlik, depressiv holatlar, mushaklardagi
ojizlik va og’riq, tunda bezovta oyoq sindromi, ishtahaning yo’qolishi, ich
qotishi, ko’ngil aynishi, gag refleksi va belching paydo bo’ladi. Pankreatit, o’t
pufagi kasalligi, yuqori kislotalilik bilan oshqozon yarasi fonida vazn yo’qotish
mumkin. Artrit va artroz, podagra rivojlanadi. Bu kasallikning oldini olish uchun
organizmdagi kalsiy miqdorini nazorat qilib turish kerak . Kalsiy miqdorini
normada ushlab turish kerak. Bu kasallikni davolashda organizmdagi ortiqcha
miqdordagi kalsiyni chiqarib tashlash va kalsiyga boy mahsulotlarni kamroq
iste’mol qilish zarur. Bu kabi kalsiy almashinuvi bilan bogliq bolgan kasalliklar
yetarli darajada. Yuqoridagi kasalliklar esa eng ahamiyatli kasalliklardan
hisoblanadi. Hozirgi kunda kalsiy almashinuvi bilan bogliq turli kasalliklarning
oldini olish va havfini kamaytirish borasida tadqiqotlar olib borilmoqda
jumladan. Kalsiy va ichak saratoni xavfini kamaytirish:

Oksford universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 300

mg kalsiy iste'mol qilish (taxminan bir stakan sut) ayollarda ichak saratoni
rivojlanish xavfini 17% ga kamaytirishi mumkin. Bu himoya ta'siri sut
mahsulotlari va boshqa kalsiy manbalaridan olinadigan kalsiyga ham tegishli.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

245




Tadqiqot shuningdek, spirtli ichimliklar va qayta ishlangan go‘sht iste'moli ichak
saratoni xavfini oshirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Yaqinda o‘tkazilgan
tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kalsiyni ertalabki ovqatlanish vaqtida iste'mol
qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishi mumkin. 36,000 dan ortiq
amerikalik kattalar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda, kalsiy iste'molini kechki
ovqatdan ertalabki nonushtaga ko‘chirish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini
6% ga kamaytirgan. Bu, tananing sirkadiyalik ritmlari va gormon darajalari
kalsiy so‘rilishiga ta'sir qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Ko‘plab mamlakatlarda

kalsiy yetishmovchiligi keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Agronomik
biofortifikatsiya — ya'ni don, sabzavot va mevalarni kalsiy bilan boyitish orqali
bu muammoni hal qilish mumkin. Bu yondashuv, ayniqsa, o‘rta va past
daromadli mamlakatlarda kalsiy yetishmovchiligining oldini olishda samarali
bo‘lishi mumkin. Ba'zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, diabet bilan kasallangan
odamlarda kalsiy qo‘shimchalarini muntazam iste'mol qilish yurak-qon tomir
kasalliklari va o‘lim xavfini oshirishi mumkin. Kalsiy almashinuvi buzilishlarini
aniqlashda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari:

AI yordamida qon analizlari, osteodensitometriya (suqiluvchanlikni

o‘lchash) va rentgen tekshiruvlari asosida osteoporozni aniqlashning
avtomatlashtirilgan tizimlari ishlab chiqilmoqda. Shuning uchun, kalsiy
qo‘shimchalarini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish muhimdir.
Kelajakda kalsiy bilan bogliq kasalliklarning havfini kamatirish uchun
organizmda kalsiy boshqaruvin tartibga solish kerak

Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishim kerak kalsiy inson organizmining eng

ahamiyatli elementlaridan biri hisoblanadi. Kalsiy almashinuvining o’zgarishi
natiyjasida kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olish uchun eng avvalo
sog’lom ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirish darkor. Shunda gina biz bu
kasallikga qarshi kurashgan bo’lamiz va kasallik havfini kamaytiramiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1)

https://www.google.com/search?q=kalsiy+elementi+haqida+qisqacha

+malumot&rlz=1C1GCEU_ruUZ1161UZ1161&oq=kalsiy+elementi+haqida+qisq
acha+malumot&gs_lcrp=EgZjaHJvbWUyBggAEEUYOTIJCAEQIRgKGKABMg


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

246




cIAhAhGJ8F0gEKMjA2ODRqMGoxNagCCLACAfEFYoPvdbjKytk&sourceid=c
hrome&ie=UTF-8

2)

https://dmclinic.uz/gipokalsemiya-va-giperkalsemiyani-davolash/

3)

Tibbiy kimyo: Darslik. Alimxodjayeva N.T, Tadjiyeva X.S./ O’zR Oliy

va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.-T: “Ijod-print” nashriyoti,2019. -468 bet.

4)

Holick MF. "Vitamin D deficiency." N Engl J Med. 2007;357(3):266-

81.

5)

Peacock M. "Calcium metabolism in health and disease." Clin J Am

Soc Nephrol. 2010;5(Suppl 1):S23–S30.

6)

National Osteoporosis Foundation. Clinician's Guide to Prevention and

Treatment of Osteoporosis, 2022 update.

7)

https://med24.uz/uz/bolezn/osteoporoz

References

Tibbiy kimyo: Darslik. Alimxodjayeva N.T, Tadjiyeva X.S./ O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.-T: “Ijod-print” nashriyoti,2019. -468 bet.

Holick MF. "Vitamin D deficiency." N Engl J Med. 2007;357(3):266-81.

Peacock M. "Calcium metabolism in health and disease." Clin J Am Soc Nephrol. 2010;5(Suppl 1):S23–S30.

National Osteoporosis Foundation. Clinician's Guide to Prevention and Treatment of Osteoporosis, 2022 update.