Authors

  • Sevinchoy Shomurotova
    Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.110412

Keywords:

boshlang‘ich sinf ona tili o‘quvchi nutq yozuv grammatika metod uslub.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili grammatikasi va imlo darslarida qiziqarli o‘yinlaridan foydalangan holda dars o‘tish usullari haqida fikr yuritiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

327




BOSHLANG‘ICH SINF GRAMMATIKA VA IMLO DARSLARIDA

QIZIQARLI O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Shomurotova Sevinchoy San’at qizi,

Urganch davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

E-mail:

sevinchoyshomurotova93@gmail.com

Annotatsiya

: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili

grammatikasi va imlo darslarida qiziqarli o‘yinlaridan foydalangan holda dars o‘tish
usullari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich sinf, ona tili, o‘quvchi, nutq, yozuv, grammatika,

metod, uslub.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРЕСНЫХ ИГР НА УРОКАХ ГРАММАТИКИ

И ПРАВОПИСАНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Шомуротова Севинчой Санъат кизи,

Урганчский государственный педагогический

институт, направление начального

образования, студентка 3-го курса.

E-mail:

sevinchoyshomurotova93@gmail.com

Аннотация:

В данной статье рекомендуется использовать веселые игры на

уроках грамматики и орфографии младших школьников на родном языке.

Ключевые слова:

начальный класс, класс, родной язык, ученик, речь,

письмо, грамматика.

USING ENGAGING GAMES IN GRAMMAR AND SPELLING LESSONS IN

PRIMARY SCHOOL

Shomurotova Sevinchoy San’at qizi,

Urgench State Pedagogical Institute,

Department of Primary Education,

3rd-year student.

E-mail:

sevinchoyshomurotova93@gmail.com

Abstract:

This article discusses the use of interesting games in teaching grammar

and spelling in the native language to primary school students.

Keywords:

primary, class, native language, student, speech, writing, grammar.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

328




Boshlangʻich sinflarda taʼlim-tarbiyaning zamon talablari darajasida

takomillashtirilishi, yoshlarning maʼnaviy barkamol shaxslar boʻlib yetishida asosiy
omillardan hisoblanadi. Buning uchun oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik va
metodik tayyorgarligini oshirish, darslarni ilmiy jihatdan takomillashtirish, ilgʻor va
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni taʼlim jarayoniga toʻliq joriy qilish toʻgʻrisida
koʻplab fikrlar bayon etilmoqda.

Bugungi kunda xalq taʼlimi xodimi oldida turgan eng muhim masala bu– yosh

avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Buning uchun salohiyatli, zamonaviy
ilm-fan sirlarini puxta oʻzlashtirgan kadrlarga ehtiyoj sezilmoqda.

Yurtboshimiz alohida taʼkidlaganidek: “Biz xalqimizning dunyoda hech

kimdan kam boʻlmasligi, farzandlarimizning bizdan koʻra kuchli, bilimli dono va
albatta baxtli boʻlib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar
etayotgan ekanmiz bu borada maʼnaviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos
ahamiyat kasb etadi” [1].

Zero, boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻquvchilarning ham taʼlimiy ham

tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi dars maqsadiga erishishda oʻquvchilarning imloviy
savodxonligi, uni yanada takomillashtirish usullaridan foydalanish va darslarni tashkil
qilish oʻziga xos ahamiyat kasb etadi.

Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar nutqiy va imloviy savodxonlikka ega

boʻladigan ona tili taʼlimida oʻquvchi oʻz fikrlarini ravon bayon qila oladigan boʻlishi
va toʻgʻri savodli yoza oladigan bo‘lishi kerak. Shu jihatdan, boshlangʻich sinflarning
ona tili darslarida oʻquvchilarning imloviy bilimlarini bosqichma-bosqich, tadrijiy
ravishda takomillashtirib borish lozim. Shunga koʻra, ona tili darslarida
oʻquvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirishning eng samarali usul va
metodlarini qoʻllash boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oldida turgan muhim
vazifa hisoblanadi. Taʼlimning takomillashgan turlaridan foydalanish har jihatdan
xususan, ona tili darslarida ham oʻta dolzarbdir. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida
keng qoʻllanilayotgan eng samarali metodlar asosida darslarni tashkil qilish,
noanʼanaviy usullardan oʻrinli foydalanish metodlarini ishlab chiqish va uni hayotda
tatbiq etishdir. Vaholanki, boshlangʻich sinflar ona tili darslarida oʻquvchilarning
imloviy bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlashda turli-tuman qiziqarli
texnologiyalarni qoʻllash oʻquvchilar faolligini taʼminlaydi [7]. Shunday ekan bu kabi
texnologiyalarni qo‘llash ijobiy samara beradi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

329




Taʼlim maktabi «Ona tili oʻqish va nutq oʻstirish» dasturining muhim

koʻrsatmalaridan biri – nutq va tafakkurni oʻstirishdir. Buning uchun oʻquvchilarni
faol mustaqil ishlash, nutqi va tafakkurini oʻstirish, faol oʻylash, fikr yuritish,
tushuntira bilishga oʻrgatish, muhokama-mulohaza yuritishga, xulosa chiqarish va
umumlashtirish usullaridan foydalana olishga oʻrgatish talab etiladi.

Taʼlim maktabida bolalarni tovushlarni toʻgʻri talaffuz etishga, yangi oʻrgangan

tovush, soʻz va gaplarni oʻz nutqida toʻgʻri ishlata olishga, gap va matn tuzishga
oʻrgatiladi. Ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish maqsadida oʻquvchilar ongiga ayrim
grammatik maʼlumotlar singdirib boriladi.

Taʼlim maktabida ona tili darslari amaliy xarakterga ega boʻlib, nutqiy

koʻnikma va orfografik malakani hosil qilishga qaratiladi. Taʼlimiy vazifalardan
tashqari ona tili darslarida korreksion vazifalar ham amalga oshiriladi. Ogʻzaki va
yozma nutq taraqqiy etilishi bilan bir qatorda oʻquvchilarning bilish faoliyati,
mantiqiy tafakkuri kengayib boradi. Bolalar til materiallarini tahlil qilishga, farqlash,
taqqoslash, umumlashtirish, asosiylarini ajratishga oʻrganadilar. Materialni analiz va
sintez qilish, guruhlash va umumlashtirish, oʻxshash va farqli tomonlarini topish,
grammatik va orfografik bilimlarni amalda tatbiq etish kabi ongli aqliy jarayonlar
bolaning umumiy rivojlanishini taʼminlaydi, nutqiy va aqliy nuqsonlarini bartaraf
etishga yordam beradi.

Ona tili va yozuv darslarida oʻqituvchi bolalarni til hodisalarini kuzatish va

tushunib yozish, ongli oʻqish, kitob yoki doskadan, kartochkalardan koʻchirib yozish,
nutqni diqqat bilan tinglash, eshitib turib diktovka ostida yozish, oʻrgangan qoidaga
amalda rioya qilish, aytilgan va yozganlarini tekshirish, koʻrgan-kechirganlarini, oʻz
taassurotlarini ogʻzaki va yozma shaklda bayon etishga oʻrgatadi.

Taʼlim maktabida ona tili dasturida «Grammatika, imlo va nutq oʻstirish»

boʻlimi oʻz ichiga toʻrtta katta mavzularni qamrab olgan: «Tovush va harflar», «Soʻz»,
«Gap», «Bogʻlanishli nutq». Shu qismlarda oʻrganiladigan mavzular bilan bogʻlangan
xolda husnixatga doir ayrim maʼlumotlar va imlosi qiyin soʻzlar roʻyxati beriladi.

Taʼlim maktabining boshlangʻich sinflarida yozuv darslarida amaliy mashqlar

asosida maʼlum grammatik bilimlar beriladi va koʻnikma hamda malakalar hosil
qilinadi. Shu yoʻl bilan yuqori sinfda ona tili darslarida nazariy bilim egallash uchun
zamin hozirlanadi. 1-4 sinflarda oʻquvchi soʻzning fonetik qurilishi, tarkibi, maʼnoli
qismlari bilan, ayrim soʻz turkumlari va ularning asosiy belgilari bilan tanishadilar,
gap va gap boʻlaklari haqida maʼlumot oladilar, mazkur mavzularga oid imlo va tinish


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

330




belgilari qoidalarini oʻrganadilar [3]. Bu kabi bilimlar egallanishida o‘qituvchining
alohida pedagogik mahoratga ega bo‘lishi asosiy rol o‘ynaydi.

Dasturda soʻzning leksik maʼnosi, koʻp maʼnoli, maʼno jihatidan bir-biriga

yaqin(sinonim), qarama-qarshi maʼnoli(antonim) soʻzlar bilan tanishtirishga alohida
eʼtibor beriladi, nutqni tinglash iqtidori oʻstiriladi, adabiy tilda koʻnikma hosil
qilinadi, tilning asosiy qismlari boʻlgan tovush, soʻz va gapga ongli munosabatda
boʻlish tarbiyalanadi.

Dastur materiallarning sinflar boʻyicha taqsimlanishi muhim ahamiyatga ega.

Toʻgʻri taqsimlangan material bilimlarni izchillik bilan puxta va toʻliq oʻzlashtirishni
taʼminlaydi.

Taʼlim maktabining «Ona tili, oʻqish va nutq oʻstirish» dasturi konsentrik

ravishda, bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilgan. Beriladigan bilim, koʻnikma va
malakalar birinchi sinfdan boshlab to 4-sinfning oxirigacha bosqichli izchillikda
murakkablashib, kengayib boradi. Birinchi sinfda asosan savod oʻrgatish ishlari
tovush va harflarni oʻqish va yozishga oʻrgatish, amaliy yoʻl bilan fonetikani
oʻrganish: tovushlarni toʻgʻri talaffuz etish, bir-biridan farqlash, unli va undoshlarni
ajratish, jarangli va jarangsiz tovushlar oʻrtasidagi farqni bilib olishga qaratilgan.
Xuddi shu ishlar keyingi sinflarda yangi leksik materiallar asosida davom ettiriladi.

“Soʻz” boʻlimidagi mavzular ham grammatik, ham leksik tomondan oʻrganilib,

2-sinfda “Soʻzning tarkibi” mavzusi ichida oʻzakdosh soʻzlar, oʻzakdosh soʻzlarning
umumiy qismi (oʻzak) haqida, soʻz yasovchi va soʻz oʻzgartuvchi qoʻshimchalar
haqida umumiy maʼlumot beriladi.
3-sinfda “Soʻz tarkibi” mavzusi yuzasidan olingan bilimlar kengaytiriladi,
murakkablashib boradi. «Soʻz turkumlari» mavzusini oʻrganishda 2-sinfda dastlabki
tayyorgarlik boshlanadi. Oʻquvchilar narsa nomini bildiradigan soʻzlar, Kim? Nima?
soʻrogʻiga javob beradigan soʻzlar bilan tanishib, narsa, belgi, harakat kabi
tushunchalarni oʻzlashtiradilar. Xuddi shu tushunchalar 3-sinfda murakkabroq
shaklda mustahkamlanadi, 4-sinfda kengroq tushunchalar mustahkamlanadi, yuqori
sinflarda esa birinchi bor «Ot», «Feʼl», «Sifat»,«Son» soʻz turkumlari haqida nazariy
bilimlar beriladi, ushbu atamalar o‘quvchilarning nutqiga kiritiladi, ularning maʼnosi
va ayrim belgilari, koʻrsatkichlari oʻrgatiladi. Jumladan, otlarning birlik va koʻplikda
qoʻllanishi, atoqli va turdosh otlar, ot kelishiklari; boʻlishli va boʻlishsiz feʼllar.

Keyingi sinflarda grammatika va orfografiyadan beriladigan nazariy bilimlar

murakkablashib boradi. Otning kelishik va egalik qoʻshimchalari bilan turlanishi,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

331




feʼlning shaxs va son qoʻshimchalari bilan tuslanishi, zamonlari oʻrgatiladi; son,
olmosh va bogʻlovchi haqida maʼlumot beriladi, sonning maʼnosi (narsaning soni va
tartibini bildirishi), soʻroqlari; kishilik olmoshlari, ularning birlik va koʻplikda
qoʻllanishi, kelishiklar bilan turlanishi; va, ammo, lekin, biroq, shuning uchun kabi
bogʻlovchilari bilan amaliy mashqlar asosida tanishadilar. Bu mavzularni oʻrganish
bilan bogʻliq xolda egalik qoʻshimchalarining aytilishi va yozilishi, qip-qizil, sap-
sariq kabi sifatlarning yozilishi, sonlarning yozilishi, kelishik qoʻshimchalari bilan
turlangan kishilik olmoshlarining yozilishi, oʻtgan zamon qoʻshimchasi –di ning
aytilishi va yozilishi, qoʻshma feʼllarning yozilishi kabi va boshqa mavzular
oʻrgatiladi [3]. Shu kabi bilimlar o‘quvchilar yoshiga mos tarzda bosqichma-bosqich
o‘rgatiladi.

«Gap» mavzusi boʻyicha oʻquvchilar nutqdan gaplarni ajrata olishga, oʻqish

vaqtida tinish belgilariga, ohang va pauzaga rioya qilishga; gapni yozib, oxirida nuqta
qoʻyishga, gapni bosh harf bilan yozilishiga, soʻroq va undov belgilari, gap boʻlaklari
haqidagi nazariy bilimlariga amal qilishga oʻrganadilar. Grammatika va orfografiya
darslarida aqlan zaif oʻquvchilar mustaqil hayot kechirishi davomida zarur boʻlgan
barcha maʼlumotlar bilan tanishib, gapning bosh va ikkinchi darajali boʻlaklari,
uyushiq boʻlaklarning bogʻlovchilari, gapni uyushiq boʻlaklari, soda va qoʻshma
gaplar kabi va boshqa bilim, koʻnikma va malakalarni egallab oladilar. Shu tariqa har
bir sinfda olib borilgan ishlar oʻzbek tili grammatikasi va orfografiyasini butun bir
xolda oʻrganib, takrorlab, mustahkamlab borish imkonini beradi. Har bir sinfda
maʼlum bir boʻlimga koʻproq eʼtibor berilishi koʻzda tutilgan boʻlsada, umumiylik,
yaxlitlik ona tili dasturida saqlangan. Dasturning tushuntirish xatida «Grammatika,
imlo va nutq oʻstirish» boʻlimi ustida olib boriladigan ishlarga qoʻyilgan talablar va
ularni amalga oshirish tamoyillari, shart-sharoitlari, usullari koʻrsatilgan [3]. Ushbu
bo‘limlarning har birida tushuntirish metodikalari bayon qilingan.

Taʼlim maktabining «Ona tili, oʻqish va nutq oʻstirish» dasturi tahlili shuni

koʻrsatdiki boshlangʻich sinf yozuv darslarida grammatika va orfografiyadan
beriladigan bilimlar elementar-amaliy xarakterda boʻlishiga qaramay, ushbu bilimlar
yuqori sinfda oʻzbek tili grammatikasi va imlodan nazariy bilimlarni oʻzlashtirishga
puxta zamin hozirlaydi [8]. Nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy bilimlar ham
alohida ahamiyat kasb etadi.

Shunday qilib, taʼlim maktabida grammatika va imlo darslari ikki bosqich

boʻyicha oʻtilishi maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda 1-4 sinflarda amaliy


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

332




bilimlar deyarli berilmaydi. Amaliy mashqlar orqali boshlangʻich sinf oʻquvchilari
keyinchalik yuqori sinflarda grammatika va imlodan nazariy bilim olish uchun zarur
boʻlgan koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirib oladilar, ularning nutqi va tafakkuridagi,
bilish faoliyatidagi nuqsonlari kamaytiriladi, korreksiyalanadi.

Keyingi bosqichda oʻquvchilarga Grammatika va imlodan mustaqil hayot

kechirishda zarur boʻlgan hajmdagi nazariy bilim va ular asosida orfografik koʻnikma
va malakalar shakllantiriladi, oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma bogʻlangan nutqi
rivojlantiriladi [3]. Bog‘lanishli nutqni o‘quvchilarda rivojlantirish muhim jihatlardan
biridir. Chunki o‘z fikrlarini nutq yordamida bayon qiladilar.

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf grammatika va imlo darslarida

qiziqarli o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olishida va darsga qiziqishida
juda ahamiyatlidir. Har bir yangicha o‘yin va didaktik materiallardan foydalanib o‘tish
o‘quvchilarning o‘zlashtirishida samarali usul hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent: Oʻzbekiston, 1992.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oliy Majlisga
murojaatnomasi”. 2020-yil 29-dekabr. Kun.uz
3. K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldoshev, Sh.Sariyev “Ona tili o‘qitish
metodikasi” Toshkent “Nosir ” nashriyoti 2009-y
4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. -Toshkent: Oʻzbekiston, 2016.
5. Mirziyoyev. Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz”. - T.: Oʻzbekiston, 2017.
6. Rafiyev A., Muxamedjanova G. “Oʻzbek tili” (9-sinf darslik) T.: –2019„Oʻqituvchi“
nashriyot
7. Avliyoqulov N.X. “Zamonaviy oʻqitish texnologiyalari” (oʻquv qoʻllanma).- Buxoro.
Matbaa, 2001
8. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. (Oʻquv qoʻllanma)
– T.: Moliya,
9. Beruniy. Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar Tanlangan asarlar. 1- jild. – Toshkent:
1968.
10. G.Boymurodova, X.Sattorova va boshqalar “Oʻqish” (4-sinf oʻqituvchi kitobi) T.:
“Sharq” 2017.
11. Muslimov N.A., Usmonboeva H. va boshqalar “Innovatsion taʼlim texnologiyalari”
(oʻquv qoʻllanma) – T.: 2015.
12.

https://www.hikmatlar.uz/quote/2575

13. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Toshkent. 1992-y. 45-bet

References

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent: Oʻzbekiston, 1992.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oliy Majlisga murojaatnomasi”. 2020-yil 29-dekabr. Kun.uz

K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldoshev, Sh.Sariyev “Ona tili o‘qitish metodikasi” Toshkent “Nosir ” nashriyoti 2009-y

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent: Oʻzbekiston, 2016.

Mirziyoyev. Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. - T.: Oʻzbekiston, 2017.

Rafiyev A., Muxamedjanova G. “Oʻzbek tili” (9-sinf darslik) T.: –2019„Oʻqituvchi“ nashriyot

Avliyoqulov N.X. “Zamonaviy oʻqitish texnologiyalari” (oʻquv qoʻllanma).- Buxoro. Matbaa, 2001

Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. (Oʻquv qoʻllanma) – T.: Moliya,

Beruniy. Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar Tanlangan asarlar. 1- jild. – Toshkent: 1968.

G.Boymurodova, X.Sattorova va boshqalar “Oʻqish” (4-sinf oʻqituvchi kitobi) T.: “Sharq” 2017.

Muslimov N.A., Usmonboeva H. va boshqalar “Innovatsion taʼlim texnologiyalari” (oʻquv qoʻllanma) – T.: 2015.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Toshkent. 1992-y. 45-bet