Authors

  • Shoiraxon Mamarasulova
    “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Samarqand.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.127288

Keywords:

xronologiya adabiy an’analar didaktik adabiyot tarbiyaviy xarakter poetika romantizm.

Abstract

Ushbu maqolada jahon bolalar adabiyoti, uning bolalar adabiyotida bajaradigan vazifalari hamda ushbu jarayonga hissa qo‘shgan adiblarning hayoti, ijod yo‘li va asarlarining yaratilish tarixi haqida so‘z yuritilgan. Shu bilan birgalikda bugungi kunda bolalar adabiyotiga bo‘lgan e’tiborni biroz sustlashayotganligini, aksariyat yozuvchilar bolalik obrazlarini bola tilida emas balki kattalar nigohida tasavvur etib yaratilayotganligini tahlil qilinganligini kuzatishimiz mumkin.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

670




BOLALAR ADABIYOTINING JAHON ADABIYOTIDAGI AHAMIYATI

VA UNING RIVOJLANISHI

Mamarasulova Shoiraxon Maxammad qizi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil tadqiqotchisi,

Samarqand.

E-mail:

Farrukh-uz@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada jahon bolalar adabiyoti, uning bolalar

adabiyotida bajaradigan vazifalari hamda ushbu jarayonga hissa qo‘shgan
adiblarning hayoti, ijod yo‘li va asarlarining yaratilish tarixi haqida so‘z yuritilgan.
Shu bilan birgalikda bugungi kunda bolalar adabiyotiga bo‘lgan

e’tiborni biroz

sustlashayotganligini, aksariyat yozuvchilar bolalik obrazlarini bola tilida emas
balki

kattalar nigohida tasavvur etib yaratilayotganligini tahlil qilinganligini

kuzatishimiz mumkin.

Kalit so

zlar

: xronologiya, adabiy an’analar, didaktik adabiyot, tarbiyaviy

xarakter, poetika, romantizm.

Аннотация

. В данной статье oбсуждено о мировой детской литературе,

ее задачах в детской литературе, а также о жизни, творческом пути и истории
творчества писателей, внесших свой вклад в этот процесс. В то же время мы
можем наблюдать, что сегодня внимание к детской литературе несколько
ослаблено, и проанализировано, что большинство писателей представляют
образы детства не детским языком, а глазами взрослых.

Ключевые слова:

хронология, литературные традиции, дидактическая

литература, просветительский характер, поэтика, романтизм.

Abstract

. This article discussed about world children's literature, its fuctions

in children's literature, and the life, creative path, and creation history of writers who
contributed to this process. At the same time, we can observe that today the attention
to children's literature is somewhat weakened, and it has been analyzed that most
writers imagine childhood images not in children's language, but from the eyes of
adults.

Key words:

chronology, literary traditions, didactic literature, educational

character, poetics, romanticism.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

671




Bolalar adabiyotining jahon adabiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritar ekanmiz,

bolalar adabiyoti, asosan, bolalar uchun mo‘ljallangan asarlarni o‘z ichiga oladi. Bu
adabiyotda bolalarga mos til, tasvirlar va qahramonlar orqali ularning
dunyoqarashini kengaytirish, ularni qadriyatlar va madaniyat bilan tanishtirish
ko‘zda tutilgan. Jahon adabiyotida bolalar adabiyoti quyidagi asosiy vazifalarni
bajarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi:

1. Tarbiya berish:

Bolalar adabiyoti yosh avlodni axloqiy jihatdan

tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Masalan, Mark Tvenning hikoyalari, Charlz
Dikkensning asarlari bolalarga qiyinchiliklarga qarshi turish va ezgulik yo‘lida
kurashish kerakligini o‘rgatadi.

2. Ta’lim berish:

Bolalar adabiyotidagi ko‘plab asarlar yosh o‘quvchilarni ilm-

fanga, tarixga, madaniyatga qiziqtirish va o‘qitish maqsadida yaratilgan. Masalan,
Yuliya Donaldsonning “The Gruffalo” asari o‘zining tasviriy va ma’noli mazmuni
bilan bolalarning tasavvuri va tafakkurini boyitadi.

3. Ijodiy tafakkurni rivojlantirish:

Bolalar adabiyoti o‘zining afsonalar,

ertaklar, sarguzasht hikoyalari orqali bolalar tasavvurini va ijodiy tafakkurini
rivojlantiradi. Masalan, H.K.Andersen va aka-uka Grimm ertaklari jahonda mashhur
bo‘lib, bolalarni nafaqat yaxshi va yomonning farqini tushunishga, balki hayolot
olamini kengaytirishga xizmat qiladi.

Jahon adabiyotidagi bolalar adabiyoti namunalarining ba’zi muhim aspektlari:

– Madaniy xilma-xillik:

Jahon bolalar adabiyoti turli xalqlarning madaniyati va

an’analarini aks ettiradi. Har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlari va urf-odatlari
bolalar adabiyotida o‘z aksini topgan.

– Mavzularning universalligi:

Ko‘pgina bolalar adabiyotida uchraydigan mavzular

(do‘stlik, sevgi, jasorat, to‘g‘rilik) umumiy bo‘lib, bolalarga nafaqat o‘z yurtining,
balki butun dunyoning ahamiyatli qadriyatlarini o‘rgatadi.

Shunday qilib, jahon adabiyotidagi bolalar adabiyoti yosh avlodning har

tomonlama rivojlanishida, ularning axloqiy va ma’naviy kamolotida katta o‘rin
tutadi.

Jahon bolalar adabiyoti namunalari sifatida xalq ogʻzaki ijodi, eng qadimgi

adabiy yodgorliklari, mif va afsonalar, qoʻshiqlar bilan chambarchas bogʻliqligi,
axloqiy-tarbiyaviy mohiyati, didaktik tamoyillari hamda jahon xalqlari bolalariga
bagʻishlangan asarlarning tasniflanishi, ularning taraqqiyot tamoyillari, janrlar rang-
barangligi yuzasidan tushuncha berishni koʻzda tutadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

672




Jahon bolalar adabiyoti, dastlab, didaktik adabiyot namunasi sifatida XVII -

XVIII asrlarda paydo boʻlgan. Soʻngra, bu adabiyot oʻzining betakror koʻrinishlari
orqali dunyoga tanildi. Barcha xalqlar bolalar ijodkorlari, eng avvalo, oʻz
mamlakatlarining xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilgani umumiy hodisadir. Masalan,
Sharl Perro kichik kitobxonlarga dastavval, folklordan oziqlangan va badiiy sayqal
berilgan eng yaxshi adabiy ertaklarni taqdim etdi.

XIX asr romantiklarining faoliyati keng kitobxonlar ommasiga xalq ogʻzaki

ijodi va har bir xalqning milliy-adabiy manbaalarini ochib berdi. Jumladan, bu
bolalar adabiyotining rivojlanishiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatib, aka-uka Grimmlar,
H.K.Andersen va boshqa koʻpgina ijodkorlarning adabiy hamda xalq ertaklari
toʻplamlari paydo boʻlishiga turtki boʻldi. Natijada, kichik kitobxonlar endilikda
ham kitob, ham oʻz tengqurlari hayoti aks ettirilgan badiiy tasvirlarni qoʻliga ola
boshladi. Shunday ekan, bolalar adabiyoti “katta” adabiyotning mustaqil tarmogʻiga
aylanishida bu jarayon muhim omil hisoblanadi.

Romantizm insonning ruhiy rivojlanishdagi oʻz-oʻzini anglash davri –

bolalikda kashf etilishini ochib berdi. Romantiklar asarlarida bolalik insonning
oʻzidagi bebaho ichki olam sifatida, shuningdek, teran mohiyati va ajoyibotlari bilan
kattalarni ham oʻziga rom etuvchi davr tarzida talqin qilinadi. Kattalik esa xuddi eng
samimiy va bolalarcha begʻuborlik tark etilgan davr sifatida yoritiladi. Shuni tan
olish kerakki, romantizm nafaqat bolalikni kashf etdi, balki uni eng sof
mukammallik namunasi hamda mehr-shafqat timsoli sifatida insonga meros qilib
qoldirdi.

Realistik tamoyillarning rivojlanishi, ruhiyatshunoslik fanining chuqurlashishi

bilan bolalar adabiyotida keng qamrovli, koʻp qirrali bolalik obrazi mustahkamlandi.
Bunda yozuvchilar insoniyat rivojlanishi ibtidolari, yosh inson xarakterining tub-
tubiga yetib, bola ichki dunyosining murakkabliklariga asta-sekinlik bilan kirib
borib, uning mutanosiblikda va ziddiyatlarda, hayotning yorqin hamda qorongʻu va
qaygʻuli onlarining kurashlarida shaxs sifatida shakllanishini ochib berishdi. Eng
yaxshi yozuvchilar ijodini aniqlovchi asosiy vosita – bu bolalikka ishonch, ulgʻayib
kelayotgan

insonga

hurmat,

unda

rivojlanishning

bor

imkoniyatlarini,

sarchashmalarini hamda asosiy omillarini koʻra olish qobiliyatining borligidir.

XX asr oʻzining keskin ijtimoiy muammolari, oʻtkir ziddiyatlari, siyosiy

qarashlari bilan bolalar adabiyotini ham oʻzgartirib yubordi. Dunyoning dahshatlari
kichik kitobxon asari sahifalariga kirib bordi. Ularning qahramonlari – ijtimoiy


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

673




jonzotlar, ular oʻz hollaricha insonga nisbatan qilingan vahshiylikka qarshi
borishadi, oʻzlarining doʻstlikka, muhabbatga boʻlgan huquqlarini talab qilishadi
hamda kattalarni ularni tushunishlariga chaqirishadi. Zamon muammolari nafaqat
realistik asarlarga, balki ertaklarga ham kirib boradi. Ular janriy xususiyatlaridan
ozgina chekingan boʻlsalar-da, hamon yaxshilik yovuzlik ustidan gʻalaba
qozonishiga umid bogʻlashadi va shu yoʻlda tinimsiz ma’naviy kurashlar olib
borishadi.

Jahon bolalar adabiyoti bugungi kunda oʻzining janriy va tematik xususiyatlari

jihatidan turli-tuman, oʻziga xos tarzda shakllanib ulgurdi. Unga dunyoning eng
taniqli yozuvchilari oʻz iste’dodlarini va faoliyatlarini bagʻishlashgan. Chunki ular
insoniyat kelajagi oʻsib borayotgan avlod qoʻlida ekanligini yaxshi anglashadi.

Eng asosiysi, yosh inson adabiyot yordamida, fransuz shoiri Pol Elyuara ta’biri

bilan aytganda, oʻzining dunyoqarashida “bir kishi ufqidan barcha kishilar ufqiga”
koʻtarila oldi.

Binobarin, hozirgi zamon chet el bolalar adabiyoti quyidagi omillar ta’sirida

maydonga keldi, deyish mumkin:

– Folklor asarlari hamda klassik yozuvchilarning avval kattalarga

moʻljallangan, ammo vaqt oʻtishi bilan bolalar kitobxonligi doirasiga kirib, kichik
kitobxonga soʻzlab berish uchun hikoya tarzida qayta ishlangan asarlari (qadimgi
yunon afsonalari, D.Defo, J.Svift, M.Servantesning romanlari).

– Bolalar kitobxonligi doirasiga qisqartmalarsiz va qayta ishlanmasdan kirgan

folklor hamda mumtoz asarlar (folklordagi erkalamalar, topishmoqlar, allalar,
shuningdek, V.Skott, Ch.Dikkens va boshqalarning asarlari).

– Bevosita bolalarga moʻljallangan asarlar.

Yuqorida keltirib oʻtilgan fikrlarni inobatga olgan xolda bugungi kunga qadar jahon
bolalar adabiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan yozuvchilar hayoti va ijodiga qisqacha
toʻxtalib oʻtsak.

Aka-uka Yakob (1785-1863), Vilgelm (1786-1859)

Grimmlar ikki yuz yildan

koʻproq vaqt Xanau shaharchasida, Byurgerlar oilasida (bu oiladan koʻpgina taniqli
huquqshunoslar va ruhoniylar etishib chiqqan) Filipp Vilgelm Grimm va
Doroteyalar oilasida katta oʻgʻillari Yakob, bir yildan soʻng esa uning ukasi Vilgelm
dunyoga keldi. Tez orada butun oila-oʻrmonli togʻlar bilan oʻralgan, tinch osuda
shaharcha – Shtaynauga koʻchib oʻtishdi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

674




Yoshlik chogʻlaridanoq – aka-uka Grimmlar juftligi tugʻilgan edi. Taqdir

ularga uzoq hayotni oʻlchab bergan edi. Va ular oʻzlarining keksalik chogʻlarigacha
bu mustahkam bogʻliqlik hamda mehr-oqibatni tark etishmadi.

Yakob 11 yoshga toʻlganda ular otalaridan ajrab qolishdi. Bola oila boshligʻi

boʻlib qoldi. Keyinroq Kasselda gimnaziyada oʻqidi. Belgilangan sakkiz yil oʻrniga
– tigʻizlashtirilgan toʻrt yil ichida aka-ukalar oʻqishni bitirib, Marburg universitetiga
oʻqishga kirishadi. Universitetda ular qadimgi olmon she’riyati, runalari bilan
qiziqib, shu qiziqishlarini umrlarining oxirigacha olib borishdi.

Universitetni tugatgach, Grimmlar Kasselga qaytishadi. Bu vaqtga kelib

Napoleon armiyasi Olmoniyaga bostirib kirdi. Fransuz hukmronligi – begona
odamlar, begona urf-odatlar, shaharning har bir burchagidan eshitilib turgan begona
soʻzlashuv Olmoniyaga, uning tiliga, urf-odatlariga, tabiatiga, adabiyotiga mehr
qoʻygan oʻspirinlarni qattiq iztirobga solardi. Aka-uka Grimmlar vaqtlarini
kutubxonalarda noyob qadimgi olmon manuskriptlarini (qoʻlyozmalarni), masalan,
nemis adabiyotining birinchi yodgorligi “Xildebran haqida qoʻshiq” asarini
oʻrganib, qadimgi nemis she’riyati toʻplamlarini chop etishdi. Bu bilan ular xalq
yuragining tubida mudrab yotgan qadimgi hikmatlarni qayta tiklash maqsadlarini
amalga oshirishdi.

Aka-uka Grimmlar oʻzlarining harakatdagi faoliyatlari folklorga bagʻishladilar.

Faoliyatlari davomida ertaklar toʻplash bilan mashgʻul boʻldilar.

Birinchi mustaqil topilmalar 1807-yilga taalluqli boʻlib, ular Kasseldagi ikki

oila: Vildlar va Xassenpfluglar bilan bogʻliq. “Boshmaldoq – bola”, “Aqlli Gretel”,
“Navqiron Pahlavon”, “Oq kabutar”, “Mushuk va sichqonning doʻstligi”, “It va
chumchuq” kabi ertaklar Vildlar va Xassenpfluglar oilasi a’zolaridan yozib olingan
toʻplamlar sirasiga kiradi. Toʻplamlarning jamlanishida oʻzining katta hissasini
qoʻshgan dorifurush Vildning beshinchi qizi Ganriett Doroteya Vild, keyinchalik
Vilgelmning turmush oʻrtogʻi (Yakob umrining oxirigacha ham uylanmagan) haqida
albatta aytib oʻtish joiz. Doroteya aka-uka Grimmlarga “Ganzel va Gritel”, “Ertoʻla
bekasi”, “Kuylaydigan danakcha” kabi ertaklarni taqdim etdi.

“Bolalar va oilaviy ertaklar” kitobiga Grimmlar ukasi Lyudovik tomonidan

illyustrasiyalar chizilgan. U 20-dekabrda – Rojdestvo bayrami arafasida kitobxonlar
qoʻliga tegdi va eng katta sovgʻa boʻldi. Toʻplamning shon-shuhrati aka-uka
Grimmlarga uning ikkinchi qismini ham toʻplab, chop ettirishga ruhlantirdi. Ikkinchi
kitob nashrdan chiqqach, Grimmlar qoʻlida yana anchagina ertaklar yigʻilib qoldi va


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

675




ular uchinchi kitobni bosmadan chiqarishni reja qilishdi, ammo keyinchalik
fikrlaridan qaytib, ikkinchi qismning keyingi nashrida yigʻilib qolgan ertaklarni
qoʻshib chop etishni ma’qul topadilar. Nihoyat, 1812-yilda Grimmlar tomonidan
yaratilgan ertaklarning birinchi jildi, 1815-yilda ikkinchi jildi, 1822-yilda esa har
ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jildi e’lon qilingan. Grimmlar bisotida jami
200 dan ortiq ertak mavjud edi. Yakob ertaklar oʻz aslicha, xalqchil boʻlib
qolishining tarafdori boʻlgan. Shunga koʻra, ularni qayta bayon etilishida tuzatish
kiritmaslik, zamonaviy koʻrinishda tabdil etmaslik yoki ijodkor didi bilan
yoʻgʻrilmagan boʻlsin, degan fikrida qatiy turgan. Vilgelm esa olimdan koʻra,
koʻproq shoirtabiatligi uchun ertaklarga badiiy sayqal berish tarafdori boʻlgan.
Shubhasiz, bunday ikki xilda fikr yuritish foydadan xoli boʻlmagan. Natijada,
Grimmlar ertaklari oʻzlarining xalqchilligini yoʻqotmagan holda muallif she’riy
uslubining birligini saqlab qolgan. Shu tariqa, aka-uka Grimmlar ertaklari hali-hanuz
dunyo kezmoqda va jahon bolalarining maroq bilan oʻqiydigan asarlari turkumiga
kiradi. Jumladan, Grimmlarning dunyoga mashhur boʻlgan “Zolushka”, “Qor qiz”
ertaklari qahramonlari hammadan turtki yeydigan, soʻkish eshitadigan va eng past
holda qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar boʻlib, ertak davomida oʻzlarining halol
mehnatlari, oqkoʻngilliklari tufayli baxtli boʻladilar. Xususan, “Yalqov Geys”,
“Gansning baxti”, “Botir tikuvchi”, “Yosh pahlavon”, “Bremen musiqachilari” kabi
ertaklari oʻzbek tiliga ham mahurat bilan oʻgirilib, bugungi kunda oʻzbek bolalar
kitobxonlarining mulkiga ham aylana oldi. Grimmlar ertaklarining umumiy
ahamiyati shundaki, ularning qahramonlari har qanday ogʻir, qaltis vaziyatlarda ham
oʻzlariga chora topa oladi, tadbir izlaydi. “Tulki bilan gʻozlar” ertagi shu jihatdan
ahamiyatli. Unda hiyla va makr ishlatishga usta tulki obraziga tadbirkor gʻozlar
timsoli qarshi qoʻyiladi.

Umrlarining soʻnggida aka-uka Grimmlar Berlin universitetida maruzalar

oʻqiydilar hamda nemis tili lugʻatini tuzish ustida ishlaydilar. Ikki buyuk olim,
tilshunos, adabiyotshunos, buyuk ertakchilar yashab oʻtgan Kassel shahrida muzey
tashkil qilinib, ularning shaxsiy buyumlari, dunyoda yuzdan ortiq tillarga tarjima
qilingan kitoblarining nusxalari, ukalari Lyudvigning san’at asarlari ehtiyotkorona
saqlanib kelinmoqda.

Sharl Perro (1625 – 1703).

1697-yilda Fransiyada “Mening onajonim

Gusinaning ertaklari” deb nomlangan kitob nashrdan chiqdi. Aslida ertakni oʻsha
davrdagi mashhur shoir, fransuz akademiyasining a’zosi Sharl Perro yozgan boʻlsa-


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

676




da, uning muallifi P.Dermenkur deb hisoblanardi. Koʻp kitoblar muallifi Sharl Perro
ismi sharifini “jiddiy boʻlmagan” ertaklar ostiga qoʻyishni oʻziga lozim koʻrmay,
uni oʻgʻlining ismi sharifi bilan imzolagan edi. Lekin aynan shu sehrli ertaklar jahon
adabiyotining oltin fondiga kirib, yozuvchiga shon-shuhrat keltirdi. Perroning
ertaklari koʻp marotaba boshqa tillarga tarjima qilingan va nashrdan chiqqan.
Ertakning rus tilidagi tarjimasini I.S.Turgenev boshlab bergan boʻlsa, rus tili
vositasida oʻzbek tiliga kirib keldi.

Perro oʻz ertaklarining soʻzboshisida ertak janri asosida yotgan jiddiy hamda

kulgili va gʻalati narsalar uygʻunlashib ketishiga ishora qilib: “...bu umuman,
bekorchilik emas, balki oʻzida foydali pand-nasihatni mujassamlashtirgan...
hikoyaning shoʻx, oʻynoqi tuzilishini esa faqatgina oʻquvchi aqliga koʻproq yoqimli
tarzda ta’sir qilish, shu bilan birga unga ham oʻrgatib, ham xushnud qilishi
uchundir...” degan edi. Bolalikning ilk davridan boshlab bizga “Qizil shapkacha”,
“Jimjimaloq bola”, “Zolushka”, “Etikli Mushukcha”, “Uyqudagi malika”, “Koʻk
Soqol” kabi ertaklar ma’lum. Ba’zi ertaklarning qahramonlari odamxoʻr maxluqdan
yoki, zolim boʻridan oʻzlarini oʻzlari qutqargan bolalardir. Jimjimaloq bola shu
kabidir; muallif ertakning oxirida yozishicha, oʻzining yaqinlariga yaxshilik qiladi
va oʻzining butun oilasini – ham otasini, ham ogʻalarini ta’minlaydi. Zolushka ham
xuddi shundaylardan, u qanchalar goʻzal boʻlsa, shunchalar oqkoʻngil hamdir; u
oʻgay opalarini oʻzi bilan saroyga olib ketadi. Perro ertaklarida yaxshilik va haqiqat
gʻalaba qozonadi hamda qahramonlarga sehrgar personajlar, Zolushka yoki etikli
mushukchada etikdoʻzning kichik oʻgʻlini choʻqintirgan onasi – oqkoʻngil Feya
yordam beradi. Boʻri, mushuk kabi hayvonlar inson tilida soʻzlashadi, bu folklorning
bir koʻrinishi boʻlib, muallif xalq ijodining boy an’analariga tayanadi hamda oʻziga
xos mualliflik janrini yaratadi. “Qizil shapkacha” ertagida tipik folklor asos
namoyon boʻladi: bu qizil Shapkachaning buvisiga eltayotgan narsasi, savollaridagi
hamda buvisining kiyimlarini kiyib olgan boʻri javoblaridagi takrorlash va
parallelliklarda koʻzga tashlanadi. Perroning boshqa ertaklarida birinchi oʻrinni
romantik sevgi tarixi egallagan. Qahramon qator sinovlardan oʻtib, oʻzining
mukofotini oladi: yaxshilik yomonlikni ustidan gʻalaba qozonadi, ya’ni xuddi
“Uyqudagi malika” yoki “Koʻk Soqol” ertaklaridagi kabi. Sharl Perro ertaklari
qahramonlarining nomlari allaqachon turdosh otlarga aylanib ulgurgan. Zolushka
yoki Koʻk Soqol tarixlari har xil koʻrinishlarda koʻp marta jahon adabiyotida qayta-
qayta ishlangan va sahnalashtirilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

677




XVII asr oxiri Sharl Perro ertaklarining yaratilishi bilan belgilanadi va uning

ertaklari fransuz adabiy ertaklarining eng zoʻr hamda yorqin namunalari sifatida
e’tirof etiladi. Fransiyada XVIII asr esa ertaklarning oltin asri hisoblanadi. Ilgari
bolalarga moʻljallangan maxsus adabiyot yoʻqligi uchun kichkintoylar kattalarning
asarlarini oʻqishar edi. Keyingi asrlarda esa Sharl Perroning qisqartirilgan
ertaklaridan aynan bolalar uchun namunalar tayyorlangan. Ulardan shafqatsizlik,
erkinlik, badiiy oʻyinlar olib tashlanib, anchayin soddalashtirilgan.

Hans Kristian Andersen (1805-1875)

oʻzining ajoyib va gʻaroyib ertaklari

bilan jahonga tanilgan. U Daniyaning Odens shahrida tugʻilgan. Bolaning yashash
sharoiti va oʻqishi ancha-muncha yaxshi boʻladi. Boʻlajak yozuvchi 1823-yilda
Slagels maktabiga oʻqishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda ta’lim oladi. Bolaning
otasi kavush tikuvchi, onasi esa kir yuvuvchi boʻlib ishlar edi. Shuning uchun Hans
kambagʻallar maktabiga oʻqishga kiradi. Oradan uncha koʻp vaqt oʻtmay, ularning
oilasi Kopengagenga koʻchadi. 1828-yilda esa Kopengagen universitetiga oʻqishga
kiradi. Andersen juda koʻp mamlakatlarga sayohat qiladi. Fransiya, Shveysariya,
Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari mamlakatlarni borib koʻradi. Andersenning ijodi
20-yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik she’rlar, roman, drama, yoʻl
ocherklari, biografik etyudlar yaratadi.

1828-yilda Kopengagen universitetini tamomlab, 30-yillarda Fransiya,

Shveysariya, Italiya, Gresiya va Ispaniya boʻylab yana sayohat uyushtiradi. Boʻlajak
adib xalq ogʻzaki ijodi bilan chuqur tanishib, tarix-ertak asarlari bilan yosh
kitobxonlar orasida tanildi. Yozuvchining “Bolalar uchun aytilgan ertaklar” (1835-
1842), “Yangi ertaklar” (1843-1848), “Tarix” (1852-1855), “Yangi ertaklar va tarix”
(1858-1872) kabi ertaklari uning nomini jahonga tanitdi.

Andersen ertaklarining qahramonlari oʻzlarining samarali mehnatlari, aql-

idroklari, axloq-odoblari bilan kitobxon qiziqishiga sazovor boʻladi. “Daniyalik
Xolger”, “Qor malikasi”, vatanparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan “Daniya – mening
vatanim”, ozodlik gʻoyasi mujassamlangan “Soqchi”, “Shiron asiri” va boshqa
she’rlari poeziya janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi. Andersen oʻz
romanlarida (“Improvizator”) zamonasi uchun juda muhim boʻlgan voqealarni
qamrab olishga harakat qiladi. Uning ijodi koʻp qirrali va rang-barangdir.

Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalandi,

ularning orzu-umidlarini qogʻozga tushirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter
va jonli nutqni yanada mukammallashtirishga erishdi. Shuning uchun Andersen


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

678




yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli boʻlish bilan birga, oʻquvchilar
xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega.

Andersen ertaklarida koʻpincha bosh qahramon shahzoda ham, malika ham

emas, balki oddiy mehnatkash xalq farzandi obrazlanadi. Ular oʻzlarining samarali
mehnati, aql-idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga sazovar boʻladilar.
Uning “Qoʻngʻiroqli girdob”, “Kumush tanga”, “Kolbasa sixidan shoʻrva”, “Goʻng
qoʻngʻiz” va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol boʻla oladi. Ertakchining
“Qoʻngʻiroqli girdob” asarini olib koʻraylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, ogʻir
mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning oʻz
xoʻjasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi.

“Bolalar gurungi” asarida hech kim taqdirini, kichkintoy oʻsib ulgʻaygach kim

boʻlib yetishishini bilishi mumkin emasligini, bu koʻproq oʻsha bolaning oʻziga,
intilishiga, kattalarning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq solishiga bogʻliq
ekanligini kuzatamiz.

Bolalar, odatda, hayvonlar, parrandalar, hasharotlar haqidagi ertaklarni sevib

oʻqiydilar. Andersen yaratgan ertaklarning juda koʻpchiligi ana shu mavzuni qamrab
olishi bilan ham xarakterlidir.

“Dyumchaxon”, “Irkit oʻrdakcha”, “Botqoqlik shohining qizi”, “Baqa”, “Burga

bilan professor” singari ertaklari oʻzbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga
aylanib ulgurgan.

Xullas, Daniya ertakchisi Hans Kristian Andersenning ijodi uzoq yillardan beri

yosh kitobxonlarga zavq-shavq bagʻishlab kelmoqda.

Jonatan Svift 1667-yilda

Angliyaning yaqin qoʻshnisi va oroldagi

mustamlakasi boʻlgan Irlandiyaning poytaxti Dublinda ingliz muhojiri oilasida
tugʻilgan. Otasi u tugʻilmasdan sal avvalroq vafot etgan edi. Ziyrak Jonatan
huquqshunos, advokat togʻasi qoʻlida tarbiya topadi. Bola boshlangʻich maktabda
tahsil koʻrgach, oʻn toʻrt yoshida togʻasi Dublin universitetining dindorlik
fakultetiga oʻqishga beradi. Jonatan universitetni tugatgan vaqtda Dublinda irland
katoliklarining inglizlarga qarshi qoʻzgʻoloni yuz beradi. Shu paytda Irlandiyadan
quvilgan ingliz oilalari qatori yosh dinshunos olim Svift ham Dublinni tark etadi va
“katta yer” – Angliyaga yoʻl oladi. Svift bu erda otasining doʻsti Vilyam Templga
kotib boʻlish bilan birga uning asrandi qiziga murabbiylik qiladi. Shuningdek uning
boy kutubxonasidan bilimini oshirib, gazetalarga maqola, pamflet, feletonlar,
she’rlar yozib turadi. Uning dastlabki asarlaridayoq ijtimoiy hayot masalalarini,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

679




siyosiy voqealarni hajv ostiga oladi. Chunonchi, XVIII asrning oxirlarida
Fransiyada, keyinroq Angliyada qadimgi adabiyot tarafdorlari bilan yangi adabiyot
tarafdorlari oʻrtasida qizgʻin bahslar boʻlib oʻtadi. Svift 1697-yili shu bahsga
bagʻishlab (ustozi Templning topshirigʻi bilan) “Kitoblar jangi” nomli mashhur
hajviy pamfletni yozdi. Sviftning bu ilk asarida qadimiy va yangi kitoblar ramziy
ma’noda bir-biriga qarshi qoʻshin tortishar, qadimgi yunon shoiri Pindar yangi ingliz
shoiri Kauliga qarshi ulugʻ “Iliada” ijodchisi Homer yangi qasidachi Draydenga
qarshi jang qilishardi.

Qadimiy va yangi kitoblar oʻrtasidagi jangda Sviftning oʻzi ikkala tomonni

himoya qildi. U hajviyasini oʻrgimchak va asalari haqidagi hikoyat bilan tugatadi.
Sviftning fikricha, “Haqiqiy adib oʻrgimchak singari oʻz ichidan chiqqan toʻqima
iplari bilan tanob tortaverishi yaxshi emas, asl ijodkor asalariday hamma erda hayot
materiali sharbatini yigʻib, uni san’at asaliga aylantirishi kerak”. Sviftning ana
shundan keyingi hayoti siyosiy kurashlarda toblanadi, u boʻsh vaqtlarida tibbiyot
ilmi bilan shugʻullanadi. Chunki u qachondir dengizchi boʻlishi va bunda ana shu
kasb qoʻl kelishini yaxshi bilardi. U bu orzusiga erishdi ham. Bir necha yil dengiz,
okean kemalarida xirurg boʻlib ishlaydi. Oʻz qahramoni boshidan kechirgan koʻp
voqealarning aynan guvohi boʻladi. Muhimi, siyosiy kurashlardan toliqqan adib,
asarlarida bu jarayonni badiiy-kinoyaviy talqin etadi. U Dublinda ekanligida,
Angliyaning hukmparast, olchoq lordlari irland dehqonlarini xonavayron
qilayotganligini, irland hukumatining barcha huquqlari tortib olinganligini, irland
xalqining taqdiri Londonda hal etilayotganligini gʻazab bilan fosh etuvchi asarlar
yozdi. Bu singari muammolar “Gulliverning sayohatlari”da ayniqsa yorqin aks
ettirilgan. Aslida Jonatan Svift bu asarini boshqa bir buyuk ingliz adibi Daniel
Defoning “Robinzon Kruzo” romaniga hajv sifatida boshlagan edi. “Robinzon
Kruzo”ning bir necha qismdan iborat davomi boʻlib, ularda qahramon mavjud
qirollik tuzumida, adolatli qonunlar asosida oddiy mehnatkash odam oʻz baxtini
topadi, degan gʻoyani ilgari surgan edi. Svift esa aksincha bir-biridan battar olchoq,
ochkoʻz, molparast, mansabparast, tekinxoʻr, takabbur qirollar va vazirlar
hukmronlik qilgan jamiyatda inson hech qachon baxtini topolmasligini Gulliver
sayohat qilgan oʻlkalar timsolida ravshan koʻrsatadi.

Umuman, “Gulliverning sayohatlari”dagi juda koʻp voqealar ramziy ma’noda

hayot voqeligini aks ettirishga qaratilgan. Aytaylik, liliputlar orolida tuxumni uch
tarafidan sindiruvchilar bilan poynagidan sindiruvchilar guruhi oʻrtasida ashaddiy


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

680




bahs boradi. Tuxumni uchidan sindirishdan bosh tortganligi uchun 11 ming kishi
oʻlim jazosiga hukm qilingan. Adib bu bilan oʻz zamonasidagi katoliklar va
protestant mazhabidagi dindorlarning ashaddiy ixtiloflari aslida arzimas poydevorga
qurilganligi, ammo shu arzimas sabab tufayli juda katta qirgʻinbarotlar yuz
berayotganligini alamli qahqaha bilan tasvirlaydi.

Romanda Liliputiyadagi ahmoqona tartiblardan yana biri – yuqori mansablarga

qanday odamlar tanlanishi oʻtkir hajviy boʻyoqlarda tasvirlanadi: “Birorta amaldor
vafot etsa yoki imperatorning gʻazabiga uchrasa, boʻshagan lavozimga da’vogar
boʻlganlardan besh-olti kishi oliy hazratlari va butun saroy ahlini xushnud etib, dor
oʻynab berish uchun imperatordan izn soʻrashadi. Kimki arqondan qulamay,
hammadan balandga sakrasa, bosh oʻrin oʻshaniki boʻladi”. Mukofot olish tartiblari
ham shunga oʻxshash. Imperator tayoq oʻynatganida uning ostidan va ustidan
chaqqonlik bilan likillab oʻta oluvchilarga oliy mukofotlar beriladi.

Svift oʻz hayoti davomida Angliya hukumati rahbarlariga juda koʻp

yaxshiliklar qilgan boʻlsa-da, ular adibga bergan va’dalarini tez unutishadi. Bundan
insoniy gʻururi ozor topgan adib “Gulliverning sayohatlari”da shunday hazil qiladi:
…har bir odam birinchi vazir qabuliga kirib, arzini qisqa qilib aytganidan soʻng,
esida qolishi uchun uni burnidan chimchilashi yoki qorniga bir tepishi kerak
boʻladi… “Gulliverning sayohatlari” muallifi “Robinzon Kruzo” muallifi bilan
bahslashar ekan, hayotning cheksiz rang-barangligini, murakkabligini, kulgili va
fojiali voqealarga boyligini idrok etishda Daniel Defoga nisbatan mislsiz
yuksaklikka koʻtariladi. Shu bilan birga u inson ruhiy holatlarini, qahramonni oʻrab
turgan tabiiy va ijtimoiy muhitni keng, batafsil tasvirlashni Defodan oʻrganadi ham.

Asar qahramoni Gulliver turli afsonaviy joylarga borib, ajoyib va gʻaroyib

fantastik voqealarni boshdan kechirsa-da, uning xarakteri, fe’l-atvori, ichki dunyosi
nihoyatda haqqoniy, realistik boʻyoqlarda chiziladi. U liliputlar oʻlkasidagi
ahmoqona tartib-qoidalarga norozilik bildirmaydi, ularga barcha fuqaro qatori
boʻysunadi. Liliputiyaning fani, qonunlari, urf-odatlari, bola tarbiyalash jarayoni,
ya’ni buni jamiyat va davlat zimmasiga yuklatilishi haqida ajoyib lavhalar
keltiriladi.

Romanning 3-4-qismlarida, ayniqsa, Svift satirasi gʻoyat kuchayib,

umuminsoniy, falsafiy umumlashmalar darajasiga koʻtariladi. Adib Gulliverning
Laputaga sayohati voqealarida oʻzga xalqlarni asoratda saqlashga uringan
Angliyaning mustamlakachilik siyosatini, davlat rahbarlarining xalqdan uzilib


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

681




qolganligini, ilm-fanda soxta, savodsiz, ahmoq odamlar koʻpayib ketganligini
yorqin hajviy boʻyoqlarda tasvirlaydi. Laputa hukumati Lapakka oʻxshash uchar
orolda yashaydi. U faqat xalqdan soliq undiradigan vaqtda, yoki qoʻzgʻolonlarni
bostirish uchun yerga yaqinlashadi. Boshqa vaqtlarda doimo osmonda yashaydi.
Laputudagi “Loʻttibozlar akademiyasi”da ahmoqona “ilmiy” loyihalar ishlab
chiqiladi. Masalan, loʻttiboz olimlar marmarni qumga aylantirish, uylarni tomidan
boshlab eng soʻngida poydevorini qurish haqida bosh qotirishadi. Yana bir oʻrinda
Gulliver akademiyaning tilshunoslik maktabiga qilgan tashrifi bayon qilingan. U
erda uch professor ona tilini takomillashtirishning turli loyihalarini muhokama
qilishayotgan edi. Birinchi loyihada koʻp boʻgʻinli soʻzlarni bir boʻgʻinlikka
aylantirib, fe’l va sifatdoshlarni chiqarib tashlab, soʻzlashuv tilini soddalashtirish
taklif qilinardi. Muallif faqat otlargina mavjud predmetlarga mos keladi, deb
ta’kidlaydi. Ikkinchi loyihada hamma soʻzlarni toʻliq yoʻqotish taklif qilinardi.
Ushbu loyiha muallifi buning salomatlik va vaqtni tejash uchun nafi kattaligini
asosiy dalil qilib koʻrsatadi. Chunki soʻzlarni talaffuz qilish boʻgʻiz va oʻpkani
toliqtiradi, demak umrni ham qisqartiradi. Yoki muallifning matematika maktabiga
tashrifi ham qiziqarli ma’lumotlarga boy. Bu erda shunday metodda oʻqitiladiki,
buni Evropada qoʻllash amrimahol tuyuladi. Har bir teorema isboti bilan boshogʻriq
dori oʻraladigan qogʻozchaga siyohda yoziladi. Oʻquvchi ana shu qogʻozchani
nahorda yutib yuboradi va uch kungacha suv hamda nondan boshqa hech narsa
yemaydi. Qogʻoz hazm boʻlgandan keyin uning ichidagi dori oʻzi bilan tioremani
yetaklab, miyaga koʻtariladi. Ammo bolalar dorining achchiqligi va qisman ular
shoʻxligidan boʻlsa kerak, ular sal chetroqqa borib tuflab tashlashad. Asarning
falsafiy Utopiya darajasiga koʻtarilgan oxirgi qismida otlar aqlli zotlarga, odamlar
maymunsimon aqlsiz maxluqlarga – exularga aylanadi. Exularning eng xunugi va
axmogʻi podsho boʻladi. Bosh vazirning vazifasi – qirolning boshdan oyogʻigacha
yalab chiqish va unga yangidan-yangi urgʻochilar topib kelishdan iborat. Exularning
ishi – hamma yoqni vayron etish, bir-birini qirib yoʻqotish. Ular oltinga va boshqa
yaltiroq toshlarga sajda qilishadi.

Romanda shu kabi gʻaroyib sarguzashtlar bir talay. Ularning aksariyatida

muallif “men”i sezilib turadi.

Janni Rodari (1920-1980)

oʻzining ijodiy faoliyatini jurnalistlikdan boshlab,

butun dunyoga mashhur muallif – ertakchi nomini olgan, oʻzining adabiy faoliyati
uchun H.K.Andersen nomidagi Oltin medalga sazovor boʻlgan yozuvchi. U


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

682




nonvoyning oʻgʻli boʻlib mamlakatning shimolida Alp etaklarida joylashgan
kichkinagina shaharda tugʻilgan. Janni bolaligidan oʻzining aqlga sigʻmas
fantaziyalari bilan ajralib turardi. Bolaning boy tasavvuriga uni oʻrab turgan barcha
narsalar: koʻlning toza, tiniq suvi, oroldagi qasr va uning oʻrtasida otasining
nonvoyxonasi hamda unda poʻrsillab, bijirlab, pufakchalar chiqarib turgan oshgan
xamir ozuqa berardi. Oʻsha vaqtlarda u bir burda non uchun mehnatning ogʻir
mashaqqatlarini chekishiga toʻgʻri keldi. U oʻzi oʻylagandek musiqachi ham, rassom
ham boʻlmay, u uchun juda zerikarli va diqqinafas boʻlgan seminariyada oʻqishga
tushib qoladi. Ammo Rodari oʻzini hayoti ustidan hukm chiqara oladi; institutda
ma’ruzalar tinglaydi, oʻqituvchilik qiladi, ammo “quruq oʻqituvchi” boʻlmaydi,
bolalarga tushunarli, xushchaqchaq oʻqituvchi boʻlib yetishadi. U bir narsaga amin
edi: maktab yumorga muhtoj, chunki unda “kam kulishadi”, lekin Rodari oʻqituvchi
sifatida “oʻrganilishi kerak boʻlgan koʻp narsani achchiq koʻz yoshlar bilan foydasiz
oʻrgatishadi, biroq shu narsani kulib oʻrgansa ham boʻladi” degan fikrda boʻladi.
Yozuvchi oʻzining birinchi she’rlarini bosmadan chiqarishni “Unita” gazetasida,
unga “Bolalar sahifasi”ni topshirishganda boshlagan edi. Gazeta kommunistik
gazeta boʻlib, unda birinchi navbatda kambagʻal bolalar hayoti aks ettirilishi kerak
edi. “Hunarlardan nima keladi?”, “Hunarlar qaysi rangda?”, “Ovchi”, “Baliqchi”,
“Farrosh” kabi she’rlarining nomiyoq, uning adabiy ijodi qaysi yoʻnalishdaligini
yorqin koʻrsatib turadi.

Yozuvchi oʻz ijodining asosiy qismini ertaklarga bagʻishladi. “Men

oʻylaymanki, ertaklarning ham yangisi, ham eskisi aqlni tarbiyalashda yordam bera
oladi” – deb yozgan edi Rodari. Ertak bu turli xil gipotezalarning xazinasi. Ertak
bolalarga atrof-muhitni anglashga, oʻzining tasavvuri bilan unga tanqidiy
yondoshishga, borliqqa yangi yoʻllar bilan kirishga kalit bera olishi mumkin”.
Ammo Rodarini katta ertak yozishga undagan narsa Kollodining “Pinokkio”
asaridir. Faqat uning “Chippolino”sida qoʻgʻirchoqlar emas, odamlarga juda
oʻxshagan sabzavot va mevalar ishtirok etgan. Ular yaxshi va yomon his-tuygʻular
hamda yumor bilan yoʻgʻrilgan. Hikoya insoniylikni hamda bechora kambagʻal
odamlarning hayotiy muammolarini imkon qadar kengroq yoritishga qaratilgan.
Muallifning bitmas-tuganmas fantaziyasi tufayli bechoralar obrazi Qovoqvoy, usta
Uzumcha, professor Nok kabilarda oʻz ifodasini topadi. Rodarining qahramonlari
doimo ijtimoiy jihatdan aniq belgilangan, shuning uchun ertakning boshqa tomonida
Limon shahzoda, ishyoqmas Apelsin, izquvar Sabzilar obrazi mavjud. Chippolino


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

683




butun piyoz oilasi bilan Limon qirolligida yashaydi. Ularda sodir boʻlayotgan barcha
yomonliklar qahrli shahzodaning xohish-istagi bilan boʻladi, ammo “ular oʻzlari
yaxshi odamlar boʻlsalar-da, hamma narsaning toʻgʻrisini aytish kerak, ularning
omadlari hayotda chopmagan. Nima ham qila olardik, qaerda piyoz boʻlsa, oʻsha
erda koʻz yosh ham bor”.

Jahon adabiyoti dunyoning turli burchaklaridan turli madaniyatlar, tillar, tarix

va falsafalarni aks ettiruvchi keng va xilma-xil adabiy asarlarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu keng ko‘lamli sohada bolalar adabiyoti alohida va muhim o‘rin tutadi. Uning
roli shunchaki o‘yin-kulgidan tashqari, yosh avlodning qadriyatlari, tasavvurlari va
axloqiy tushunchalarini shakllantirishdan tashqarida.

Bolalar adabiyotida yosh kitobxonlarni jalb qilish, ularning rivojlanish

bosqichiga mos keladigan hikoyalar, saboqlar va istiqbollarni taqdim etish uchun
maxsus ishlab chiqilgan. Uning asosiy auditoriyasi bolalar bo‘lishiga qaramay, u bir
nechta asosiy funktsiyalarni bajarish orqali jahon adabiyotining keng kontekstida hal
qiluvchi rol o‘ynaydi

Fikrimiz so‘ngida xulosa sifatida shuni aytib o‘tish kerakki, bolalar adabiyoti

jahon adabiyotida muhim o‘rin tutadi, chunki u yosh kitobxonlarni hikoyalar,
madaniy qadriyatlar va hayotning muhim saboqlari bilan tanishtiradi. Hayoliy
ertaklar, axloqiy ta’limotlar va umuminsoniy mavzular orqali u kelajak avlodning
o‘qishga bo‘lgan muhabbatini va dunyoni tushunishini rivojlantirish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, bolalar adabiyoti hikoya qilish an’analarining
global madaniyatda davom etishini ta’minlaydi, chegaralar bo‘ylab umumiy
insoniylik tuyg‘usini rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Будур Н.В., Иванова Э.И., Николаева С.А., Чеснокова Т.А. Зарубежная

детская литература. – Москва, “Академия”, 1998.

2.

Баракаев Р. Абдулла Авлоний ва болалар адабиёти. Т.: Фан, 2004.

3. Барноев С. Кичкина Хўжа Насриддин. Т.: Ёзувчи, 1998.
4. Белинский В.Г., Чернишевский Н.Г., Добролюбов Н.А. О детской
литературе. – М., Дет.лит. 1983.

5.

Жанни Родари. Рим эртаклари. – Т.: Радуга, 1989.

6.

Свифт Ж. Гулливернинг саёҳатлари. Т.: Шарқ, 2006.

7. Брандис Е. От Эзопа до Джанни Родари. – М., 1980.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

684




8. Детская литературе Австрии, Германии, Щвецарии. Учебная хрестоматия. –
М., 1997.
9. F.Sattarov., Ingliz tilidagi bolalar adabiyotining yangi bosqichga chiqishi.
Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi: ilmiy jurnal. - № 11/4, 2023. – 136
b.

References

Будур Н.В., Иванова Э.И., Николаева С.А., Чеснокова Т.А. Зарубежная детская литература. – Москва, “Академия”, 1998.

Баракаев Р. Абдулла Авлоний ва болалар адабиёти. Т.: Фан, 2004.

Барноев С. Кичкина Хўжа Насриддин. Т.: Ёзувчи, 1998.

Белинский В.Г., Чернишевский Н.Г., Добролюбов Н.А. О детской литературе. – М., Дет.лит. 1983.

Жанни Родари. Рим эртаклари. – Т.: Радуга, 1989.

Свифт Ж. Гулливернинг саёҳатлари. Т.: Шарқ, 2006.

Брандис Е. От Эзопа до Джанни Родари. – М., 1980.

Детская литературе Австрии, Германии, Щвецарии. Учебная хрестоматия. – М., 1997.

F.Sattarov., Ingliz tilidagi bolalar adabiyotining yangi bosqichga chiqishi. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi: ilmiy jurnal. - № 11/4, 2023. – 136 b.