“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
701
O‘ZBEKISTONDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNING XALQARO
STANDARTLARIGA O‘TISHNING AFZALLIKLARI VA BU BORADAGI
ILK ISLOHOTLAR
G'ofurova Sadoqatxon G'ayratjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti bitiruvchisi
Annotatsiya.
Maskur maqola
MHXS (moliyaviy hisobotning halqaro
standartlari)ni joriy etishning afzallik taraflari hamda ushbu sohadagi ilk islohatlarni
ochiqlab beradi.
Kalit
so‘zlar:
Moliyaviy
hisobot
xalqaro
standartlari
(MHXS),
iqtisodiyotining uygʻunlashuvi, xorij investitsiyalar.
ПРЕИМУЩЕСТВА ПЕРЕХОДА НА МЕЖДУНАРОДНЫЕ
СТАНДАРТЫ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ И
ПЕРВЫЕ РЕФОРМЫ В ЭТОМ НАПРАВЛЕНИИ
Садокатхон Гофурова, дочь Гайратжона
Выпускница Ферганского государственного университета
Аннотация
. В данной статье описаны преимущества внедрения
Международных стандартов финансовой отчетности (МСФО) и первых
реформ в этой области.
Ключевые слова:
Международные стандарты финансовой отчетности
(МСФО), гармонизация экономики, иностранные инвестиции.
ADVANTAGES OF TRANSITION TO INTERNATIONAL
FINANCIAL REPORTING STANDARDS IN UZBEKISTAN AND FIRST
REFORMS IN THIS DIRECTION
Sadoqatkhon Gofurova, daughter of Ghayratjon
Graduate of Fergana State University
Annotation.
The article discusses the advantages of implementing IFRS
(International Financial Reporting Standards) and the first reforms in this area.
Keywords:
International Financial Reporting Standards (IFRS), economic
harmonization, foreign investments.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
702
KIRISH
Jahon amaliyotida buxgalteriya hisobini hamkorlik tili, biznes va
ishbilarmonlik kaliti deb bejiz tan olinmagan. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan
ko’pchilik manfaatdor shaxslar bo’lib, undan, xususan: investorlar va kreditorlar
(tashqi foydalanuvchilar), kompaniya menejerlari (ichki foydalanuvchilar), davlat
organlari xizmatchilari, raqobatchilar va boshqalar tomonidan foydalaniladi.
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari”– moliyaviy hisobotni taqdim etish,
zahiralar, sug’urta shartnomalari, pul mablag’larini siljishi, hisob siyosati, hisob
baholarini o’zgartirish va xatolar, muvozanat tuzilgandan keyingi hodisalar, qurilish
shartnomalari, foyda solig’i, segment hisobot, asosiy vositalar, ijara, ishchilarga
haqlar, davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordami haqida ma’lumot, valyuta
kursi o’zgarishining ta’siri, biznesni birlashtirish, qarzlar bo’yicha xarajatlar, nafaqa
ta’minoti dasturlari bo’yicha hisob va hisobot, bog’liq tomonlar haqida
ma’lumotlarni yoritish, jamlama va alohida moliyaviy hisobotni tuzish,
assotsiatsiyalangan korxonalarga investitsiyalar, qo’shma faoliyatda ishtirok etish,
moliyaviy instrumentlar, bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda, oraliq moliyaviy
hisobot, sotishga mo’ljalangan uzoq muddatli aktivlar, aktivlarni qadrsizlanishi,
baholangan majburiyatlar, shartli majburiyat va aktivlar, nomoddiy aktivlar,
investitsiyaviy ko’chmas mulk kabilarni o’z ichiga oladi hamda shu asosida
moliyaviy hisobotlarni tayyorlash zarurat aylanmoqda. Buxgalteriya hisobi
xizmatining natijaviy ko’rsatkichi moliyaviy hisobotlar bo’lib, uning asosiy maqsadi
va vazifalari investitsiyalar kiritish va kreditlar berish to’g’risida qarorlar qabul
qilishda zarur, hal qiluvchi va foydali bo’lishi, undan foydalanuvchilarga pul
mablag’larining kelgusidagi harakatini baholashga yordam berishi, mulkiy, moddiy,
mehnat va moliyaviy resurslardagi o’zgarishlarni haqqoniy va ob’ektiv aks ettirilgan
axborotni taqdim etishdan iborat. Xorijiy davlatlarda buxgalteriya hisobini tashkil
etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
tamoyillari sezilarli darajada farq qiladi. Ushbu farqlar xo’jalik faoliyatini tashkil
etish va mavjud mulkchilik shakllarining xilma-xilligi hamda hisob amaliyotiga
tashqi (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, jug’rofiy, texnologik va boshqa) omillarning
ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Moliyaviy hisobotning maqsadi korxonaning moliyaviy holati, faoliyati va
moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat
bo‘lib, u iqtisodiy qarorlar qabul qilishda keng foydalanuvchilarga, ayniqsa butun
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
703
dunyo bo‘ylab diversifikatsiya va investitsiya imkoniyatlarini qidirayotgan
investorlar uchun foydalidir. Asosiy sifat ko‘rsatkichlari va tegishli buxgalteriya
standartlarini qo‘llash, odatda, adolatli taqdimotni ta’minlaydigan moliyaviy
hisobotlarga olib keladi. Biroq, buxgalteriya hisobi standartlari bir mamlakatdan
boshqasiga farq qiladi, bu esa mamlakatlar bo‘ylab moliyaviy hisobot sifatining
farqlanishiga olib keladi va moliyaviy ma’lumotlarning solishtirish va shaffofligini
qiyinlashtiradi.
Axborotni kamaytiradigan buxgalteriya standartlarini uyg‘unlashtirish zarurati
manfaatdor tomonlar va kompaniyalar o‘rtasidagi nosimmetriklik MHXSni ishlab
chiqishni talab qildi. Shu nuqtayi nazardan, bugungi kunda kompaniyalarning
xalqaro bozorlarga chiqishi, shuningdek, salohiyatli investorlarni jalb qilishda
MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi va u
hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.
Xalqaro amaliyotda buxgalteriya hisobining tamoyillari qilib quyidagilar
hisoblanadi:
1. Amal qiluvchi korxona (davomiylik) tamoyili
2. Doimiylik(qiyoslanuvchanlik) tamoyili
3. Ehtiyotkorlik(konservatizm) tamoyili
4. Muvofiqlik(hisoblash) tamoyili
TADQIQOT VA NATIJALAR
Ayrim davlatlarda hukumat milliy resurslarni boshqarishda hal qiluvchi rolni
o’ynaydi. Frantsiya va Shvetsiyada buxgalteriya hisobining rivoji bir muncha
boshqa xususiyatga ega. Korxonalar makroiqtisodiy rejalashtirish doirasida
hukumatning iqtisodiy siyosatiga amal qilishi shart. Bu davlatlarda hukumat nafaqat
biznesning moliyaviy imkoniyatlarini nazorat qiladi, balki zarur hollarda investor
yoki kreditor rolida ham ishtirok etadi. Pirovardida ta’kidlash lozimki, buxgalteriya
hisobi, avvalambor, davlat reja organlarining ehtiyojlariga yo’naltirilgan, firma va
kompaniyalar
esa
hisob
va
hisobotlar
sohasidagi
unifikatsiyalangan
(yagonalashtirilgan) standartlarga amal qilishga majbur ekanligini e’tirof etish
lozim.
MHXSni tatbiq etish bo‘yicha Yevropa davlatlarining tajribasini o‘rganish va
ushbu jarayondagi muammolar va istiqbollarni adolatli baholash O‘zbekistondagi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
704
kompaniyalarning MHXSga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy
hisobot tuzish jarayoniga o‘tish davrida katta imkoniyat hisoblanadi.
O‘zbekistonda bunday o‘tish davri ancha yillardan beri davom etib
kelayotganligini alohida aytib o‘tish kerak. Ammo, bu davrda jahon tajribasini
o‘rganish va MHXSga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot
tuzishga o‘tishning muammolari va istiqbollarini baholash juda sekinlik bilan
amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2017−2021 yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha
harakatlar strategiyasida “Lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini
ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish”
masalasining qo’yilishi, shuningdek, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzalarida “Xalqaro standartlashtirish tashkilotning
21 ming standartidan atigi 13 foizi mamlakatimizda joriy etilgan”ligi xalqaro
standartlar asosida buxgalteriya hisobi va auditni tashkil etish va uning ilmiy-nazariy
hamda uslubiy asoslarini ishlab chiqish masalasini o’ta dolzarb ekanligini belgilab
beradi.
R.Abdurahmonovning ta’kidlashicha: “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari bilan bir qatorda AQShning milliy standartlari asosida tuziladigan
moliyaviy hisobotlar ham amal qiladi (US GAAP). Bu standartlar ma’lum ma’noda
xalqaro standartlar sifatida qaralishi mumkin. Biroq, oxirgi to’rt yillik kuzatuvlar
AQSh birjalarida MHXS bo’yicha hisobot tuzuvchi kompaniya va firmalar sonining
ortganligini ko’rsatmoqda. Bundan avvallari US GAAP bo’yicha moliyaviy hisobot
tayyorlagan MDH davlatlaridagi xo’jalik sub’ektlari ham mustasno emas”.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgan yillaridan boshlab, barcha
sohada yangi uyg‘onish davri boshlandi. Istiqbolli yuksalish yo‘li sifatida xalqari
iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish asosiy omillardan biri bo‘lib hizmat qildi.
Buxgalteriya hisobi sohasida ham bosqichma-bosqich uchunchi renesans davriga
yetib keldi.
1-qadam:
O‘zbekiston Respublikasining 09.12.1992 yildagi 734-XII-son
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) va O‘zbekiston
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
705
Respublikasining 30.08.1996-yildagi 279-I-son “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi
Qonuni (yangi tahriri) qabul qilindi.
2-qadam:
1993-yildan boshlab schyotlar rejasi 21-son Buxgalteriya hisobi
milliy standartlari va barcha BHMSlar 2009-yilgacha shakillandi.
3-qadam:
13.04.2016-yildagi O‘RQ-404-son Qonuni bilan “Buxgalteriya
hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahriri) va
25.02.2021-yilda O‘RQ-677-son “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni (yangi tahriri) qayta ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
4-qadam:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
11.09.2023-yildagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g’risidagi
Farmoni, 2019-yil 19-sentyabrdagi PQ-3946-son “O‘zbekiston Respublikasida
auditorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 24-
fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-
son “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari
qabul qilindi. Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “O‘zbekiston –
2030” satrategiyasi to‘g’risi”dagi Farmonida iqtisodiyotimizni yanada
rivojlantirishga qaratilgan islohatlarda iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan
yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga va xalqaro
standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini
tashkil qilish kabi vazifalar keng o`rtaga tashlandi.
Strategiyada belgilangan vazifalarga erishishda, aholi daromadlarini oshirish,
iqtisodiy sub’ektlarni oshirish, ushbu sub’ektlarda aholi talablariga va xalqaro
standartlarga to‘liq javob beradigan daromadlar hisobi xalqaro standandartlar
asosida yuritish, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur strategiya ijrosini taʼminlash yuzasidan qabul qilingan qator farmon va
qarorlar, shuningdek davlat dasturlarida moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlariga o‘tish ustuvor vazifalar hamda aniq chora-tadbirlar belgilangan.
Yuqorida keltirib o`tilganidek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-
yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha
qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-son qaroriga asosida Moliyaviy
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
706
hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish dastlabki huquqiy asos yaratildi. 2021-yil
1-yanvardan boshlab, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari
va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi yuritilishiga o‘tish
belgilab
berildi.
Bundan
tashqari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 507-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni
tasdiqlash haqida”gi qarori ham mazkur tizimga o‘tishni jadallashtirishga asos
bo‘ldi.
O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotga intilayotgan davlat sifatida moliya
sohasida buxgalteriya hisobi va hisoboti mexanizmlarini standartlashtirish va
takomillashtirish jadal suratlarda o‘smoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda
moliyaviy hisob standartlarini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish bo‘yicha faol
ishlar olib borilmoqda. MHXS (moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari) ga
o‘tishning bir qancha potensial afzalliklari mavjud;
moliyaviy tahlilchilar va investorlar uchun moliyaviy hisobotlarning
aniqligi, taqqoslanish, ma’lumotlarning oshkoraligi, kam tahlil xarajatlari;
aktivlarni baholashning bozor mexanizmlari – amalda aktivlar va
majburiyatlarning dastlabki qiymati va uning joriy bozor qiymatidan foydalanish
investor uchun ham tashkilotning o‘zi uchun ham samarali qarorlar qabul qilishga
yordam beradi;moliyaviy instrumentlarni qo‘llash qulayligi – MHXS hujjatlari
zamonaviy biznes yo‘nalishlari va operatsiyalarni aks ettirish usullarini yetarli
darajada tez-tez qayta ko‘rib chiqilishi mamlakatda moliyaviy instrumentlardan
foydalanish imkoniyatlarini oshiradi;
aktivlar qadrsizlanishini o‘z vaqtida aks ettirish – amaldagi hisob
standartlari aktivlar qadrsizlanishi riski bo‘yicha choralar ko‘rishni talab etmaydi.
Natijada yirik kompaniyalarda aktivlar summasining oshirib ko‘rsatilish riskini
yuzaga keltiradi.
MHXS standartlari bunday risklarning oldi olinishi uchun zaruriy talablarni
qo‘yadi:
shartli aktiv va baholangan majburiyatlar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar –
foydalanuvchilar to‘g„ri qaror qabul qilishlari uchun nafaqat hujjatlarga asoslangan
operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot, balki kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
hodisalar oqibatini joriy hisobotlarda aks ettirish ham muhim ahamiyat kasb etadi;
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
707
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar tuzish – ko‘pchilik yirik
kompaniyalar o‘zining tarkibiga kiruvchi korxonalarni hisobga olgan holda jamlama
hisobotlarni tuzmoqda, lekin ularni tuzishda zamonaviy konsolidatsiyalash
mexanizmlarini hisobga olmasligi, ushbu kompaniyalar guruhining haqiqiy ahvoli
ko‘rinmay qolishiga sabab bo‘lmoqda. MHXS bo‘yicha konsolidatsiyalashgan
hisobot moliyaviy hisobotning alohida maxsus tarkibiy qismi hisoblanadi va unga
nisbatan maxsus talablar mavjud.
Yuqorida keltirilgan malumotlarga asoslanib, O‘zbekiston buxgalteriya
hisobini xalqaro moliyaviy hisob standartlariga moslashtirish tartib qoidalarini
ishlab chiqish hozirgi kunda O`zbekistonda ayniqsa dolzarb ekanligini ta`kidlash
mumkin.
XULOSA
Moliyaviy hisobning xalqaro standartlarini joriy etish O‘zbekiston moliya
tizimini modernizatsiya qilishning muhim bosqichidir. Moliyaviy hisobotning
taqqoslanuvchanligi, shaffofligi va ishonchliligini ta’minlash sarmoyalarni jalb
etish, ishbilarmonlik muhitining raqobatbardoshligini oshirish va mamlakat
moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning asosiy elementiga aylanmoqda.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning dolzarbligi, ijobiy
jihatlari va afzalliklarini hamda oqibatlarini tahlil qilish hamda nazariy-uslubiy
jihatlarini tadqiq qilish natijasida quyidagi xulosalarni berish mumkin:
birinchi, korxonalarda moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlarini qo‘llash, uning ahamiyati va zarurati o‘rganish,
nazariy-uslubiy jihatlarini tadqiq qilish orqali ushbu moliyaviy hisobotlardan
foydalanuvchilar, asosan, investorlarni jalb qilishda ustuvorlikka ega ekanligi
hamda shaffof va to‘liq ochib berilgan ma’lumotlar to‘plamini taqdim etilishi va
ishonchli manba bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidlab aytish zarur;
ikkinchi, mamlakat miqyosida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini
joriy etishda eng kerakli resurs bu kadrlar hisoblanadi. Shu sababdan, kadrlar
tayyorlash tizimini tezkor ravishda ishlab chiqish va dasturiy ta’minotga o‘zgartirish
kiritish uchun mavjud va qo‘shimcha resurlardan keng foydalanish maqsadga
muvofiqdir;
uchinchi, milliy buxgalteriya hisobini MHXSning prinsip va talablariga mos
holda keltirish bo‘yicha islohotlarni davom ettirish jarayonida amaldagi me’yoriy
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
708
huquqiy hujjatlarga, buxgalteriya hisobining milliy standartlariga zaruriy
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, xususan, nizomlar, yoʻriqnomalar va
qoidalarni ham standartlarga aylantirishimiz kerak;
to‘rtinchidan, MHXSni qabul qilish va uni qo‘llashda hisob tizimidan tashqari,
moliya, pul-kredit, soliq va mehnat qonunchiligini hamda kapital bozorini o‘zaro
uyg‘unlikda ta’minlash zarur.
ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4611 sonli “Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” qarori, 24.02.2020-yil.
2.
Fredrick D.S. Choi & Gary K. Meek (2005) International Accounting,
Pearson Prentice Hall, Upper Saddle River, pp.4-18.
3.
J. Gordon, International financial reporting standarts – explained, 2022.
4.
Karimov A.A., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Imamova N.M. Xalqaro
moliyaviy hisobot standartlari, Darslik, - T.:2021, 332 b.
5.
Irvine, H., & Lucas, N. The Globalization of Accounting Standards.
Working paper, 3rd International Conference on Contemporary Business, 2006.
6.
AICPA, IFRS FAQs,
