“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
132
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN IMORAT QURISH VA UNING
OQIBATLARI
Qadambayeva Ozoda Umid qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Yurisprudensiya:biznes huquqi 3-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: ю.ф.д., professor
Topildiyev Vohidjon Raximjonovich
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat
tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, o‘zboshimchalik bilan imorat qurish
natijasida kelib chiqadigan oqibatlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga
nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishi mumkin bo‘lmagan holatlar tahlil qilingan.
Shuningdek, bu borada xorijiy mamlakatlar qonunchiligi tahlil qilinib, ahamiyatli
jihatlari o‘rganilgan hamda o‘zboshimchalik bilan qurilishlarning oldini olish uchun
taklif va tavsiyalar keltirilgan. Ushbu maqolaning dolzarbligi bino va imoratlarni
qonunga zid ravishda qurish, ulardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan
muammoli holatlar, noqonuniy qurilishlarning atrof-muhit, inson salomatligiga
salbiy ta’sirlarining batafsil yoritilganligidir.
Kirish so‘zlar:
o‘zboshimchalik, imorat, noqonuniy qurilishlar, yer
uchastkasi, mulk huquqi, davlat, jamoatchilik nazorati, huquqiy va institutsional
chora-tadbirlar, javobgarlik masalasi
ARBITRARY CONSTRUCTIONS AND ITS CONSEQUENCES
Qadambayeva Ozoda Umid qizi
3rd year student of Jurisprudence:business law
of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
Scientific supervisor: Doctor of Law, Professor Topildiyev Vohidjon
Rakhimjonovich
Annotation:
This article analyzes the concept of an illegally constructed
building, its essence, the consequences arising from the construction of an illegally
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
133
constructed building, the cases in which ownership rights cannot be recognized in
relation to an illegally constructed building. Also, the legislation of foreign countries
in this regard is analyzed, its significant aspects are studied, and proposals and
recommendations are presented for the prevention of illegal construction. The
relevance of this article is that it provides a
detailed description of the problematic
situations arising from the illegal construction and use of buildings and structures,
and the negative impact of illegal construction on the environment and human
health.
Keywords:
Arbitrariness, building, illegal constructions, land plot, property
rights, state, public control, legal and institutional measures, issue of responsibility
САМОВОЛЬНОЕ СТРОИТЕЛЬСТВО И ЕГО ПОСЛЕДСТВИЯ
Кадамбаева Озода Умид қизи
Национальный Университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека
Юриспруденция: студент 3 курса коммерческое права.
Научный руководитель: д.ю.н., профессор Топилдиев Вохиджон
Рахимжонович
Аннотация:
В данной статье анализируются понятие самовольно
возведённого строения, его сущность, последствия, возникающие при
строительстве самовольно возведённого строения, случаи, при которых право
собственности на самовольно возведённое строение не может быть признано.
Также анализируется законодательство зарубежных стран в данной области,
изучаются его существенные аспекты, а также представляются предложения и
рекомендации
по
предупреждению
самовольного
строительства.
Актуальность данной статьи заключается в том, что в ней подробно описаны
проблемные ситуации, возникающие при самовольном строительстве и
эксплуатации зданий и сооружений, а также негативное влияние самовольного
строительства на окружающую среду и здоровье человека.
Ключевые слова:
Самоуправство, строительство, незаконные
постройки, земельный участок, право собственности, государственный,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
134
общественный контроль, правовые и институциональные меры, вопрос
ответственности
KIRISH
O‘zboshimchalik bilan imorat qurish masalasi dolzarb mavzulardan biri
bo‘lib, bu ko‘p mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekiston sharoitida ham muhim
ahamiyatga ega. Ko‘p hollarda noqonuniy qurilishlar rejalashtirilmagan hududlarda
amalga oshiriladi, bu esa shahar infratuzilmasiga salbiy ta’sir qiladi. Rejasiz
qurilgan imoratlar yo‘l, suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimlari va boshqa infratuzilma
bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Natijada, nafaqat noqonuniy imorat
egalari, balki ularning atrofidagi aholiga ham zarar yetadi. O‘zboshimchalik bilan
imorat qurish masalasi jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy muammolar bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning dolzarbligi bir necha asosiy jihatlar orqali
namoyon bo‘ladi.
Avvalo, bu muammo shaharsozlik va yer resurslarini boshqarishning
zamonaviy talablariga mos kelmasligi bilan izohlanadi. Odamlar ko‘pincha iqtisodiy
yoki vaqt cheklovlari tufayli huquqiy me’yorlarni chetlab o‘tib, ruxsatsiz
qurilishlarga murojaat qilishadi. Bu nafaqat individual darajadagi noqulayliklarni,
balki butun shahar va qishloq infratuzilmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
noqonuniy qurilgan binolar odatda suv, elektr, gaz yoki yo‘l infratuzilmasi bilan
ta’minlanmagan bo‘ladi. Natijada, nafaqat bunday qurilish egalari, balki qo‘shni
hududlarda yashovchi aholi ham azob chekadi.
Bunday qurilishlarning dolzarbligini yanada oshiruvchi jihat – bu ularning
ko‘p hollarda xavfsizlik talablariga javob bermasligidir. Ko‘plab noqonuniy
imoratlar texnik standartlar va shaharsozlik me’yorlariga amal qilinmagan holda
quriladi. Bu esa tabiiy ofatlar paytida (masalan, zilzila yoki kuchli yomg‘irlar) jiddiy
xavf tug‘diradi. Bundan tashqari, o‘zboshimchalik bilan qurilish ijtimoiy
muammolarga ham sabab bo‘ladi. Ko‘pincha yer va mulk bo‘yicha huquqiy nizolar
yuzaga keladi. Masalan, noqonuniy imoratlar atrofidagi yer uchastkalari egalari
bilan mojarolar kelib chiqadi. Shu bilan birga, davlat organlari noqonuniy
qurilishlarni nazorat qilish va ularni qonuniylashtirish bo‘yicha katta miqdorda
resurs sarflaydi. Noqonuniy qurilishlar ko‘pincha tabiiy muhofaza zonalarida,
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yoki ekologik xavfli hududlarda amalga
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
135
oshiriladi. Bu holat yerning unumdorligini pasaytiradi, tabiiy resurslarni isrof qiladi
va ekologik muvozanatni buzadi.
Mazkur masalaning dolzarbligini huquqiy nuqtai nazardan ham ko‘rish lozim.
So‘nggi yillarda davlat noqonuniy qurilishlarni qonuniylashtirish va shaharsozlik
me’yorlarini takomillashtirishga harakat qilmoqda. Ammo aholi o‘rtasida huquqiy
madaniyat yetarlicha shakllanmaganligi va ruxsat olish jarayonining murakkabligi
ushbu muammoning hal qilinishini qiyinlashtirmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ishda mantiqiy, qiyosiy-huquqiy, ilmiy manbalarni aniq tadqiq qilish, qonun
hujjatlarini sharhlash, qonunni qo‘llash amaliyotini o‘rganish kabi usullardan
foydalanilgan. Shu bilan birga, o‘zboshimchalik bilan imorat qurish masalasiga oid
Hindiston, Xitoy, AQSH, Braziliya, Turkiya davlatlari qonun hujjatlari va milliy
qonunchiligimiz qiyosiy-huquqiy tahlil qilinadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga ko‘ra
qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer
uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki
arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-
joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan
imorat hisoblanadi.
O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi.
Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga
berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.
O‘zboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning
yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan
imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozim.
Imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros
sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan
e’tirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan
shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.
Basharti, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa
shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga sabab
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
136
bo‘lsa, yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa, o‘zboshimchalik
bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishi mumkin emas[1].
Shunday qilib, turar joy binosi ham, har qanday boshqa turdagi ko‘chmas
mulk va boshqa xil imorat ham o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb tan
olinadi. Agarda u:
qonunchilikda hamda boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibga
muvofiq maqsadlar uchun ajratib berilmagan yer uchastkasida qurilgan bo‘lsa;
buning uchun zarur bo‘lgan ruxsatnomalarni olmay qurilgan bo‘lsa;
shaharsozlik va qurilish me’yorlarini va qoidalarini jiddiy ravishda buzgan
holda qurilgan bo‘lsa.
Bino, imorat va boshqa turdagi ko‘chmas mulk ko‘rsatilgan uchala
belgilardan bittasi mavjud bo‘lganda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb tan
olinishini inobatga olish lozim.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning qurilishi quruvchi shaxs uchun bir
qator salbiy moddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, o‘zboshimcha
qurilishni amalga oshirgan shaxs, unga mulk huquqini qo‘lga kiritmaydi va qurilgan
imoratni tasarruf etishga ya’ni unga doir har qanday bitimlarni tuzishga haqli emas.
O‘zboshimcha qurilgan imoratlar bilan tuziladigan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy
emas. Mazmunan, mazkur imorat, qonunning imperativ ko‘rsatmasiga binoan, shu
jumladan, tugatilmagan qurilish obyekti sifatida ham fuqarolik muomalasidan
chiqarilgan va davlat ro‘yxatiga olinmaydi. Ikkinchidan, sud qaroriga binoan,
o‘zboshimcha qurilishni amalga oshirgan shaxs qurilmani buzishi yoki uni buzish
bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi kerak. Noqonuniy ravishda qurilish bajarilgan yer
uchastkasining mulkdori yoki shaharsozlik va me’morchilik sohasidagi nazoratni
amalga oshirayotgan vakolatli davlat organi tegishli talab bilan sudga murojaat
qilishi mumkin. O‘zboshimcha qurilishni va qurilmaning buzilishini amalga
oshirgan shaxs foydalanilgan materiallarga mulk huquqini saqlab qoladi.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga mulk huquqining tan olinishi
to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari ko‘chmas mulkka mavjud
huquqlarni davlat ro‘yxatiga olinishi uchun asos bo‘ladi. Shu bilan birga,
o‘zboshimcha qurilgan imoratga mavjud mulk huquqi sud tomonidan faqat maskur
qurilmaning saqlanishi o‘zga shaxslarning huquqlarini va qonun tomonidan
himoyalanadigan manfaatlarining buzilmasligi, odamlarning hayotiga va
salomatligiga xavf tug‘dirilmasligi shartida tan olinishi mumkin.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
137
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda
qurilgan binolar va inshootlarga bo’lgan huquqni e’tirof etish to’g’risida” gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga ko’ra O‘zboshimchalik bilan
egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni
bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga
oshiriladi.
Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va
jamoatchilikka e’lon qilinadi. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer
uchaskalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma’lumotlarni
va hujjatlarni kelishish Kadastr agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi
orqali amalga oshirilad i[2].
O‘zboshimchalik bilan imorat qurish muammosi ko‘plab mamlakatlarda
uchrab, ularning har biri ushbu masalaga turli yondashuvlarni ishlab chiqqan.
Quyida bir nechta davlatlarning tajribasi va bu boradagi chora-tadbirlari keltiriladi:
Hindistonda urbanizatsiya jarayoni juda tez sur’atlarda kechayotgani sababli
noqonuniy qurilishlar keng tarqalgan. Chora-tadbirlar: Hukumat noqonuniy
qurilishlarni qonuniylashtirish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqqan, masalan,
“Delhi Master Plan” doirasida ayrim noqonuniy imoratlar qonuniylashtirilgan.
Nazorat va jazolar: Maxsus qurilish inspektsiyalari tashkil etilgan, noqonuniy
qurilish uchun jiddiy jarimalar va buzish amaliyoti qo‘llaniladi.
Xitoyda noqonuniy qurilishlarning oldini olish uchun qat’iy shaharsozlik
nazorati o‘rnatilgan. Xitoyda yer resurslari qat’iy nazorat qilinadi va faqat hukumat
ruxsati bilan foydalaniladi. Noqonuniy qurilishlar darhol buziladi. Shaharsozlik
rejalari sun’iy intellekt va geografik axborot tizimlari orqali monitoring qilinadi.
Turkiyada noqonuniy qurilishlar ko‘pincha zilzila xavfi yuqori hududlarda
uchraydi. Hukumat noqonuniy binolarni qonuniylashtirish uchun “Imar Barışı”
dasturini joriy qilgan. Bu dastur orqali aholi ma’lum miqdorda to‘lov evaziga
binolarini qonuniylashtirishi mumkin. Noqonuniy va xavfsiz bo‘lmagan imoratlar
buziladi yoki qayta quriladi.
Braziliyada hukumat noqonuniy hududlarni ijtimoiy infratuzilmaga qo‘shish
uchun maxsus dasturlarni amalga oshiradi. Ayrim noqonuniy hududlarga asosiy
xizmatlar (suv, elektr) yetkazib berilib, yashash sharoitlari yaxshilanadi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
138
AQShda noqonuniy qurilishlar asosan kichik shahar va qishloq joylarida
uchraydi. Har bir shtatda o‘zining shaharsozlik kodeksi mavjud bo‘lib, noqonuniy
qurilishlar qat’iy nazorat qilinadi. Noqonuniy qurilish uchun katta miqdorda jarima
va ruxsatnomasiz qurilgan binolarni sotish yoki ijaraga berish taqiqlanadi.
Xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘zboshimchalik bilan qurilishlarning oldini
olish uchun:
1. Qurilish ruxsatnomasini olish jarayonini soddalashtirish.
2. Noqonuniy qurilishlarni monitoring qilish uchun texnologiyalardan
foydalanish.
3. Ayrim holatlarda noqonuniy qurilishlarni qonuniylashtirish orqali aholi
bilan ijtimoiy kelishuvga erishish.
4. Xavfsiz bo‘lmagan binolarni buzish yoki rekonstruksiya qilish kabi chora-
tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston ushbu tajribalardan foydalanib, o‘zboshimchalik bilan
qurilishlarni kamaytirish va boshqarishda samarali tizimlarni joriy qilishi mumkin.
Oʻzboshimchalik bilan imorat qurish masalasini hal qilish uchun taklif va
tavsiyalar sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
1.Qonuniylashtirish jarayoni: Oldin qurilgan va qonunchilik talablariga
qisman mos keladigan bino-inshootlarni qonuniylashtirish uchun soddalashtirilgan
mexanizm joriy etilishi kerak.
2.Tahlil va ekspertiza: Qurilishdan oldin har bir loyiha atroflicha o‘rganilib,
texnik, ekologik va iqtisodiy jihatdan baholanishi kerak.
3.Maʼrifiy va targʻibot ishlari: Qurilish meʼyorlariga rioya qilishning
muhimligini targ‘ib qilish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish lozim.
Fuqarolarga oʻzboshimchalik bilan qurilishning huquqiy oqibatlari va zararlarini
tushuntiradigan dasturlar tashkil etilishi kerak.
Barqaror qurilish usullarini targ‘ib qilish: Qurilishda ekologik toza
materiallardan foydalanish va yashil hududlarni saqlab qolish bo‘yicha qoidalarni
ishlab chiqish zarur. Qurilish materiallari va texnologiyalarning ekologik xavfsizligi
qatʼiy nazorat qilinishi kerak.
Jarimalarni oshirish: Oʻzboshimchalik bilan qurilishlar uchun ogohlantirish,
jarima va boshqa jazolarni oshirish orqali profilaktika choralari koʻrilishi lozim.
Hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
60-moddasiga muvofiq: Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
139
jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan
holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz
baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga
tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga
oshirish, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari, mansabdor
shaxslarga esa — to‘rt yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi[3].
Shuningdek, Jinoyat kodeksimizning 229(1)-moddasiga ko‘ra: Yer uchastkalarini
o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan
qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday
harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha
ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda
o‘zboshimchalik bilan egallab olish, — bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz
baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi[4].
Taklif va tavsiyalarni amalga oshirish orqali oʻzboshimchalik bilan
qurilishlar oqibatida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish, jamiyatda
huquqiy, iqtisodiy va ekologik barqarorlikni taʼminlash mumkin. Shu bilan birga, bu
choralar shaharsozlik va hududiy rivojlanish jarayonlarini samarali boshqarishga
yordam beradi.
XULOSA
Bugungi kunda urbanizatsiya va aholining o‘sishi bilan yerga bo‘lgan talab
ortib bormoqda. Bu jarayonda o‘zboshimchalik bilan qurilishlar jamiyatni har
tomonlama rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi muhim omil sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Ayni paytda davlat ushbu muammoga yechim topish uchun huquqiy va
institutsional chora-tadbirlarni ko‘rayotgan bo‘lsa-da, muammo ildizini bartaraf
etish uchun: qonunchilikni takomillashtirish, nazorat tizimini kuchaytirish,
aholining huquqiy madaniyatini oshirish, shahar va qishloqni rejalashtirishda
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarur. Shaharsozlikka oid barqaror
rivojlanishni taʼminlash, davlat mulkini himoya qilish va jamiyat manfaatlarini
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
140
muhofaza qilish uchun qonuniy mexanizmlar samarali ishlashi shart. Bu esa davlat
va fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
REFERENCES:
1.O‘zbekiston
Respublikasining
Fuqarolik
kodeksi
(birinchi
2.O‘zbekiston
Respublikasining
qonuni
-937-сон
05.08.2024. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda
qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida
https://lex.uz/uz/docs/-7049383
3. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
4.
O‘zbekiston
Respublikasining
Jinoyat
kodeksi
22.09.1994
5. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 1-jild (birinchi qism)
Adliya vazirligi. T.: “Vektor-Press”, 2010.- 816 b. - (Professional (malakali)
sharhlar).
6.Топилдиев В.Р., Рим ҳукуқи. Дарслик;. –Т.: Янги аср авлоди, 2013. -
259 б.
7.Топилдиев В.Р. Фуқаролик ҳуқуқи. Дарслик. –Т., «Yridik adabiyotlar
publish» 2022. –Б. 590.
8.Топилдиев В.Р. Замонавий технологияларни фуқаролик-ҳуқуқий
фанларнинг ривожланиши ва фуқаролик ҳуқуқий муносабатларга таъсири //
“Fuqarolik huquqiy fanlarini rivojlantirish tendensiyalari va fuqarolik
qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari. –Т., 2022. 47-62 бетлар.
9.Топилдиев В.Р. История гражданского права в Узбекистане и этапы
его развития. Вопросы российского и международного права. –Москва: 2019.
Том 9. № 10А. Импакт-фактор РИНЦ. –С.159-167.
