Authors

  • Oybek Ne’matov
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi
  • Mohinur Umirova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.32086

Keywords:

information internet innovation intellectual education technology knowledge civilization information society visibility competence

Abstract

This article discusses the effective promotion of information and communication technologies in the primary education process.

background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY

ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869

77




Boshlang‘ich ta’lim jarayonini tashkil etishda axborot

kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi

kafedrasi o‘qituvchisi

Ne’matov Oybek Erkin o‘g‘li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
2-bosqich talabasi

Umirova Mohinur Mirzo qizi

ANNOTATSIYA.

Ushbu maqolada axborot kommunikatsiya

texnologiyalarini boshlang‘ich ta’lim jarayoniga samarali targ‘ib etish xususida
fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar

: axborot, internet, innovatsiya, intellektual, ta’lim, texnologiya,

bilim, svilizatsiya, axborotlashgan jamiyat, ko‘rgazmalilik, kompetensiya.


KIRISH

Barchamizga ma’lumki, XXI asr axborot texnologiyalar asri. Zamon shiddat

bilan rivojlanayotgan bir paytda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
o‘rni va mavqeyi kundan kunga oshib bormoqda. Bugungi kundalik hayotimizni
ularning o‘rnisiz tasavvur qilolmaymiz. Axborotlar oqimi va shiddatligi butun
dunyo miqiyosida keng ko‘lamda almashinuv jarayoni orqali kengayib
bormoqda. Har bir sohada axborot texnologiyalarining o‘rni katta ahamiyat kasb
etmoqda. Ayniqsa ta’lim jarayonini tashkil etishda axborot texnologiyalarining
ahamiyati beqiyos o‘rin egallaydi. Zamonaviy ta’lim jarayonini yaratishda,
texnologiyalar keng qamrovli jalb etilishi darkor. Axborot kommunikatsiya
texnologiyalari yoshlarni intellektual salohiyatini yuksaltirishga ko‘mak beradi.
Ta’lim jarayonida eng so‘nggi axborot texnologiyalarini ishtirokini ta’minlash,
va boshqa faol targ‘ibotlarni amalga oshirish natijasida ta’lim sifatini darajasi
yuqorilaydi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasi
o‘laroq, yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida moddiy texnik bazaning
yaxshilanishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Barcha ta’lim muassasalarini axborot
texnologiyalari vositalari bilan ta’minlanishi , ta’lim sifatini yaxshilanishiga olib
kelmoqda.



background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY

ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869

78




ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risidagi

qonun, mavzuga doir adabiyotlar va yana bir qancha qo‘llanmalardan
foydalanildi.

MUHOKAMA

Boshlang‘ich ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish natijasida, keying ta’lim

bosqichlarini ham tubdan isloh qilishga erishish mumkin. AKT ni ta’lim
jarayonida keng ko‘lamli qo‘llash , zamonaviy ta’lim muhitini yaratish va
boshqalar bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Axborotlar ko‘lami
kengaygan bir davrda , ma’lumotlar bazasi kengayishi ham ta’lim sifatini
yaxshilanishiga olib keladi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonini tashkil etishda AKT
vositalarining ishtiroki bevosita muhimdir. An’anaviy dars muhitidan farqli
o‘laroq, noodatiy dars shaklini tashkil etish orqali, ta’lim sifatini yuqori
bo‘lishiga va o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yaxshilanishiga sabab
bo‘ladi. Darsni ko‘rgazmalilik texnologiyalaridan unumli foydalangan holda,
tashkil etish zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga asos bo‘ladi.

Boshlang‘ich sinflarda AKT dan foydalanish, ta’lim tizimimizdagi muhim

mavzulardan biridir. Boshlang‘ich sinflarda AKT dan foydalanish quyidagilarga
imkon yaratadi.

1.

O‘quvchilarda butun dunyo miqiyosidagi axborotlardan xabardor

bo‘lish, va ularni to‘g‘ri tahlil qilish imkonini beradi.

2.

Axborotlar bilan ishlashning amaliy usullarini egallash.

3.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, axborotlar

bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish.

4.

O‘quvchilarda bilish faolligini oshirish .

5.

Dars jarayonlarini yuqori saviyali ko‘rsatkichga olib chiqish .

Boshlang‘ich sinf ta’lim jarayonida AKT vositalarini qo‘llash,

o‘quvchilarning barcha fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshishiga sabab bo‘ladi.
Ahamiyatli jihati shundaki, o‘quvchilarda kompyuterda ishlash savodxonligini
shakllantirish turli xildagi ma’lumotlarni taqdim etish va o‘zlashtirish imkonini
sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan bir qatorda, kompyuter o‘quvchilarning
diqqatini faollashtirishga, ularda motiv tuyg‘usini oshirishga, tasavvur va
fantaziyasini rivojlantirishga asos bo‘ladi. Dars muhitiga AKT ni tatbiq etish,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY

ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869

79




darsning vaqt davomiyligini barqarorlashtirishga ham yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda axborot bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish , kelgusi
faoliyatga jarayonlarda ham asqotadi. O‘quv jarayonlarida AKT dan keng
foydalanish o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Axborot deganda biz atrof –muhit obyektlari va holatlari to‘g‘risidagi

ma’lumotlar jamlanmasi tushuniladi. Axborot so‘zi lotincha “informatio‘’ so‘zidan
olingan bo‘lib, tushuntirish, bayon etish , biror narsani yoki biror bir voqea
hodisalar haqidagi ma’lumotlar yig‘indisini anglatadi. Axborot atamasining
lug‘aviy ma’nosini izohladik, endi axborotlashgan jamiyat tushunchasiga izoh
bersak. Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot, uni
qayta ishlash va boshqalar bilan uzviy bog‘langan jamiyat tushuniladi. Yapon
olimlarining fikricha, axborotlashgan jamiyatda , kompyuterlashtirish jarayoni
odamlarga ishonchli axborot manbayidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy
sohalarda , axborotni qayta ishlashni yuqori darjada avtomatlashtirishni
ta’minlash imkonini beradi. Jamiyatni rivojlantirishda, esa harakatlantiruvchi
kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim.
Axborot texnologiyalari tufayli,insonlarning faoliyati, kundalik muloqot sohasi,
bilim va ilmiy salohiyati nihoyatda kengayadi.

Vazirlar Mahkamasining Axborotlashtirish haqidagi Qonun talablarida,

1994-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasini axborotlashtirish konsepsiyasini
ma’qulladi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi, quyidagilardan iborat:

Milliy axborot – hisoblash to‘rini yaratish.

Axborotlarga tovar sifatida yondashishning , iqtisodiy , huquqiy va

me’yoriy hujjatlarini yuritish.

Axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish

Informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish

Axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni

rag‘batlantirish va qo‘llab -quvvatlash.

Informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini

muvofiqlashtirish.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY

ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869

80




O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi’’ Qonunining 46-

moddasida keltirilganidek, “Pedagog xodimlarga axborot shakllari va usullaridan
foydalanishi majburiyati yuklatilgan’’. Axborot texnologiyalarini ta’lim
jarayoniga tatbiq etishda, qator muammolarga duch kelinishi tabiiy. Bundan
ko‘rini turibdiki, ta’limni axborotlashtirishda moddiy texnik bazaning yetarli
bo‘lishi hamda, pedagog kadrlarning axborot texnologiyalari haqida bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi.

Axborot texnologiyalari ta’lim tizimiga keng ko‘lamda targ‘ib etilsa,

quyidagi natijalarga erishish mumkin.

1.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyati samarali tashkil

etiladi.

2.

O‘quvchilarning hissiy idrok etishlari va egallanayotgan bilim va

ko‘nikmalari ularning tasavvur doirasida kengroq gavdalanadi.

3.

Ta’lim tizimining salohiyati va sifati yuqorilaydi.

XULOSA

Umumiy qilib aytganda , boshlang‘ich ta’lim jarayoniga AKT ni qo‘llash,

dars unumdorligining oshishiga sabab bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
dastlabki axborot texnologiyalari haqidagi ma’lumotlarni egallashlarida muhim
omil vazifasini o‘taydi. Yoshlarni intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni

1-rasm. Axborot tushunchasining obyektlari .

AXBOROT

TARMOQ

KO’RGAZ-

MALILIK

MUHIT

INNOVAT-

SIYA

JARAYON


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 5, 2024. MAY

ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869

81




zamon talablariga uyg‘un holda, tarbiyalash uchun ta’lim jarayoniga AKT
vositalarini bevosita dars muhitiga olib kirish va o‘rinli qo‘llash zarur
hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, axborot almashinuv jarayoni ko‘p qirrali
va uzviy davom etadigan jarayon demakdir. Axborot kommunikatsiya
texnologiyalari nafaqat ta’lim jarayonini balki, barcha sohalrni rivojlanishida
katta ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

A.Sattorov “ Informatika va axborot texnologiyalari ’’ Toshkent -2008

2.

To‘lqin Eshbekov “ Axborot xizmatlari ’’ o‘quv qo‘llanma.

3.

M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottoyev “ Web texnologiyalari ’’ Toshkent-

2013
4.

M.Kadirov “ Axborot texnologiyalari’’ Toshkent -2018.

5.

S.S.G‘ulomov, B.A.Begalov “ Informatika va axborot texnologiyalari’’

6.

Ziyonet tarmoqlari.

7.

Ne’matov,

Oybek.

"TA’LIMDA

MUAMMOLI

TA’LIM

TEXNOLOGIYALARI." " Science Shine" International scientific journal 3.3
(2023).