“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 4, 2024. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
55
YOSHLAR TADBIRKORLIK FAOLIYATINI QOʻLLAB-
QUVVATLASHDA SOLIQ VA BANK SIYOSATI
Raxmatullayeva Feruza Azimovna
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
“Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi asissenti
Аnnotatsiya:
Ushbu maqolada yoshlar tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-
quvvatlashda soliq imtiyozlari va ularning soha rivojiga taʼsiri hamda yoshlar
tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda bank kreditlarining ahamiyati, dolzarbligi
yoritib o’tilgan. Shuningdek, sohani rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar hamda
mavzuga doir xulosalar berilgan va tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʼzlar:
yoshlar tadbirkorligi, soliq siyosati, soliq imtiyozlari, soliq
sohasida tadbirkorlarga imtiyozlarni kengaytirish va soliq yukini kamaytirish
islohotlari, tadbirkorlik faoliyatini mikrokreditlash.
Аннотация:
В данной статье подчеркивается важность и актуальность
банковских кредитов в поддержку молодежного предпринимательства и их
влияние на развитие отрасли. Также были приведены факторы, влияющие на
развитие отрасли, выводы по теме и разработаны соответствующие
рекомендации.
Ключевые слова:
молодежное предпринимательство, налоговая
политика, налоговые льготы, реформы по расширению налоговых льгот и
снижению налоговой нагрузки на предпринимателей, микрокредитование
предпринимательской деятельности.
Abstract:
This article highlights the importance and relevance of bank loans in
support of youth entrepreneurship and their impact on the development of the sector.
Also, the factors affecting the development of the industry and conclusions on the
topic were given and relevant recommendations were developed.
Key words:
youth entrepreneurship, tax policy, tax benefits, reforms to expand
tax incentives and reduce the tax burden for entrepreneurs, microcrediting of
business activities.
Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq qonunchilik va huquqiy
bazani rivojlantirish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish, tadbirkorlarning
huquqlarini himoya qilish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, kichik biznes
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 4, 2024. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
56
subyektlariga xizmat koʻrsatuvchi bozor infratuzilmasini rivojlantirishga katta
eʼtibor berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan soʻng, tadbirkorlik
faoliyatiga keng yoʻl ochildi. Bunda davlat tomonidan tadbirkorlarni har tomonlama
qoʻllab-quvvatlanishi barobarida soliq imtiyozlari berib borildi. Xususan, amalda
boʻlgan soliq solish tartibiga doimiy ravishda oʻzgartirishlar kiritish orqali
tadbirkorlik subyektlariga yengilliklar berildi. Natijada, mustaqillikning ilk yillarida
tadbirkorlikni mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1 foizni tashkil qilgan
boʻlsa, keyingi yillarda bu koʻrsatgich 50 foizdan ortdi va soʻngi yillarga kelib 56,5
foizga yetdi. Bu sohada ish bilan band boʻlganlar aholining 78 foizi mehnat
qilmoqda.
1
Qolaversa, respublikaning yarmidan koʻpini tashkil qiluvchi yoshlar
masalasida, ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishida soliq imtiyozlari
birdek qoʻllanilib kelindi. Ayniqsa soʻnggi 2017-2021-yillarda bu boradagi davlat
siyosatida mutlaqo yangi tizim joriy etilib, biznes muhitini yanada yaxshilash
boʻyicha muhim masalalar oldinga surildi. Bunga birgina, 2020-2021-yillarda soliq
siyosati amalga oshirilgan islohotlar guvoh boʻla oladi. Masalan, 2020-yil 1-
yanvarda amalda boʻlgan yangi Soliq kodeksiga muvofiq soliq turlari 13 tadan 9
taga kamaytirildi. Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti
boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismi qaytarildi va tadbirkorlarning 3,4
trln. soʻm mablagʻi oʻz ixtiyorida qoldi. 2021- yildan boshlab tadbirkorlarning 25
yoshdan oshmagan ishchi-xodimlari uchun hisoblangan ijtimoiy soliq summasini
byudjetdan toʻliq qaytarib berish tartibi joriy qilindi.
2
Natijada 2021-yilning ikkinchi
yarmida 170 mlrd. soʻm, kelgusi yilda esa 500 mlrd. soʻm mablagʻ 240 ming nafar
yoshni ishga qabul qilgan tadbirkorlar ixtiyorida qoladi. Qolaversa, soʻnggi 4 yilda
30 yoshgacha boʻlgan tadbirkorlar soni 5 barobar koʻpayib, ular 500 mingdan
oshganini eʼtirof etish kerak.
3
2020-yil 8-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik
faoliyati va oʻzini-oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni
1
Мирзиёев Ш. М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. –
Тошкент: “Ўзбекистон”, 2018. – Б.7.
2
Мирзиёев Ш. М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. 4-жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2020. –
Б. 24.
3
Мирзиёев Ш. М. Азму шижоатли ёшларимиз билан биргаликда янги Ўзбекистонни албатта бунёд этамиз. //
Халқ сўзи, 2021. 1 июль.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 4, 2024. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
57
soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
4
Qarorga koʻra,
aholi oʻzini-oʻzi band qilishi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun
faqatgina soliq idorasini ogohlantirib qoʻyishning oʻzi kifoya boʻldi. Bunday
faoliyat turi qarorga ilova tariqasida keltirilgan boʻlib, jami 69 turdagi tadbirkorlik
faoliyatini nazarda tutadi.
5
Aslida bungacha ham xalqimiz bunday faoliyat turi bilan
shugʻullanib kelgan. Hunarmandchilik, ustachilik, zargarlik, novvoylik,
duradgorlik, sartaroshlik kabi kasb egalari shular jumlasidandir. Mazkur muhim
hujjat bilan sohada yangi tartiblar joriy etildi. Jumladan, oʻzini oʻzi band qilgan
shaxslar shugʻullanishi mumkun boʻlgan faoliyat (ishlar, hizmatlar) turlari roʻyxati
keltirildi.[13] Mazkur faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari faqatgina 24 ta edi.
Endilikda ularning soni 69 taga yetdi. Bu esa, norasmiy sektorda band boʻlganlar
sonini yanada kamayishiga olib keladi. Eng eʼtiborli jihati shundaki, avvalgi tartibga
koʻra fuqaro vaqtinchalik mehnat guvohnomasini olish uchun bazaviy hisoblash
miqdorining 4,5 barobori miqdorida toʻlovni amalga oshirishi kerak edi. Bu
fuqarolarning eʼtiroziga sabab boʻlayotgan edi. Endilikda, qarorga muvofiq, oʻzini-
oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan fuqaro oʻz faoliyatidan tushgan
daromadi barcha soliqlardan ozod etildi, ixtiyoriy tarzda ijtimoiy soliqni 2020-yil
uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 foizini toʻlaydi, bunda tadbirkor
toʻlagan soliq summasi byudjetdan tashqari pensiya taʼminotga yoʻnaltirilgan boʻlib,
kelgusida tadbirkor pensiya bilan taʼminlanadi. Oʻzini-oʻzi band qilish yoʻli bilan
ish boshlagan tadbirkor, 2021-yil 1-fevraldan boshlab BHM bir barobarida ixtiyoriy
toʻlov amalga oshiradi. Ushbu mablagʻ toʻliqligicha byudjetdan tashqari pensiya
jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi
tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi.
6
2021-yil iyul oyiga kelib, Respublika boʻyicha oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar soni
852372 nafarni tashkil qildi, shundan 30 yoshgacha boʻlganlar ulushi 310148 nafarni
tashkil etdi. Hududlar kesimida Samarqand, Andijon va Fargʻona viloyatlarida
4
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қарори. “Тадбиркорлик фаолияти ва ўзини-ўзи банд қилишни
давлат томонидан тартибга солишни соддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”. ПҚ-4742-сон. 08.06.2020.
// Халқ сўзи, 2020. 9 июнь.
5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Tadbirkorlik faoliyati va oʼzini-oʼzi band qilishni davlat
tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”. PQ-4742-son. 08.06.2020. //
https://lex.uz/docs/4849607#4850687.
6
Мансуров З. Ўзини ўзи банд қилиш афзалликлари // Наманган ҳақиқати, 2021. 9 июнь.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 4, 2024. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
58
oʻzini-oʻzi band qilgan yoshlar boshqa hududlarga nisbatan koʻpchilikni tashkil
qilmoqda.
7
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, ushbu sohaga yoshlarni
keng jalb qilish maqsadida banklar va tadbirkorlar oʻrtasidaga aloqalarni
mustahkamlashga qaratilgan ilohotlar natijasida, 2021-yilga kelib, yoshlar
tadbirkorligini mikrokreditlashning yangi tizimi joriy etildi. Tadbirkorlik
tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarga biznesni
boshlash uchun 33 mln. soʻmgacha mikrokreditlar taʼminotsiz, mikrofirma va kichik
korxona taʼsischilariga esa 225 mln. soʻmgacha mikrokreditlar ajratilishi yoʻlga
qoʻyildi. Bu orqali, 2021-yilda yoshlar tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari
uchun 45 mln. AQSH dollar, ularni kasb-hunar, xorijiy tillarga oʻqitish, tadbirkorlik
koʻnikmalarini shakllantirishga 5 mln. AQSH dollar miqdorida mablagʻ ajratildi.
Natijada, 15 ming nafar yoshlarni oʻqitish va oʻz biznesini boshlashi uchun keng
imkoniyatlar yaratildi.
8
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator Farmon va farmoyishlari
asosida olib borilgan ishlar natijasida yillar mobaynida yoshlar tadibrkorligini
moliyalashtirish tizimidagi cheklovni olib tashlandi. Yoshlar oʻz biznes rejalarini
oldingidek koʻp vaqt oladigan loyihalar va tanlovlar natijasiga koʻra emas, balki
toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirish imkoniyatiga ega boʻldilar.[12] Soʻnggi yillarda
bu borada maxsus Davlat dasturi qabul qilinishi hamda yoshlar tadbirkorligini
rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash uchun Jamgʻarma tashkil qilinishi, ushbu
sohadagi mavjud muammolarni hal etibgina qolmay, balki soha rivojiga ham
salmoqli xissa qoʻshdi.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlar tadbirkorligi masalalari tahlili va tadqiqi
quyidagi hulosalarga asos bo‘ldi:
-
Mustaqillik yillarida yoshlarning tadbirkorlik faoliyati yanada samarali
tashkil etish, yigit va qizlarning erkin faoliyat yuritishlari uchun qo‘lay shart-
sharoitlar yaratish, ularning tashabbus va startap loyihalarini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash yuzasidan hukumat tomonidan tizimli ravishda ulkan ishlar amalga
oshirildi.
7
Yoshlar oʼzini-oʼzi band qilishnii tanlamoqda. Davlat soliq qoʼmitasining 2021 yil arxiv materiallari. Kirish rejimi:
soliq.uz
8
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi joriy arxiv maʼlumotlari.(Maʼlumotlar elektron shaklda taqdim
etilgan.)
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 4, 2024. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
59
-
Mustaqillik yillarida yoshlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan davlat
siyosati amalga oshirilib, qator farmonlar va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi.
-
Yoshlarni iqtisodiy jarayonlarga jalb etishga qaratilgan davlat siyosatining
ijtimoiy ahamiyati yanada kuchaydi, yoshlar hayotidagi muammolarni o‘rganish,
ularga kompleks yechim topish maqsadida “Yoshlar daftari” tizimi joriy etildi.
Natijada, ko‘plab yosh oilalarga iqtisodiy tomondan maqsadli va manzilli davlat
ko‘magi berildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun subsidiyalar ajratildi va
imtiyozli kreditlar berildi.
-
O‘zbekistonda mavjud 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlarning 794
tasi yoshlar manfaatini himoya qiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar
ishlari agentligi, siyosiy partiyalarning “Yoshlar qanoti”, O‘zbekiston Yoshlar
ittifoqi kabi tashkilotlar o‘z faoliyatida yoshlar muammolarini bartaraf etish
borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar hayotida uchrayotgan
muammolar yechimini topishga, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yanada
oshirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida 2000-yillardan boshlab mikrokredit berish tizimi joriy etilishi
natijasida aholi bandligining yangi shakllari va turlari paydo bo‘ldi. Tadbirkor
yoshlarning faoliyatiga moddiy ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyatini imtiyozli
kreditlar bilan ta’minlash maqsadida 2018-yildan boshlab “Yoshlar–kelajagimiz”
jamg‘armasi orqali 1 trln 614 mln imtiyozli kredit mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yoshlar tadbirkorligi uchun ajratildi. Natijada minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi.
-
Yoshlar, ayniqsa, qishloq yoshlarini tadbirkorlikka jalb qilish, shu yo‘l bilan
ularning bandligini ta’minlash maqsadida bir qator tadbirkorlik faoliyat turlari
soliqdan ozod etildi. Qolaversa, ixtiyoriy ravishda eng kam oylik ish haqini pensiya
jamg‘armasi o‘tkazish orqali ish stajiga ega bo‘lish va kelajakda davlat tomonidan
pensiya bilan ta’minlanishi belgilab qo‘yildi. Ushbu chora-tadbirlar va imtiyozlar
natijasida yoshlar orasida tadbirkorlar sezilarli darajada ko‘paydi.
Ushbu maqola xulosalari asosida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. O‘zbekiston Respublikasida “Tadbirkorlik kodeksi”ni qabul qilish va unda
yoshlar tadbirkorligiga alohida to‘xtalib o‘tish, yoshlar tadbirkorligining huquqiy
maqomini belgilash, bunda 18-30 yoshli fuqarolar tadbirkor sifatida davlat
ro‘yxatdan o‘tgandagina ushbu maqomga ega bo‘lishini nazarda tutish, shu orqali
“tadbirkor” va “yosh tadbirkor” tushunchalariga alohida izoh berish, davlat
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 4, 2024. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
60
idoralarining yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishdagi vazifalarini aniq belgilash.
Aniq belgilangan vazifalar orqali sohani rivojlantirish nafaqat ishsizlik
muammosini, balki yoshlar masalasidagi ma’naviy, moddiy, ijtimoiy va iqtisodiy
muammolarga yechim bo‘la oladi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga “yosh tadbirkor” tushunchasini
kiritish orqali soliq imtiyozlarini taqdim etish, bunda tadbirkor sifatida davlat
ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar tadbiq etiladi: yosh
tadbirkorlar soliq to‘lovchi sifatida 50 foiz chegirmaga ega bo‘ladi. Ushbu soliqlarni
yoshiga qarab 18 yoshdan 22 yoshgacha 75 foiz, 23 yoshdan 26 yoshgacha 50 foiz,
27 yoshdan 30 yoshgacha fuqarolar 25 foizi soliq chegirmasiga ega bo‘lishini
nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritish orqali yosh tadbirkorlar sonini kelgusi 10 yilda
keskin oshishiga va bu orqali byudjetga soliq tushimlari ortishiga erishish mumkin.
3. Kichik biznes va tadbirklorlik sohasida faoliyat olib borishni rejalashtirgan
yoshlar o‘rtasida zaruriy axborot, marketing, menejment sohalari bo‘yicha
bilimlarni oshirish uchun mahsus o‘quv kurslarini bepul va manzilli tashkil etish
hamda ularga amaliy-o‘quv yordam berish.
4. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli
tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning beshinchi bandida
ko‘rsatilganidek, yosh xotin-qizlar o‘rtasida saqlanib qolayotgan ishsizlik darajasini
qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish uchun joylarda mehnat
yarmarkalari imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim muassasalari va turli firma va
tadbirkorlik subyektlari bilan korporativ hamkorlikni mustahkamlash zarur.
6. Yoshlar tadbirkorligini yillar kesimida tahlil qilish va istiqbolli rejalarni
ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining
hisobotlarida tadbirkor yoshlar faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar bazasini yaratish
zarur.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 4, 2024. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
61
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1.
Ўзбекистон Республикасининг “Ёшларга оид давлат сиёсати
тўғрисида”ги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами,
2016 й., 37-сон.
2.
“O‘zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining №344-
sonli qarori //https://lex.uz/docs/470217
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlar — kelajagimiz»
davlat
dasturi
to‘g‘risidagi
PF-5466-son
farmoni
//
https://lex.uz/docs/3826820#4458418
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya
qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha choratadbirlar
to‘g‘risida” PF-6208 Farmoni /https://lex.uz/docs/5382151.
5.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг
Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2020 йил 29 декабрь. – Тошкент:
“Ўзбекистон нашриёти”, 2021. – 40 б.
6.
Мирзиёев Ш. М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Тошкент:
“Ўзбекистон”, 2021. – 464 б.
7.
Азму шижоатли ёшларимиз билан биргаликда Янги Ўзбекистонни
албатта бунёд этамиз // Халқ сўзи, 2021. 1 июль.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statisitika qo‘mitasi joriy arxivi.
2000- 2020 yil ma’lumotlar. // stat.uz
9.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekistonda
kichik tadbirkorlik 2015-2018. Toshkent, 2019. – 187 b
10.
Гофуров Н.К., Рахманов З.Я. ва бошқ. Ёш тадбиркорларга ўз
бизнесларини йўлга қўйишлари бўйича назарий ва амалий кўрсатмалар.
Услубий қулланма. – Тошкент, 2019. – 260 б.
11.
Абдураҳманова Г.Қ. Кичик бизнесда аҳолини иш билан
таъминлаш.. – Тошкент: Иқтисодиёт, 2014. – 2019 б.
12.
Рахматуллаева Ф., Шаробиддинов А. YALPI HUDUDIY
MAHSULOT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO ‘LLARI //Ижтимоий-
гуманитар
фанларнинг
долзарб
муаммолари/Актуальные
проблемы
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 4, 2024. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
62
социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social
Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. S/4. – С. 140-146.
13.
Rakhmatullaeva F. A. THE DEVELOPMENT OF THE DIGITAL
ECONOMY. THE ROLE OF TODAY IN OUR ECONOMY //АКТУАЛЬНАЯ
НАУКА. – 2022.
14.
B.O.Mirzayev, X.Askarov (2023). Methods for calculating brick
consumption when building walls from silicate and ceramic bricks. Ethiopian
International Journal of Multidisciplinary Research, 10(08), 1–14. Retrieved from
http://www.eijmr.org/ index.php/eijmr/article/view/876
15.
Askarov X., & Mirzayev B. (2023). Lego g‘isht ishlab chiqarish
texnologiyasini
tadqiq
qilish. GOLDEN
BRAIN, 1(5),
4-8.
Journal
article: 10.5281/zenodo.7663383 (DOI)
16.
Mamajonova N., & Mirzayev B. (2023). Monitoring and analysis of
geodetic visual deformation. Theoretical aspects in the formation of pedagogical
sciences, 2(5), 139-141.
https://doi.org/10.5281/ zenodo.7648355
17.
B.O.Mirzayev
“Bino
va
inshootlar
qurilishida
qurilish
konstruksiyalarini geometrik o‘zgarmas yassi sistema sifatida hisoblash” AIQI Ilmiy
axborotnomasi, 2-son, Andijon, 2023 dekabr, 36-38-betlar.
18.
B.O.Mirzayev, D.I.o‘.Mamadaliyev “Temirbeton konstruksiyalarda
betonning himoya qatlami va armatura sterjenlarining joylanishi” AIQI, Xalqaro
ilmiy-amaliy anjuman Materiallar to‘plami, Andijon, 2023 dekabr, 314-317-betlar.
19.
qizi Mirzayeva, U. M. (2023). ‘‘FIZIKA’’FANINI O ‘QITISHDA
INTEGRATSION
TA’LIM
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH. GOLDEN BRAIN, 1(28), 109-111.
20.
Nosirov, M. Z. (2023). LAZERLARDAN QISHLOQ XO’JALIGIDA
FOYDALANISH. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA
ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(18), 135-136.
21.
Rafailovna,
R. R. (2022). ‘’LAZER FIZIKASI’’FANINI
O’QITISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH. TA'LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 170-171.
