“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
90
УДК: 519.101
TALABALARNI TO‘GARAKLAR ORQALI IJODIY FAOLLIGINI
RIVOJLANTIRISHNING BUGUNGI KUNDAGI XOLATI
Feruza Xusanova,
Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi E-mail-
feruza.xusanova81@mail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirishning
bugungi kundagi xolati va ularning yechimlari ko‘rsatilgan, bugungi kunda
yangidan yangi mutaxassisliklar iqtisodiyotga, ayniqsa nana texnologiya, roboto-
texnika, axborot kommunikatsion texnologiyalar, gen muhandisligi va boshqa
sohalarda kirib kelayotgani, ularning ta’lim jarayoniga ahamiyati ko‘rsatilgan.
Kalit so’zlar:
ijodiy faollik, nana texnologiya, roboto-texnika, axborot
kommunikatsion texnologiyalar, gen muhandisligi, motivatsion-emotsional,
irodaviy-kognitiv, faoliyatli-ijodiy.
СОВРЕМЕННАЯ СИТУАЦИЯ ПО РАЗВИТИЮ ТВОРЧЕСКОЙ
АКТИВНОСТИ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ КРУЖКИ
Феруза Хусанова, преподаватель Наманганского государственного
университета E-mail-feruza.khusanova81@mail.com
Абстрактный
В данной статье показана современная ситуация развития творческой
активности студентов через клубы и их решения. Сегодня в экономику входят
новые специальности, особенно современные технологии, робототехника,
информационно-коммуникационные технологии, генная инженерия и другие
важные для процесса лим области. Показано.
Ключевые слова:
творческая деятельность, современные технологии,
робототехника, информационно-коммуникационные технологии, генная
инженерия, мотивационно-эмоциональная, волево-познавательная, активно-
творческая.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
91
CURRENT SITUATION OF STUDENTS' CREATIVE ACTIVITY
DEVELOPMENT THROUGH CIRCLES
Feruza Khusanova, teacher of Namangan State University E-mail-
feruza.khusanova81@mail.com
Abstract
This article shows the current situation of developing students' creative activity
through clubs and their solutions. Today, new specialties are entering the economy,
especially modern technology, robotics, information and communication
technologies, genetic engineering, and other fields. importance to the lim process is
shown.
Key words:
creative activity, modern technology, robotics, information and
communication technologies, genetic engineering, motivational-emotional,
volitional-cognitive, active-creative.
KIRISH
Bugungi kunda XXI asr talablariga javob beradigan kadrlar tarbiyasiga
maxsus e’tibor talab etilmoqda. Oliy ta’lim muassasalari talabalarning ijtimoiy
faolligini rivojlantirish umumiy pedagogik jarayonning eng muhim va ahamiyatli
bo‘g‘inlaridan sanaladi.[1] Talabalarda to‘garaklar orqali ijodiy faollik masalalari
zamonaviy davr uchun dolzarb pedagogik talablardan biridir.
Pedagogik ilm nazariyasi va amaliyoti nuqtai nazaridan talabalarning ijodiy
faolligini rivojlantirishning yaxlit pedagogik andozasi ishlab chiqish bugungi kunda
talabalar zamonaviy jamiyat uchun ijodiy faolliklarini ko‘rsata olishlari zarur. Bu
esa universitetlar istiqboliga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
N.V.Kuz’minaning fikricha, ijodiy va mustaqil fikrlash o‘rtasidagi farqning
muhimligi shundaki, ijodiy fikrlash mustaqil fikrlashdir, ammo har qanday faol
fikrlash ham mustaqil fikrlash ham o‘z navbatida ijodiy fikrlash bo‘la olmaydi.
Talabalarning ijodiy fikrlashining muhim qismlaridan biri – bu intutsiya (fahm)dir.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
92
Intutsiya tushunchasi turli fanlarda qo‘llaniladi: falsafa, mantiq ilmi, matematika,
psixologiya fanlari mazkur tushunchaga turlicha ma’no kiritishmoqda.
Bugungi kunda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda talabalar ongiga milliy
g‘oyaning asosiy yo‘nalishlarini singdirish badiiy ta’lim vositalaridan, usullaridan
samarali foydalanish, larning ma’naviy-siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirish
bilan birga, ularda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
S.L.Rubinshteyn qobiliyatlar shaxsdagi umumlashgan ruhiy faoliyatlar
tizimiga biriktirilgan, qobiliyatlarning ko‘nikmalardan farqi harakatlar usullarini
mustahkamlash natijasi emas, balki harakatlar orqali boshqariladigan faoliyatlarning
ruhiy jarayonlaridir deb hisoblaydi.[8]
TADQIQOT METODOLOGIYASI.
Bizning fikrimiz bo‘yicha, mana shunday muammolarning oqilona yechimi
keng ijtimoiy makonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlaydigan tamoyillardan biri
– ta’lim-tarbiya jarayonda to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirishdir.
So‘nggi yillarda mamalakat ijtimoiy-iqtisodiy sohasining dunyo hamjamiyati bilan
chuqur integratsiyalashuvi oqibatida mutaxassisliklar klassifikatorga juda katta
o‘zgarishlar kiritildi, ammo bugungi kunda yangidan yangi mutaxassisliklar
iqtisodiyotga, ayniqsa nana texnologiya, roboto-texnika, axborot kommunikatsion
texnologiyalar, gen muhandisligi va boshqa sohalarda kirib kelmoqda. Shunga
ko‘ra, bugungi kunda oliy ta’limda mutaxasisliklarning jamiyat hayoti va uning
iqtisodiyotiga kirib kelish jarayoni to‘garaklar orqali ijodiy faollikni rivojlantirish
dolzarblik kasb etadi. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng
qo‘llash orqali talabalarni qobilyatlirga qarab individual rivojlantirishga qaratilgan
dasturlar va uslubiy materiallarni doimiy takomillashtirib borish, talabalarning
ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan talabalarning to‘garaklar orqali
ijodiy faolligini oshirishga yo‘naltirishning muhim omili sifatida ularning axloqiy,
aqliy va jismoniy jihatdan taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Aynan ijodiy faoliyatga
samarali tayyorlangan talabalar iqtidorlilikning quyidagi mezonlariga javob beradi:
(1-rasm)
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
93
1-rasm. Ijodiy faoliyatga samarali tayyorlangan talabalar iqtidorining
mezonlari.
Ijodiy jarayon o‘zida ikkita muhim belgini aks ettiradi. Ulardan biri – intutsiya
(zehn, fahm-farosat), ikkinchisi – intuitiv fikrlash jarayonida qo‘lga kiritilgan
natijani rasmiylashtirishdir. Faqat uning samarasi anglangan, intuitiv va mantiqiy
fikrlash birligi sifatida ishlab chiqilganlik bilan tavsiflanadi. Ijodiy jarayon turli
darajada insonning ijtimoiy tashabbuskorligining barcha ko‘rinishlari, asosan, uning
kasbiy faoliyati bilan bog‘liq shakllarida mutlaq o‘z aksini topadi. (2-rasm)
Aqliy rivojlanishning jadalligi
Bilishga qiziqish
Kuzatuvchanlik
Nutq, onglilik
Nostandart fikrlash
Qiziqish, intellekt
Emotsiyalarning erta
ixtisoslashuvi
Musiqa, tasviriy faoliyat,
adabiyot
Chet tillarni o‘rganish
Tashkilotchilik qobiliyati,
qat’iylik
Qo‘yilgan maqsadga
erishishga intilish; amaliy
faoliyatga tayyorlik va
qobiliyatlilik.
Bilish faolligi,
tashabbuskorlik
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
94
2-rasm. Ijodiy faoliyati shakllari.
TAKLIF VA NATIJALAR
So‘nggi
yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va
samaradorligini oshirish, filologiya talabalari va yoshlarda zamonaviy bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy faoliyatga tayyorlash va yo‘naltirib o‘qitish,
ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon
talablari asosida modernizasiya qilish, talabalarni yuksak bilim-ma’rifat egalari,
jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining
rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga
oshirishni talab etmoqda.
Talabalarning to‘garaklar orqali bilish jarayoniga ijobiy emotsional
yo‘nalganlikning qaror topganligi, o‘quv vazifalarini hal etishda odatiy o‘quv
harakati usullarini bartaraf etishga intilish, muammo yechimini topishning
nostandart metod va usullarini izlash, kasb – hunarga oid bilish faoliyatidagi
qat’iylik, ijodiy bilish faoliyatining natijaviyligi bilan tavsiflanuvchi shaxs
xususiyatini o‘zida aks ettiradi.
To‘garaklardagi
ijodiy faoliyat
bu sub’ekt faoliyatining o‘z mehnatiga (ishdan qoniqish, uni
bajarish jarayonida yangilikka intilish, muammo yechimini
topishda ijodiy motivatsiya) munosabati va masalani ijodiy
hal etish (avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni
hamda faoliyat usullarini yangi holatga mustaqil ko‘chirish,
muammoli, ma'lum obyektni yangi funksiyasini ko‘ra bilish)
jarayonidir.
bu mustaqil ta’lim darajasida namoyon bo‘lishi bo‘lib, u
o‘zgaruvchan tavsifga ega bilim, ko‘nikma va muayyan ijodiy
faoliyat tajribasi hamda bilishning ijobiy motivlari sharoitida
yuzaga kelishi hamda shu asosda o‘quvchilarning ijodiy
faoliyat tajribalarini egallashini ko‘rsatdi. Bu esa, talabalarda
ijodiy bilish faolligini rivojlantirishni taqozo etadi.
To‘garak
faoliyat
jarayoni
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
95
Talabalarning to‘garaklar orqali ijodiy faolikka maqsadli yo‘naltirish
mazmuni
motivatsion-emotsional,
kognitiv-irodaviy
va
faoliyatli-ijodiy
komponentlarni o‘zida aks ettiradi.
- Tahlil natijalari asosida larning ijodiy faoliyatini tashkil etishning quyidagi
mezonlari aniqlashtirildi:
motivatsion-emotsional, irodaviy-kognitiv, faoliyatli-ijodiy.
- Motivatsion-emotsional mezon ko‘rsatkichlari:
- Faoliyatda ishtirok etish istagi, onglilik, ko‘proq bilishga intilish, ijobiy
emotsional qayg‘urish, ishtiyoq, faoliyatdan qoniqish hissi. Irodaviy mezon
ko‘rsatkichlari: qat’iylik, bilishga yo‘nalganlik, jur’atlilik. Bilishga doir mezon
ko‘rsatkichlari: mo‘tadillik, moslashuvchanlik, ishchanlik, fikrlashning individual
o‘ziga xosligi. Faoliyatli-ijodiy mezon ko‘rsatkichlari: jadallik, ijodiy bilish
faoliyatining natijaviyligi.
Mazkur mezonlar asosida oliy ta’limda to‘garaklar faoliyatini tashkil etish
mezonlariga mos reproduktiv, izlanishli-evristik, ijodiy-tashabbuskorlik darajalar
aniqlandi. Reproduktiv daraja bilishga qiziqishning pastligi, o‘quv jarayoniga ichki
qiziqishning mavjud emasligi, ijodiy vazifalarni hal etishda irodaviy
xususiyatlarning yetarli ifoda etilmasligi, o‘qituvchi rahbarligida harakatlanish
layoqati bilan tavsiflanadi. Izlanishli-evristik darajada bilishga qiziqish o‘quv
motivatsiyasi tuzilmasida o‘rtacha o‘rinni egallaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Thlillar jarayonida barqaror bilishga qiziqish, savollar tuza olish, o‘qituvchiga fikr-
mulohaza bilan murojaat qilish ko‘nikmalariga egalikni o‘zida aks ettiradi.
Talabalarning to‘garaklar orqali o‘z kasbiga qiziqish, topshiriqlarini hal etish
istagi yuqori tarzda namoyon bo‘ladi. Davlat siyosatining asosiy ustuvor
yo‘nalishlaridan biri – uzluksiz ta’lim tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishidir. Xulosa
tariqasida inson butun umri davomida ijodiy salohiyatini rivojlantirishi, yangi
bilimlarni egallashi va egallagan malakalarini oshirishi lozimligini nazarda tutadi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
96
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Mirziyoev SH.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va
olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis
palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. – T.: O‘zbekiston, 2016 yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonlari.
3. Andreev V.I. Oliy ta’lim pedagogikasi. – Qozon, 2006 yil, 499 bet
4. Kudryavtsev V.T. O’quv va ta’lim sohasidagi ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirishning dolzarb muammolari. – M. 2008 yil
5. Stolyrenko D. Pedagogik psixologiya.-, 2008., 591 p
6. Markova A.K. Talabalarda bilim olishga qiziqishni shakllantirish.-B.17. –
saytning elektron resursi http://www.koob.ru/age_psychology/
7. Г.Н.Ибрагимова. Олий таълим тизимида интерфаол технологиялар
воситасида талабалардаги ижодий фикрлашни ривожлантириш // Замонавий
таълим. 2017.№4. — Б. 30
8. Rubinshteyn S.L. Jamoada ruxiy tarbiya // Toshkent, 1994. – 172 b
9.
Зарубежная лингвистика и лингводидактика (inscience.uz)
