Authors

  • Oloviddin Xo‘jamberdiev
    Tamara Xonim uy-muzeyi direktori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.60242

Keywords:

ustoz-shogird an’anasi Sherobod dostonchilik maktabi chechan baxshi badiha badihago‘y

Abstract

Ushbu maqolada Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari, Janubiy Tojikiston va Turkmaniston territoriyalarining o‘zbeklar yashaydigan qismini egallagan Sherobod dostonchilik maktabi baxshilari repertuarining o‘rganilishi, ushbu poetik maktabning umumӯzbek dostonchiligidagi o‘rni, hamda o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

95




SHEROBOD DOSTONCHILIK MAKTABINING TADQIQ ETILISHI

Xo‘jamberdiev Oloviddin,

Tamara Xonim uy-muzeyi direktori

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari, Janubiy

Tojikiston va Turkmaniston territoriyalarining o‘zbeklar yashaydigan qismini
egallagan Sherobod dostonchilik maktabi baxshilari repertuarining o‘rganilishi,
ushbu poetik maktabning umumӯzbek dostonchiligidagi o‘rni, hamda o‘ziga xos
xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

ustoz-shogird an’anasi, Sherobod dostonchilik maktabi,

chechan, baxshi, badiha, badihago‘y

Yangi Oʻzbekistonda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, xususan, xalq terma
va dostonlarini ijro etuvchi, saqlab qoluvchi hamda kelgusi avlodga yetkazuvchi
yuksak professional tayyorgarlikka ega boʻlgan ijodkor – baxshilar ijodini qadrlash,
qadimiyatni bugungi davr bilan bogʻlovchi baxshichilik sanʼatini saqlab qolish,
rivojlantirish, yosh baxshi-shoirlar ijodiy faoliyatini har tomonlama qoʻllab-
quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 14-may “Baxshichilik sanʻatini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4320-sonli qarori, 2023-yil 25-dekabrdagi “Nomoddiy
madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-405-son

qarori,

Oʻzbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Baxshichilik va dostonchilik sanʻatini
yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-
sonli qarori, 2020-yil 2-sentabrdagi 536-son qarorlarida baxshichilik sanʼatini
asrab-avaylash, dostonchilik maktablarining ijro usullarini ilmiy tadqiq etib, qayta
tiklash, ularni yosh avlodga oʻrgatish, baxshichilik sohasida dunyoga taniqli
sanʼatkorlarni yetishtirish kabi vazifalar belgilab oʻtilgan. Belgilangan vazifalar
ijrosini taʼminlash maqsadida biz ham Sherobod dostonchilik maktablarni
o‘rganishni maqsad qilib oldik. Chunki, Qashqadaryo va Surxondaryo xalqlari
badiiy ijodiyotning qadimiy, boy anʻanalari koʻplab ijodkorlar va avlodlar
ishtirokida shakllanib, rivojlandi, oʻziga xos takrorlanmas qiyofaga ega. Hozirgi
kunda ham bu vohalarda yuzdan ziyod baxshi-shoirlar yashab ijod qilishmoqda.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

96




Dostonchilikda ogʻzaki jonli anʻana faqat shu vohalardagina koʻproq saqlanib
qolganni va davom etayotgani hamda Sherobod dostonchilik maktabi baxshilari
repertuarini oʻrganish, ushbu poetik maktabning umumoʻzbek dostonchiligidagi
oʻrni, hamda oʻziga xos xususiyatlarini yoritib berish Qashqadaryo va Surxondaryo
xalqlari badiiy ijodiyotning qadimiy, boy an’analari ko‘plab ijodkorlar va avlodlar
ishtirokida shakllanib, rivojlanadi, o‘ziga xos takrorlanmas qiyofaga ega bo‘ldi.
Hozirgi kunda ham bu vohalarda yuzdan ziyod baxshi-shoirlar yashab ijod
qilishmoqda. Dostonchilikda og‘zaki jonli an’ana faqat shu vohalardagina ko‘proq
saqlanib qolganni va davom etayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Sherobod dostonchilik maktabi baxshilarining ustoz-shogirdlik an’anasi

qadimiydir. Bu maktabi butun Surxondaryo vohasi, Qashqadaryo viloyatining
Dehqonobod, G‘uzor, Qamashi va Dehqonobod tumanlaridning bir qismini, Janubiy
Tojikiston ham Turkmaniston jumhuriyatlarining o‘zbek qavmi yashayotgan ovul,
qishloqlarini o‘z ichiga oladi.

Sherobod dostonchilik maktabida boshqa dostonchilik maktablarida

uchramaydigan dostonlarning mavjudligi ko‘rinadi. Masalan, "Alpomish”
turkumini to‘ldiruvchi "Beva Barchin" yoki "Barchin bekach", tarixiy shaxs, atoqli
shoir, olim va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur haqida "Oychinor", xalq
baxshisi asarning bosh qahramoni bo‘lgan, mustahkam ahloq va e’tiqodni tarannum
etuvchi "Ollanazar Olchinbek", turkman xalk shoiri Maxtumquli haqidagi
"Maxtumquli" dostoni, Go‘ro‘g‘li va Avaz qahramonligi haqida, "Avaz" nasliy
turkumini to‘ldiruvchi, uning o‘g‘li va nabirasi haqida biografik turkumlilikni
yuzaga keltiruvchi "Malla savdogar", "Nurali va semurg‘", "Amirqul", "Sherali",
"Sheralining bandi bo‘lishi", "Suv parisi", "Tarkibadaxshon", "Avazning tug‘ilishi",
Go‘ro‘g‘li vafoti to‘g‘risidagi "Shahidnoma" va "G‘aribnoma" dostonlari faqat
Sherobod maktabi vakillari repertuarida mavjud bo‘lib, o‘zga dostonchilik maktabi
ijodkorlari repertuarida uchramaydi. [1.15.]

Umumo‘zbek dostonchiligida alohida o‘rin egallagan Sherobod dostonchilik

maktabi haqida birinchi ma’lumot bergan olim Mansur Afzalovdir. “1945 yilda
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining bir guruh ilmiy xodimlari Xorazm,
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida folklor ekspeditsiyalarida bo‘lib, ko‘pgina
xalq baxshilari bilan uchrashdilar, dostonlarini yozib oladilar. M.Afzalov
ekspeditsiya haqida maqolasida quyidagilarni qayd etadi: "Sherna o‘z davrining eng
chechan, so‘zga boy, san’atkor xalq shoirlaridan bo‘lib, shogird yetishtirishda ham


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

97




Shernaga tenglashadigan ustoz bo‘lmagan. Shernazar shoir Surxondaryo va
Qashqadaryo, xatto Turkmanistonning ayrim shahar va qishloqlariga borib, doston
aytib, tinglovchilarni hayratda qoldirgan. Shu bilan xalq orasida o‘z dostonlari bilan
ma’lum va mashhur bo‘lgan. Masalan, Mardonakul Avliyoqul o‘g‘li (u Sherna
shoirning jiyani), Ahmad yuzboshi, Saodat yuzboshi, Chori yuzboshi, Normurod
Shernazar o‘g‘li, Jo‘ra Eshmirza o‘g‘li, Xudoyqul laqay, Eson Shomurod o‘g‘li va
boshqa talantli xalq shoirlarini tarbiyalab yetishtirgan Shernazar Berdinazar
o‘g‘lidir”. [1.17-18.]

Folklorshunos A.Qaxxorov Janubiy voha dostonchiligini uzoq yillar

kuzatuvi natijasida dostonchilik maktablaridagi an’anaviy ustoz shogirdlik
munosabatlarini o‘rganib, ular shajarasini tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Uning
aniqlashicha, Sherobod dostonchilik maktabi shajarasining boshida Bobo shoir
bo‘lib (XIX asrning birinchi yarmi), u juda ko‘plab shogirdlar yetishtirib, epik
an’analarga amal qilgan holda ko‘plab an’anaviy dostonlarni ijro etib, badihaguylik
san’atini namoyon qildi. Bobo shoir Qosimko‘r, Shernazar Berdinazar o‘g‘li,
Xolmurod Qosim o‘g‘li, Alim yuzboshi kabi iqtidorli shogirdlar tayyorladiki, ana
shu shogirdlar so‘z va sozda, shogird tayyorlash an’anasida Sherobod dostonchilik
maktabining tarakqiyotiga munosib ulush qo‘shdilar. [2.10-11.]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Baxshichilik

san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4320-sonli qarori
hamda baxshichilik san’atini rivojlantirishga qaratilagan bir qator qarorlar, turli
tanlovlar, tadbirlar Qashkadaryo va Surxondaryo vohalarida ijod qilayotgan yuzdan
ortiq baxshilar ijodini yanada rivojlantirishga yo‘l ochib berdi. Ammo, shu bilan
birga doston ijrosini, uning mazmunini chala bilib, syujetlarni buzib, goh aralashtirib
ijro etuvchi havaskor baxshilar ham ko‘payib qolganligin ta’kidlamasdan iloji yo‘q.
Yana shunday baxshilar borki, ustoz ko‘rmay nashr etilgan dostonlarni o‘qib o‘z
bilganicha kuylab kelmoqdalar. Bu turdagi baxshilar Sherobod dostonchilik maktabi
an’analarining yashovchanligini, badiiy qudratini, jozibasini ko‘rsata olmaydilar.
Shu bilan bir qatorda vohada nihoyatda badihago‘y ijodkorlar, epik an’anlar
doirasida o‘zlarining yangi-yangi variantlarini, xatto yangi dostonlarini ham yarata
oladigan

dostonchilar

Sherobod

dostonchilik

maktabining

o‘ziga xos

xususiyatlarini, uning yashovchanlik sabablarini, boshqa baxshichilik maktablaridan
farqini ham ko‘rsatib kelmoqdalar. Bular orasida nodir iste’dodga ega bo‘lgan
marhum Qodir baxshi Rahimov izidan borayotgan o‘g‘llari Qahhor baxshi, Bahrom


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

98




baxshi Rahimovlar, Xushvaqt baxshi Mardonaqulov, Shodmon baxshi kabi
badihago‘y dostonchi baxshilar borligi quvonarli holdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ergashev A. Sherobod dostonchilik maktabi. Fil.f.nom.diss. T.: 1991.
2. Ochilov N. XX asrning 6080 yillarida Janubiy O‘zbekiston vohasida xalq

epik an’analarining saqlanish holati (Qodir baxshi Rahimov ijodi va repertuari
asosida). Fil.f.nom.diss. T.: 2004.

References

Ergashev A. Sherobod dostonchilik maktabi. Fil.f.nom.diss. T.: 1991.

Ochilov N. XX asrning 6080 yillarida Janubiy O‘zbekiston vohasida xalq epik an’analarining saqlanish holati (Qodir baxshi Rahimov ijodi va repertuari asosida). Fil.f.nom.diss. T.: 2004.