“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
47
Yoshlarning psixologik xavfsizligiga axborotning ta'siri
Tursunov Burxon Saydaxmatovich
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Kafedra mudiri P.f.b.f.d (PhD)
Fayziyeva Gulzoda Ulug‘bekovna,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Magistratura bosqichi “Psixologiya” yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Maqolada "Psixologik va axborot xavfsizligi" tushunchasi va
uning ko'p qirrali ekanligi, dolzarbligi ko'rib chiqiladi. Xavf omillari, xususan,
psixologik va axborot xavfsizligi tushunchalari ta'lim muhiti xavfsizligiga asosiy
tahdidlardan biri sifatida tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
shaxsiy xavfsizlik, psixik xavfsizlik, psixologik xavfsizlik,
axborot xavfsizligi, axborot-psixologik xavfsizlik.
Влияние информации на психологическую безопасность молодежи
.
Аннотация:
В статье рассматривается понятие" психологическая и
информационная безопасность " и его многогранность, актуальность. Факторы
риска, в частности понятия психологической и информационной
безопасности, анализируются как одна из основных угроз безопасности
образовательной среды.
Ключевые слова:
личная безопасность, психическая безопасность,
психологическая
безопасность,
информационная
безопасность,
информационно-психологическая безопасность.
The impact of information on the psychological safety of young people.
Abstract:
The article discusses the concept of "psychological and information
security" and its versatility and relevance. Risk factors, in particular the concepts of
psychological and information security, are analyzed as one of the main threats to
the security of the educational environment.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
48
Keywords:
personal safety, mental safety, psychological safety, information
security, information and psychological security.
Xozirgi kunda jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan
ta’limni rivojlanishini “Media” (ya’ni: televidenie, radio, kinomatografiya,
ommaviy nashrlar, kompyuter axborot tizimlari) siz tasavvur qilish qiyin. Axborot
makonini globallashuvi va uning “Ochiqligi” zaminida yangi bilimlar, faktlar,
qarashlar, konsepsiyalarning oqimi shiddat bilan ortib bormoqda va ommaviy
axborot kommunikatsiyalari orqali berilayotgan axborotlardan foydalanish
muammosi paydo bo‘lmoqda. Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini ham, ularni
ommaviy axborot tarmoqlari orqali tarqatish usullari va yo‘llarini ham nazorat qilish
amalda qiyin bo‘lib bormoqda. Axborotning bunday xilma-xilligi ta‘sirida talaba
yoshlarning mustaqil ravishda tafakkur qilishi muammosi, uning qarashlarini,
qadryatlarini va ideallarini shakllanishi masalalari yoshlar ongida axborot olamini
tartibga solish yo‘llarini izlashni, axborot bilan muomala qilishning yangi usul va
ko‘nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni taqozo etmoqda.
Bugun biz axborotni kompyuter texnologiyalaridan ko‘proq qabul qilyapmiz.
Kompyuter texnologiyalarining internet mo‘jizasi dunyoni yagona axborot
maydoniga aylantirdi. Biz uning ijobiy tomonlarini ham, kamchiliklari borligini ham
angladik. Salbiy tomonlaridan biri "axborot inqirozi" ko‘rinishida ham namoyon
bo'lishini kuzatishimiz mumkin. Oila ushbu "axborot hujumi" ga qarshi immunitetga
ega bo'lgani kabi, yosh avlod ongiga o'z Vataniga qilingan hujumlarga to'g'ri
munosabatni singdirish juda katta ehtiyojga aylandi. Ushbu ijtimoiy hodisa ilmiy
jihatdan o'rganilishi va uning maxfiy sohasi ta'lim muassasalarida yosh avlodga
o'qitilishi bejiz emas. Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov aytganidek, "Biz qurol
bilan emas, balki bolalarimizning hayoti va ongini yo'q qiladigan, kelajakka mutlaq
ishonchini yo'qotadigan g'oyalar bilan kurashishimiz kerak. Bizning g‘oyalarimiz
kuchli bo'lishi kerak. Avvalo, biz hayotda sinovdan o'tgan o'z g'oyalarimizga
ishonish yo‘lidan borishni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak". [1,12-bet]. Aynan
axborot hujumi, yoshlarni shaxsiy va psixologik xavfsizligiga salbiy ta’sir
o‘tkazayotgan muammolardan biri hisoblanadi.
Masalaning mohiyatini tushuntirishdan oldin, shaxsiy xavfsizlik va
psixologik xavfsizlik tushunchalariga to'xtalamiz. Xo'sh, axborot o‘zi nima, axborot
xavfsizligi, shaxsiy xavfsizlik va psixologik xavfsizlik nima?
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
49
Axoborot - inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha
ma’lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib,
tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi
ma’lumot ma’nosini anglatadi[2, 72].
Axborot yozma, og‘zaki,visual va audio aloqalar kabi turli xil aloqalar orqali
uzatiladigan yoki tavsiflaydigan fakt, fikr yoki ma’lumot bo‘lib, zamonaviy fan va
siyosatning asosiy tushunchalaridan biri[3, 23]. U mavjud tushunchalarni nima
ekanligini va mohiyatini belgilaydi hamda insonlarga ko‘rsatmalar, misollar va
nazariyalarni tushunishga yordam beradi. Axborot turli xil tasvirlar, videolar, audio
yozuvlar, tovushlar, mimikalar orqali qabul qilinadi. Axborot aniq va to‘liqlik
xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni u o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har
taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda insonlar uni notog'ri tushunishga va xato
xulosa chiqarishga olib keladi[4,45].
Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va
sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri sifatli
axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi,
zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishi imkonini beradi. Axborotning salbiy tomoni
shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g‘arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning
milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini
zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjudligidir. Ayniqsa,bunday ma’lumotlar internet
tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan
jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan
axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolishiga
sabab bo‘layotganini ham uchratish mumkin.
Tarixdan ma’lumki axborotning muhimlik darajasi yoki xavfsizligi ilk
sivilizatsiya paytida xam muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlabki aloqa vositalarining
paydo bo'lishi bilan diplomatlar va harbiy arboblar maxfiy yozishmalarni himoya
qilish mexanizmlarini va uni soxtalashtirishga urinishlarni aniqlash usullarini ishlab
chiqish zarurligini angladilar. Masalan, Yuliy Tsezar miloddan avvalgi 50-yillarda
Tsezar shifrini ixtiro qilgan, bu uning maxfiy xabarlarini o'qimaganlar tomonidan
o'qilishini oldini olish uchun mo'ljallangan edi[5,374]. Shunday bo‘lsada, aksariyat
hollarda, maxfiy yozishmalar bilan ishlash tartibini nazorat qilish orqali himoya
ta'minlandi. Maxfiy xabarlar himoyalangan va faqat ishonchli shaxslar bilan
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
50
himoyalangan, himoyalangan xonalarda yoki mustahkam qutilarda saqlanishi uchun
etiketlangan [6,448].
Pochtaning rivojlanishi bilan davlat tashkilotlari xatlarni ushlash, dekodlash,
o'qish va qayta muhrlash paydo bo'la boshladi. Qadimda axborotni himoyalash
uchun turli xil usullar qo‘llanilgan, ulardan biri sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar
yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan. Asrlar
davomida bu san'at, sirli yozuv- jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona
rezidensiyalari va razvedka missiyalardan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha
o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi
va keng tarqaladigan maxsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar,
saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni
o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. [7, 22-23]. Shunday qilib,
axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.
Xavfsizlik tushunchasi hayotda asosan biror holat uchun xavf-xatar
bo‘lmagan yoki uning uchun ishonchli himoya o‘rnatilganligini bildiradi. Axborot
tizimlarida ham xuddi shunday ma’noni anglatgan bu ibora tizimning normal
faoliyat ko‘rsatishi, samarali ishlashi uchun barcha sharoitlar mavjudligi va
tizimning turli xavf-xatarlardan ishonchli himoyalanganligini ta’minlaydi va uni
aynan shu holat uchun axborot xavfsizligi deb ataladi[8,4].
Afsuski, bugungi kunda axborot xavfsizligi shaxsiy va psixologik
xavfsizlikka ham xavf solayotganini kuzatishimiz mumkin.
I. A. Bayevning ta'rifiga ko'ra, "shaxsiy xavfsizlik" tushunchasi bu - shaxsning
hayotiy manfaatlarini himoya qilish holati. Psixologik xavfsizlik-ta'lim muhitining
holati, shaxsiy va ishonchli muloqotga bo'lgan ehtiyojni qondirishga hissa
qo'shadigan o'zaro munosabatlardagi psixologik zo'ravonlikdan ozod bo‘lishi,
atrof-muhitning ahamiyatini va ruhiy salomatlikni ta'minlashning namoyon bo'lishi,
jumladan unga yuqoriday ishtirokchilarni yaratuvchi ham kiritilgan" [9, 172-bet].
Psixologik xavfsizlik psixik jarayonlarning ishlashiga normal sharoit yaratadi
va insonning antisosial xatti-harakatlarini istisno qiladi. Insonning psixologik
xavfsizligiga ko'plab omillar ta'sir qiladi. Ushbu omillardan biri va bugungi kunda
eng muhimlaridan axborot xavfsizligi hisoblanadi.Hozirgi kunda jamiyat
rivojlanishida insonga ta’sir qilishni ko‘p mexanizmlar mavjud xox u reklama
bo‘lsin, saylov komissiyalari, tashviqot (propaganda) va boshqalar. Deyarli butun
axborot oqimi biz sezmaydigan yoki kuzatmaydigan manipulyatsiyalar bilan
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
51
to‘lgan. Yaqin-yaqingacha buning uchun OAV dan foydalanilgan bo‘lsa, endilikda
yanada global muammo va qulayroq usul-internetdir [10,4].
Yurtimizda haqiqatdan ham internet nazorat qilinmaganligi sababli, har kim
oddiy harakatlar va so'rovlar kombinatsiyasidan foydalangan holda har qanday
ma'lumotni topishi mumkin. Bularning barchasi bizning axborot va psixologik
xavfsizligimizga juda kuchli ta'sir qiladi. Natijada ko‘plab yoshlar jumladan
talabalar ham ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlar bilan o‘tkazishmoqda. Bu birinchi
navbatda mustaqil ta‘lim uchun ajratilishi kerak bo‘lgan vaqtni bexudaga sarflash,
berilgan topshiriqlarni bajarishni sifatini tushishi, ya’ni shunchaki tezroq internetda
biror qiziqarli film yoki rolik tomosha qilishga shoshilish oqibatida vazifalarni ko‘r-
ko‘rona yakunlash, yoki o‘qituvchi maruzasini tinglash o‘rniga orqa o‘rindiqda
internet tarmog‘iga bog‘lanib mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishday salbiy oqibatlarni
xam keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari ko‘plab talaba-yoshlar turli notog‘ri
propaganda ta’sirida, ta’qiqlangan saytlar,kanallar ko‘rish va kirish natijasi bilib-
bilmay notog‘ri oqimlarga kirib qolish xolatlari ko‘p uchramoqda. Chet elda katta
pul topishni, xorijda ish va o‘qishga olib kirib qo‘yishni va’da qilib ayni gulday
o‘smir yoshida firibgarlar tuzog‘iga tushib qolayotgan yoshlar ham kam emas.
Xulosa qilib aytganda, axborot-psixologik xavfsizlik-bu psixikaga bevosita
ta'sir qilish orqali o'z e'tiqodlari, muqaddas ideallari va e'tiqodlaridan mahrum
bo'lgan buzg'unchi g'oyalardan himoya. Shunday qilib, birinchi navbatda axborot va
psixologik xavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj inson va jamiyat, inson va davlat, shaxs va
uning bilan bog'liq daxlsizlik, millat va milliy qadriyatlar, shu jumladan urf-odatlar,
an'analar, tarixiy va madaniy meros bilan uzluksizlik bog‘liqdir. Axborot va
psixologik ta'sirga berilmaslik uchun quyidagilar zarur: tanqidiy fikrlash, olingan
ma'lumotni filtrlash, o'zini o'zi anglaydigan, yetuk, barqaror o'zini o'zi qadrlaydigan
shaxs bo'lishi, axborot va psixologik xavfsizlik bo'yicha zarur bilimlarga ega bo'lish
kerak. Afsuski, o'smirlik davrida bu mezonlar kamdan-kam uchraydi, chunki bu
yoshdagi yetakchi faoliyat o'smirning tengdoshlari fikriga bog'liqligini, ma'lumot
guruh tomonidan tan olinishi zarurligini nazarda tutadi. O'smirlik davrida o'z-o'zini
hurmat qilish o'zgaradi, chunki bu davrning asosiy yangi shakllanishi o'zini o'zi
anglaydigan shaxs va ongli o'zini o'zi anglashdir.
Shuning uchun o'smirlik internetga qaramlik, shaxsiyatni virtualizatsiya
qilish, ta'qib qilish va onlayn ta'qib qilish kabi turli xil axborot va psixologik
tahdidlarga eng sezgir hisoblanadi. Yana bir sabab o'smirlarning ota-onalariga
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
52
dardlarini kamroq gapirishlari, ularni tashvishga soladigan vaziyatlarni ko‘proq
tengdoshlariga aytishga moyilligi. Natijada, o'smirlar aksariyati axborot va
psixologik ta'sirlarning oldini olish va zararsizlantirish uchun zarur ma'lumotlarga
ega emaslar, yoki talaba bo‘lgani uchun yotoqxonada yoshlarning kattalar
nazoratidan qarovsiz bo‘lishi ham muammoli vaziytlarda yolg‘iz qolishi, stressli
vaziyatlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali tengdoshlari bilan konflikt xolatlarga tushishi
ham ularni psixologik va psixik hotirjamligiga xavf solish xolatlariga sabab
bo‘lishini ham kuzatish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Каримов, И. А. Мир и безопасность нашей Родины зависят от нашей силы,
единства и непоколебимой воли нашего народа / И. А. Каримов.
Текст: непосредственный // Узбекистан. 2004. С. 12.
2.A. Sattorov “Informatika va axborot texnalogiyalari”
3.B.Boltayev, A.Azatov, S. Rahmonqulova “Informatika va axborot
texnalogiyalari”
4.Young K. Internet addiction: the emergence of a new clinical disorder//Cyber
Psychology & Behavoir, 1998, vol. 1, pp 237-244
5.https://t.me/ raqamli pedogogik xizmatlar
6. Гай Светоний Транквилл. Книга первая // Жизнь двенадцати цезарей = De
vita XII caesarvm : [пер. с лат.] / перевод Гаспаров М.. — М. : Издательство
«Наука», 1964. — 374 с. — (Литературные памятники).
7. Сингх, Саймон. Книга шифров : Тайная история шифров и их расшифровки.
— М. : Издательство «АСТ», 2009. — 448 с. — ISBN 5-17-038477-7.
8. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti,“Temir yo‘l transportida axborot
tizimlari”kаfеdrаsi,Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash fаni bo’yichа,
Ma’ruza matni. Tuzuvchi: Ibragimov R. TOSHKЕNT – 2018
9. Баева, И. А. Психологическая безопасность в образовании / И. А. Баева.
Психологическая безопасность в образовании. Санкт-Петербург: Союз,
2002. 172 с. Текст: непосредственный.
10.
«Тольяттинский
государственный
университет»
Гуманитарно-
педагогический институт, МАГИСТЕРСКАЯ ДИССЕРТАЦИЯ С.С.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
53
Румянцева ИНФОРМАЦИОННО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ
ПОДРОСТКОВ В СЕТИ ИНТЕРНЕТ, Тольятти 2019
