Authors

  • Dilfuza Ismoilova
    Termiz davlat pedagogika instituti Texnologiya va geografiya kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.60301

Keywords:

sog‘liqni saqlash tizimi islohoti tibbiy ta’lim og‘liqni saqlash infratuzilmasi

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar dunyo higohida qanday talqin qilinayotganligi hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni so‘nggi yillarda jadal sur'atlar bilan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat aholisining salomatligini yaxshilash, sog‘liqni saqlash xizmatlarini yangilash va ularning sifatini oshirishdan iboratligi ham takidlab o‘tilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

59




O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR

DUNYO HIGOHIDA

Ismoilova Dilfuza Ibodullayevna

Termiz davlat pedagogika instituti

Texnologiya va geografiya kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi

islohotlar dunyo higohida qanday talqin qilinayotganligi hamda O‘zbekiston
sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni so‘nggi yillarda jadal sur'atlar bilan amalga
oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek ushbu islohotlarning
asosiy maqsadi mamlakat aholisining salomatligini yaxshilash, sog‘liqni saqlash
xizmatlarini yangilash va ularning sifatini oshirishdan iboratligi ham takidlab
o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

sog‘liqni saqlash tizimi islohoti, tibbiy ta’lim, sog‘liqni saqlash

infratuzilmasi, telemeditsina, profilaktika va sog‘lomlashtirish, xalqaro hamkorlik

Abstract

: This article provides information on how Uzbekistan's health care

reforms are interpreted in the world and the rapid implementation of Uzbekistan's
health care reforms in recent years. It was also noted that the main goal of these
reforms is to improve the health of the country's population, update healthcare
services and increase their quality.

Key words:

healthcare system reform, medical education, healthcare

infrastructure, telemedicine, prevention and health promotion, international
cooperation

Аннотация

: В данной статье представлена информация о том, как

реформы здравоохранения Узбекистана интерпретируются в мире, а также о
быстрой реализации реформ здравоохранения Узбекистана в последние годы.
Также было отмечено, что основной целью данных реформ является
улучшение здоровья населения страны, обновление медицинских услуг и
повышение их качества.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

60




Ключевые слова:

реформа системы здравоохранения, медицинское

образование, инфраструктура здравоохранения, телемедицина, профилактика
и укрепление здоровья, международное сотрудничество.

Kirish:

2024 yil 21 mayidan o‘z ishini boshlagan Jahon sog‘liqni saqlash

assambleyasining 71-sessiyasi Jyenevada o‘tayotganda 194 ta davlatlar qatorida
O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etishdi.

Har yili Jenevada o‘tkaziluvchi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining

sessiyasida JSSTga a'zo davlatlar vakillari ishtirok etib, sog‘liqni saqlash sohasi
bo‘yicha kuzatilayotgan global muammolar va ularning yechimlari borasida
muhokamalar o‘tkazadi. Sessiyada atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarining
salomatlikka salbiy ta'siri va unga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l xaritasi, dori-
darmon va vaksina ta'minoti, noinfeksion kasalliklar profilaktikasi, ayollar, bolalar
va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish kabi masalalar bo‘yicha davra suhbati
otkaziladi.

So‘nggi ikki yil ichida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida aholining barcha

qatlamiga, ayniqsa, uzoq qishloq aholisiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar bugun davlat siyosatining bosh maqsadiga
aylangan, Shu maqsadda 100dan ortiq huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilindi.
Ularda sohaning barcha yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha tizimli
chora-tadbirlar qamrab olingan. Hozirda O‘zbekiston belgilangan vazifalar ijrosi
doirasida qator ijobiy natijalarga erishdi. Bunga misol qilib, 1283 ta tez tibbiy
yordam avtotransport vositalari xarid qilingani, natijada, chaqiriq tushgach, tez
yordam xizmatining yetib borish vaqti 20-30 daqiqadan 10-15 daqiqagacha, xizmat
radiusi esa 5-12 kilometrgacha qisqarganini aytish mumkin. Qolaversa, 2017 yilda
O‘zbekistonga 311 nafar xorijlik mutaxassislar taklif qilindi. Ular bilan hamkorlikda
800 dan ortiq murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

290 nafardan ortiq mamlakatimiz mutaxassislari esa dunyoning yetakchi

klinikalarida malaka oshirib keldi. O‘zbekiston tibbiyotidagi eng katta
yangiliklardan biri sifatida transplantatsiya amaliyotining yo‘lga qo‘yilganini aytish
mumkin. Xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda buyrak, jigar va o‘zak hujayra
transplantatsiyasi bajarilmoqda.

Mamlakatda xususiy sektorni rivojlantirish, immunoprofilaktika sohasidagi

natijalar bilan tanishtirdi. Darhaqiqat, bugun mamlakat tibbiyotida xususiy sektor
ulushi ortib bormoqda. Bunda davlatimiz rahbarining xususiy tibbiyot tashkilotlarini


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

61




yanada rivojlantirish, ularga qo‘shimcha shart-sharoit va imtiyozlar berish bo‘yicha
qabul qilingan qarorlari huquqiy asos bo‘lmoqda.

Asosiy qism:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xususiy tibbiyot

muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha qaroridan so‘ng O‘zbekistondagi xususiy
klinikalar soni so‘nggi yilda 3040 tadan 4073 ta oshdi. Mamlakatimiz tibbiyoti
tarixida birinchi marta xususiy klinikalarga deyarli barcha yo‘nalishlarda, xususan,
abdominal jarrohlik, torakal jarrohlik, neyroxirurgiya, onkologiya, travmatologiya
va bolalar jarrohligi bo‘yicha litsenziya berishga ruxsat etildi Milliy emlash
kalendari bo‘yicha mamlakatimizda bolalar 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi
davlat hisobidan profilaktik emlanadi. Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun
sarflanadigan mablag‘lar to‘liq davlat byudjyeti hisobidan qoplanib, emlash qamrovi
99,5 foizga yetkazildi. Natijada 2017 yil Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti
tomonidan O‘zbekiston qizamiq va qizilcha kasalliklaridan xoli hudud deb e'tirof
etildi. Shuningdek, 2019-2020 yillarda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini
rivojlantirish konsepsiyasi va unda belgilangan vazifalar inobatga olingan. Ushbu
natijalar biz ko‘zlagan marraning boshlanishi. Kelajakda tibbiy xizmat boshqaruvini
optimallashtirish, infrastrukturani yaxshilash, tibbiy xizmat normativlari va
standartlarini ishlab chiqish, dori-darmon ta'minotini yaxshilash, davlat va xususiy
sektor hamkorligini rivojlantirish va sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini
jadal tatbiq etish bo‘yicha aniq reja va dasturlar ishlab chiqilgan. Sogʻliqni saqlash
tizimidagi islohotlar natijalari tahlil qilinib, yangi ustuvor yoʻnalishlar belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-noyabr kuni
sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan
qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalar
belgilangan.

Davlatimiz rahbari barcha islohotlardan asosiy maqsad odamlar hayotini

yaxshilash ekani, sifatli tibbiy xizmat bu borada muhim oʻrin tutishini
taʼkidlaganlar.

Keyingi ikki yilda Prezidentning sohaga oid 50 ta farmon, qaror va

farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 70 dan ziyod qaror va farmoyishlari qabul
qilindi. 6 ta yangi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, ularning soni 16 taga
yetdi. Xalqimizga yanada qulay boʻlishi uchun hududlarda ularning 10 ta filiali ish


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

62




boshladi. Tuman va shahar shifoxonalarida 306 ta yangi ixtisoslashgan boʻlimlar, 1
ming 200 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ochildi.

Umuman olganda, joriy yilda tibbiyot sohasiga davlat byudjetidan 2017-yilga

nisbatan 40 foiz koʻp mablagʻ ajratildi. Yigʻilishda kelasi yil sohaga qariyb 30 foiz
koʻp mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgani qayd etildi.

Prezidentning kuni kecha qabul qilingan “Davlat tibbiyot muassasalari va

sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni
kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori sohadagi yana bir ijobiy yangilik
boʻldi. Unga muvofiq, tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 1 dekabrdan 20 foizga,
2019-yil 1-apreldan yana 15 foizga oshiriladi.

Farmon va qarorlar chiqarilib, sohaga shuncha imkoniyatlar yaratildi, dolzarb

masalalar hal qilib berildi. Lekin sogʻliqni saqlash tizimida kutilgan natijalar
koʻrinmayapti. Ayniqsa, tumanlar, chekka qishloqlardagi aholi tibbiy xizmatdagi
jiddiy va tub oʻzgarishlarni oʻz hayotida sezayotgani yoʻq.

Joriy yilning oʻtgan davrida Prezidentning Virtual qabulxonasiga tibbiyot

sohasiga doir 45 mingdan ziyod murojaat kelib tushgani, bu sohada hali muammolar
borligini koʻrsatishi qayd etildi.

Masalan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi, tuman markaziy

shifoxonalarining moddiy-texnika bazasi va malakali kadrlar bilan taʼminlanish
darajasi talabga javob bermaydi. Buning oqibatida hududlardagi bemorlar katta
mablagʻ sarflab, Toshkent shahriga borishga yoki chet davlatlarga borishga majbur
boʻlmoqda.

Shu bois yigʻilishda tibbiyot tizimidagi muammolarni vaqtida aniqlash va hal

etish, buning uchun hududlardagi holatni toʻliq qayta koʻrib chiqish, oʻrganishlarda
qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikadan markaziy tibbiyot
muassasalarigacha qamrab olish kerakligi taʼkidlandi.

Muhokama:

Tibbiy xizmat koʻrsatishda respublika, viloyat, tuman va qishloq

boʻgʻinlari oʻrtasida bogʻliqlikni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bunda,
avvalo, mahallalarda profilaktika ishlari va tibbiy koʻriklar yaxshi tashkil etilib,
kasalliklarning oldi olinadi, zarur hollarda bemorlar tuman va viloyat markazlariga
yuboriladi. Tuman tibbiyot birlashmalari esa kasallarni imkon qadar oʻzida davolab,
ogʻir bemorlarni viloyat va respublika muassasalariga yoʻnaltiradi. Respublika
ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari esa oʻz ixtisosligi boʻyicha


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

63




yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirib,
aholi salomatligini mustahkamlaydi.

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga ham eʼtibor

qaratiladi. Onalar va bolalar oʻlimiga sabab boʻlayotgan omillarni chuqur tahlil qilib,
ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha
topshiriqlar berildi.

Yuqumli boʻlmagan kasalliklarni profilaktika qilish ishlari talab darajasida

yoʻlga qoʻyilmagani qayd etildi. Qator ixtisoslashtirilgan markazlarning bu boradagi
faoliyati tanqid qilindi.

Ayrim hududlarda yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash ishlari ham

qoniqarli emas. Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida gepatit, oʻpka sili bilan
kasallanish soni respublika boʻyicha 20 foizgacha kamaygan boʻlsa-da,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan,
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida kamaymagan.

Shu bois respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridagi

moddiy-texnik baza va davolash holatini oʻrganib, mavjud kamchiliklarni hal etish,
OITSning oldini olish, xorijiy davlatlarda mehnat qilib qaytgan shaxslarni majburiy
test tekshiruvidan oʻtkazishning qonuniy mexanizmlarini ishlab chiqish va
amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi kerak.

Xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻini yanada kengaytirish masalalariga

eʼtibor qaratildi. Xususiy tibbiyotning barcha tarmoqlarini rivojlantirish, yirik
shaharlarda nafaqat yurtdoshlarimiz, balki qoʻshni mamlakatlar fuqarolariga ham
tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha katta imkoniyatlar mavjud.

Shuning uchun mutasaddilarga xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻini

kengaytirish, Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlarda “tibbiyot
xab”larini barpo etish boʻyicha imkoniyat yaratilishi kerak.

Kasalliklarning oldini olishning eng kamxarj va samarali yoʻli aholining

sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanish madaniyatiga amal qilishidir.

Afsuski, kamharakatlilik va notoʻgʻri ovqatlanish oqibatida Oʻzbekiston

aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, odamlarimizning 46 foizi qon tarkibida
meʼyordan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida qon bosimi yuqori.

Shu bois aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini va sogʻlom ovqatlanish

madaniyatini targʻib qilish orqali kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish yuzasidan
ishlar olib borilishi kerak.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

64




Masalan, sohani moliyalashtirishning amaldagi smeta usuli eskirgani, tibbiyot

muassasalari qancha bemor davolanganiga qarab emas, koyka-oʻrinlar soniga qarab
moliyalashtirib kelinayotgani qayd etildi. Bugungi zamon talablari va xorij
tajribasidan kelib chiqib, sinov tariqasida mamlakatimizning 14 ta hududida bittadan
tibbiyot birlashmasini aholi jon boshiga va statsionar sharoitda davolanganlar soniga
qarab moliyalashtirish lozim.

Bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlarda majburiy tibbiy sugʻurta tizimi

joriy etilgan. Bu orqali byudjet xarajatlarini kamaytirish, tibbiy xizmat sifatini
oshirishga erishilgan.

Yigʻilishda 2021-yildan boshlab yurtimizda ham majburiy tibbiy sugʻurta

tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi
davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, tegishli qonun va qonunosti
hujjatlarini ishlab chiqish zarur.

Tibbiyot sohasida davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, ayrim

davolash muassasalarini shunday sheriklik asosida yuqori texnologik uskunalar
bilan jihozlash, ularga toʻliq moliyaviy mustaqillikka erishih zarur.

Tibbiy taʼlim tizimini isloh qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Nufuzli

xorijiy taʼlim muassasalari filiallarini ochish, oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot
institutlari va ixtisoslashgan tibbiyot markazlari oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish
masalalari boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshishishi kerak..

Xalqimizda “El sog‘ligi — yurt boyligi”, degan naql bor. Topib aytilgan bu

hikmat zamirida katta ma’no mujassam. Zero, har bir inson o‘z maqsadiga erishishi
uchun, eng avvalo, har tomonlama sog‘lom bo‘lishi lozim. Inson qachon sog‘lom
bo‘ladi, qachonki, sifatli tibbiy xizmatdan o‘z vaqtida foydalansa, chinakam yashash
zavqini tuysa!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z vazifasiga kirishgan ilk kunlardayoq

tinchlik hamda salomatlik masalalari aholimiz hayotidagi eng muhim ustuvor
masalalar ekanligini ta’kidlab, ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirish
ishlari boshlangan edi. Oxirgi olti-yetti yilda mamlakatimizda aholiga malakali
tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini
bugun xalqimiz o‘z kundalik hayotida sezmoqda, his etmoqda.

Buni birgina o‘tgan davrda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini

takomillashtirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, tibbiy xizmatlarni
aholiga yaqinlashtirish va ularning sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarining


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

65




moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish
borasida erishilgan ijobiy natijalar misolida ham ko‘rish mumkin. Xususan, aholiga
tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish,
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish, sohaga bosqichma-
bosqich tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy
raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy
yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Sirdaryo viloyatida sog‘liqni
saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi
mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshirildi.

Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish,

aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, tibbiyot
muassasalari faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish, tibbiyot
kadrlarining salohiyatini oshirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash maqsadida davlatimiz rahbarining joriy yil 22 yanvardagi qarori bilan
Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida “Sog‘liqni
saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etilgan edi.

Prezidentimiz shu yil 21-may kuni Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi

tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Xususan, birlamchi bo‘g‘in va tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, davlat
tibbiy sug‘urtasini joriy etish, dori-darmonlar xaridini tartibga solish borasida ishlab
chiqilgan takliflar atroflicha muhokama etildi.

Qayd etish joiz, tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish borasida birgina

Toshkent shahrining o‘zida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tez tibbiy
yordam mashinalari parki to‘liq yangilandi, tez yordam “koll-markazi” faoliyati
yo‘lga qo‘yildi.

Hozirgi kunda shahar aholisiga 235 ta tibbiy yordam brigadasi xizmat

ko‘rsatmoqda. Lekin tahlillar ushbu tizimni yanada takomillashtirish zarurligini
ko‘rsatmoqda. Chunki, ayni paytda birgina Toshkent shahrida tez tibbiy yordam
chaqiruvlari soni 1 mln. 363 mingtani tashkil etmoqda. Shuning uchun ham
chaqiruvlarni qabul qilish jarayonida ularni saralashni yo‘lga qo‘yish taklif
etilmoqda. Bunda chaqiruv sabablarini aniqlash orqali “oddiy”, ya’ni bemorning
issig‘i chiqishi, yo‘talishi yoki boshqa — bevosita tibbiyot xodimining ishtirokisiz
amalga oshirish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha “Tibbiy maslahat” shifokorlari


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

66




guruhi tashkil etiladi va masofaviy maslahat berish amaliyoti joriy qilinadi. Qolgan
chaqiruvlar esa tibbiy brigadaga yo‘naltiriladi.

Tez tibbiy yordam brigadalari bo‘yicha ham qator yangiliklar amalga

oshiriladi. Ya’ni, feldsherlik-paramedik, shifokorlik, pediatrik, reanimatsion hamda
psixiatrik brigadalar tashkil etiladi. Boisi, chaqiruv sabablari aniqlanayotganda
bemorning yoshi, kasallik alomatlaridan kelib chiqqan holda tibbiy brigadani
yo‘naltirish bemor hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu yilning o‘zida Toshkent shahrida haydovchi va feldsher-paramedikdan

iborat 47 ta hamda faqat feldsher-paramedikdan iborat yana 47 ta brigada tashkil
etish, shuningdek, 69 ta pediatrik, 91 ta terapevtik, 24 ta reanimatsion va 4 ta
psixiatrik brigadalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zlanmoqda.

Shubhasiz, ushbu sa’y-harakatlar natijasida tez yordam chaqiruvlariga yetib

borish vaqti 10-40 daqiqagacha qisqaradi. Eng muhimi, pediatrik brigadalarni
tashkil etish orqali bolalarga uyda sifatli va samarali tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi
hisobiga shifoxonada o‘rinlar yuklamasi kamayadi.

Tez tibbiy yordam tizimida ushbu yangiliklarni joriy etish tarmoqqa

yo‘naltirilayotgan mablag‘larni iqtisod qilish hamda boshqa ishlarga yo‘naltirish
imkonini ham beradi. Masalan, Toshkent shahridagi chaqiruvlarning 5 foizini
“oddiy” chaqiruvlar, deb hisoblab ularga tibbiy maslahat berish orqali masalasini hal
etish yiliga kamida 150 mlrd. so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga olib keladi. Yoki
feldsherlik-paramedik brigadalarga elektromobillar joriy etish natijasida 60 mlrd.
so‘m tejaladi.

Xulosa va takliflar:

Umuman olganda, tibbiyot sohasida amalga

oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini yanada oshirish ushbu sohaga ilg‘or
xorijiy tajribalarni keng joriy etish hamda aholimizning bu ishlarni chuqur anglagan
holda qo‘llab-quvvatlashiga bevosita bog‘liq. Shunday ekan, har birimiz ushbu
sohani yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarimizni bildirish,
hech bo‘lmaganda o‘z sog‘lig‘imizga e’tiborli bo‘lib, sog‘lom turmush tarziga rioya
etish orqali tibbiyot xodimlariga ko‘maklashishimiz lozim.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

67




Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi - rasmiy veb-sayti va

uning nashrlari, islohotlar to‘g‘risida yangiliklar va statistik ma'lumotlar.
2.

"World Health Organization (WHO) Reports" - Jahon sog‘liqni saqlash

tashkilotining O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimi haqidagi hisobotlari va
tavsiyalari.
3.

"Health Systems in Transition: Uzbekistan" - Tadbirkorlik va Sog'liqni

Saqlash Markazi tomonidan nashr etilgan hisobot.
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari - Sog‘liqni

saqlash sohasidagi islohotlarni belgilovchi hujjatlar.

www.Lex.uz





References

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi - rasmiy veb-sayti va uning nashrlari, islohotlar to‘g‘risida yangiliklar va statistik ma'lumotlar.

"World Health Organization (WHO) Reports" - Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimi haqidagi hisobotlari va tavsiyalari.

"Health Systems in Transition: Uzbekistan" - Tadbirkorlik va Sog'liqni Saqlash Markazi tomonidan nashr etilgan hisobot.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari - Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni belgilovchi hujjatlar. www.Lex.uz