“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
133
O‘ZBEKISTON HAYKALTAROSHLIK SAN’ATI VA HAYKALTAROSH
YAKOV SHAPIRO
Jabbarov Rustam Ravshanovich
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Tasviriy san’at kafedrasi dotsenti.
Komilova Komila Anvar qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi TS/301-guruh
talabasi.
Annotatsiya
: Ushbu maqolada haykaltaroshlik san’atida amalga oshirilgan
sermahsul
ijod
namunalari
misolida,
bir
qator
asarlarni
mahobatli
haykaltaroshlikda vujudga kelishi, san’atkor haykaltaroshlarimizning tinimsiz
mehnati samarasi xaqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Relef, barelef, gorelef, tipologik, sintez, syujet, gips,
kompozitsiya, panno, realistik, eskiz, plastika, arxitektura, tendentsiya, obraz,
ob’ektiv, estetik.
Har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyati,
ma’rifat va ma’naviyati bilan kuchlidir. O‘zbekiston milliy mustaqilligini qo‘lga
kiritganidan so‘ng, milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni yanada
mustahkamlash, yosh avlodni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashga talab oshdi. Bunda,
chora-tadbirlarni amalga oshirishda avvalambor tasviriy san’at oldi qatorga chiqdi.
Milliy mafkurani olg‘a surishda eng hozirjavob san’at turlaridan biri esa
haykaltaroshlikdir
1
. Tasviriy san’atning turlaridan biri bo‘lgan, haykaltaroshlik
asarlari borliqdagi hajmga ega bo‘lgan barcha shakllar asosida tasvirlanadi. Mayda
haykalchalardan tortib, park va hiyobonlarga o‘rnatiladigan turli mahobatli
haykallar, yodgorliklar, binolarning devorlariga ishlanadigan releflar, tanga, nishon,
medal kabilarning yuzasidagi bo‘rtma tasvirlar haykaltaroshlik san’atining turli
1
O.N. Mirzayev (2024). Mustaqillik davri o‘zbek haykaltaroshligi va uning xalqaro madaniy munosabatlarda istiqboli. Inter
education & global study, (3 (2)), 8-15.
https://cyberleninka.ru/article/n/mustaqillik-davri-o-zbyek-haykaltaroshligi-va-uning-
xalqaro-madaniy-munosabatlarda-istiqboli
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
134
ko‘rinishlaridir. Haykaltaroshlik asarlari o‘zining ishlatilish joyi, bajaradigan
vazifasi va tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloq va
qabariq ko‘rinishda bo‘ladi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko‘rish
mumkin bo‘lsa, qabariq haykallarni yuzaga bo‘rttirib ishlanganligi sababli faqat bir
tomondan ko‘riladi. Qabariq haykallarni relef deb ataladi. Haykaltaroshlik mehnat
taqsimotining oʻsishi va texnologik taraqqiyot bilan bogʻliq holda, ibtidoiy jamoa
tuzumining parchalanishi davrida yanada rivojlandi. Bu bosqichning eng yorqin
yodgorliklari - skif oltin relyeflari, Nok madaniyatining terrakota boshlari,
odamlarning tipologik hilma-hil yogʻoch oʻyma haykallaridir. Oʻrta Sharq,
jumladan Oʻzbekiston hududida yaratilgan Xorazm, Sugʻd, Baqtriya Sugʻd,
Baqtriya yodgorliklari, Afrosiyob, Xolchayon, Dalvarzintepa, Quvaning mahobatli
haykal va boʻrtma tasvirlari, mayda haykalchalar, amaliy sanʼat buyumlarini
bezashda ishlangan turli badiiy shakllar davrning boy madaniyatidan dalolat berib
turadi. Oʻrta asrlar Sharq mamlakatlarida haykaltaroshlik hamma joyda bir hil
rivojlanmadi. Oʻrta Osiyoning qadimiy haykallari devorga oʻrnatilgan, baʼzan relef,
lekin koʻpincha orqa tomonga oʻrnatilgan hajmli haykallar koʻrinishida uchraydi.
Bu maʼlum darajada asosiy materiallarning kuchining yetarli emasligi bilan
izohlanadi. Asosiy sabab boshqacha, faqat estetik maʼnoda. Sanʼat sintezi qadimgi
va oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo badiiy madaniyatining yetakchi xususiyati edi. Hatto
qadimgi misrliklar ham gipsning xususiyatlarini yaxshi bilib undan meʼmorchilikda
va tibbiyotda keng foydalanishgan. Bizgacha saqlanib qolgan
qadimgi Yunon va Rim gipsli bezaklari oʻsha davrning ajoyib asarlarini ifodaladi va
keyingi meʼmorchilik uslublari uchun mezon boʻldi. Gipsdan yasalgan bareleflar
bugungi kungacha saqlanib qolgan, ulardan hayotdagi syujetli manzaralar, tarixiy
voqealar va oʻsha davr madaniyatini aks ettiruvchi janr eskizlari tasvirlangan.
2
.
Haykaltaroshlik san’ati barcha tasviriy san’at turlaridan farqli, tasvirlar hajmli
ko‘rinishlarda bajariladi.
XX asrning ikkinchi yarmida A.Ivanov, F.Grishchenko
kabi haykaltaroshlar ijodi mahalliy yoshlar - M.Musaboyev, H.Husniddinxo
ʻjayev,
J.Quttimurodov kabi ijodkorlar bilan hamohang tarzda takomillashdi. 1993-yil
avgustida davlatimiz poytaxtining markazida buyuk davlat arbobi, yengilmas
sarkarda Muhammad Taragʻay Bahodir Amir Temurning mahobatli otliq haykali
2
Botir Baxodirovich Xakimov (2023). Turizm va madaniyatning rivojlanishida haykaltaroshlik san’atining hissasi. Science and
Education, 4 (2), 1171-1173.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
135
oʻrnatildi. Realistik uslubda ishlangan ushbu monumentda kuchli plastik harakatlar
koʻzga tashlanadi.
Amir Temurning jo
ʻshqin ichki hissiyoti otning bir oz
badiiylashtirilgan koʻrinishi bilan birlashib, uning kompozitsion tuzilishini yanada
mukammallashtirdi. Haykal shaklan betakror va mayda bezakli unsurlar bilan
boyitilgan. Temurning bu otliq haykali ikki metli tagkursiga oʻrnatilgan boʻlib, unga
“Kuch adolatdadir” hikmati bitilgan.
Ma
’lumki, Ravshan Mirtojiev tomonidan
yaratilgan yodgorliklar orasida, qatagʻon yillarini qurbonlari Abdulla Qodiriy va
Abdulhamid Choʻlpon obrazlari ham alohida oʻrin egallaydi. Abdulla Qodiriyning
ogʻir qismatini xotirlash va abadiylashtirish maqsadida uning yodgorlik qiyofasini
yaratish borasida 1994- yilda oʻtkazilgan tanlovda Ravshan Mirtojiev oʻz loyihasi
bilan ishtirok etdi. Ushbu tanlov haykaltarosh uchun omad keldi. Abdulla Qodiriy
xotirasiga bagʻishlab yodgorlik yaratilishdek sharafli va masʼuliyatli vazifa
haykaltaroshga ishonib topshirildi. Koʻp izlanishlardan keyin haykaltarosh ajoyib
kompozitsiya yaratdi. Haykaltarosh oʻz hissiyotlarini sunʼiy toshga yoʻnish bilan
dastlabki maʼnoli fikrlari bekami-koʻst yodgorlikka muhrladi. Muallifning bu
monumenti uning romantik dunyosini falsafiy mushohadalarga boyligini isbotlovchi
guvoh sifatida Abdulla Qodiriy nomli istirohat bogʻida qad rostladi.
Mustaqilligimizning ezgu intilishlarini teranroq ifodalash, yoshlarimizning
maʼnaviy olamini ezgu fikrlar yordamida rivojlantirish niyatida O‘zbekiston
respublikasi birinchi prezidenti tashabbusi bilan 2005-yil mustaqillik maydonida
Ezgulik arkasi bunyod qilinib, Baxtiyor ona haykali qoʻyildi
3
.
Haykaltaroshlik-bu tasviriy san'atning bir turi, faqat hajmli va shuning uchun his-
tuyg'ularni biroz boshqacha tarzda ifodalaydi. Haykallar bizga aytayotgan narsalarni
idrok etish biz uchun ancha oson, chunki ular boshqa san’at turlariga qaraganda
aniqroq va bizga ko‘proq o‘xshaydi. Ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida
yaratib kelgan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. Biz ma’naviy
qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashni o‘sishidan, xalqning ma’naviy
sarchashmalariga, uning ildiziga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb
hisoblaymiz». O‘zbekistonda yangi ma’naviy g‘oyaviy yo‘nalishlarning
shakllanishi o‘z navbatida, zamo-naviy san’atning barcha sohalariga samarali ta'sir
3
O‘tkir Qudratovich Asrorov (2023). O‘zbekiston haykaltaroshlik san’atida ajdodlarimiz qiyofasini aks ettirish. Science and
Education, 4 (2), 1096-1099.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
136
etdi, ijobiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada
jadallashtirdi
4
.
1-rasm
Taniqli haykaltarosh Yakov Iosifovich Shapiro (1-rasm) - Toshkentdagi
Maksim Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon haykallari, bir qator arxitektura-
haykaltaroshlik ansambllari, xususan, “Kosmonavtlar” metro stansiyasidagi
kompozitsiya va boshqa yodgorliklar ijodkori hisoblanadi. Yakov Iosifovich
Shapiro - haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan haykaltarosh, sanʼat
arbobi (1976). SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi, sovet va rus haykaltaroshi
Mixail Anikushinning shogirdidir. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini
tugatgan (1963). U 1937 yilda Ukrainaning Jitomir viloyati Olevsk shahrida
tug‘ilgan. Ikkinchi Jahon Urushi vaqtida oilasi bilan O‘zbekistonga evakuatsiya
qilingan. Dastlab Marg‘ilonda yashaydi, so‘ngra ota-onasi bilan Toshkentga
ko‘chib o‘tadi. 1944-yilda ortga, vataniga qaytadi va san’at o‘rta maktabida tahsil
oladi. Kiyev san’at bilim yurtini tamomlab, Sankt-Peterburgdagi I.Ye.Repin
nomidagi Davlat akademik rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura institutiga
kiradi. Tahsil olish mobaynida dunyo bo‘ylab safar qiladi. Keyinroq institutdagi
4
Jasvant Baxramovich Annazarov (2023). Xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirishda haykaltaroshlik simpoziumlarining o‘rni.
Science and Education, 4 (4), 779-782.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
137
tahsilini davom ettirgan holda Toshkentga ko‘chib o‘tadi. Uning ijod namunalari
O‘zbekiston, Rossiya, AQSH, Fransiya, Italiya, Isroil, Yaponiya va boshqa
davlatlarda o‘rnatilgan. Toshkentda Yakov Shapiro metroning beshta stansiyasi,
jumladan «Mustaqillik maydoni» va «Buyuk ipak yo‘li» bekatlari uchun pannolar
tayyorladi. Bundan tashqari, haykaltarosh O‘zbekiston poytaxtidagi Maksim
Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Lal Bahadur Shastri,
Botir Zokirov, Buxorodagi Xo‘ja Nasriddin Afandi haykallari muallifi hisoblanadi.
Ijodkor qator arxitektura-haykaltaroshlik
2-rasm. “Mustaqillik maydoni” metro bezakidagi barelef
ansambllari, jumladan, yulduzlar mavzusidagi Ona Zamin, Ikar, Ulug‘bek,
Siolkovskiy, Qirolicha, Gagarin hamda kosmonavt, ikki karra Sovet Ittifoqi
qahramoni Vladimir Jonibekov byusti kompozitsiyasi ustida ishladi
5
.
Shapiro realizmning akademiya oqimiga xos tasviriy va ifoda yoʻllarini
qoʻllab dastgoh va monumental sanʼat sohasida ijod qiladi. “Tamtam” (bronza,
1963), “Yoʻlovchi” (bronza, 1967) va boshqa dastgoh sanʼat asarlari uning ilk
ishlari jumlasiga kiradi. Monumental asarlari: “Shastri” haykali (bronza, granit,
1972, Toshkentda), “Hamid Olimjon” haykali (bronza, granit, 1989, Toshkentda),
“Semurgʻ qush” (1989, AQShning Sietl shahrida), “Shukur Burhonov” byusti
5
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
138
(bronza, 1989, qabri ustiga oʻrnatilgan) va boshqalar. Shapiro ko‘plab respublika
va xalqaro koʻrgazmalar ishtirokchisidir. Asarlari respublika va xorijiy
mamlakatlar muzey va toʻplamlarida saqlanadi.
3-rasm. “Buyuk ipak yo‘li” metro bezakidagi barelef
“Kosmonavtlar” metro bekatining yulduzlar mavzusidagi kompozitsiyasi:
Meʼmoriy bezaklari Kosmonavtika mavzusiga bagʻishlangan. Ichidagi koʻk
sopol Mirzo Ulugʻbek tasvirlari bilan bezatilgan, Undan tashqari, Ona yer,
Valentina
Jonibekov va
hokazo
kosmonavtlarning suratlari bor. Juda mayda shisha yulduzlar bilan bezatilgan shift,
somon yoʻlini eslatadi. 2019-yil 22-noyabr kungi Amerikaning “New York Times”
gazetasi Toshkent metrosiga bag‘ishlangan rangli fotosessiyasida “Toshkent,
Oʻzbekiston poytaxti - bu dunyodagi eng chiroyli bezatilgan metro liniyalaridan
biriga ega boʻlgan shahar”- deb e’tirof etdi. 29 ta bekatining aksariyati mozaikalar
va bareleflar bilan bezatilgan.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
139
4-rasm. “Kosmonavtlar” metro bekati barelef ichiga ishlangan tasvir
5-rasm. “Oybek” metro bekati barelef
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
140
Quyida biz haykaltaroshlik va ob
’ekt-fazoviy muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning
ayrim xususiyatlarini tahlil qilishga, muayyan plastik tendentsiyalarning
hayotiyligini aniqlashga, shahar muhitini insonparvarlashtirish sohasida san’at
asarlari qanday rol o‘ynashini aniqlashga harakat qilamiz. Davom etayotgan
jarayonlarning mohiyatini tushunmasdan, ularni harakatga keltiruvchi qonuniyatlar
va ko‘zlangan maqsadlar haqida tasavvurga ega bo‘lmasdan, biz o‘rganayotgan
muammoni ob’ektiv tahlil qilib bo‘lmaydi. Shahar hayotining ma’naviy tomoni,
uning estetikasi butun jamiyatning diqqat markazida bo‘lishi kerak: aholi, shahar
hokimiyati, arxitektura va san’at.
Mazkur masalaga qiziqish haykaltaroshlarning
hayotni qurish jarayonida ijodiy rolining ahamiyatini oshiradi. Plastik san
’at asarlari
ma’lum bir joyning ruhini ifodalash uchun mo‘ljallangan, ularning shakllari va
materiallarining o‘ziga xosligi makonni estetik jihatdan o‘zgartirish imkoniyatlarini
kengaytiradi, qurilish arxitekturasining atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siriga yordam
beradi, haykaltaroshlikning ayrim janrlari fuqarolarning funktsional ayrim
qatlamlari ehtiyojlarni qondiradi.
Haykaltaroshlik simpoziumlarini yaratish
san
’atida ommaning estetik qarashlari va rassomlarning g‘oyalari o‘zaro bog‘liq
tushunchalardir. Rassomning ijodiy ilhomi, u topgan obrazli va plastik ifoda
vositalari hayot haqiqatidan olingan bo‘lib, uning ijodiga tomoshabin tomonidan
majburiy munosabat va baho berishni anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. O‘tkir Qudratovich Asrorov (2023). O‘zbekiston haykaltaroshlik san’atida
ajdodlarimiz qiyofasini aks ettirish. Science and Education, 4 (2), 1096-1099.
2. Botir Baxodirovich Xakimov (2023). Turizm va madaniyatning rivojlanishida
haykaltaroshlik san’atining hissasi. Science and Education, 4 (2), 1171-1173.
3. O.N. Mirzayev (2024). Mustaqillik davri o‘zbek haykaltaroshligi va uning xalqaro
madaniy munosabatlarda istiqboli. Inter education & global study, (3 (2)), 8-15.
4. Jasvant Baxramovich Annazarov (2023). Xalqaro madaniy aloqalarni
rivojlantirishda haykaltaroshlik simpoziumlarining o’rni. Science and Education, 4
(4), 779-782.
5. V.A.Jukova, L.M Shekotovoy ― Qadimgi Rim‖ ensklopediya M ― Astrel‖
nashriyoti ensklopediya 2008 y.
6. Yusupov Ulug‘bek Kadirovich. (2023). DEVELOPMENT OF STUDENTS’
ARTISTIC SKILLS AND CREATIVE ABILITIES THROUGH THE EFFECTIVE
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
141
MASTERING OF SCULPTURE.
Intent Research Scientific Journal
,
2
(6), 113–
https://intentresearch.org/index.php/irsj/article/view/132
7.
Юсупов, У. Қ. (2014). МЕЪМОРЧИЛИКДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИНГ
ЎТМИШ ВА ЗАМОНАВИЙ АНЪАНАЛАРИ УЙҒУНЛИГИ.
ME′ MORCHILIK
va QURILISH MUAMMOLARI
, 30.
8.
У. Қ. Юсупов (2022). ҲАЙКАЛТАРОШЛИК САНЪАТИНИНГ ҚАДИМГИ
НАМУНАЛАРИНИ ЎРГАТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРДА ЭСТЕТИК
ТАРБИЯНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, 3
(12), 498-505.
9. O‘zbekiston tasviriy san’ati.
http://fayllar.org/kurs-ishi-mavzu-ozbekiston-
10. I.U.Izbasarov. HAYKALTAROSHLIK. Darslik, SamDU tahririy-nashriyot
bo‘limida chop etilgan.
