“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
304
BAXTIYAR GENJEMURATOV IJODIDA LIRIK
QAHRAMON OBRAZI
Aysulıw Keńesova
Kalit so'zlar.
Janr, lirik qahramon, shahsiy uslub, obraz, lirika, ǵoya.
Annotatsiya.
Bu maqolada qoraqalpoq adabiyotining ko'zga ko'ringan namoyondalaridan
biri B.Genjemuratov ijodi va uning lirik asarlaridagi qahramon obrazining anglatilish masalasini
tahlil qildik. Lirik qahramon tushunchasining ózi haqida ham malumotlar keltirib ótildi. Shoir
ijodidagi lirik qahramon obrazi orqali asardan kutilayotgan mazmun-mohiyatning ochib berilishi
haqida malumotlar berildi.
Ключовое слова.
Жанр, лирический герой, личный стиль, образ, лирика, идея.
Lirikqahramon tushunchasi adabiyotshunoslik ilmida ancha vaqtlardan buyon
muhokamali fikrlarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli ham, lirikqahramon tushunchasi bóyicha
kópchilik olimlar óz kózqarashlarini, fikrlarini keltirib ótgan edi.Va bu borada óz fikriga e’ga
V.G.Belinsky óz asarlarida «lirik qahramon» termini bilan emas, «shoirning meni» yoki «subiekt»
deb nomlagan.
Lirik qahramon termini esa eng dastlab rus olimi Yu.N.Tinyanovning 1921-yil A.Blokning
ijodi haqidagi yozgan asarida ishlatiladi. Sóng adabiyotshunos olim V.Nazarenko ózining “Lirik
qahramon tushunchasi haqida” nomli maqolasida «lirik qahramon sherni yozgan shoirga emas,
óylab topilgan boshqa bir subiekt (inson)ga tegishli bólishini» aytib, adabiyotshunoslik ilmida bu
terminning qóllanilishiga butunlay qarshi chiqadi. D.Maksimov, L.Timofeev, M.Baxtin singari
olimlar esa uning fikriga qarshi chiqqan holda bu terminning adabiyotshunoslik ilmida alohida
ahamiyatga ega ekanligini óz ilmiy ishlarida dalillab beradi.
Shuningdek, adabiyotshunos olimlardan biri L.Ginzburg: “Lirika – adabiyotning
umumiylikga intiluvchi óziga hos turi. Lirikada odamning tasvirlanishi umumlashgan bóladi. Lirik
poeziya hamma vaqt ham avtorning ózi haqida, óz tuyǵulari haqida, ózining tóǵridan-togri sózlari
bóla bermaydi, bu – lirik subiektning tashqi muhit bilan boǵliqligi, ularga kózqarashi va bahosi”-
deb yozadi. [3]
Lirik qaharmon obrazi haqida dunyo va rus adabiyotshunosligida sóz etilgan bu kabi fikrlar
juda ham kóp. Shu jumladan, bu termin haqida ózbek adabuyotshunoslaridan I.Sulton: “Lirik
qahramon – lirik asarning ichki tuyǵu kechinmalarini bildirgani bilan, shoirning umumiy jamiyat
uchun qimmatli bólgan óy-fikrlari va tuyǵularini tushunadigan shaxs bólib hisoblanadi” deb
yozadi.[6]
Shu bilan birga, qoraqalpoq adabiyotida ham lirik qahramon obrazi haqida shu kungacha
turli hil ilmiy ishlarda uning mazmun mohiyatini ochib berishga harakat qilingan. Masalan,
Q.Kamalov óz maqolasida: “Bizda bazan lirik qahramonning óylash dizapazoni tor, hayot
haqiqatlari haqida tushunchalari eskirgan bólib keladi” degan edi. Demak, lirik qahramonning
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
305
óylash va fikrlash doirasining tor yoki kengligi birinchi navbatda, shoirning manaviy dunyosiga
boǵliq.
Lirik qahramonlar haqida gab ketganda albatta, «bu lirik qahramon mi yoki avtorning ózi
mi?» degan savol paydo bólishi mumkin. Lirikada kópincha shoirning ózining ichki kechinmalari
beriladi shu sababli ham kópincha shoirni lirik qahramon sifatida qabul qilinadi.Lekin lirikada
berilgan tuyǵularni shoirning hayotidan olingan dep tushinishxato. Shoir ózidan boshqalarning
ham ruxiy holatiga kira olish istedodiga ega va lirik meni orqali kóp odamlarning ichki tuyǵularini,
dartlarini bera oladi.
Qoraqalpoq adaboyotida óz órniga ega bólgan shoir B.Genjemuratovning quyidagi sherida
lirik qahramon shoirning ózi, avtorning ózining umr haqidagi fikrlari keltirilgan, lekin, sherni
óqish jarayonida umumlashgan lirik qahramonning obrazi kóz oldimizda namoyon bóladi.
Masalan:
Qayta kelmes bul ótken kúnler...
Saǵınıshıń menen muńlarıń,
sher siresken ármanlı túnler,
jıljıy berer ǵamlı jıllarıń.
Májnún talday ǵamgún ómiriń,
jasıl japıraq jaysa da áwel,
bul waqıttıń izey kebiri,
ǵarrılıqtıń duzların seber.
Shuningdek, quyidagi qatorlarda sherning tóliq kontekstida ayol haqida sóz bólmoqda.
Shoir shunday mohironalik bilan ayollarga hos his-tuyǵularni, ularning ichki-kechinmalarini
sherga shunchalik singdira olgan. Sherni óqish jarayonida ósha ayolning haddi-harakatlari, holati
kóz oldimizdan ótadi.
Uypa-juypa – túndey dawıllı,
hám tarqalǵan – bulltay tozǵıǵan.
“Meniń baxtım nege jawınlı –
Eleberin bul da az maǵan!...” –
dep sıńsıysań qarap aynaǵa.
Tarqatılǵan shashıń órilmes.
“Shúkir... – deyseń, -daq bar ayda da,
Muńlı nashar jalǵız men emes...”
Poeziyada lirik qahramon obrazini yaratishning badiiy usullari kóp. Ularning biri lirik
qahramonning ijtimoiy-siyosiy xizmatini angaltish orqali badiiy obrazning yangi qirralarini ochib
beradi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
306
Adabiyotshunos olim B.Norboev ham óz ilmiy ishida harqanday asarda mazmun avvalo
shoir qalbida paydo bólib, keyin u ijodkorning lirik qahramonlarining kóngliga ótadi, eng asosiy
ǵoya shu lirik qahramonning obrazi orqali gavdalanadi va lirik qahramonning tipikligi paydo
bóladi”[4]-degan fikrlarini keltirgan. Albatta, harqanday ǵoya dastlab ijodkorning óy-hayollarida
gavdalanadi. Shoir B.Genjemuratovning ham óy-hayollar dengizi shunchalik teran va ajoyib-ki,
sherlarini óqib zavq olasiz kishi.
Shákirtim soraw berdi: - Aqılım lal, ustaz...
Ne degen maǵanadur – filologiya ?..
Men oǵan juwap berdim oylanıp azmaz:
-
Ol –
ádebiylogiya
plyus (+)
tilologiya...
Ómirimniń mazmunı – Ulyalogiya!
Men ushın simvolizm, romantizm.
Quwanıshbayda fakt kóp – Gúwalogiya.
“Logiya”lardan kóp terledim ózim...
Avtorning bu qóshiq qatorlarida uning ajoyib dunyoqarashi va sherni óquvchining
kóngliga yetib borishida óziga hoslikga ega ekanligidan darak beradi.
Yakunlab aytganda, lirikada insonlarning manaviy dunyosi, ósha davrning dolzarb
muammolari, ijtomiy-siyosiy hodisalar, insonning turli hil tuyǵulari, insoniy fazilatlari óz aksini
topadi. Shoir B.Genjemuratov ijodida esa dunyoni anglashga va uni turli hil usullar yordamida
tushuntirishga bólgan intilishlar kuzatiladi. Uning sherlarining mazmun-mohiyatini ochib berishda
lirik qahramonlar obrazining ahamiyati alohida.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ахметов С., Есенов Ж., Жәримбетов Қ. Әдебияттаныў атамаларыныӊ орысша қарақалпақша
түсиндирме сѳзлиги. Нѳкис, Билим, 1994.
2. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Тошкент, «Ўзбекистон», 2002.
3.
Дабылов П. Қарақалпақ поэзиясында лирикалық қаҳарман образыныӊ жасалыў
ѳзгешеликлери. Нѳкис,2018.
4. Норбоев Б. Хаётни поэтик талқинэтиштамойилларивамаҳоратмуаммолари… (60-80-йиллар
ўзбеклирикасимисолида). Фил.фан.докт.дисс… автореф. – Тошкент., 1996.
5. Оразымбетов Қ. Ҳәзирги дәўирдеги қарақалпақ лирикасында көркемлик излениўшилик. Нөкис
«Билим», 1992.
6. Султан И. Адабиётназарияси. Тошкент, Ўқитувчи, 1980.
