Authors

  • Sohiba Kadirberganova
    Urganch davlat universiteti, “Geografiya” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
  • Nodira Sobirova
    Urganch davlat universiteti, “Geografiya” yo’nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.61008

Keywords:

O'rta Osiyo tabiiy geografiya ta'lim metodikasi

Abstract

Ushbu maqola Oliy ta'lim muassasalarida O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish masalasiga qaratilgan. Mavzu doirasida O'rta Osiyo tabiiy geografiyasining ahamiyati, ta'lim jarayonida innovatsion metodlar va texnologiyalarni qo'llash zarurligi, shuningdek, amaliy tadqiqotlar va o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari muhokama qilinadi. Maqola yanada samarali o'qitish metodlarini joriy etish orqali muammolarni hal etishni va talabalar qiziqishini oshirishga qaratilgan ko'rsatmalarni taqdim etadi. 


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

782




OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O’RTA OSIYO TABIIY

GEOGRAFIYASI O’QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN

FOYDALANISH

Kadirberganova Sohiba Uralboy qizi Urganch davlat universiteti,

“Geografiya” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

sohibakadirberganova6971@gmail.com

Sobirova Nodira Jumanazar qizi Urganch davlat universiteti,

“Geografiya” yo’nalishi 2-bosqich talabasi

snodira787@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqola Oliy ta'lim muassasalarida O'rta Osiyo tabiiy

geografiyasi fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish masalasiga qaratilgan.
Mavzu doirasida O'rta Osiyo tabiiy geografiyasining ahamiyati, ta'lim jarayonida
innovatsion metodlar va texnologiyalarni qo'llash zarurligi, shuningdek, amaliy
tadqiqotlar va o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari muhokama qilinadi. Maqola
yanada samarali o'qitish metodlarini joriy etish orqali muammolarni hal etishni va
talabalar qiziqishini oshirishga qaratilgan ko'rsatmalarni taqdim etadi.

Kalit so‘zlar:

O'rta Osiyo, tabiiy geografiya, ta'lim metodikasi, innovatsion

o'qitish, amaliyot, tadqiqot jarayoni

Аннотация:

Данная статья посвящена вопросу совершенствования

методики преподавания естествознания Центральной Азии в высших учебных
заведениях. В рамках темы обсуждается значение естественной географии
Центральной Азии, необходимость использования инновационных методов и
технологий в образовательном процессе, а также практические исследования
и пути повышения эффективности обучения. В статье даны рекомендации по
решению проблем и повышению интереса учащихся за счет внедрения более
эффективных методов обучения.

Ключевые слова:

Центральная Азия, естественная география, методика

обучения, инновационное обучение, практика, исследовательский процесс

Abstract:

This article is devoted to the issue of improving the methodology of

teaching natural science of Central Asia in higher education institutions. The topic
discusses the importance of the natural geography of Central Asia, the need to use


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

783




innovative methods and technologies in the educational process, as well as practical
research and ways to improve the effectiveness of training. The article provides
recommendations for solving problems and increasing the interest of students
through the introduction of more effective teaching methods.

Key words:

Central Asia, natural geography, teaching methods, innovative

teaching, practice, research process

Kirish (Introduction)

Mustaqillik yillarida O'zbekistonning ta'lim tizimi

jiddiy o'zgarishlarga duch keldi. Ta'lim muassasalarida talabalar uchun sifatli bilim
berish maqsadida, O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi fanining ahamiyati yanada o'sdi.
Ushbu maqolada O'rta Osiyo tabiiy geografiyasini o'qitish jarayonining muammolari
va mavjud metodikalar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, innovatsion metodlarni
qo'llash va amaliy o'qitish usullarini rivojlantirishga doir takliflar beriladi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)

O'rta Osiyo tabiiy

geografiyasi fanining o'qitilishi bilan bog'liq ko'plab ilmiy tadqiqotlar amalga
oshirilgan. Shulardan bir nechtasi:

Oʻlkaning tabiati bir butun holida ham, alohida

komponentlari boʻyicha ham chuqur oʻrganila boshlaтdi. Bu borada
N.L.Korjenevskiy, D.V.Nalivkin, S.S.Shults, R.I.Abolin, Yu.A. Skvorsov,
Ye.P.Korovin, D.N.Kashkarov, V.M.Chetirkin, I.A.Raykova, Q.Z.Zokirov va
boshqalar bir qancha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan

asarlar yaratdilar

[1,5,6,7].

20-asrning 2-yarmida ham oʻlka tabiatini kompleks oʻrganish boʻyicha

ishlarning borishi samarali boʻldi. Koʻplab monografik asarlar yaratildi. Ularda
Oʻrta Osiyo tabiatini chuqur tahlil qilish bilan bir vaqtda landshaftlarni xaritaga
tushirish, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik komplekslarni baholash
taraqqiyotini bashoratlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni
muhofaza qilish masalalariga ham katta eʼtibor berilgan. Bunda geograf olimlar
L.N.Babushkin,

N.A.Kogay,

N.D.Dolimov,

M.Qoriyev,

H.H.Hasanov,

Z.M.Akromov,

A.A.Rafiqov,

P.Baratov,

M.Mamatqulov,

M.Umarov,

A.Abdulqosimov, S.Nishonov, H.Vahobov, P.G‘ulomov, Sh.Zokirov, I.Hasanov,
A.Rahmatullayev, S.Abbosov, Yu.Sultonov, A.Mamatov, M.Halimov, R.Halimov,
T.Jumaboyev kabi O‘zbekistonlik geograf olimlarning ishlari diqqatga sazovordir.
Ammo oliy ta’lim muassasalarida O’rta Osiyo tabiiy geografiyasini o’qitish
metodlari bilan to’liq shug’ulanilmagan, faqat ayrim maqolalar yoki Boymirzayev


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

784




K. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar. Namangan 2009.
uslubiy qo’llanmani uchratishimiz mumkin [8].

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

Ushbu tadqiqot

o'qituvchilar va talabalar o'rtasida so'rovnomalar o'tkaziladi, shuningdek, Oliy ta’lim
muassasalarida O'rta Osiyo tabiiy geografiyasini o'qitishda qo'llaniladigan ma’ruza
mashg’ulotlari va amaliy mashg'ulotlarda turli metodlardan foydalanishni o'z ichiga
oladi. Bu metodlar ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish va talabalarni faol
ishtirok etishga rag'batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan. Quyidagi metodlarning
ayrimlari keltirilgan; Interaktiv ta'lim metodlari bu metoddan foydalanganda
talabalar o'rtasida muhokamalar va munozaralar tashkil etish, bu orqali talabalar o'z
fikrlarini erkin ifoda etish va boshqa talabalar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega
bo'ladi. Talabalar kichik guruhlarga bo'linib, ma'lum bir mavzuni muhokama qilish
yoki amaliyot bilan shug'ullanishadi.

Amaliy mashg'ulotlar darslarida geografik xaritalardan foydalanishda

talabalarga amalda geografik bilimlarini qo'llash imkonini beradi. Landshaftlarni
o'rganish va hududiy tadqiqotlar o'tkazish, bu orqali talabalar O'rta Osiyo tabiiy
geografiyasining amaliy jihatlarini o'rganishadi. Talabalar nazariy bilimlarni amaliy
jihatdan o'zlashtirishlari uchun imkoniyat yaratish. Amaldagi ekologik va geografik
muammolarni o'rganish va to'g'ridan-to'g'ri guvohi bo'lish imkoniyatini yaratadi.
Tadqiqot ishini olib borish jarayonida biz quyidagi shakldagi amaliy mashg’ulotlarni
tashkil qildik. Jumladan barcha amaliy mashg’ulot mavzulariga oid dasturlar
asosida tarqatma manbalar yaratildi. Bu jarayon talabalarni guruhlarda ishlash orqali

amalga oshirildi. M

avzularni o’rganishda “Jeopardi”, “Tarsiya” jigsav Pazll

dasturidan foydalaniladi.

“Tarsiya” jigsav Pazl dasturidan barcha dars jarayonlarida qo’llash imkoniyati

mavjud. Tarsiya dasturi asosid tzilgan pazllardan yangi mavzuni o’rganishda, o’tilgan
mavzuni takrorlashda, yangi mavzuni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Faqat
bu pazldan foydalanishda electron dasturlardan foydalanish, kompyuter
savodxonligiga ega bo’lishi lozim. Bu bo’yicha talabalarning barchasida konikma va
malaka shakllantirildi [3,4].

Quyidagi tarzda Mavzular bo’yicha tarsiya Pazllar tuzildi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

785




1-rasm. O’rta Osiyo tuproqlari Tarsiya Pazlli.

Dars jarayonlarida quyidagi tarzda tayyorlangan ishlar amaliyotga tadbiq

qilindi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

786




2-rasm. Amaliy mashg’ulotlarda Tarsiya Pazlldan foydalanish

jarayonlari.

Shuningdek, dars jarayonlarida multimedia va raqamli texnologiyalardan

foydalanilmoqda. Ta'lim jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish. Videolar,
taqdimotlar, interaktiv dasturlar orqali keng bilim beriladi. Online platformalar va
resurslar yordamida masofaviy ta'lim imkoniyatlarini yaratish. Loyiha asosidagi
o'qitish. Talabalar o'zlari muammoni tanlab, uni yechish yo'lida loyiha tayyorlashga
jalb etilishi. Bu metod o'z-o'zini rivojlantirishga va ijodkorlikka turtki beradi [2].

Simulyatsiya va o'yin asosidagi metodlardan foydalanish. O'rta Osiyo tabiiy

geografiyasining muhim jihatlarini simulyatsiya qilish va rolli o'yinlar orqali
o'rgatish. Ayniqsa, o’rganilish tarixi mavzularini amaliy mashg’ulotlarda tadbiq
qilingan. Bu usul talabalarni qiziqtiradi va o'zaro munosabatlarni o'rganishga
yordam beradi.

Ushbu metodlarni birlashtirib, o'qitish jarayonini yanada samarali va qiziqarli

o'tkazish mumkin. O'rta Osiyo tabiiy geografiyasini o'qitish natijasida talabalar
nafaqat nazariy bilimlarga ega bo'ladi, balki amaliy ko'nikmalarini ham
rivojlantiradi. Oliy ta’lim muassasalarida o'tkazilgan amaliy mashg'ulotlar va
seminarlar tahlil qilinadi.

Tadqiqot davomida, O'rta Osiyo tabiiy geografiyasini o'qitish sifatini baholash

uchun ko'plab faktlar yig'iladi va tahlil qilinadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

787




Tahlil va natijalar (Analysis and results)

Tadqiqot natijalari shuni

ko'rsatdiki, O'rta Osiyo tabiiy geografiyasini o'qitish jarayonida ko'plab muammolar
mavjud: ta'lim dasturlarida fanning kam o'rin egallashi, an'anaviy o'qitish
metodlarining afzalligi, amaliy mashg'ulotlarga e'tiborning yo'qligi. O'qituvchilar
innovatsion metodlardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.
Shuningdek, talabalar o'z bilimlarini amalda qo'llashda muammolarga duch
kelishmoqda. Bu esa O'rta Osiyo tabiiy geografiyasini o'qitish sifatini pasaytiradi.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).

Ushbu tadqiqot

natijalari O'rta Osiyo tabiiy geografiyasini o'qitishni takomillashtirish zarurligini
ko'rsatmoqda. Birinchi navbatda, ta'lim dasturlarida ushbu fanning o’qitish
metodlari ustida ish olib borish, amaliy mashg'ulotlar va tadqiqotlarni
rag'batlantirish lozim. Innovatsion o'qitish metodlarini joriy etish, talabalarni faol
ishtirok etishga majbur qilish va ularni amaliy tajribalar bilan ta'minlash muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)

1. Баратов П.P, Маматқулов M, Рафиқов A. Ўрта Осиё табиий

географияси. Дарслик. Тошкент “Ўқитувчи” 2002.

2. Boymirzayev K. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar.

Namangan 2009.

3. Xudayberganovna M. S., Olimboyevna O. I. MAKTAB O

‘QUVCHILARIDA

WORDWAll

DASTURIY

O’YIN

METODIDAN

FOYDALANISH

ASOSIDA

GEOGRAFIK

BILIMLARNI

TAKOMILLASHTIRISH //Konferensiyalar| Conferences. – 2024. – Т. 1. – №. 11.
– С. 318-322.

4. Matsaidova S. X., Raximova I. U. B. Q. Materiklar va okeanlar tabiiy

geografiyasi kursini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari
//Science and Education. – 2023. – Т. 4. – №. 3. – С. 422-425.

5. Korjenevskiy N.L., Priroda Sredney Azii, T., 1960.
6. Qoriyev M., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, 1968.
7. Hasanov I.A., Gʻulomov P. N., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.
8.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Geografiya


References

Баратов П.P, Маматқулов M, Рафиқов A. Ўрта Осиё табиий географияси. Дарслик. Тошкент “Ўқитувчи” 2002.

Boymirzayev K. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar. Namangan 2009.

Xudayberganovna M. S., Olimboyevna O. I. MAKTAB O ‘QUVCHILARIDA WORDWAll DASTURIY O’YIN METODIDAN FOYDALANISH ASOSIDA GEOGRAFIK BILIMLARNI TAKOMILLASHTIRISH //Konferensiyalar| Conferences. – 2024. – Т. 1. – №. 11. – С. 318-322.

Matsaidova S. X., Raximova I. U. B. Q. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari //Science and Education. – 2023. – Т. 4. – №. 3. – С. 422-425.

Korjenevskiy N.L., Priroda Sredney Azii, T., 1960.

Qoriyev M., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, 1968.

Hasanov I.A., Gʻulomov P. N., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.