“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
252
TA’LIM NATIJALARI SIFATINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARIDAN MATEMATIKA FANIDA SAMARALI
FOYDALANISH METODIKASI
Yunusova Gulnoza Abduxalikovna
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Tabiiy fanlar kafedrasi professori, PhD, dotsent
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta’limiy natijalar sifatini baholashda
innovatsion vositalar sifatida bilimlar sifatini baholashning bugungi kundagi
ommalashgan reyting tizimi, test, o‘quv portfoliosidan foydalanish, undagi
kamchiliklarni bartaraf etishga berilgan takliflar haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, ta’lim oluvchilar, tizim, shakllangan, rivojlangan, baho,
nazorat, bilim, ko‘nikma, malaka, bilim sifatining nazorati.
Ma’lumki, Mustaqilligimizdan avvalgi ta’lim davrida shakllangan ta’lim
oluvchilarni an’anaviy baholash tizimi ta’lim natijalarini nazoratida katta tajriba
bo‘lgan edi, biroq u o‘zining tashkiliy va texnologik xususiyatlariga ko‘ra
jamiyatning ehtiyojlarini qondira olmaydi. Uning natijalaridan ta’lim sifatini
boshqarish imkoniyatini beruvchi obyektiv miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari
bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun foydalanib bo‘lmaydi. Har bir pedagogda o‘ziga
xos baholash tizimi bo‘lishi kerak. Bu tizim turli ta’lim maqsadlariga mos vosita va
uslublarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, o‘qituvchini doimiy ravishda ta’lim
oluvchilarning yutuqlari, bilimlarni egallaganlik darajasi va bilimlari sifatini nazorat
qilishi lozim.
Matematika fani bo‘yicha ta'lim sifatini baholash zamonaviy texnologiyalar
yordamida ancha samarali va tizimli ravishda amalga oshirilishi mumkin. Buning
uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar, baholash tizimlari va interfaol
vositalardan foydalangan holda ta’lim sifatini doimiy ravishda monitoring qilish
mumkin.
L.N. Savina, Т.V. Kerjensevа fikrlaricha nazoratning asosiy funksiyalari
quyidagilardan iborat:
1)
tekshiruvchi – ta’lim oluvchi tomonidan materialni, ko‘nikma va
malakalarni, ularning ta’lim standartlariga mosligini aniqlashga qaratilgan;
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
253
2)
o‘rgatuvchi – umumlashtirish, tizimlashtirish, yangi vaziyatga tatbiq
etishga yo‘naltirilgan;
3)
rivojlantiruvchi – ijodiy qobiliyatlar, nutqni rivojlantirish; xotira,
e’tibor, taassurot, iroda, fikrlashni shakllantirishni nazarda tutadi;
4)
ijtimoiy – talabaning ta’lim jarayonida aniq maqsadga erishishiga
qaratilgan;
5)
aksiologik – mas’uliyatni tarbiyalashga, ongli tanlovni shakllantirishga
yo‘naltirilgan;
6)
diagnostik – talabaning bilimidagi bo‘shliqlar va uni keltirib
chiqaruvchi sabablar haqida axborot beradi;
7)
prognostik – kelajakdagi rivojlanish modelini yaratishga yordam
beradi.
Bugungi kunda ta’limiy natijalar sifatini baholashda innovatsion vositalar
sifatida bilimlar sifatini baholashning reyting tizimi, test, o‘quv portfoliosidan
foydalanishadi. Bu baholash tizimlari texnologiya darajasida ishlab chiqilganligi
ahamiyat kasb etadi [1].
Hozirda ma’lumki, pedagoglar bilimlarini sinash uchun 100-200 ta savollardan
iborat testlardan foydalanilib kelinmoqda (masalan, Pedagog kadrlar malakasini
oshirish tarmoq markazlari, OTM lardagi pedagoglarning ichki nazoratida va h.k.).
Bu - yaxshi tayyorgarlik darajasini talab etuvchi jiddiy tekshiruv hisoblanadi.
Albatta, test metodi keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, o‘zining kamchiliklariga
ham ega. Bulardan biri - faraz qilish imkoniyati, shuningdek, ta’lim oluvchilar
faqatgina javoblar kalitini yoki raqamini ko‘rsatishadi, bunda yechim yoki yechish
jarayoni, shuningdek, bilim darajasi ko‘rinmaydi. Shu bilan birga, testni tuzishda
elementar psixologik funksiya – tanishga qaratilgan bo‘lib, u ijro etish funksiyasidan
ancha soddaroq.
Keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda, test [2] orqali ta’lim oluvchilarning
bilim, ko‘nikma va malakalari nazoratini joriy nazoratda baholashda foydalansak
bo‘ladi deb xulosa qilamiz, ya’ni reyting va test tizimining kolloboratsiyasini misol
tariqasida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, matematika mashg‘ulotlarida aniq mavzular
bo‘yicha quyidagicha na’munani keltirishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
254
1-jadval
Bu yerda 5ta savolga mos to‘g‘ri javoblar chalkashtirib berilgan bo‘lib, bu
metoddan ta’lim oluvchilar bilimlarini faollashtirishda, BKM nazoratini o‘tkazishda
keng foydalanish mumkin.
Progressiv metodlarga yana – bilim, ko‘nikma va malakani baholashning
reyting metodini yuqorida sanab o‘tdik. Reytingni tatbiq etish - o‘quv jarayonini
tashkil etuvchi va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi tizim hisoblanadi [3].
Bilimni baholashning reyting tizimi – talabalarning o‘zlashtirish darajasiga,
ta’lim jarayoni va uning natijalariga qiziqishini shakllanishiga ta’sir etuvchi; ball
chegaralarini kengaytirib, uning muhimligini oshiruvchi; ta’lim oluvchilarning
o‘zlarini o‘rtacha ball va reytinglarini oshirishga faol ishtirok etishlarini o‘z ichiga
oluvchi ahamiyatli usullardan biri.
Quyida reyting tizimida baholash uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan metodga
misol keltirib o‘tamiz [4]:
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
255
2-jadval
Bu Freym texnologiyasining bir metodi bo‘lib, bo‘sh kataklar – Baliq skeletini
to‘ldirishda ta’lim oluvchi Blum taksonomiyasining barcha bosqichlaridan o‘tadi va
mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv va aniq tushuncha haqidagi tasavvuri oshadi [5].
Yana bir keng tarqalib borayotgan ta’lim texnologiyasi “Portfolio” deb
nomlanadi. “Portfolio” texnologiyasi – ta’limning ma’lum bir davrda ta’lim
oluvchining individual ta’limiy natijalarini aniqlash, to‘plash va baholash usuli.
“Portfolio” turli faoliyat ko‘rinishlaridagi natijalarni e’tiborga olish imkoniyatini
beradi: o‘quv, ijodiy, ijtimoiy, kommunikativ. Bu texnologiyadan foydalanishning
dolzarbligi shundaki, “Portfolio” materiallari bir yil emas, butun ta’lim davrida
yig‘ib boriladi. U ta’limiy natijalarni ta’lim oluvchining o‘quv, ijodiy, ijtimoiy va
boshqa faoliyatlari davomida yaratilgan mahsulotiga qarab baholash shakllaridan
hisoblanadi. Shunday ekan, “Portfolio” texnologiyasi kompetentli-yo‘naltirilgan
ta’limning maqsad, vazifa va g‘oyasiga mos keladi [6].
Ma’lumotlarga ko‘ra [7], portfolio G‘arbda juda mashhur bo‘lib, “portfolio”
so‘zining o‘zi uyg‘onish davrida vujudga kelgan: italiyalik arxitektorlar
buyurtmachining sudiga qurilish loyihalaridan iborat olib kelgan papkalarini
shunday nomlaganlar. Bizning davrni olib qaraydigan bo‘lsak, biz portfolio deganda
fotorassom yoki fotomodelning mohirligini ko‘rsatuvchi rasmlar albomini
tushunamiz. 60-yillardan esa Amerika pedagogikasida ta’lim oluvchilarning
individual o‘quv yutuqlari papkasini portfolio deb tushuna boshlashdi. U referatlar,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
256
insholar, esse, masalalar yechimi – ta’lim oluvchining aqliy va ruhiy rivojlanganlik
darajasini ko‘rsatib beruvchi barcha ishlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Portfolio tarafdoshlari fikricha, u faqatgina baholash vositasi yoki ta’lim
oluvchining o‘quv ishlari jamlanmasidan iborat emas, balki nisbatan kattaroq ish
bo‘lishi kerak. Bu – o‘qitish va o‘qish jarayonini, madaniyatini zamonaviy
tushunishni ifodalovchi ta’limga yangicha yondashuv, yangicha ishlash vositasi.
Shunday tushunchadagi portfolio g‘oyasi portfolio atrofida o‘qituvchi va talabaning
o‘zaro ta’siri tubdan o‘zgargan o‘quv jarayonini shakllantirishni nazarda tutadi, eski
ta’lim maqsadlariga erishishning yangi maqsad va uslublari vujudga keladi.
G‘arbda portfolioning taniqli ekanligining sababi - ko‘p pedagoglarning g‘arb
ta’lim tizimida an’anaviy hisoblanuvchi bilim va ko‘nikmalarni tekshirish nazoratini
testdan foydalanib o‘tkazish amaliyotiga negativ munosabatda ekanliklaridadir.
O‘qituvchilar fikricha, testlar ta’lim oluvchilar ko‘nikmalari haqida adekvat xulosa
bermaydi va bo‘lajak mutaxassisning professional darajasi haqida hukm chiqarish
imkoniyatini bermaydi. Testlar (hattoki qo‘shimcha ijodiy topshiriqlar bilan berilsa
ham) aynan kompetentlilikni tekshirish, haqiqiy hayotiy muammolarni yechish,
noodatiy fikrlash qobiliyatini namoyon etish, asl ijodiy yondashuv uchun to‘g‘ri
kelmaydi. Portfolio esa, nafaqat ta’lim oluvchining nimani bilishini, balki uning bu
narsaga qanday kelganligini aniqlashga, o‘qituvchi va ta’lim oluvchini dialogga
kirishishiga olib keladi. Shu bilan birga, ta’lim oluvchi o‘z portfoliosiga nimani
kiritishini o‘zi hal qilishi muhim, ya’ni o‘z yutuqlarini baholash malakasini egallab
boradi. AQSHning ba’zi maktablaridagi imtihonlar komissiyaga portfolioni taqdim
etish va vujudga kelgan savollarga javob berish tariqasida o‘tkaziladi.
Bunda portfolio uchun taqdim etiladigan hujjatlarga masalan, quyidagilar taklif
etiladi:
-
aniq bir kursni o‘qish davomida yozilgan eng yaxshi uchta ishni tanlash;
-
kurs boshi, o‘rtasi va yakunidagi ishlarni tanlash;
-
aniq malakalarini yuqori darajada ko‘rsatib beruvchi ishlarni tanlash;
-
sanab o‘tilgan ishlar turidan bittadan ishni tanlash (masalan: matn tahlili;
esse; ilmiy maqola; o‘z kursdoshi ishiga taqriz va h.k.) [7].
Matematika fani bo‘yicha ta'lim sifatini baholashda zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish ta'lim jarayonining sifatini yaxshilash, talabalar
motivatsiyasini oshirish va ularning
matematik fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga yordam beradi.
Hozirda butun Oliy ta’lim tizimida baholashni
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
257
portfolio texnologiyasi orqali amalga oshirish imkoniyati yo‘qligi (masalan, moddiy
ta’minot tanqisligi yoki mos dastur, platformalarning 24/7 ishlashida nosozliklar
mavjud ekanligi) sababli, yuqorida keltirib o‘tilgan ta’lim oluvchilarning bilim,
ko‘nikma va malakalari sifati nazoratini o‘tkazishda reyting va testlarni portfolio
texnologiyasi bilan birgalikda amaliyotga tatbiq qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
ADABIYOTLAR:
1.
Л.Н. Савина, Т.В. Керженцева. СОВРЕМЕННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ
ОЦЕНКИ КАЧЕСТВА ОБЩЕГО ОБРАЗОВАНИЯ./ МОНИТОРИНГ И
ОЦЕНКА КАЧЕСТВА ОБЩЕГО ОБРАЗОВАНИЯ: РЕГИОНАЛЬНЫЙ
ОПЫТ. Сборник методических материалов. Белгород, 2021. – С. 42-43.
2.
G.A. Yunusova. THE TEST AS A QUALIMETRIC TOOL TO ASSESS
THE QUALITY OF STUDENTS’KNOWLEDGE/ Educational Research in
Universal Sciences, 2023. – P. 112-116.
3.
Бондарь М.А. Использование фреймового подхода на уроках
математики как условие развития познавательных универсальных
учебных действий// Молодой ученый, 2017. - №2. - С. 571-574.
4.
D.I. Yunusova, G.A. Yunusova. POINT-RATING SYSTEM FOR
QUALIMETRY/ Educational Research in Universal Sciences, 2023, V2 . – P. 1038-
1042.
5.
G. Yunusova MONITORING THE RESULTS OF STUDENTS'
COLLABORATIVE LEARNING - Science and innovation, 2023. – P. 294-297.
6.
Т. Г. Новикова. «Портфолио» – новый и эффективный инструмент
оценивания / Т. Новикова, Т. Пинская, А. Прутченков // Директор школы. –
2008, № 2. – С. 32-35.
7.
В.А. Богословский и др. МЕТОДИЧЕСКИЕ РЕКОМЕНДАЦИИ ПО
ПРОЕКТИРОВАНИЮ ОЦЕНОЧНЫХ СРЕДСТВ ДЛЯ РЕАЛИЗАЦИИ
МНОГОУРОВНЕВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОГРАММ ВПО ПРИ
КОМПЕТЕНТНОСТНОМ ПОДХОДЕ. М.: Изд.-во МГУ. – 2007. – С.83-84.
