Authors

  • Gulnoza Yunusova
    QK Akademiyasi professori, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.81925

Keywords:

blended learning flipped auditoriya o‘qitish mustaqil vazifa kursant texnologiya usul jarayon.

Abstract

Ushbu maqola bugungi kundagi dolzarb va samarali natijaga olib keluvchi – kursantlar yangi materialni o‘qituvchi ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotda taqdim etishidan oldin o‘rganadigan “Flipped learning” texnologiyasi va uni ehtimollar nazariyasida qo‘llash metodikasiga bag‘ishlangan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

547




EHTIMOLLAR NAZARIYASIDA “FLIPPED LEARNING”

TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Yunusova Gulnoza Abduxalikovna

QK Akademiyasi professori, PhD

Annotatsiya.

Ushbu maqola bugungi kundagi dolzarb va samarali natijaga

olib keluvchi – kursantlar yangi materialni o‘qituvchi ma’ruza yoki amaliy
mashg‘ulotda taqdim etishidan oldin o‘rganadigan “Flipped learning”
texnologiyasi va uni ehtimollar nazariyasida qo‘llash metodikasiga bag‘ishlangan.

Kalit so‘zlar:

blended, learning, flipped, auditoriya, o‘qitish, mustaqil,

vazifa, kursant, texnologiya, usul, jarayon.


Вlended Learning texnologiyasining turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ushbu

maqolada hozirgi kunda keng ommalashib borayotgan “Flipped learning -
an’anaviy o‘qitish jarayonini o‘zgartirish va uy vazifasi bilan auditoriya ishining
maqsadini o‘zgartirishga intilish” [1; 207-208-b.] haqida mulohaza yuritamiz.

"Flipped learning" texnologiyasi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, mualliflar

haqida qisqa to‘xtalib o‘tishimiz zarur. Ushbu texnologiyaning mualliflari kimyo
o‘qituvchilari Aaron Sams va Jonathan Bergmann (AQSh). 2008-yilda ular
ma’ruzalarini videroliklar ko‘rinishida yozib, talabalariga uy vazifalarini bajarish
uchun taklif qila boshladilar. "Flip Your Classroom. Reach Every Student in Every
Class Every Day" (Sinfingizni aylantiring. Har kuni har darsda har bir o‘quvchiga
murojaat qiling) nomli kitoblarida ushbu texnologiyaning xususiyatlari va uning
imkoniyatlarini bayon qilganlar [2; 1-b.]. 2010-yilda AQShning Detroyt
shahridagi Clintondale High School birinchi "Flipped classroom"ga aylandi, ya’ni
"Flipped learning" texnologiyasining tamoyiliga to‘liq o‘tdi.

Ushbu yondashuvga asosan, talabalar uyda o‘quv axboroti (bo‘lim, modul,

mavzu) mazmunini mustaqil ravishda o‘rganadilar, video ma’ruzalarni yoki video
izohlarni tomosha qiladilar, so‘ngra o‘qituvchining ko‘magi va yordami bilan o‘quv
mashg‘ulotida o‘rganilgan material muhokama qilinadi va amaliy topshiriqlarni
bajarish va olingan ma’lumotlarni tahlil etishda qo‘llaniladi. Uyda nima qilish kerak
bo‘lsa, bu texnologiyada auditoriyada va aksincha amalga oshiriladi. Shu jarayon


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

548




kursantlar tomonidan hama amalga oshirilishi mumkin. Keling, shu haqida
mulohaza yurib ko‘raylik.

“Flipped learning” - “ilgarilangan” mustaqil ish bilan bir qator o‘xshashliklarga

ega, bunda kursantlar yangi materialni o‘qituvchi ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotda
taqdim etishidan oldin o‘rganadilar. Asosiy farq shundaki, “ilgarilangan” mustaqil
ishda kursant auditoriyadan tashqarida kognitiv-qidiruv yoki ijodiy faoliyatni
mustaqil ravishda amalga oshiradi, “Flipped learning”da esa kursant kompyuter
texnologiyalaridan foydalangan holda yangi materialni o‘rganadi va o‘qituvchi bu
jarayonni (video orqali tushuntirish, nazorat savollari) boshqaradi [2; 3-b.].

“Flipped learning”ni amalga oshirishning turli usullari mavjud, ammo ularning

barchasi bitta asosiy tamoyilga asoslanadi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish auditoriyadan
tashqarida amalga oshiriladi, amaliyot va qo‘llash auditoriyada amalga oshiriladi.
Shu tarzda, kursantlar o‘qituvchining rahbarligida auditoriyada yanada murakkab
kognitiv faoliyatni talab qiladigan topshiriqlarni bajarishadi. Bunday holatda o‘quv
mashg‘ulotida o‘qituvchining oldida turgan vazifa - mavzuning mazmunini bayon
qilish emas, balki kursantni uning asosiy yoki qiyin jihatlariga yo‘naltirish va uning
amaliy kognitiv faoliyati jarayonini faollashtirishdir [2; 4-b.]. Matematika fanida bu
texnologiyani qanday tatbiq etish mumkin? Yuqoridagi qoidalarni asos deb olsak,
matematika fani, jumladan nomutaxassis yo‘nalishlaridagi oliy matematika fanida
ixtiyoriy mavzuga ushbu texnologiyani samarali qo‘llab, yuqori natijalarga erishish
mumkin. Xususan, ehtimollar nazariyasi mavzusinining nazariy qismi kursantlar
tomonidan mustaqil o‘zlashtirilgan holda, auditoriyada ushbu nazariy ma’lumotlarni
mustahkamlash, vujudga kelgan muammolarni muhokama qilish, bartaraf etish,
amaliy masalalarda ko‘rib chiqish ahamiyatga molik [3]. Quyida keltirilgan 1-
jadvalda kursantlar tomonidan o‘zlashtirilgan tushunchalarning nazoratini
o‘tkazishda foydalanish mumkin bo‘lgan samarali metod T-jadval keltirilgan.
Kursantlar olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash yuqorida ta’kidlanganidek,
auditoriyadagi mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.







background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

549




1-jadval

“Flipped learning”dan foydalanish uchun bir nechta sabablar mavjud.

Birinchidan, u materialni yaxshiroq tushunishga yordam beradi, o‘qituvchi va
boshqa kursantlar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi, tanqidiy fikrlashni
rivojlantiradi (2-jadval) va uni o‘quv jarayonining tabiiy qismiga aylantiradi [4].
Ikkinchidan, ushbu modelni qo‘llashda auditoriya vaqti oqilona sarflanadi.














background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

550




2-jadval

“Flipped learning”ni samarali amalga oshirish uchun ma’lum bir davriylik

qo‘llaniladi: o‘quv video, interfaol auditoriya ishi, kuzatish - teskari aloqa - baholash
[2]. Har bir bosqich qo‘shimcha o‘rgatuvchi va nazorat materiallarini ishlab
chiqishni talab qiladi.

O‘quv mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun kursantlar mustaqil ta’lim

vaqtida o‘qituvchilarning sharhlari yoki savollari va darslikdagi tushuntirishlarni
ko‘rish uchun qulay vaqtda o‘zlarining video darslarini tomosha qilishadi. O‘quv
mashg‘ulotida o‘qituvchi amaliy topshiriqlar va zarur qo‘shimcha materiallarni
beradi. Topshiriqni bajarish jarayonida kursantlar yakka, juftlikda yoki guruh bo‘lib
ishlaydilar, o‘qituvchi esa kursantlar faoliyatini kuzatib, materialni o‘zlashtirishdagi
asosiy qiyinchiliklarni aniqlaydi, murakkab fikrlarni tushuntiradi va kursantlarning
ishini baholaydi. Misol tariqasida, oliy matematika fanida ehtimollar nazariyasi
bo‘limidagi asosiy nazariy tushunchalar, asosiy xossa va teoremalarni kursantlar
mustaqil o‘zlashtirishlariga imkon berib, auditoriyada ularning bilimlarini
faollashtirib, amaliy kreativ ko‘nikmalarini shakllantirishga erishish mumkin,
quyida bu jarayonni amalga oshirish uchun misol keltiriladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

551




3-jadval


Ko‘pincha videodarslar “Flipped learning”da asosiy rol o‘ynaydi, ammo bu

“shart” degani emas, chunki “Flipped learning”ning asosiy maqsadi - kursantlarga
turli ko‘nikmalarni shakllantirishda samarali yordam berishdir. Videodarslar ushbu
o‘quv modelining eng jozibali qismidir, ammo o‘qituvchi kursantlarga bilimlarni
izlashning boshqa usullaridan foydalanishni tavsiya etishi mumkin: veb-saytlarni
ko‘rish, mavzu bo‘yicha ma’lumotlar qidirish, so‘rovnomani to‘ldirish, taqdimot
yaratish va h.k.

Boshqacha qilib aytganda, ushbu yondashuvda kursant mashg‘ulotning

markazida: auditoriyadagi topshiriqlar mustaqil ta’limda olingan bilimlarni qo‘llash
va materialni o‘zlashtirishda muammoli joylarini aniqlashga qaratilgan, kursantga
o‘rganilayotgan masalalarni chuqurroq o‘rganish va o‘qituvchining ko‘magida
murakkab materialni o‘zlashtirish imkoniyati beriladi [5]. O‘qitish uchun
javobgarlik o‘qituvchiga emas, balki kursantga yuklanadi: kursantlar materialni
o‘zlashtirish jarayonini, uning tezligini, natijalarni baholash jarayonini nazorat
qilishlari mumkin, ya’ni ular o‘rganish jarayonini o‘zlari tugatadilar.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

552




ADABIYOTLAR:

1.

Fayziyeva, M.R. (2018). Implementation of blended learning technology

into learning process. ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (66), 206-209.

2.

Bergmann J., Sams A. Flip Your Classroom. Reach Every Student in

Every Class Every Day. ASCD, ISTE, 2012.

3.

Аrtikova G.A. Methodology of lessons of generalization and repetition

in mathematics on the basis of active learning // Sciense and Education a New
Dimension. Pedagogy and psychology. – Budapest, 2017. V(60). Issue135. - Р. 11-
14 (GIF 0.787).

4.

Marshall H. Three reasons to flip your classroom // Bilingual Basics.

August, 2013. URL: http://newsmanager.commpartners.com/ tesolbeis /issues/
2013-08-28/6.html.

5.

Artikova G.A. Integration of “flipped learning” technology and technology

of full assimilation in the process of practical lessons of mathematics// International
Scientific Journal. Theoretical & Applied Science. Philadelphia, USA. Year: 2019
Issue: 10 Volume: 78. - P.343-350.

References

Fayziyeva, M.R. (2018). Implementation of blended learning technology into learning process. ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (66), 206-209.

Bergmann J., Sams A. Flip Your Classroom. Reach Every Student in Every Class Every Day. ASCD, ISTE, 2012.

Аrtikova G.A. Methodology of lessons of generalization and repetition in mathematics on the basis of active learning // Sciense and Education a New Dimension. Pedagogy and psychology. – Budapest, 2017. V(60). Issue135. - Р. 11-14 (GIF 0.787).

Marshall H. Three reasons to flip your classroom // Bilingual Basics. August, 2013. URL: http://newsmanager.commpartners.com/ tesolbeis /issues/ 2013-08-28/6.html.

Artikova G.A. Integration of “flipped learning” technology and technology of full assimilation in the process of practical lessons of mathematics// International Scientific Journal. Theoretical & Applied Science. Philadelphia, USA. Year: 2019 Issue: 10 Volume: 78. - P.343-350.