“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
263
ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI FANINI
O‘QITISHNING RAQOBATBARDOSH HARBIY KADRLARNI
TAYYORLASHDAGI O‘RNI
PAZILOVA SHOXIDA ABDULBASITOVNA
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi dotsenti, PhD
ANNOTATSIYA
.
Ushbu
maqolada
elektrotexnika
va
elektronika
asoslari
fanidan
mashg‘ulotlarni tashkillashtirishning bugungi holati tahlil qilib chiqilgan.
Shuningdek, tayyorlanayotgan kadrlarning sifatini rivojlantirish ta’lim tizimining
muhim vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Zamonaviy texnologiyalar
asosida tashkil etish va shu orqali ta’lim oluvchilarning mustaqil fiklash hamda
ijodiy qobiliyatlarini maqsadga mufofiqligi aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
elektrotexnika, innovatsion texnologiyalar, maqsad, kasbiy
tayyorgarlik, o‘quv jarayoni, metod, samaradorlik, integratsiya, pedagogik
texnologiya.
KIRISH
Ta’lim tizimining barcha yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ozgarishlar,
o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, unga ta’lim berish jarayonini sifat jihatdan
takomillashtirishni taqozo etmoqda. Hozirgi vaqtda ta‘lim tizimidagi eng muhim
vazifalardan biri jahon andozasiga mos yetuk va raqobatbardosh, fikri yuksak va
tasavvuri boy bo ‘lgan yosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Shu sababli ta‘lim
jarayoni ham mazmun, ham uslub jihatdan o‘zgacha ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro miqyosda oliy harbiy ta’lim mazmunini, ayniqsa elektrotexnika va
elektronika asoslari fanining mazmunini takomillashtirish, zamonaviy ta’lim
texnologiyalari asosida o‘qitish orqali, harbiy texnika va texnologiyalar bo‘yicha
malakali mutaxassislarni tayyorlash, elektrotexnika va elektronika fanining erishgan
yutuqlaridan harbiy sohada qo‘llanishi kabi fanning amaliy jihatlari bilan
qurollantirish borasida keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Zamonaviy jangning asosiy xususiyatlari unda elektron hisoblash
texnikasidan foydalanishdan, jangni boshqarishda murakkab radiotexnik
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
264
vositalarning qo‘llanilishidan, asosiy qurollarni boshqarishni avtomatlashtirishdan
iborat. Zamonaviy harbiy texnika tobora ko‘proq elektron asboblar va apparatlar
bilan jihozlanmoqda. Bularning barchasi esa elektronikaning rivojlanishi bilan
bog‘liq.
Mamlakatimizda ham harbiy ta’lim sohasiga zamonaviy bilim va ilg‘or
xorijiy tajribalarni keng joriy etish orqali kelgusi taraqqiyoti va uning buyuk
davlatga aylantirishda bo‘lajak vatan himoyachilarini intellektual salohiyatini
yuksaltirish, ta’lim - tarbiya ishlarini takomillashtirish, shuningdek, ularni
zamonoviy ilm - fan, madaniyat, texnika, texnologiya yutuqlari bilan muntazam
ravishda tushuntirib borish muhim ahamiyat kasb etayotganligiga katta e’tibor
qaratilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarni
rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan
ta’lim-tarbiya tizimi amal qilishi, kursantlarda o‘qish hamda o‘rganishga qaratilgan
faoliyatning shakllanishida, har bir o‘quv fani bo‘yicha bo‘lgan bilimlarni egallash
jarayonida ularning ongi, tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur o‘z
xarakteriga ko‘ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirish natijasida
vujudga kelgan ong va tafakkur bo‘lib, kursantlarning jadal tarzda taraqqiy etishini
ta’minlaydi.
Elektrotexnika va elektronika asoslari fannini o‘qitishda tashkil etishda ayrim
muammolar mavjud. Tahlillardan, oliy harbiy ta’lim tizimida kasbiy malakaning
hoziri zamon talablariga to‘la javob beraolmasligi, o‘zaro raqobatning yo‘qligi,
elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitish muammolariga oid
tadqiqotlarni rivojlantirish, ularning natijalarini mustaql yecha olish tajribasiga
asoslangan kasbiy malaka va ko‘nikmalarga yetarli darajada ega emasligi, bu
faoliyatlarni shakllantirishga oid mashg‘ulotlar asosan tanishtiruv xarakteriga
eganligi, ko‘pincha mutaxassislar ishlab chiqarishni yaxshi bilmasligi hamda o‘z
kasbiy faoliyatini takomillashtirish, zamonaviylashtirishga astoydil qiziqishni
namoyon qilmasligi kabilar ma’lum bo‘ldi.
Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tganlaridek, armiyamizni zamonaviy turdagi qurol-
yarog‘ va harbiy texnika bilan qurollantirish o‘ta muhim vazifa bo‘lib, aynan
shuning hisobidan armiyamizning tezkorligi va harakatchanligi, zarur jangovar
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
265
qudratini ta’minlash mumkin. Avvalo, armiyamizni zamonaviy jangovar texnikalar,
razvedka va kuzatuvning elektron tizimlari, nishonni yuksak darajada aniq uradigan,
tezkor qurollar, samarali aloqa vositalari, shuningdek, yakka tartibda va guruhlarda
qo‘llaniladigan ishonchli himoya vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor
qaratish zarur.
Shunday ekan, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi uchun yetuk
mutahassislarni tayyorlashda, elektrotexnika va elektronika asoslari fanini yangi
texnika va texnologiyaning yutuqlari bilan tanishtirishni amalga oshirish lozim.
MUHOKAMA
Elektrotexnika va elektronika asoslarini o‘qitishga oid tanalangan
mavzulardan o‘quv jarayonida foydalanish quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga
imkoniyat yaratdi:
Elektrotexnika va elektronika asoslarini o‘qitish uchun tanlangan
mavzular elektrotexnika va elektronika asoslari o‘quv fanining o‘quv rejasi va
dasturi talablariga mos kelishiga, kursantlarning oson o‘zlashtirishiga;
shakllangan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarning amaliyotga
qo‘llay olishiga;
kursantning ijodiy va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga;
tanlangan mavzular mazmuni didaktik va metodik talablarga javob berishi;
fan-texnikaning zamonaviy rivojlanishiga mos kelishi;
tanlangan mavzularning mantiqan ketma-ketligi, ilmiyligi, nazariya bilan
amaliyotning uzviyligining saqlanganligi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida mashg‘ulot o‘tishda, albatta, ta’lim
muassasasini, undagi kursantlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, shu
bilan birga, ularning mashg‘ulotga faol qatnashishlarini ta’minlovchi, tafakkurni
o‘stirishga, rivojlantirishga qaratilgan o‘quv metodlari qo‘llanildi.
Boshqa fanlar kabi elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitish
jarayonida kursantlarga kerakli bilimlarni berish bilan birga ularning bilish
qobiliyatlari ham rivojlantiriladi.
Ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarinirivojlantirish
nafaqat elektotexnika va elektronika asoslari o‘qituvchilari, balki butun jamiyatimiz
oldidagi muhim vazifadir. Elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitish
orqali ta’lim oluvchilarning ijodiy faoliyati, o‘zlashtirilgan bilimlari chuqurlashib
boradi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Buning uchun o‘qituvchi elektotexnika va
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
266
elektronika asoslari fani mashg‘ulotlarida, topshiriqlarni bajarish, tekshirish,
maqsad va kutilayotgan natijalarni aniq belgilab olishi shart.
XULOSA
Hozirgi davrda ishlab chiqarishni boshqarish tizimini avtomatlashtirish,
asosan, elektron asboblardan foydalanish bilan hal etilmoqda. Bu esa oliy harbiy
ma’lumotga ega bitiruvchilarimizning turli harbiy sohalardagi vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etishlari uchun ixtisosligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar yetarli
darajada elektronikaga oid bilim va tayyorgarlikka ega bo‘lishlarini taqozo etadi.
Elektronika fanining erishgan yutuqlaridan harbiy sohani rivojlanishida
unumli foydalanilar ekan, bu zamonaviy janglarda yutuqlarga erishishda o‘z
samarasini albatta ko‘rsatmoqda.
Shunday qilib, kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim-tarbiya
jarayoniga tizimli yondashgan holda elektotexnika va elektronika asoslari fanini
o‘qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida samarali tashkil qilinishi
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR
1. Pazilova Sh. A. Multimedia technologies in the process of teaching
electrical engineering and features of their application. Issue: Vol. 3 No. 05 (2023):
Volume 03 Issue 05. Pages: 145-148.
2. Pazilova Sh. A. Formation of electrical engineering as a science and
academic discipline. Educational Research in Universal Sciences, 2(5) 2023. Pages:
167-171.
3. Фаберман Л. Б., Мусина Р.Г., Жумабоева Ф.А. Олий ўқув юртларида
ўқитишнинг замонавий усуллари. – T.: 2002. - 84 б.
4. Pazilova Sh. A. Electronics and its Role in Modern Science // Open Herald
Periodical of Methodical Research 2(3), pp 68-71 2024.
5. A.A. Xoliqov. Raqamli sxemotexnika. - Toshkent: “Yangi nashr”. 2007.
6. Фаберман Л. Б., Мусина Р.Г., Жумабоева Ф.А. Олий ўқув юртларида
ўқитишнинг замонавий усуллари. – T.: 2002. - 84 б.
