“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
534
STEAM YONDASHUVI: INTEGRATSIYA ORQALI TALIM OLISHNI
KUCHAYTIRISH
Pazilova Shoxida Abdulbasitovna
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi,
p.f.f.d. (PhD), dotsent
Annotatsiya.
Texnologiyani pedagogik amaliyotga muammosiz integratsiya
qilish orqali o'qituvchilar talabalarning faolligini oshirishi, ijodkorlikni
rivojlantirishi va chuqurroq o'rganish tajribasini osonlashtirishi mumkin.Ushbu
maqolada STEAM yondashuvining o‘z-o‘zini o‘qitish va jamoada ishlash qobiliyati
bilan birgalikda samarali interaktiv ta’lim yondashuvinining afzalliklari bayon
etiladi. Maqolada o‘quv jarayonida STEAM yondashuvining ta’lim oluvchilar
tafakkurining rivojlantirilishi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
STEM, fanlararo ta’lim, STEAM, ta’lim, tabiiy fanlar,
texnologiya, muhandislik, matematika fanlari integratsiyasi.
Zamonaviy innovatsiyalardan biri STEM - fan, texnologiya, muhandislik va
matematika - butun dunyo bo’ylab ta’lim tizimlarida hal qiluvchi yo‘nalish sifatida
paydo bo‘ldi. STEM ta’limi ta’lim oluvchilarni zamonaviy talablarga tayyorlash
bilan bir qatorda, iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash inqirozlari va barqaror
rivojlanish kabi murakkab global muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini
shakllantiradi. STEAM - bu tanqidiy fikrlash, tadqiqot qobiliyatlari va guruhda
ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida bir nechta fan yo‘nalishlarini
birlashtirgan yangi ta’lim texnologiyasi. Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda
eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda
STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda.
STEAM
-
dunyo ta’lim tizimining eng zamonaviy innovatsion metodlaridan
biri. Uning yordamida fanlar alohida tarmoqlarda emas, balki integratsiyalashgan
holda umumiy bog‘liqliqda o‘rganiladi. Texnologik rivojlanishda “STEAM”
ko‘nikmalari rivojlanishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
STEAM - bu tanqidiy
fikrlash, tadqiqot qobiliyatlari va guruhda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
vositasi sifatida bir nechta fan yo'nalishlarini birlashtirgan yangi ta'lim
texnologiyasi. Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
535
kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy
tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda.
STEAM
quyidagi
atamalarda
ifoda
qilinadi:
S
-science,
T-technology, E-engineering, A-art va M-math. Ularni ingliz tilidan tarjima qilsak:
“tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika” kelib chiqadi.
Zamonaviy ta’lim dunyosida bu yo‘nalishlar eng dolzarb hisoblanadi. Demak,
STEAMda ta’lim yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llab, beshta sohani yagona
ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi asos qilib olinadi.
Amerikada ishlab chiqilgan bu yo‘nalish nazariya va amaliyot birlashuvining
mantiqiy natijasidir. Bunda tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va
matematikadan olingan umumiy bilimlar kelajakda ta’lim oluvchilarning malakali
mutaxassis bo‘lib yetishuvlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ta’lim oluvchilar
yaxshi bilim olishga intilgan hamda amalda qo‘llashgan.
STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi amaliyotning nazariy bilimlar bilan
chambarchas bog‘liqligidadir. U ta’lim muhitida ta’lim oluvchilar bilimga ega
bo‘lishlari bilan undan foydalanishni o‘rganadilar. Shuning uchun ham ular hayotiy
muammolarga duch kelishganda, turli sohalardagi bilimlarga tayanib, hamkorlikda
ishlashlari orqali ayrim muammolarni hal qilishlari mumkin.
Ta’lim oluvchilar o‘z qobiliyatlari, ijodkorligi va moslashuvchanligini
rivojlantirgan holda boshqalar bilan hamkorlik qilishni o‘rganadilar. Bu ko‘nikma
va bilimlar ta’limning asosiy vazifasini tashkil etadi.
STEAM ta’limi maktabdan boshlanishi kerak. Demak, o‘quvchi dunyoda yuz
berayotgan muammolarga yechim topishni o‘rganadi. Ilm-fanni (Sience) yaxshi
o‘zlashtirish esa o‘quvchiga o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni yaxshi anglashga
yordam beradi. Texnologiya fani insoniyat kelajagi – raqamli dunyoga moslashadi.
Muhandislikni (Engineering) egallashi bilan o‘quvchi muammolarni hal qilish
qobiliyatini shakllantiradi, o‘rgangan bilimlarini yangi loyihalar yaratish uchun
qo‘llay oladilar. Matematik ma’lumotlarni tahlil qilish, xatolarni tuzatish, to‘g‘ri
yechimlar topishni puxta o‘rganadi. STEAM ayni paytda shu yo‘nalishlarni bir
tizimga keltiradi va jamiyat uchun yangiliklar, kashfiyotlar yarata oladigan,
muammolarga yechim topa oladigan mutaxassislarni tayyorlab beradi. STEAM
ta’lim oluvchilar uchun ta’lim muassasasi hamda ish faoliyati va turli kasblarni
egallashda shaxsiy muvaffaqiyat qozonishiga imkoniyat yaratib beradi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
536
STEAM fanlarini o‘zlashtirish davomida ta’lim oluvchida quyidagi
qobiliyatlar: 1. Muammoni hal qila olish; 2. Kreativlik; Tanqidiy fikrlash;
3. Jamoaviy ishlay olish; 4. Mustaqil fikrlash; 5. Tashabbuskorlik;
6. Kommunikatsiya; 7. Raqamli savodxonlik shakllanadi.
Ta’kidlash joizki, texnologiyalar kundan - kunga rivojlanmoqda. Lekin yangi
dasturiy ta’minot yaratish, kosmik kema uchun zarur ishlanmalarni kashf qilish,
qayta tiklanuvchi energiyalarni o‘rganish, noma’lum kasalliklarga davo topish kabi
muammoli ishlarni ham kimdir bajarishi, aniqrog‘i - bu STEAM fanlari zimmasida
bo‘lib, uni tubdan o‘zlashtirish, qiyin kasblarni uddalay oladigan mutaxassislar
tayyorlash dolzarb vazifa bo‘lib hisoblanadi?! Bu mutaxassislarda yangi zamonaviy
bilimlar bo‘lgani uchun ham ish beruvchilar ularga yuqori maoshlar taklif qilishadi.
Yaqin kelajakda dunyo miqyosi, ayniqsa O‘zbekistonda STEAM
mutaxassislariga talab juda yuqori bo‘ladi. Biz tabiiy fanlar bilan birgalikda
texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasblarga ega
bo‘lamiz. Aytish lozimki, bio va nanotexnologiya mutaxassislariga bo‘lgan talab
yanada yashin tezligida o‘sadi. Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va
muhandislikning turli sohalari bo‘yicha keng qamrovli ta’lim va tajribaga muhtoj
bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi tub islohotlarning
asosiy vazifasi - professional oliy harbiy kadrlar bilan ta’minlashda harbiy
xizmatchilarning professional jangovarlik shayligi darajasiga alohida e’tibor
qaratish lozim. Darvoqe, mamlakat oliy harbiy ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim
tizimining noyob tamoyillari asosida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy
Qurolli
Kuchlar
qo‘shinlari harbiy mutaxassislarining
professional tayyorgarlik saviyasiga qo‘yilayotgan talablar tobora ortib boradi.
Hozirgi harbiy xizmatchi mutaxassislar zehn-zakovatli va zukko hamda yuqori
malakali ofitser bo‘lishlari, murakkab vaziyatda nostandart qaror qabul qila olishi,
bo‘ysunuvchi harbiy bo‘linmani jangda ham, kundalik faoliyatda ham mohirona
boshqara olishi shart. Buning uchun oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi ta’lim
tizimida zamonaviy o‘qitish metodlaridan unumli va oqilona foydalanish zarur.
STEAM mashg‘ulotlarini tashkil etish, ta’lim oluvchilarga yo‘nalishlar
berish, seminarlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ta’limda yuksalish uchun,
bugungi xalqaro standart talablarga javob beradigan dasturlardan, zamonaviy dizayn
va mazmunga ega darsliklardan foydalanish lozim. O‘z o‘rnida ushbu darsliklarda
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
537
berilgan mavzularni ta’lim oluvchilarga o‘rgatishda bevosita integratsiyalashdan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Integratsiyalashgan ta’lim - bu ta’lim, jamiyat, ish va dunyoni bir butun holda
tasavvur etish va ular o‘rasida aloqa o‘rnatishdan ibora. STEAM ta’limi
texnologiyasi - nazariya va amaliyotning birlashtirilgan natijasidir. STEAM
mavzularni integratsiyalashni nazarda tutgan holda fanga kirib boradi. Ta’lim
oluvchilarning amaliy o‘rgatiladigan mashg‘ulotlarga qiziqishi nazariy o‘qitiladigan
fanlarga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.
Xulosa qilsak, STEAM - tabiiy fanlar, texnologiyalar, muhandislik, san’at va
matematika fanlarini mushtarak uyg‘unlikda o‘qitish uslubi bo‘lib, an’anaviy
ta’limdan farqli o‘laroq, bilimlarni alohida emas, o‘zaro mutanosib holda olib
borishni ta’minlab beradi. Ta’lim oluvchilar nostandart mustaqil fikrlash,
muammolarga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi
hamda istiqboldagi faoliyatida juda qo‘l keladi.
STEAM texnologiyalarining ommalashayotgani va samaradorligi hamda
ta’limdagi afzalliklarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonlarida uni yanada faol
qo‘llash tavsiya qilinadi. Texnologiya rivojlanib borar ekan, o'qituvchilar STEAM
ta’limida pedagogik texnologiyaning samarali integratsiyasini ta’minlab, eng yangi
vositalar va metodologiyalar bilan yangilanib turishlari kerak. Ushbu yutuqlarni
qabul qilib, biz keyingi avlodni tez rivojlanayotgan raqamli landshaftda rivojlanish
uchun tayyorlashimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Turg‘unov S.T., Maqsudova L.A.,.Tojiboyeva H.M, Nazirova G.M., Umaraliyeva
M.A. “Padagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini
oshirish texnologiyalari” / O‘zbekiston Respublikasi O‘zPFITI nashriyoti,- T.:2014
2. O'tkir Tolipov, Dilnoz Ro'ziyeva “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat” / Toshkent innovatsiya-ziyo - T.: 2019
3. Urunova H. H. Samarqand. “Steam ta’lim tamoyillari va ularni maktablarda
qo’llash: Выпуск-1 Том-1 (Специальный выпуск).” Лучшие интеллектуальные
исследования 1.1 (2023): 3-5
4. Сорокина Т.Е. От STEM к STEAM-образованию через программную среду
Scratch // Современные информационные технологии и ИТ образование. 2015.
Т. 2. № 11. С. 362–366.
