Authors

  • N.O.Safarova
    Buxoro davlat pedagogika instituti professori.
  • Y.M.Ostanaqulova
    Buxoro davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62132

Keywords:

maqol topishmoq rivoyat xalq ogʻzaki ijodi boshlangʻich sinf

Abstract

Ushbu maqolada 3-sinf oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq ogʻzaki ijodi namulari va ular nima maqsadda berilgani haqida soʻz yuritiladi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

297




3-sinf oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq ogʻzaki ijodi

namunalari

N.O.Safarova,

Buxoro davlat pedagogika instituti professori.

Y.M.Ostanaqulova

Buxoro davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada 3-sinf oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq

ogʻzaki ijodi namulari va ular nima maqsadda berilgani haqida soʻz yuritiladi

Kalit soʻzlar:

maqol,topishmoq, rivoyat,xalq ogʻzaki ijodi, boshlangʻich sinf

Boshlang‘ich ta’lim bola aqliy tarbiyasini kuchaytiradigan, tarbiyaning

boshqa yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liqlikda olib boriladigan, bilim va
dunyoqarashning ko‘lamini kengaytiradigan, eng asosiysi, yuqori sinflarda
muvaffaqiyatli ta’lim olishini ta’minlaydigan bosqichdir. Shu tufayli boshlang‘ich
sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlar, ularning bo‘limlari, har bir mavzu va
tushunchalar alohida e’tibor bilan tanlanadi. O‘quvchining bilim saviyasi va
darajasiga mos holda aqlining o‘sib borishini ta’minlaydigan, kundalik turmush
amaliyotida foydalanadigan, hayotda sodir bo‘lgan voqea va hodisalarning
mohiyatini anglatuvchi materiallar o‘tiladi. Mana shu jarayonda xalq og‘zaki ijodi
namunalari ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Xalq ogʻzaki ijodiga, xalq dostonlari, maqollar, matallar, topishmoqlar,

hikmatli so‘zlar, afsona va rivoyatlar, kiradi.Boshlangʻich sinf darsliklarida asosan
maqol,topishmoq va rivoyatlar koʻproq keltirilgan.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga kuchli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish

mumkin bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi turlariga maqollar, ertak va rivoyatlar,
qo‘shiqlarni kiritish mumkin. Topishmoqlar ko‘proq aqliy tarbiya va bilim olishning
vositasi deb tahlil qilinadi.

Maqol bu xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz,

grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli.
Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

298




jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari
mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda
poetik shaklga kelgan.

Maqol

tarbiyaviy ahamiyatga ega.U oʻquvchilarni tarbiyalaydi.

Topishmoq

narsaning nima ekanligini bilishni tinglovchi yoki o'quvchining

ixtiyoriga qoldiradigan o'yin bo'lib, uning xususiyatlarini ismini tilga olmay,
bilvosita aytib beradi

Topishmoq esa oʻquvchilarning aqliy faoliyatini oʻstirishga yordam beradi.

3-sinf 1-qism

oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq ogʻzaki ijodi namulari:

Tilingni botir qilma, oʻzingni botir qil.(maqol)

Nomard yovga yalinar,mard kuchiga suyanar(maqol)

Onaning koʻngli bolada,bolaning koʻngli dalada(maqol)

Ikki otim bor,bir-biridan chopagʻon.(Oyoqlar)

Oʻquvchi

toʻplar,Oʻqituvchi

sochar.Dangasa

esa

topolmay

qochar.(Bilim)

Likopchaning akasi,oilaning kattasi.Palovtoʻra joy olgan uning

nomidir...(Lagan)


3-sinf 2-qism

Yaxshiga aytsang bilar, Yomonga aytsang kular. (maqol)

Kamtarga kamol, manmanga zavol. (maqol)

Yaxshi-el gʻamida,Yomon-oʻz gʻamida. (maqol)

Yoʻlni kesib oʻtishda yordam berar yoʻl-yoʻl chiziq. (Peshoxot)

Ustma-ust uchta chiroq, Koʻzlariga sergak boq. Harakatni

kuzatar, Xatolarni tuzatar. (Svetafor)

Turli rang-u shaklda, turadi yoʻl chetida. Tartib qoida mujassam,

sodiq doʻstdir har joyda. (Yoʻl belgilari)

Urdim gup etdi, yer tagiga kirib ketdi. (Ketmon)

Tishlagan yerini uzar. (Ombur)

Ogʻzi yoʻq, tishi koʻp. (taroq)

Bir koʻzli kampir, koʻylakka gul tikar. (igna)

3-sinf 3-qism

"Tabiat zanjiri" rivoyati


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

299




"Bogʻbon va nihol" rivoyati

Har mevaning poʻchogʻi bor, har soʻzning oʻlchovi bor

o

Suvga tupurma,suvsiz qolasan. (maqol)

o

Har kim oʻz yerini gulzor qilsa, butun olam gulga

burkanadi. (maqol)

3-sinf 4-qism

"Merosga kim munosib?" rivoyati

"Mehr urugʻi" rivoyati

"Aql va davlat" ertagi

"Orol"rivoyati

Til bilan tugulgan tugun tish bilan yechilmas. (maqol)

Chiroyli maqtovdan, xunuk haqiqat yaxshi. (maqol)

Rost soʻzni ayt, yolgʻon soʻzdan qayt. (maqol)

Gur-gur etar,uchar ketar, Yurtdan yurtga odam eltar. (samalyot)

Choʻzilib yotar narvon, undan oʻtar uy-karvon. (poyezd)

Togʻdan kelar toshlar kabi,Egarlangan otlar kabi. (suv)

Uzun-uzun iz ketdi, Uzun boʻyli qiz ketdi. (ariq)

Oʻyib oldim,izi yoʻq. (daryo)

Qozonda emas qaynaydi, Qishin-yozin tinmaydi. (buloq)

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, 3-sinf darsligida umumiy 34 ta xalq

ogʻzaki ijodi namulari bor ekan. Bulardan eng koʻpi maqol va topishmoqlar soʻngra
rivoyatlar. Maqollarning berilganidan maqsad,uni oʻqib,yodlagan oʻquvchi oʻziga
albatta tarbiyaviy xulosa oladi. Masalan:"Rost soʻzni ayt, yolgʻon soʻzdan qayt"
maqolida oʻquvchilar faqat rostgoʻy boʻlish, yolgon gapirmaslik kerakligini bilib
olishadi. "Kamtarga kamol, manmanga zavol" maqolidan esa kamtar inson doim
kamol topishi,rivojlanishi,doim maqtovlar,yaxshi soʻzlar eshitishi, manman inson
esa hechqachon kamol topmasligi balki zavol topishi,doim uyatga qolishini bilib
oladilar. Va oʻquvchilarga manman emas, balki kamtar inson boʻlishlari uqtiriladi.

Topishmoqlar esa yuqorida aytganimizdek oʻquvchilarning aqlini

charxlashga yordam beradi. Ular berilgan ta'riflar orqali topishmoq javobini
topishga harakat qilishadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

300




Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

3-sinf oʻqish savodxonligi 1-qism. "Novda"nashriyoti-2023

2.

3-sinf oʻqish savodxonligi 2-qism. "Novda"nashriyoti-2023

3.

3-sinf oʻqish savodxonligi 3-qism. "Novda"nashriyoti-2023

4.

3-sinf oʻqish savodxonligi 4-qism. "Novda"nashriyoti-2023

5.

Safarova N. O‘zbek bolalar o‘yin folklorining janriy tabiati, genezisi va

badiiy xususiyatlari. NDA. T., 2005

6.

Safarova

N.O.

Didaktik

o'yinlarning

samaradorligi.

"O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" xalqaro
ilmiy-amaliy anjumani. 30 noyabr 2022 y.





References

3-sinf oʻqish savodxonligi 1-qism. "Novda"nashriyoti-2023

3-sinf oʻqish savodxonligi 2-qism. "Novda"nashriyoti-2023

3-sinf oʻqish savodxonligi 3-qism. "Novda"nashriyoti-2023

3-sinf oʻqish savodxonligi 4-qism. "Novda"nashriyoti-2023

Safarova N. O‘zbek bolalar o‘yin folklorining janriy tabiati, genezisi va badiiy xususiyatlari. NDA. T., 2005

Safarova N.O. Didaktik o'yinlarning samaradorligi. "O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 30 noyabr 2022 y.