“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
308
Boshlangʻich sinflarda masal janri ustida ishlash
N.O.Safarova,
Buxoro davlat pedagogika instituti professori,
T.M.Mustafoyeva,
Buxoro davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi
Annotasiya:
Maqolada boshlangʻich sinflarda masal janri va uning taʼlimiy -
tarbiyaviy ahamiyati, masal janriga hissa qoʻshgan adiblar haqida soʻz boradi. Masal
janrini oʻqitish bolalar dunyoqarashini shakllantirishi, boshlangʻich sinf
darsliklarida berilgan buyuk masalnavis adibning mashhur masallari tahlili bu
maqolaning mazmunini tashkil etadi.
Kalit soʻzlar
: masal, majoz, Ezop, obraz, xarakter, adib, pand-nasihat, ramziy
Masal
(arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Taʼlimiy
harakterdagi, aksariyat kichik sheʼriy, baʼzan nasriy shakldagi asar. Masalda insonga
xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar
orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz
asosiga quriladi, komiklikning va kinoyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunligi
Masalga hajviy ruh bagʻishlaydi. Masalning hikoya qismi hayvonlar haqidagi
ertaklar, novella yoki latifalarta yaqin boʻlib, xotimasi, taʼlimiy xulosasi maqol,
hikmatli soʻz va iboralar tarzida boʻladi.Masalning materiallari aksariyat ertak,
majoz, novella, latifa va boshqa da ham qoʻllanishi mumkin.Masal nasriy asardir.
Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlarda −hayvonlar,
jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi. Ko‘pincha masalning kirish
qismida, ba’zan qissadan hissa -ibratli xulosa keltiriladi. Ramzli hikoyadan farqli
ravishda Masalning oʻz anʼanaviy obrazlar va motivlar doirasi mavjud boʻladi
(hayvonlar, oʻsimliklar, qushlar, muayyan tizimdagi odamlar va hokazo).
Masal janrini oʻrgatish orqali o‘quvchilarda dangasalik, yolg‘onchilik,
ikkiyuzlamachilik, qo‘pollik, yalqovlik, beparvolik va qo‘rslik kabi illatlarni yo‘q
bo‘lishi uchun yordam beradi. Bu kabi illat yoki nuqsonlarni har bir o‘quvchida yo‘q
bo‘lishi uchun turli xil mavzudagi masallar bilan tanishtirish va shu orqali
kitobxonlikni ham shakllantirish uchun asos boʻladi.Masal janrini asosida o'rgatish
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
309
orqali o'quvchilarning nutqini o'stirish ham ko'zda tutiladi, chunki, ta'lim jarayonida
ular o'z fikrlarini mustaqil bayon qiladilar, tafakkur qilish jarayoni kechadi. Maktab
yoshidagi va boshlang'ich sinfda tahsil olayotgan o'quvchilarning nutqini ravon
qilish juda muhimdir, chunki mazku bolalarning hozirgi zamon talabi asosida
jamiyatimiz ishlarida faolligini ta'minlashda ular nutqining ravonligi katta
ahamiytaga ega. Nutq - insonlararo aloqa vositasi bo'lganligi uchun ham har bir yosh
avlodni nutqiy ko'nikmalarni puxta eggalashga o'rgatish davr talabidir. Albatta,
masallarda ham umuminsoniy qadriyatlar ulug'lanadi, badiiy-estetik qarashlar
namoyon etiladi.
Bu janrning xalq poetik ijodiga yaqinligi, uni avvalo donishmand xalq
yaratganligi, sо‘ng esa yozuvchilar, shu jumladan Ezop о‘z ijodida
takomillashtirgani xususida sо‘z boradi: "Masal janri II asrlarda Babriy, Rimda
Fyodr (eramizning I asri) Avian (IV asr) tomonidan rivojlantirildi. Masal janri
taraqqiyotiga fransuz masalchisi Lafonten (XVII), rus masalchisi I.A.Krilov, Daniya
masalchisi Golberg (XVIII), nemis masalchisi Lessing(XIX) katta hissa
qо‘shganlar"-deyiladi.Mashhur
masalnavis
Gulxaniyning
“Tashbaqa bilan
Chayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
yoshiga mos keladi.Ularda do‘stlik, sadoqat, mehr-oqibat, har doim qo‘lidan
keladigan ish qilishni,aksincha,qo‘lidan kelmaydigan ishlarga qo‘l urmaslik kabi
tuygʻulari aks ettirilgan.
O‘quvchilar faqat masalni o‘qibgina qolmasdan tahlil qilish ko‘nikmasini ham
shakllantirish kerak.Agar o‘qigan asarini ongli ravishda tushuna bilsa, asarlarni
anglab yetishida hech qanday muammo bo‘lmaydi.Shunday ekan endi Ezop va
uning massalari haqida aytadigan boʻlsak,4-sinf oʻqish savodxonligi darsligida Ezop
va uning massalari berilgan .
Ezop-yunon masalchisi, rivoyatlarga qaraganda u frigiyalik qul boʻlib,soʻng
ozod qilingan Milodiy X-XV asrlarda qoʻlyozmalarda 300dan ortiq massalari saqlab
qolingan Ezop masallari gʻoyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan,
personajlari (asosan, hayvonlar) oʻta shartli, voqealar ixcham bayon qilingan. Tili
sodda, jonli tilga yaqin. Ezop masallari syujeti Yevropa masalchiligi syujetining
asosini tashkil etgan. Lotin masalchisi Fedr (1-asr) va yunon masalchisi Babriy (2-
asr)dan tortib J. Lafonten va I. A. Krilovgacha Ezop masallari syujetini davrga
moslab ijodiy rivojlantirganlar.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
310
4-sinf oʻqish savodxonligi darsligida "Tovuq bilan Tulki"masalı berilgan .Bu
masalda tulking yirtqichlar bilan qushlar oʻrtasida tinchlik bitimi imzolangani
,uning tovuqqa boʻlgan mugʻombirligi haqida aytilgan ya'ni shu orqali tovuqni
yemoqchi boʻlgani batafsil yozilgan.Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, bu masalning
asosiy mazmuni - toʻsatdan taklif qilingan doʻstlikdan ehtiyot boʻlishdir. Bu masal
bolalarda har kim bilan doʻst tutunavermaslik,hammaga ham ishonmaslik
kerakligini tulki va tovuq majoziy obrazlarda bilib olishadi. Tulki - ikkiyuzlamachi,
yolgʻonchi boʻlgan insonlar timsolida qiyoslangan.
Ezopning masallarini o‘quvchilarga oson tarzda tahlil qilishni va
tushunib mag‘zini chaqishni o‘rgatish o‘qituvchining vazifasidir. “Yovvoyi echkilar
va cho‘pon” masalini o‘qitish orqali o‘quvchilar juda ko‘p ma’lumotlarni olishi va
hayotda ham shularga asoslangan holda yashashga o‘rgatadiMasalda cho‘pnning
echkilariga qo‘shilib,yovvoyi echkilar kelib qo ‘shilishadi. Va shu bilan ertasiga
yomg‘ir yog‘ganligi sababli echkilarni yaylovga olib chiqmaydi.Yovvoyi echkilarga
juda ko‘p yem-xashak beradi cho‘pon. Lekin o‘zining echkilariga ozgina qilib
beradi. Shunda echkilar xafa bo‘ladi. Ertasiga hamma echkini yaylovga yuborganda
yovvoyi echkilar qochib,faqat eski echkilari qoladi. Shunda cho ‘pon ularga qarata
“ey echkilar men sizlarga o ‘zimning echkilarimdan ham yaxshi qaragandim, lekin
sizlar vafo qilmay qochib ketdinglar”,- deb o ‘ksinib gapiradi. Qissadan hissa shuki,
inson hech qachon yangi do‘st topganda eski do‘stni unutmaslik kerak.Bunda
echkilar timsolida ikkita ma’noni anglash mumkin. Ya’ni birinchisi o‘zining
manfaati uchun harakat qiladigan insonlar, ikkinchisi esa sadoqatli do‘st timsoli
gavdalanadi.Bu bilan o‘quvchilarga har doim do‘stga vafodor bo‘lish, yangi do‘stlar
ko‘proq topish kerak, lekin eski do‘stlarni ham unutmaslik kerakligini o‘rgatadi.
Ma’lumki, tarbiya ko’proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga
kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-
sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’quvchilar ma’naviy ozuqa
ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga
chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy
g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo’pollik, qo’rslik, yolg’onchilik,
yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Masaldagi
qissadan hissa o’quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o’qib o’tib
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
311
ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni to’ldiradi. Hayvonlar,
parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar qiziqib o’qiydilar.
Oqish kitobidan o’rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov) masali
oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib, yomon yo’llarga kirib qolgan, oqibatda
ko’ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida buzoqchaning oʻlimi bilan
tugaydi.Bundan xulosa" Ayrilganni ayiq yer, Boʻlinganni boʻri yer" maqoli orqali
ifodalash mumkin. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir
hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo’shatib
yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham
to’dasidan ajralib, bo’riga duch keladi, ya’ni ko’ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha
orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch
kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. Masalning mazmuniga to’xtalmasdan, bosh
qahramon azmuniga to’xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga
kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulguli
asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning
xattiharakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal
axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda
kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashinib
turishi uni bir maromda o’qishga xalaqit beradi. SHuning uchun ifodali o’qishga
yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi
lozim.Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni
aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim
epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif berish,
ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga
muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning
o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga
tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish
zarur.
Boshlangʻich sinflarda masallarni bolalarga oʻqitish va oʻrgatish ularning
dunyoqarashlarini shakllantirishda katta ahamiyatga egadir.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki,masal janri bolalarning tafakkurini,
ularning dunyoqarashlarini shakllantirishda, shuningdek oʻzlaridagi yomon illatlarni
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
312
yoʻq qilishda, jamiyat uchun foydali,yetuk shaxs boʻlib yetishishlarida va hozirgi
kunda yosh avlodni shu masalnavis adiblarning masallari orqali ularni kelgusi
hayotga tayyorlashda muhim oʻrin tutadi .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.K.Qosimova va boshqalar .Ona tili oʻqitish metodikasi.
2.Tarjima Qodir Mirmuhammedov "Ezop masallari "2019
3.Oʻqish savodxonligi darsliklari."Novda "nashriyoti 2023
4. Safarova N. O‘zbek bolalar o‘yin folklorining janriy tabiati, genezisi va
badiiy xususiyatlari. NDA. T., 2005
5. Safarova N.O. Didaktik o'yinlarning samaradorligi. "O'ZBEKISTONDA
ILM-FANNING
RIVOJLANISH
ISTIQBOLLARI"
xalqaro
ilmiy-amaliy
anjumani. 30 noyabr 2022 y.
