Authors

  • N.O.Safarova
    Buxoro davlat pedagogika instituti professori.
  • G.I. Shuhratova
    Buxoro davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.62120

Keywords:

boshlang’ich sinf ijodiy faoliyat o‘yinlar

Abstract

Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda bolalar o‘yinlari tasnifi va o‘yinlar vositasida boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish xususida so‘z yuritiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

239




Boshlang’ich sinfda bolalar o‘yinlari tasnifi

N.O.Safarova,

Buxoro davlat pedagogika instituti professori.

G.I. Shuhratova,

Buxoro davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi.

Annotatsiya:

Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda bolalar o‘yinlari

tasnifi va o‘yinlar vositasida boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini
rivojlantirish xususida so‘z yuritiladi.

Kalit so’zlar:

boshlang’ich sinf , ijodiy faoliyat, o‘yinlar, o‘yinlar tasnifi,

harakatli va rolli o‘yinlar, ishbop o‘yinlar, milliy o‘yinlar

Boshlang’ich ta’limda o‘yinlar o‘quvchilarning ijodiy faoliyatining bir qismi

hisoblanadi. O‘yinlar - ularning inson taraqqiyotidagi o‘rnini anglashi uchun muhim
vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va
ijtimoiylashadi. O‘yinlarning eng muhim jihati uning ikki tomonlama xarakterga ega
ekanligi bo‘lib, uning drammatik san’atga ham mosligidir. Bir tomondan o‘yin
ishtirokchilari uni amalga oshirishda muayyan nostandart vaziyatlar va vazifalar
bilan bog’liq haqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tomondan esa o‘yinlar bu
faoliyatning aksariyat paytlarida mas’uliyatni his etgan holda haqiqiy vaziyatlardan
chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar.

O‘yin boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun shunday bosqichi, bunda ular

yangi bilim va tushunchalarni egallashga qaratilgan mustaqil faoliyatni boshlaydilar.
Bolalar maktab hovlisida bo‘sh paytlarining bir qismini turli o‘yin va ermaklarga
sarflaydilar. Bunday qilish ularga o‘z ehtiyojlarini qondirish va yaxshi dam olish
imkonini beradi.

Demak, o‘yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uchun uning

rivojlantiruvchi maqsadga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘yin faoliyati elementlaridan
ta’lim jarayonida ko‘plab foydalaniladi. Masalan: rolli o‘yinlar, didaktik o‘yinlar,
harakatli o‘yinlar va milliy o‘yin.
O‘zbek xalq milliy o‘yinlariga o‘z ichida quyidagilarga bo‘linadi:

1.

Harakat sifatlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar;

2.

Darsni ayrim qismlarida qo‘llaniladigan o‘yinlar;

3.

Turli yoshdagi bolalar faoliyatida qo‘llaniladigan o‘yinlar;

4.

Bolalar jinsiga qarab qo‘llaniladigan o‘yinlar;


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

240




5.

Ruhiy hissiyotlarni rivojlantiruvchi o‘yinlar;

6.

Yorug’ va qorong‘u sharoitlarda qo‘llaniladiga o‘yinlar;

Harakat sifatlari (jismoniy sifatlar)ni rivojlantiruvchi o

yinlarga

quyidagilar kiradi:

“Tortishmachoq”, “Kun va tun”, “To‘p uchun kurash”,

“Qirqtosh” , “Quvib yet” va boshqalar.

Darsning ayrim qismlarida qo

llaniladigan o

yinlar:

“Kun va tun”, “Daqiqa”,

“Jami”, “Kimning ovozi?”.

Turli yoshdagi bolalar o

rtasida o

tkaziladigan o

yinlar:

“Quvlashmachoq”,

“Bekinmachoq”, “Oq terakmi, ko’k terak”.

Bolalar jinsiga qarab o

tkaziladigan o’yinlar:

“ Besh tosh”, “Xo‘rozlar jangi”,

“Xola-xola”, “Ovqat pishirish”, “ Soqqa”, “Mindi”.
Aqliy-ruhiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi o‘yinlar: “Shaxmat”, “Ta’qiqlangan
harakat”, “To‘xta”, “Daqiqa”.

Kunduz va tunda o

tkaziladigan o

yinlar:

“Oq suyak”, “Cho‘loq qarg’a”.

Undan tashqari qo‘shiqlar bilan ijro etiladigan o‘yinlar ham mavjud bo‘lib, ular
o’quvchilarning san’at sohasiga bo‘lgan qobiliyatlarini ko‘rsatish va
rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Ularga misol qilib: “Oq terakmi, ko‘k terak”,
“Quyonim”, “Tez aytish”, “Guldurgup” va “Lapkar” kabi o‘yinlarni aytishimiz
mumkin.

“Tortishmachoq”

O‘yinchilar aniq ikki jamoaga bo‘linadi. Har qaysi jamoada o‘zaro bir-birini

belini ushlab turadi. Jamoalar o‘rtasidan o‘rta chiziq chiziladi. O‘qituvchining
signali bo‘yicha har ikki jamoa bir vaqtda tortishni boshlaydi. Qaysi jamoa ilgari
chiziqdan qarshi komandani tortib o‘tsa shu jamoa o’yinda yutib chiqadi. O‘yinni
shu tarzda 3-4 marotaba qaytarish mumkin. Bu orqali o‘quvchilar kuchi
rivojlanadi.

O‘qituvchi har bir darsda bola organizmiga har tomonlama ta’sir etib, turli

mashq va harakatli o‘yinlarni tanlashi, shuningdek, o‘yinlarni o‘tkazish
metodikasini o‘zgartirib turishi zarur.

Darsda, shuningdek turli o‘yinlarni o o‘tkazish jarayonida o‘rganiladigan

materialning metodik jihatdan izchil bo’lishiga e’tibor berilishi lozim. Bu,
birinchidan, darsning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini to’g’ri hal qilish, ikkinchidan,
dars materiallarining to’la o’tilishiga erishish, uchinchidan, butun dars davomida
har bir mashqni muayyan me’yorda to’gri olib boorish imkonini beradi.Agar dars
boshida yoki o’rtalarida zo’r e’tibor berishni va moslashtirilgan murakkab
harakatlar qilishni talab etadigan o’yin va mashqlar o‘tkazilgan bo’lsa, dars
oxirida o’quvchilarning charchagan organizmini birmuncha tinch holatga
keltirishga yordam beradigan o’yin va mashqlarni o’tkazish kerak. Masalan, dars


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

241




boshida bolalar diqqatini to’plash uchun “O’ylab top” yoki “Tezda hamma joy-
joyiga”, “Man qilingan harakat” singari o’yinlar o’ynalgan bo’lsa, darsning
asosiy qismida yanada harakatchanroq o’yinlarni – “Quvnoq bolalar”, “Qoch
bola, kalxat keldi” kabi o’yinlarni o’tkazish tavsiya etiladi.O’rta yoshdagi
o’quvchilar bilan darsning asosiy qismida “Cho’pon, qo’y va bo’ri”, “Oq tosh”,
“Oq ayiqlar” va boshqa o’yinlarni o’tkazish tavsiya qilinadi. Darsning
yakunlovchi qismida kam harakatli “Pat”, “Pr-r-r…” (qush uchishini eslatadigan
tovush) va boshqa shular kabi o’yinlarni o’tkazish lozim. Agar butun dars
davomida faqat o’yin materiallaridan iborat bo’lsa, serharakatli o’yinlarni kam
harakatli o’yinlar bilan, aksincha bir xil xarakterdagi o’yinni ikkinchi xil
xarakterdagi o’yin bilan navbatmanavbat almashtirib o’tkazish kerak.Bolalar
uchun harakatli o’yinlarning roli ularda muayyan jismoniy xislatlar hosil qilish
va bu xislatlarni o’stirish bilangina chegaralanmaydi. Harakatli o’yinlardan
bolalarni intizomli qilib tarbiyalash va jamoada o’zini to’g’ri tuta bilishga
o’rgatish uchun ham foydalanish mumkin. Xuddi mana shunday kollektivda
bolalar birgalikda harakat qilish va o’z o’rtoqlariga yordam berishga
o’rganadilar.I-IV sinf o’quvchilarida uyushqoqlik bilan bir maqomda yurish
ko’nikmalarini hosil qilish uchun jo’r bo’lib o’ynaladigan o’yinlarni (doira bo’lib
aylanib o’yinga tushib, ashula aytib o’ynaladigan o’yinlar), musiqaga jo’r bo’lib
o’ynaladigan o’yinlarni, shuningdek, aytib turilgan she’r vazniga moslashtirib
o’ynaladigan o’yinlarni tanlash lozim.

Shu maqsadda, “Musiqaga jo’r qilib yurish”, “Karusel”, “O’ylab Top”,

“Kimning ovozi” singari mashhur o’yinlardan, shuningdek, “O’razan-bo’razan”,
“Pat”, “Pr-r-r…”, “Oq terakmi, ko’k terak” kabi milliy o’yinlardan foydalanish
mumkin.Bolalar o’yin jarayonida o’z xarakterlari va shaxsiy xususiyatlarini
namoyish qiladilar. Bu o’qituvchi uchun bolalarning turli xislatlari bilan
tanishish hamda ularning uyushqoqsizlik, o’ta ta’sirchanlik, o’yin qoidalarini
buzish kabi salbiy xislatlarining o’z vaqtida oldini olish imkonini beradi. Bu bilan
o’qituvchi o’yinni muayyan yo’lga solib, o’quvchilarda sofdillik, mardlik, o’zaro
o’rtoqlik munosabatida bo’lish hamda jamoa oldida o’z burchini sezish
tuyg’ularini tarbiyalaydi. Shu bilan birga, o’qituvchi bolalarning o’yin
qoidalarini buzmagan holda ijodiy tashabbus ko’rsatishlariga har jihatdan
yordam beradi. Ba’zan o’qituvchi o’z oldiga hal qilinishi qiyinroq bo’lgan
vazifani, masalan, o’quvchilarga basketbol va boshqa o’yinlardagidek to’pni
uzatish va ilib olish, savatga tashlash, yerga uriburib to’gridan va yo’nalishni
o’zgartirib olib yurishni o’rgatish vazifasini qo’yish mumkin.

To’siq yoki qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lmagan, ya’ni yetarli

ravishda kuch sarflashni talab qilmaydigan o’yin bolalarda hech qanday qiziqish


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

242




uyg’otmaydi. Tanlangan o’yin bolalarning qo’lidan keladigan bo’lishi kerak. Bu
bolalarni o’z kuchlariga ishonadigan qilib tarbiyalashda juda muhim ahamiyatga
egadir.Juda yengil yoki, aksuncha, haddan tashqari og’ir o’yinlar qiziqarli
o’tmaydi. O’qituvchi o’yinlarni o’rgatishda oddiylaridan boshlab, asta-sekin
murakkablariga o’tishi lozim. Tashkil qilinishi jihatidan soda bo’lgan va
komandalarga bo’linmay o’ynaladigan o’yinlar oddiy o’yinlar qatoriga kiritiladi.
Bunday o’yinlarning qoidalari juda oson bo’ladi. Bab-baravar jamoalarga
bo’linib o’ynaladigan o’yinlar bir oz murakkab va eng murakkab o’yinlar
jumlasiga kiritiladi. Bunday o’yinlarning qoidalari boshqa o’yinlarning
qoidalariga qaraganda qiyinroq bo’ladi. O’qituvchi hamma vaqt yengil
o’yinlardan murakkab o’yinlarga, tanish o’yinlardan notanish o’yinlarga o’tishni
nazarda tutishi kerak. Bunday qilish bolalarni o’yinga qiziqtirishga yordam
beradi. Yangidan o’rganiladigan o’yinlar harakatlarining turi jihatidan tanish
o’yinlarga o’xshash bo’lishi lozim. Ammo bunday o’yinlarga hali bolalarga
noma’lum bo’lgan qoidalar va ba’zi bir harakatlar kiritiladi. Masalan, aytaylik,
o’quvchilar “Epchil bolalar” o’yinini biladilar, demak, endi ularga “Ikki yaxob”
o’yinini o’rgatish mumkin. Bu har ikkala o’yin o’zining strukturasi jihatidan
ham, harakatlari jihatidan ham bir-biriga ancha o’xshashdir, lekin ikkinchi
o’yinning

qoidalari

birinchisinikiga

qaraganda

birmuncha

murakkablashtirilgandir. Shunday qilib, o’yinlar asta-sekin murakkablashib
boradi, yangiyangi o’yinlar o’rganiladi. Bu esa bolalarda yangi harakat
ko’nikmalarini hosil qilishga va ilgari o’rganilgan texnika elementlarini
takomillashtirishga yordam beradi, harakat ko’nikmalarining, shuningdek,
o’yinda ilgari orttirilgan bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishmoq uchun
materiallarni muntazam ravishda takrorlab va mustahkamlab boorish zarur.
Ammo bundan bir xil o’yinlarni muntazam ravishda takrorlab boorish lozim,
degan ma’no kelib chiqmaydi. Bunda rahbar mazmuni jihatidan har xil bo’lgan
o’yinlarning ma’lum bir qismini qaytarishni nazarda tutishi va o’quvchilarning
o’yinlarni yaxshilab o’zlashtirib olishlariga erishuvi kerak. O’qituvchi bolalar
o’yinini muntazam ravishda tekshirib borishi lozim. Bunday qilish o’yin
qatnashchilarining kamchiliklari va yo’l qo’ygan xatolarini aniqlashga hamda bu
kamchilik va xatolarni puxta o’zlashtirib olishlari, ularga bu o’yinlardan
lagerlarda va boshqa yerlarda mustaqil ravishda foydalanish imkonini beradi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

243




ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Safarova N. O‘zbek bolalar o‘yin folklorining janriy tabiati, genezisi va badiiy

xususiyatlari. NDA. T., 2005

2.

Safarova N.O. Didaktik o'yinlarning samaradorligi. "O'ZBEKISTONDA
ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy
anjumani. 30 noyabr 2022 y.

References

Safarova N. O‘zbek bolalar o‘yin folklorining janriy tabiati, genezisi va badiiy xususiyatlari. NDA. T., 2005

Safarova N.O. Didaktik o'yinlarning samaradorligi. "O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 30 noyabr 2022 y.