“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
178
ODAM ORGANIZMIDA TEMIR ALMASHINUVI BUZILISHI
NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR SEMIOTIKASI
Rajabaliyeva Mohruhsor Amandullo qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti,
Tibbiyot fakulteti talabasi
Email:
mohruhsorrajabaliyeva@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada odam organizmida temir almashinuvi
buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar, ularning semiotikasi, diagnostikasi
va davolash usullari yoritilgan. Temir tanqisligi anemiyasi, gemoxromatoz va xronik
kasalliklar bilan bog‘liq anemiyalar kabi patologiyalar temirning yetishmovchiligi
yoki ortiqcha to‘planishi oqibatida yuzaga keladi. Mazkur maqolada ushbu
kasalliklarning klinik belgilari, laborator va instrumental diagnostika usullari,
shuningdek, individual davolash yondashuvlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.
Maqola temir almashinuvi buzilishlarining sog‘liqni saqlash sohasidagi
dolzarbligini taʼkidlab, ularni erta aniqlash va samarali davolashning ahamiyatini
ochib beradi. Ushbu tadqiqot tibbiyot mutaxassislari va ilmiy tadqiqotchilar uchun
qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
JSST, gemoxromatoz, Temir tanqisligi anemiyasi, Xronik
kasalliklar, Bolalar va homilador ayollarda, Diagnostika, Davolash.
СЕМИОТИКА ЗАБОЛЕВАНИЙ, ВОЗНИКАЮЩИХ
ВСЛЕДСТВИЕ НАРУШЕНИЯ ОБМЕНА ЖЕЛЕЗА В ОРГАНИЗМЕ
ЧЕЛОВЕКА
Раджабалиева Мохрухсор Амандулло кизи
Термезский университет экономики и сервиса,
Студент-медик
Электронная почта:
mohruhsorrajabaliyeva@gmail.com
Аннотация:
В данной статье освещены заболевания, возникающие в
результате нарушений обмена железа в организме человека, их семиотика,
диагностика и методы лечения. Такие патологии, как железодефицитная
анемия, гемохроматоз и анемии, связанные с хроническими заболеваниями,
возникают из-за дефицита или избытка железа в организме. В статье подробно
рассмотрены клинические признаки этих заболеваний, методы лабораторной
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
179
и инструментальной диагностики, а также подходы к индивидуальному
лечению. Подчеркивается актуальность нарушений обмена железа в системе
здравоохранения, а также важность их раннего выявления и эффективного
лечения. Данное исследование представляет ценность для медицинских
специалистов и научных исследователей.
Ключевые слова:
ВОЗ, гемохроматоз, железодефицитная анемия,
хронические заболевания, дети и беременные женщины, диагностика,
лечение.
Muammoning dolzarbligi:
Temir almashinuvi buzilishi global sog‘liqni
saqlash muammosi hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)
maʼlumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab temir tanqisligi anemiyasi eng keng tarqalgan
mikroelement yetishmovchiliklaridan biri bo‘lib, dunyo aholisining 25% dan
ortig‘ini qamrab oladi. Bu asosan ayollar, bolalar va homilador ayollarda kuzatiladi.
Har uchinchi homilador ayolda va har beshinchi bolada ushbu muammo aniqlanadi.
Bundan tashqari, rivojlangan davlatlarda ham temirning ortiqcha to‘planishi
(gemoxromatoz) kasalliklari o‘sib bormoqda. Bu kasallik genetik omillar va
noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida yuzaga keladi va yurak-qon tomir kasalliklari, jigar
yetishmovchiligi kabi jiddiy oqibatlarga olib keladi. Temir almashinuvi buzilishi
nafaqat fiziologik, balki iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqaradi.
Temir tanqisligi ish qobiliyatini pasaytiradi, o‘quv jarayonida bolalar rivojlanishini
sekinlashtiradi va infektsiyalarga chidamlilikni pasaytiradi. Shu sababli, temir
almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni erta aniqlash, oldini
olish va samarali davolash bugungi kunda dolzarb ilmiy va amaliy vazifa sifatida
eʼtirof etilmoqda.
Kirish:
Temir – odam organizmi uchun muhim mikroelementlardan biri
bo‘lib, uning asosiy vazifasi gemoglobin tarkibida kislorod tashish jarayonida
ishtirok etishdir. Shu bilan birga, temir sitokrom fermentlarining asosiy qismi
sifatida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, hujayralarda energiya hosil
bo‘lishida va immun tizimi faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Organizmda temir
yetishmovchiligi yoki ortiqcha to‘planishi turli kasalliklar, jumladan anemiyalar,
yurak, jigar va boshqa a'zolarning zarar ko‘rishiga olib keladi. Temir almashinuvi
murakkab fiziologik mexanizmlar bilan boshqariladi. Kunlik temirga bo‘lgan
ehtiyoj asosan ovqatlanish orqali qondiriladi. Temir ichaklarda so‘rilib, qon oqimi
orqali taloq, jigar va suyak iligiga yetkaziladi. Shu bilan birga, organizmda
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
180
temirning ortiqcha yig‘ilmasligi uchun maxsus boshqaruv mexanizmlari mavjud.
Lekin turli omillar – noto‘g‘ri ovqatlanish, xronik kasalliklar, genetik buzilishlar
yoki fiziologik holatlar bu muvozanatni buzishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga ko‘ra, temir tanqisligi dunyo bo‘ylab eng keng
tarqalgan mikroelement yetishmovchiliklaridan biri hisoblanadi. Bu muammo
ko‘pincha rivojlanayotgan davlatlarda uchraydi, lekin rivojlangan mamlakatlarda
ham yetarlicha ahamiyatga ega. Temir yetishmovchiligi anemiyasi mehnat
qobiliyatining pasayishiga, bolalarda esa aqliy va jismoniy rivojlanishning orqada
qolishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, temirning ortiqcha to‘planishi (masalan,
gemoxromatoz) yurak-qon tomir kasalliklari, jigar sirrozi va diabet kabi jiddiy
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Temir almashinuvi buzilishi sog‘liqni saqlash
tizimiga jiddiy iqtisodiy bosimni yuklaydi, chunki bunday holatlarning diagnostikasi
va davolashiga katta mablag‘ talab qilinadi. Ushbu mavzuni o‘rganish va dolzarb
masalalarni ko‘tarish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish choralarini ishlab
chiqish bugungi kunning muhim ilmiy va amaliy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mazkur maqolada temir almashinuvi buzilishlari, ularga olib keluvchi sabablari va
ushbu buzilishlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklarning klinik belgilari
(semiotikasi), diagnostika va davolash usullari batafsil yoritiladi.
Temir almashinuvi buzilishlari bilan bog‘liq kasalliklarning semiotikasi
kasallikning turiga va temirning organizmdagi holatiga (yetishmovchilik yoki
ortiqcha to‘planish) qarab o‘zgaradi. Quyida ushbu kasalliklarning asosiy klinik
belgilari va ularning patofiziologik sabablari keltiriladi:
1. Temir tanqisligi anemiyasi semiotikasi. Temir tanqisligi anemiyasi
dunyoda eng keng tarqalgan anemiya turi hisoblanadi. Uning asosiy klinik belgilari
bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i: Temir tanqisligi tufayli kislorod yetishmovchiligi
yuzaga keladi, bu miya faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Teri va shilliq
qavatlarning oqarishi: Qon tarkibida gemoglobinning kamayishi oqibatida yuzaga
keladi. Kuchsizlik va charchoq: Mushak hujayralariga kislorod yetkazib berishning
pasayishi sababli. Tirnoq va sochlarning zaiflashishi: Temirning kollagen hosil
bo‘lishida ishtirok etishi sababli, uning yetishmovchiligi tirnoq mo‘rtlashishi va
soch to‘kilishiga olib keladi. Disfagiya (yutishda qiyinchilik): Plummer-Vinson
sindromida kuzatiladi. Gijjalar: Ayrim holatlarda qorin og‘rig‘i va gijjalarning
ko‘payishi ichakdan temir so‘rilishining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
181
2. Gemoxromatoz semiotikasi. Temirning organizmda ortiqcha yig‘ilishi
gemoxromatozga olib keladi. Uning asosiy klinik belgilari: Terining qorayishi yoki
bronza rang olishi: Jigar va boshqa organlarda temirning ortiqcha to‘planishi
melanin ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Qorin og‘rig‘i: Jigar va oshqozon osti
bezining zararlanishi sababli. Bo‘g‘im og‘riqlari: Temirning bo‘g‘imlarda yig‘ilishi
artritga olib keladi. Diabet: Oshqozon osti bezining insulinga taʼsiri tufayli temirning
ortiqcha yig‘ilishi. Yurak yetishmovchiligi: Yurak mushaklarida temir to‘planib,
miokard faoliyatini pasaytiradi.
3. Xronik kasalliklar bilan bog‘liq anemiyalar semiotikasi. Xronik
kasalliklarda temirning o‘zlashtirilishi buziladi, bu esa quyidagi simptomlarni
keltirib chiqaradi: O‘rtacha anemiya belgilari: Teri oqarishi, charchoq, va tana
haroratining biroz ko‘tarilishi. Xronik kasallik belgilari ustunligi: Asosiy kasallik
(masalan, buyrak yetishmovchiligi, revmatoid artrit) simptomlari anemiya belgilari
bilan birga kuzatiladi.
4. Bolalar va homilador ayollardagi o‘ziga xos semiotikasi. Bolalar: Aqliy va
jismoniy rivojlanishning orqada qolishi, konsentratsiya pasayishi, ishtahaning
yo‘qolishi. Homilador ayollar: Charchoq, bosh aylanishi, homiladorlik
toksikozining kuchayishi va homilalik rivojlanishining orqada qolishi. Ushbu
simptomlarni aniqlash va ular orqali temir almashinuvi buzilishlarini o‘z vaqtida
aniqlash bemorlarni samarali davolash va kasallikning asoratlarini oldini olish
imkonini beradi.
Diagnostika. Temir almashinuvi buzilishlarini aniqlash uchun quyidagi
diagnostik usullar qo‘llaniladi:
1. Laborator tekshiruvlar: Gemoglobin va gematokrit darajasi: Temir
tanqisligini aniqlashda asosiy mezon. Ferritin: Temir zaxirasini ko‘rsatadi. Past
bo‘lsa, temir tanqisligini, yuqori bo‘lsa, gemoxromatozni ko‘rsatadi. Transferrin
darajasi va to‘yinishi: Temir transporti va zaxiralarini baholash uchun. Zardob temir
darajasi: Organizmda temir miqdorini o‘lchaydi.
2. Instrumental diagnostika: MRI (Magnit-rezonans tomografiya): Temirning
jigarda va boshqa organlarda yig‘ilishini baholash uchun qo‘llaniladi. Jigar
biopsiyasi: Organ to‘qimalarida temir miqdorini o‘lchash uchun ishlatiladi.
3. Genetik testlar: Gemoxromatoz yoki boshqa irsiy temir almashinuvi
buzilishlarini tasdiqlash uchun.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
182
Davolash. Temir almashinuvi buzilishlarining davolash usullari sababga va
patologiyaning turi va og‘irligiga qarab tanlanadi:
1. Temir tanqisligi anemiyasi: Oziq-ovqat bilan davolash: Temirga boy
mahsulotlarni (qizil go‘sht, ko‘katlar, dukkaklilar) isteʼmol qilish. Farmakologik
vositalar: Temir preparatlari (temir sulfat, temir fumarat) qo‘llaniladi. Ularni
ichakda yaxshi so‘rilishi uchun S vitamini bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi.
Og‘ir holatlar: Tomir ichiga temir preparatlari yuboriladi.
2. Gemoxromatoz: Flebotomiya: Organizmda ortiqcha temirni yo‘qotish
uchun qon olish usuli. Kelatlovchi terapiya: Temirni bog‘lab chiqaruvchi dorilar
(masalan, deferoksamin) qo‘llaniladi. Ovqatlanishni boshqarish: Temirga boy
ovqatlarni cheklash va vitamin C isteʼmolini kamaytirish.
3. Xronik kasalliklar bilan bog‘liq anemiya: Asosiy kasallikni davolash:
Temir tanqisligini keltirib chiqaruvchi sababni bartaraf etish. Eritropoetin
preparatlari: Qon ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun. Ushbu yondashuvlar
diagnostika va davolashni individual ravishda bemorning ahvoliga moslash
imkonini beradi va kasallikning asoratlarini kamaytiradi.
Temir almashinuvi buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha samarali
strategiyalar:
Profilaktika strategiyalari. Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish: Temir
tanqisligini oldini olish uchun un, tuz va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini
temir bilan boyitish (fortifikatsiya). Bu rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi orasida
temir tanqisligi darajasini kamaytirishda samarali hisoblanadi. Ovqatlanish
maslahati va ta'lim: Aholini temirga boy mahsulotlar (masalan, qizil go‘sht, yashil
sabzavotlar, dukkaklilar) va temirning so‘rilishini yaxshilaydigan qo‘shimchalar (C
vitamini) iste'mol qilishga rag‘batlantirish. Shu bilan birga, temir so‘rilishini
pasaytiruvchi mahsulotlar (masalan, kofe, choy) haqida ma’lumot berish. Homilador
ayollar va bolalar uchun maxsus qo‘shimchalar: Temir va folat kislotalarini
muntazam ravishda berish homiladorlik davrida va o‘sib borayotgan bolalarda temir
yetishmovchiligini oldini oladi.
Erta diagnostika va monitoring. Tibbiy tekshiruvlarni kengaytirish: Yillik
profilaktik ko‘riklarni joriy etish va qondagi ferritin, gemoglobin, va transferrin
miqdorini o‘lchash orqali temir almashinuvi buzilishlarini erta bosqichda aniqlash.
Genetik skrining: Irsiy gemoxromatoz va boshqa genetik temir almashinuvi
buzilishlarini erta aniqlash uchun genetik testlarni qo‘llash. Bolalar va homilador
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
183
ayollarni monitoring qilish: Temirga bo‘lgan yuqori ehtiyojni inobatga olib, maxsus
nazorat tizimini joriy etish.
Davolash strategiyalari. Temir tanqisligi anemiyasi: Temir qo‘shimchalari
bilan individual terapiya. Og‘ir holatlarda – tomir ichiga temir preparatlari yuborish.
Parhezni to‘g‘ri tashkil etish. Gemoxromatoz: Flebotomiya (qon olish) yordamida
temirning ortiqchasini yo‘qotish. Kelatlovchi terapiya: Temirni bog‘laydigan
dorilarni qo‘llash (masalan, deferoksamin). Temirga boy mahsulotlarni iste’mol
qilishni cheklash va antioksidantlar bilan terapiya o‘tkazish.
Sog‘liqni saqlash tizimi darajasida choralar. Milliy strategiyalar ishlab
chiqish: Temir yetishmovchiligi va ortiqcha yig‘ilishini bartaraf etishga qaratilgan
milliy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Sog‘liqni saqlash xodimlarini
tayyorlash: Temir almashinuvi buzilishlari bo‘yicha tibbiyot xodimlarini malaka
oshirish dasturlari bilan qamrab olish. Maqsadli guruhlarni qo‘llab-quvvatlash:
Homilador ayollar, bolalar, va yoshi katta aholiga yo‘naltirilgan sog‘liqni saqlash
dasturlarini kengaytirish.
Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar. Temir almashinuvi va uning buzilishlarini
chuqur o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish. Yangi davolash
usullarini, jumladan, xavfsiz va samarali temir qo‘shimchalari yoki kelatlovchi
dorilarni ishlab chiqish. Diagnostika vositalarining arzon va ko‘p funksiyali
bo‘lishini ta’minlash. Ushbu strategiyalarni amalga oshirish temir almashinuvi
buzilishlarini samarali bartaraf etishga, aholi salomatligini yaxshilashga va sog‘liqni
saqlash tizimiga bo‘lgan yukni kamaytirishga yordam beradi.
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – odam organizmida temir almashinuvi
buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarni chuqur o‘rganish, ularning kelib chiqish
sabablari, klinik belgilari (semiotikasi), diagnostik va davolash usullarini tahlil
qilishdan iborat. Tadqiqot temir tanqisligi va ortiqcha yig‘ilishini erta aniqlash,
sog‘liqni saqlash sohasida ushbu muammolarning dolzarbligini ko‘rsatish,
shuningdek, ushbu patologiyalarni bartaraf etish bo‘yicha samarali strategiyalarni
taklif qilishni maqsad qiladi.
Xulosa.
Temir almashinuvi buzilishlari dunyo aholisining salomatligiga
sezilarli darajada taʼsir ko‘rsatmoqda. Temir tanqisligi anemiyasi va gemoxromatoz
kabi patologiyalar nafaqat inson hayoti sifatini pasaytiradi, balki turli asoratlarni,
jumladan yurak, jigar va nerv tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Mazkur
tadqiqotda temir almashinuvi buzilishlarining asosiy belgilari, laborator va
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
184
instrumental
diagnostika
usullari,
shuningdek,
davolashning
zamonaviy
yondashuvlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari ushbu muammolarni erta aniqlash va
davolash uchun muhim ilmiy va amaliy asos yaratadi. Ushbu masalaning chuqur
o‘rganilishi kelgusida sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarni oldini olish bo‘yicha
samarali choralarni ishlab chiqishga yordam beradi. Temir almashinuvi buzilishlari
bilan kurashish jamiyat salomatligini yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biri
ekanligi qayd etildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. World Health Organization (WHO). Global anaemia prevalence and
impact. Available at: https://www.who.int.
2. Andrews, N. C. (1999). Disorders of iron metabolism. New England
Journal of Medicine, 341(26), 1986-1995.
3. Cappellini, M. D., Musallam, K. M., & Taher, A. T. (2020). Iron deficiency
anaemia revisited. Nature Reviews Disease Primers, 6(1), 1-18.
4. Ganz, T., & Nemeth, E. (2012). Hepcidin and iron homeostasis. Biochimica
et Biophysica Acta (BBA)-Molecular Cell Research, 1823(9), 1434-1443.
5. Cook, J. D., & Skikne, B. S. (1989). Iron deficiency: definition and
diagnosis. Journal of Internal Medicine, 226(5), 349-355.
6. Fleming, R. E., & Ponka, P. (2012). Iron overload in human disease. New
England Journal of Medicine, 366(4), 348-359.
7. Kell, D. B., & Pretorius, E. (2014). Serum ferritin levels in inflammation:
Iron and oxidative stress revisited. BMC Medicine, 12(1), 1-10.
8. Papanikolaou, G., & Pantopoulos, K. (2005). Iron metabolism and toxicity.
Toxicology and Applied Pharmacology, 202(2), 199-211.
9. GBD 2021 Anaemia Collaborators. The global burden of anaemia: A
systematic
analysis.
The
Lancet
Global
Health.
Available
at:
https://www.thelancet.com.
