Authors

  • Faxriddin Abdullayev
    Urganch Davlat Universiteti Psixologiya yo‘nalishi Magistratura bosqichi 241 – guruh magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.64244

Keywords:

o‘z-o‘zini boshqarish motivatsiya muvaffaqiyat sportchilar psixologiya shart-sharoitlar emotsional holat

Abstract

Sportchilarda o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sir qilish orqali muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini shakllantirish, sportchilarni yuqori natijalarga erishishga undaydigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. O‘z-o‘zini boshqarish faoliyati, sportchining o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishi, hissiy va jismoniy holatini boshqarishi, shuningdek, o‘z jismoniy salohiyatini to‘liq namoyon qilishida muhim hisoblanadi. Muvaffaqiyatga erishishlari uchun esa  sportchilarni qo‘llab-quvvatlashda psixologik va fiziologik omillarni inobatga olgan holda, ular uchun maxsus shart-sharoitlar yaratish muhimdir. Shu nuqtai nazardan, motivatsiyani shakllantirish uchun individual yondashuvni amalga oshirish, maqsadlarni aniq belgilash va ijobiy fikrlash usullarini amaliyotga tatbiq qilish lozim. Ushbu maqolada sportchilarda o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sir qilish orqali muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini shakllantirish shart-sharoitlari haqida so‘z yuritiladi. O‘z-o‘zini boshqarish faoliyati sportchilarning natijalariga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri ekanligi ko‘rib chiqiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

325




SPORTCHILARDA O‘Z-O‘ZINI BOSHQARISHGA TA’SIR QILISH

ORQALI MUVAFFAQIYATGA ERISHISH MOTIVATSIYASINI

SHAKLLANTIRISH SHART-SHAROITLARI

Urganch Davlat Universiteti

Psixologiya yo‘nalishi Magistratura bosqichi

241 – guruh magistranti

Abdullayev Faxriddin Kamoladdin o‘g‘li

Annotatsiya:

Sportchilarda o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sir qilish orqali muvaffaqiyatga

erishish motivatsiyasini shakllantirish, sportchilarni yuqori natijalarga erishishga
undaydigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. O‘z-o‘zini boshqarish faoliyati,
sportchining o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida mustaqil ravishda qarorlar qabul
qilishi, hissiy va jismoniy holatini boshqarishi, shuningdek, o‘z jismoniy
salohiyatini to‘liq namoyon qilishida muhim hisoblanadi. Muvaffaqiyatga
erishishlari uchun esa sportchilarni qo‘llab-quvvatlashda psixologik va fiziologik
omillarni inobatga olgan holda, ular uchun maxsus shart-sharoitlar yaratish
muhimdir. Shu nuqtai nazardan, motivatsiyani shakllantirish uchun individual
yondashuvni amalga oshirish, maqsadlarni aniq belgilash va ijobiy fikrlash
usullarini amaliyotga tatbiq qilish lozim. Ushbu maqolada sportchilarda o‘z-o‘zini
boshqarishga ta’sir qilish orqali muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini
shakllantirish shart-sharoitlari haqida so‘z yuritiladi. O‘z-o‘zini boshqarish faoliyati
sportchilarning natijalariga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri ekanligi ko‘rib
chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

o‘z-o‘zini boshqarish, motivatsiya, muvaffaqiyat, sportchilar,

psixologiya, shart-sharoitlar, emotsional holat.

Аннотация:

Формирование мотивации к достижению успеха у спортсменов через влияние
на саморегуляцию является одним из основных факторов, побуждающих
спортсменов добиваться высоких результатов. Деятельность саморегуляции
включает в себя принятие самостоятельных решений спортсменом на пути к
достижению своих целей, управление своим эмоциональным и физическим
состоянием, а также полное проявление своих физических возможностей. Для


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

326




достижения успеха важно создать специальные условия, принимая во
внимание психические и физиологические факторы, поддерживающие
спортсменов.

С

этой

точки

зрения

необходимо

реализовывать

индивидуальный подход к формированию мотивации, четко ставить цели и
применять методы позитивного мышления на практике. В данной статье
рассматриваются условия формирования мотивации к достижению успеха у
спортсменов через влияние на саморегуляцию. Обсуждается, что деятельность
саморегуляции является одним из ключевых факторов, влияющих на
результаты спортсменов.

Ключевые слова:

саморегуляция, мотивация, успех, спортсмены,

психология, условия, эмоциональное состояние.

Kirish:

Ma’lumki inson bolalik paytidan to kichik maktab yosh davrigacha

bo‘lgan taraqqiyot jarayonida turli xil ongli va ongsiz harakatlarni bajaradi. Bu
harakatlar ma’lum jismoniy (kuch, serhatakatlilik, tezkorlik, chaqqonlik,
egiluvchanlik) hamda ruhiy (qiziquvchanlik, mardlik, jasurlik, mustaqillik, o‘ziga
ishonch) harakatlar hisoblanadi. Asta sekinlik bilan taraqqiyot jarayonida bu
harakatlar malakalarga aylanib (oʼz-oʼzini anglash, oʼz-oʼzini nazorat qilish, oʼz-
oʼzini boshqarish, yurish, yugurish, sakrash, osilish, ko‘tarish va boshqalar) sayqal
topadi. Manashu taraqqiyot jarayonida shaxsga uning rivojlanishi uchun zarur
bo‘lgan to‘g‘ri boshqaruv va motivatsiya zarur hisoblanadi. Bugungi kunda jadal
rivojlanish jarayonida bo‘lgan yurtimizning rivojiga yanada hissa qo‘shish har bir
ongli fuqaro zimmasiga, shu jumladan, yosh sportchilar zimmasiga ham ulkan
vazifalarni yuklamoqda. O‘zbekiston sportchilari jahon miqyosida o‘tkazilayotgan
yirik musobaqalarda va olimpiyada oʼyinlarida qatnashib, nufuzli oʼrinlarni qoʼlga
kiritib kelmoqdalar. Albatta bu jarayon o‘z-o‘zidan bo‘lmasligi ayon, buning uchun
sportchilar faoliyatida o‘z o‘zini boshqarishni rivojlantirish orqali muvaffaqiyatga
erishish motivatsiyasini shakllantirish shart sharoitlarining ahamiyati katta.

O‘z-o‘zini boshqarish faoliyati, sportchilarda o‘z bilimlarini, ko‘nikmalarini,

hissiyotlari va qarorlarini boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan
strategiyalarni o‘z ichiga oladi. Bunday boshqaruv qobiliyati, sportchining nafaqat
o‘z maqsadlarini belgilashda, balki ularga erishish jarayonida yuzaga keladigan turli
xil jismoniy va ruhiy to‘siqlarni yengib o‘tishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

327




Motivatsiya sportchi faoliyatida muvaffaqiyatga erishishning eng muhim

omillaridan biri hisoblanadi. Sportchilarning motivatsion holati ularning
maqsadlariga erishishga bo‘lgan ishtiyoqi, irodasi va harakatida namoyon bo‘ladi.

Shu nuqtai nazardan, sportchilar faoliyatida o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sir

qilish orqali orqali muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini shakllantirish shart-
sharoitlari muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Bu shart-sharoitlar sportchilarga
ruhiy barqarorlikka erishishlari, jismoniy salohiyatlarini to‘liq namoyon qilishlari,
va eng asosiysi, uzluksiz muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun zarurdir.

Asosiy qism:

Bugungi kunda yurtimizda yuqori malakaga ega bo‘lgan

sportchilarni tarbiyalash, ularga sportga oid bilimlarni berish, musobaqalarga
tayyorlash say harakatlari uzluksiz davom etib kelmoqda. Bundan tashqari yoshlar
orasida ham sportning barcha turlariga qiziqadigan va shu bilan birga barcha sport
turlariga qatnashib, bo‘sh vaqtlarini samarali faoliyat bilan o‘tkazayotganlar soni
ham kundan kunga ortib bormoqda. Bu jarayonlarni inobatga olgan holda yurtimizda
yoshlarning muntazam sport faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun barcha zarur
shart sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Quyida sportchilarda muvaffaqiyatga erishish
motivatsiyasini shakllantirish borasidagi bir nechta shart-sharoitlari keltirilgan.

-

Trenerlar tomonidan musobaqalar oldidan musobaqa haqidagi barcha

ma’lumotlarni yig‘ish va ularning ishonchlilik darajasini tekshirish;

-

Sportchilarga musobaqa oldidan musobaqa jarayonlari qanday kechishi,

bo‘lajak raqibi hamda uning salohiyati haqida to‘liq ma’lumotlarni berish;

-

Sportchilarga musobaqadan ko‘zlangan maqsad va undan olinishi kerak

bo‘lgan natija haqida ko‘rsatma berish;

-

Sportchilarning musobaqa oldidan taktik va texnik salohiyatini oshirish;

-

Sportchilarni musobaqa oldidan zarur psixologik bilimlarni olishlari uchun

psixologik seminar va treninglarga jalb qilish;

-

Sportchilarning musobaqa oldidan yaxshi kayfiyatda va ko‘tarinki ruhda

bo‘lishlarini ta’minlash.

Sportchilarda

o‘z-o‘zini

boshqarish

qobiliyatini

rivojlantirish

va

muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini shakllantirish jarayonlari bir-biriga bog‘liq
jarayonlardir. Bu jarayonlar sportchilarning psixologik va emotsional holatini
yaxshilash, ularning maqsadlariga erishishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirish va
jismoniy salohiyatlarini to‘liq ishlatishlarida birdek amamiyatga ega. Shunday ekan,
sportchilarning muvaffaqiyatga erishishlari uchun bu soha mas’ullari bo‘lgan


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

328




murabbiylar, jamoalar va boshqaruvchilar o‘zaro hamkorlikda ish olib borishlari
lozim.

Mavzuning dolzarbligi
Bugungi kundagi sport faoliyati nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki psixologik

jihatdan sog‘lom muhit talablarini o‘z ichiga olgan kompleks faoliyat ekanligi bilan
ham ajralib turadi. Bunda sportchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z salohiyatini
to‘liq ishga solish, stress va salbiy hissiy holatlarni boshqarish, maqsadga erishish
yo‘lida samarali qarorlar qabul qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi.

Yuqoridagi talablarga javob bera oladigan sportchilar bugungi kundagi sport

faoliyatida xalqaro musobaqalarda davlatlarning yuroqi natijalarni egallashi uchun
o‘z hissasini qo‘sha oladigan sportchilardir.

Shu boisdan, sportchilarda o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish va

muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini shakllantirish masalasi joriy davrda juda
dolzarb hisoblanadi. Ushbu mavzu sportchilarni psixologik jihatdan to‘g‘ri
tayyorlash, ularga to‘g‘ri motivatsiya strategiyalarini ishlab chiqish va sport
faoliyatidagi muvaffaqiyatlarga erishishda katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari,
sport psixologiyasi, murabbiylik va sportni boshqarish sohalarida ham bu mavzu
yanada chuqurroq tahlil va tadqiqotlarni talab qiladi, chunki har bir sportchi o‘ziga
xos xususiyatlarga ega bo‘lib uni har tomonlama o‘rganish lozim.

Shu sababli, sportchilarda o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sir qilish orqali

muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini shakllantirish shart-sharoitlari masalasining
o‘rganilishi nafaqat sportchilarning natijalarini yaxshilash, balki ularning psixologik
holatini mustahkamlash va umumiy ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlashda katta
ahamiyatga ega. Bu mavzu shuningdek sportchilik faoliyatini yaxshilash, umumiy
jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun ham zarur
hisoblanadi.

Muhokama:

Sportchilarda o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sir qilish va

muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini shakllantirish masalasi sport psixologiyasi
va murabbiylik amaliyotida turgan dolzarb mavzu hisoblanadi. Sportchi faqat
jismoniy mashg‘ulotlar bajarish va texnik ko‘nikmalarni egallash bilan cheklanib
qolmasdan, o‘zining psixologik jihatlarini boshqarish ko‘nikmasiga ham ega
bo‘lishi lozim. Shu sababli, o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatining motivatsion faoliyat
bilan chambarchas bog‘liq ekanligi sportchilarning yuqori natijalarga erishishdagi
samaradorligini oshiruvchi muhim omil hisoblanadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

329




O‘z-o‘zini boshqarishning psixologik ahamiyati
Sportchlar musobaqalar oldidan musobaqada yuqori natijalarga erishish

tashvishida bo‘lishadi, bunday vaziyatda irodaviy sifatlari yaxshi rivojlanmagan
sportchilarni vahima bosadi. Bunday vaziyatlarda ba’zi sportchilarda o‘z kuchiga
nisbatan ishonchsizlik, ruhan charchash kabi noxushlik holatlari yuz beradi:
sportchining yurak urishi tezlashadi, qon bosimi oshadi, qo‘l kafti va badanidan ter
chiqa boshlaydi. Bunday holatda tajribasiz sportchilarda emotsional ta’sirlanish
holati kuchayib, vahimaga tez berilish, jismoniy va ruhiy to‘siqlarni yengishda
qiynalish, musobaqadan oldin qaltirash holatlari paydo bo‘ladi. Bundan tashqari
labi va og‘zi qurib, yuzlari oqarib ketadi. Epchil, o‘ziga ishongan, irodaviy sifatlari
kuchli sportchilarda esa bunday holat kuzatilmaydi. Ular musobaqada va ungacha
bo‘lgan paytda o‘zining jismoniy va ruhiy imkoniyatidan yuqori darajada
foydalanib ijobiy ko‘rsatkichlarga erishadilar: musobaqaga bor kuchini safarbar
qilishadi va yuqori natijalarga erishishadi. Bunda sportchilarning o‘z-o‘zini
boshqarish qobiliyatini egallaganligi muhim ahamiyatga ega.

Shart-sharoit va psixologik mashg‘ulotlarning ahamiyati

Sportchilarda o‘z-o‘zini boshqarish va motivatsiyani shakllantirishda

mashg‘ulotlarning, ya’ni trening jarayonining tashkiliy shart-sharoitlari muhim
ahamiyatga ega. Muvaffaqiyatga erishish uchun sportchi nafaqat jismoniy
tayyorgarlikni, balki psixologik va emotsional tayyorgarlikni ham yuqori darajada
saqlashi kerak. Shuning uchun trening jarayonlarida sportchilarga kerakli psixologik
maslahatlar beriladi, o‘z-o‘zini boshqarishga, stressni va vahimani yengishga
motivatsiyani oshirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Murabbiylar sportchilarga ular o‘z salohiyatini yuqori darajada ko‘rsatishlari

uchun motivatsion mashg‘ulot olib boorish strategiyalarni ishlab chiqishlari va
ularni amaliyotga tatbiq qilgan holda sportchilarga o‘rgatishlari lozim. Bunda,
individual yondashuv muhim o‘rin tutadi, chunki har bir sportchining shaxsiy
irodaviy sifatlari, harakteri, stressga munosabati, maqsadga erishish istagi turlicha
bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, sportchilarga ahil va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa muhiti ham

ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jamoa a’zolarining bir-birini rag‘batlantirishi, bir-biriga
yordam berishi va sportchilarning umumiy bir maqsad sari intilishi ularning
motivatsiyasini kuchaytiradi. Sportchilarda o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

330




rivojlantirishda jamoaning qo‘llab-quvvatlashi, murabbiylarning ijobiy yondashuvi,
shuningdek, jamiyat e’tibori va oilaning roli katta ahamiyatga ega.

Xulosa:

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish

mumkinki

sportchilarda o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sir qilish orqali muvaffaqiyatga

erishish motivatsiyasini shakllantirish shart-sharoitlari nafaqat sportchilarning
yuqori natijalarga erishishida, balki ularning ruhiy, emotsional holatini
barqarorlashtirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki xarakter, temperament,
qobiliyat va qiziqish kabilar sportchilarning individual psixologik xususiyatlaridir.
Har bir sportchi shu xususiyatlari bilan farqlanadi va maqsadiga o‘z rejalari,
qobiliyatlari orqali boradi. Shu bois sportchilar turli sport faoliyatlarida,
mashg‘ulotlarda biror mashq yoki sport o‘yinlarini tez yoki sekin bajarishda taktik
harakatlar rejasini amalda katta mahorat bilan namoyish etishda bir birlaridan farq
qiladilar.

O‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini egallash orqali olingan jismoniy va

psixologik bilim va tajribalar esa sportchilardagi bu farqga qaramasdan barcha
sportchini o‘z shaxsiy xususiyatlari bilan birdek muvaffaqiyatli bo‘lishini
ta’minlaydi. Muvaffaqiyatli bo‘lishning yana bir yo‘llaridan biri shundaki, har bir
sportchi avvalo o‘z qiziqish va xarakteriga mos bo‘lgan sport turini tanlashi lozim.
Chunki sportchi xarakterining ayrim jihatlarini tarbiyalash orqali uning sport
faoliyatidagi qiyinchiliklarga bardoshliligini mustahkamlash, uni sport faoliyati
talablariga moslashtirish mumkin.

Ushbu mavzu sport psixologiyasi, murabbiylik va sportni boshqarish

sohalarida katta ahamiyatga ega bo‘lib, sportchilarning yuqori natijalarga erishish
imkoniyatlarini oshiradi. O‘z-o‘zini boshqarish va motivatsiyani shakllantirish
orqali sportchilarni nafaqat jismoniy, balki psixologik jihatdan ham kuchli va tayyor
qilish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Murodov, S. (2015).

"Sport psixologiyasi." Toshkent: O‘zbekiston

Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.
2.

Jalilov, A. (2010).

"Sportda o‘z-o‘zini boshqarish va motivatsiya." Toshkent:

«Fan» nashriyoti.
3.

Abduqayumov, A. (2012).

"Sportchilarni psixologik tayyorlash." Toshkent:

Iqtisod-Moliya.
4.

Raximov, A., & To‘raqulov, S. (2018).

"Sport psixologiyasi va motivatsiya."


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

331




Toshkent: Xalq ta'limi vazirligi.
5.

Sodiqov, B. (2016).

"Sportda psixologik tayyorgarlik va motivatsiya."

Toshkent: «Shark» nashriyoti.
6.

Azimov, X. (2017).

"Sportchilarda stressni boshqarish va muvaffaqiyatga

erishish." Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
7.

Shokirov, S. (2014).

"Sportda o‘z-o‘zini boshqarish va ruhiy tayyorgarlik."

Toshkent: Ta'lim.
8.

Xamrayev, A., & Karimov, R. (2019).

"O‘z-o‘zini boshqarish va sportdagi

muvaffaqiyat." Toshkent: Yangi avlod.
9.

Djumaniyozov, T. (2015).

"Psixologik ko‘nikmalar va sportchilarni

tayyorlash." Toshkent: O‘zbekiston yuridik akademiyasi.
10.

Tursunov, R. (2013).

"Sportda motivatsiya va psixologik yordam." Toshkent:

O‘zbekiston Sport Jurnalistlari Uyi.
11.

Y. Masharipov “Sport psixologiyasi” (Toshkent – 2010)

O‘zbekiston

faylasuflari Milliy jamiyati nashriyoti

References

Murodov, S. (2015). "Sport psixologiyasi." Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

Jalilov, A. (2010). "Sportda o‘z-o‘zini boshqarish va motivatsiya." Toshkent: «Fan» nashriyoti.

Abduqayumov, A. (2012). "Sportchilarni psixologik tayyorlash." Toshkent: Iqtisod-Moliya.

Raximov, A., & To‘raqulov, S. (2018). "Sport psixologiyasi va motivatsiya." Toshkent: Xalq ta'limi vazirligi.

Sodiqov, B. (2016). "Sportda psixologik tayyorgarlik va motivatsiya." Toshkent: «Shark» nashriyoti.

Azimov, X. (2017). "Sportchilarda stressni boshqarish va muvaffaqiyatga erishish." Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti.

Shokirov, S. (2014). "Sportda o‘z-o‘zini boshqarish va ruhiy tayyorgarlik." Toshkent: Ta'lim.

Xamrayev, A., & Karimov, R. (2019). "O‘z-o‘zini boshqarish va sportdagi muvaffaqiyat." Toshkent: Yangi avlod.

Djumaniyozov, T. (2015). "Psixologik ko‘nikmalar va sportchilarni tayyorlash." Toshkent: O‘zbekiston yuridik akademiyasi.

Tursunov, R. (2013). "Sportda motivatsiya va psixologik yordam." Toshkent: O‘zbekiston Sport Jurnalistlari Uyi.

Y. Masharipov “Sport psixologiyasi” (Toshkent – 2010) O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati nashriyoti