Authors

  • Zokirjon Tajiyev
    q.x.f.n., dotsent, UrDU
  • Ko‘palboy Yo‘ldashev
    b.f.f.d. (PhD)., UrDU.
  • Gulzoda Amanboyeva
    yo‘nalishi 1- kurs magistri, UrDU.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.64254

Abstract

Bugungi kunda Yer yuzida aholi sonining ortishi, iqtisodiyot rivoji xisobiga tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi barcha ekinlar, shu jumladan, sholini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.

Respublikamizda sholidan yuqori hosil olish, aholining guruch mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirish va import qilinayotgan miqdorini kamaytirib valyuta tejash maqsadida tuproq-iqlim sharoitlariga chidamli, sifatli don ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, yuqori hosil beradigan navlarni joylashtirish, ularni yetishtirishda yuqori samarali resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, o‘ta muhim vazifalardan biri hisoblanadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

418




SHOLIDAN YUQORI VA SIFATLI HOSIL YETISHTIRISHDA SUV

TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING

SAMARADORLIGI

Tajiyev Zokirjon Rajabovich q.x.f.n., dotsent, UrDU.

Yo‘ldashev Ko‘palboy Razzaqovich

b.f.f.d. (PhD)., UrDU.

Amanboyeva Gulzoda Maxmudjon qizi biologiya yo‘nalishi 1- kurs magistri,

UrDU.

Kirish.

Bugungi kunda Yer yuzida aholi sonining ortishi, iqtisodiyot rivoji

xisobiga tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi barcha ekinlar, shu jumladan,
sholini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.

Respublikamizda sholidan yuqori hosil olish, aholining guruch mahsulotiga

bo‘lgan talabini qondirish va import qilinayotgan miqdorini kamaytirib valyuta
tejash maqsadida tuproq-iqlim sharoitlariga chidamli, sifatli don ko‘rsatkichlariga
ega bo‘lgan, yuqori hosil beradigan navlarni joylashtirish, ularni yetishtirishda
yuqori samarali resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish,
o‘ta muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Xorazm viloyati keskin kontenental murakkab iqlim sharoitiga ega, suvni

sho‘rlanish darajasi o‘ta kuchli. Bu esa qishloq xo‘jaligi hamda chorvachilikning
turli soxalarida qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining asosiy
qismi sug‘orilib ekiladi. Shuning uchun ham viloyatning yillik suv sarfi o‘ta
yuqoridir.

Shundan kelib chiqib suv sarfini kamaytirish maqsadida sholichilikda viloyat

sharoitiga mos suv tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va takomillashtirish zarur.

Adabiyotlar tahlili

. P.Toreshov, A.Kdirbayev, A.Pirniyazovlarning

takidlashlaricha Qopaqalpog‘iston Pespublikasi tuproq-iqlim sharoitida yaratilgan
ertapishar Canam sholi navini asosiy ekin sifatida urug‘idan sepib ekib
o‘rganilganda o‘suv davri 90-95 kun, suv sarfi o‘suv davri davomida har gektariga
16-18 ming m

3

hamda don hosildorligi 40-45 s/ga ni

tashkil etsa, takroriy ekin

sifatida ko‘chat usulida ekib olib bopgan ilmiy tajribalarida xuddi shu navning suv
sarfi ham gektaridan 4-7 ming m

3

ga tejalgan. Hosildorlik esa gektaridan o‘rtacha

45-50 sentnerni tashkil etib, hosildorlikni 4-5 s/ga oshiradi [1].


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

419




Campbel B.M, Beare D. J., Bennett Ye.M., Hall-Spencer J.M., Ingram J.S.I.,

Jaramillo F. Hap qanday sholiga asoslangan rivojlanayotgan iqtisodiyotda sug‘orish
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini oshirishning asosiy shartidir. Qishloq xo‘jaligi
sayyoradagi chuchuk suv zaxirasining -70% dan foydalanadi, shundan 40% sholi
yetishtirish uchun ishlatiladi. Insoniyatning yarmi uchun asosiy oziq-ovqat
mahsuloti bo‘lgan 3 milliarddan ortiq kishi asosiy tirikchilik manbai sifatida ushbu
ekinga tayanadi. Shuning uchun sholi ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni kampoq
suv bilan yetishtirish yo‘llarini izlash global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
uchun muhim ahamiyatga ega [2].

Natija va munozara

. Xorazm viloyati sharoitida olib borilgan tajribalarda

Sholi urug‘ini ekishda Class traktoriga o’rnatilgan Sapira-7 DS 300 Lemken markali
selkadan foydalanildi. Tajriba kuzatuv ishlari asosan lazurniy navida olib borildi.

Tajribaning birinch nazorat variantda odatdagi sharoitda sholining rivojlanish

fazalaridan kelib chiqib suv berib borildi. Sholining o‘sib-rivojlanish davri 3 ta
fazaga bo‘linadi, 1-vegetativ faza, 2-reproduktiv faza, 3-pishib yetilish fazasi. O‘z
navbatida har bir faza 2 ta davrdan iborat. Vegetatsiya fazasi o‘sish va tuplanish,
reproduktiv faza naychalash va gullash, pishib yetilish fazasi sut pishish va to‘la
pishish davrlaridan iborat. Har 3 ta fazaning davomiyligi ma’lum kunlarni o‘z ichiga
oladi. Bunda o‘sish davri 35 kun, tuplanish davri 30 kun, naychalash davri 20 kun,
gullash davri 15 kun, sut pishish davri 15 kun va to‘la pishish davri 15 kunni tashkil
qiladi. Sholining umumiy vegetatsiyasi uchun 128-132 kun talab qilinib, har bir
fazada suvga ehtiyoj turlicha bo‘ladi.

Shundan kelib chiqib birinchi variant, ya’ni nazorat variantida vegetatsiya

fazasining o‘sish davrida gektariga 5200 m

3

/ga,

tuplanish davrida 4500 m

3

/ga

jami

9700 m

3

/ga suv berildi, reproduktiv fazaning naychalash davrida 3900 m

3

/ga,

gullash davrida 3600 m

3

/ga, jami 7500 m

3

/ga, pishib etilish fazasining sut pishish

davrida 3200 m

3

/ga, to‘la pishish davrida esa 2000 m

3

/ga jami 5200 m

3

/ga suv

berildi. Bu variantda tajriba oxirida sholi pishib yetilgandan keyin sarflangan suv
22400 m

3

/ga ni va hosildorlik 72 s/ga tashkil qildi.

Tajribaning ikkinchi variantida sholini 20 kun suvsiz parvarish qilindi. Bunda

vegetatsiya fazasining o‘sish davrida 2350 m

3

/ga, tuplanish davrida 4500 m

3

/ga va

bu fazada jami 6850 m

3

/ga suv berildi. Reproduktiv fazaning naychalash davrida

3900 m

3

/ga, gullash davrida 3600 m

3

/ga suv, jami bu fazada 7500 m

3

/ga suv


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

420




sarflandi. Pishib etilish fazasining sut pishish davrida 3200 m

3

/ga, to‘la pishish

davrida 2000 m

3

/ga

suv, jami pishib yetilish fazasi uchun 19550 m

3

/ga

suv sarflandi.

Bu variantda umumiy vegetatsiya davri uchun 195500 m

3

/ga

suv sarflandi va

suv sarfi hisobiga 2850 m

3

/ga ga tejalib, hosildorlik 84 s/ga tashkil qildi.

Tajribaning uchinchi variantida sholi dalasi 30 kun suvsiz qo‘yib ilmiy

tadqiqotlar davom ettirildi. Bunda vegetatsiya fazasining o‘sish davrida 1150 m

3

/ga

suv, tuplanish davrida 4500 m

3

/ga suv, jami bu fazada 5650 m

3

/ga suv berildi.

Reproduktiv fazaning naychalash davrida 3900 m

3

/ga suv, gullash davrida 3600

m

3

/ga suv, jami bu davrda 7500 m

3

/ga suv sarflandi. Pishib yetilish fazasining sut

pishish davrida 3200 m

3

/ga suv, to‘la pishish davrida 2000 m

3

/ga

suv, jami pishib

yetilish fazasi uchun 5200 m

3

/ga

suv sarflandi. Bu variantda ham umumiy

vegetatsiya davri uchun 18350 m

3

/ga

suv sarflanib, hosildorlik 79 s/ga ni tashkil

qildi.

Xulosa.

Bu ilmiy tadqiqot ishida yillik sarflangan suv kamayib, 2850 m

3

/ga

tejalib yuqori hosil olinganligi ilmiy asoslangan. Bundan kelib chiqib suv resurslari
tanqis bo‘layotgan hozirgi davrda, sholichilikga ixtisoslishgan klaster va fermer-
dexqon xo‘jaliklariga yuqoridagi tejamkor suv texnologiyalari asosida olib borilgan
ilmiy tadqiqot natijalarini

joriy qilish tavsiya qilinadi

.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Toreshov P., Kdirbayev. A., Pirniyazov. A., Erta pishar Canam navini suv

sapfi //Agpoilm- O‘zb q/x №3 (7) 2008 yil B.14-15.

2. Campbel B.M, Beare D.J., Bennett Ye.M., Hall-Spencer,J.M., Ingram,

J.S.I., Jaramillo F., yet al. (2017 yil). Agriculture production as a major driver of the
//Yearth system yexceeding planetary boundaries. Yeol. Soc. 22:8.doi:
10.5751/YeS-09595-220408 P.70-72.

References

Toreshov P., Kdirbayev. A., Pirniyazov. A., Erta pishar Canam navini suv sapfi //Agpoilm- O‘zb q/x №3 (7) 2008 yil B.14-15.

Campbel B.M, Beare D.J., Bennett Ye.M., Hall-Spencer,J.M., Ingram, J.S.I., Jaramillo F., yet al. (2017 yil). Agriculture production as a major driver of the //Yearth system yexceeding planetary boundaries. Yeol. Soc. 22:8.doi: 10.5751/YeS-09595-220408 P.70-72.