“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
433
NEYROLINGVISTIKANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI
HAMDA O‘RGANILISHI
Komilova Shaydoxon Shuhrat qizi
Lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
Urganch davlat universiteti
Annotatsiya
: Ushbu maqolada neyrolingvistika sohasining shakllanishi, uning
asosiy vazifalari, o‘rganilish tarixi, nutqning paydo bo‘lishida neyronlarning muhim
roli va lingvistika bilan nevrologiyaning o‘zaro aloqasi chuqur tahlil qilingan.
Neyrolingvistikaning rivojlanish jarayonida ilmiy izlanishlar, uning amaliy
qo‘llanilishi va bu sohaning zamonaviy fanlar bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan.
Ishda, shuningdek, nutq faoliyatining neyron asoslari va tilning miya jarayonlariga
qanday ta’sir ko‘rsatishi ham yoritilgan.
Kalit so‘zlar
:
nevrologiya, neyron, miya yarimshari, afaziya, nutq, NLP.
Bugungi zamonaviy antropasnetrik tilshunoslikning diqqat markazida
lingvistik kommunikatsiya, nutqiy faoliyat subyekti, ya’ni shaxs tushunchasi turibdi.
Ana shunday yo‘nalishlardan biri neyrolingvistika sohasidir.
Neyrolingvistika bevosita nevrologiya, lingvistika va psixologiya fanlari
kesishuvida yuzaga kelgan tilshunoslikning fan tarmog‘i sifatida, miyada tilning aks
etishi, hosil bo‘lish jarayonlari, neyronlarning nutq organlariga ta’sir doirasi,
insonning ongli faoliyatida tilning ifodalanishi kabi bir qator tushunchalarni o‘z
ichiga oladi. Inson miyasidagi nerv hujayralari ya’ni neyronlar murakkab xarakterli
bo‘lib, asab sistemasining tilni, nutq birliklarini yuzaga chiqarishdagi o‘rni bugun
kunning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida talqin qilinmoq.
Neyrolingvistika maxsus yo‘nalish sifatida o‘tgan asrning 40-yillarida yuzaga
chiqa boshladi. Bu oqimning yuzaga chiqishida E.K.Trager, A.Xeker,
A.A.Leontyev, A.R.Luriya, E.S.Beyn, R.M.Boskis, O.S.Vinogradova, N.A.Eysler
singari bir qator olimlarning tadqiqotlari asos bo‘ldi. Jahon tilshunosligida
neyrolingvistikaga
oid
ilk
manba
muallifi
Luriyadir. Olim o‘zining
“Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” asarida bu soha va uning o‘rganish
obyekti, kuzatuvi, o‘z ichiga oladigan masalalari haqida dastlabki qarashlarni bayon
etdi [3]. 1974-yildan Garri Uitker tomonidan “Brain and language” jurnaliga asos
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
434
solinishi neyrolingvistikaning ommalashishiga, keng jamoatchilining diqqat
markazida bo‘lishiga xizmat qildi.
Fanning obyekti sifatida miyaning nutqiy va fikriy qobiliyati, xotira va
hissiyotlarning neyronlardagi ko‘rinishi, turli hayotiy vaziyat, yosh doirasidagi
o‘zgarishlarning miyya orqali til uslubiga, moddiy ifodalanishiga ta’sirini
o‘rganishdan iborat. Neyrolingvistika fanining muammolari bevosita inson bosh
miyya faoliyati bilan bog‘liq jarayonligi sabab, doimiy o‘zgarishda, rivojlanishda
bo‘lib, uning paradigmasi, qoidalari va mazmuni qat’iy emas. Shunday bo‘lishiga
qaramasdan, neyrolingvistika bosh miyadagi buzilishlar, shikastlanishlar va boshqa
turli oqibatlarga ko‘ra nutq faoliyatiga putur yetgan vaziyatlarni o‘nglashni o‘z
oldiga maqsad qilib olgan. Miyadagi nutq hosil bo‘lish o‘rniga zarar yetishi
oqibatida, nutqiy faoliyatda turli kemtikliklar, fikrlarni to‘g‘ri, izchil va ravon
yetkazib berishda to‘siqlarning yuzaga chiqishi va ularni davolash xususida Ibn Sino
va Beruniy asarlarida ma’lumotlarni kuzatishimiz mumkin.
Neyrolingvistika psixolingvistika bilan doimiy aloqada hisoblanib ba’zan bu
ikki yo‘nalish obyektlari bir-biri bilan aralashib ketadi. Biroq “Psixolingvistika buni
insondagi psixologik jarayonlar bilan bog‘lab tushuntirishga harakat qiladi.
Neyrolingvistika esa miya strukturalari va funksiyalari bilan bog‘lab o‘rganadi”, -
deya ta’kidlaydi olima Iroda Azimova. Boshqacharoq aytganimizda,
psixolingvistika ma’lum tashqi vaziyat yuzasidan insondagi emotsiyaga, ichki ruhiy
holatga asoslanib faoliyat olib borsa, neyrolingvistika inson miyasidagi tuzilishga va
neyronlarning faollik darajasiga bog‘liq holda tilni tadqiq etadi.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra inson miyasi ikkitaga ajratiladi, ya’ni miya va
miyacha. Miyacha-tana harakatlariga javobgardir. Miya o‘ng va chap yarimshar
miyaga ajralgan holda tadqiq etilib, chap yarimshar miya tillik miya deb
yuritiladi[1]. U nutq markazi, so‘z bilan bog‘liq tafakkur jarayonlarini bajarib
boradi. O‘ng yarimsharmiya esa borliqni so‘zsiz,idrok qilish, talqin qilish vazifasini
o‘tab, bunda asosiy bilish ko‘z orqali amalga oshiriladi.
1836-yili Fransiyaning kichik shahridagi shifokorlar yig‘inida oddiy vrach
Mark Daks so‘zga chiqadi va o‘z tadqiqotlarida aniqlagan xulosalarni bayon qiladi.
Uning ma’ruzasida quyidagicha fikrlar ta’kidlangandi: “Men bosh miyaning chap
yarimshari zararlangan bemorlarning barchasida nutq buzilishlarini kuzatdim.
Ammo o‘ng yarimshari shikastlangan bemorlarning birortasida ham nutq buzilishi
uchramadi. Demak, aynan bosh miyaning chap yarimshari nutq uchun mas’ul, ya’ni
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
435
u yerda nutq markazi joylashgan”. Bu nazariyagacha nutq uchun bosh miyaning
ikkala yarimshari ham javob beradi, deb faraz qilinardi. Mark Daks o‘z qarashlarini
anatomik teshkiruvlar asosida ko‘rsatib bermagani uchun o‘sha paytda e’tibordan
chetda qolib, og‘zaki ma’lumotlar sifatida ahamiyat berilmadi va tezda unutib
yuborildi.
1861-yilda anatomik olim P.Brokko o‘z tadqiqotida miya qismlaridan peshona
chap yarimsharida bo‘ladigan shikastlanishlaridan kuzatib bordi. Kuzatish
tadqiqotiga ko‘ra, miyaning bu a’zosiga putur yetkanda, inson nutq ifoda qilish
qobiliyatini yo‘qotadi, ammo boshqalar tomonidan gapirilgan axborotlarni to‘liq
tushunib, idrok eta oladi. 1974-yilda esa nemis olimi K.Venriki miyaning chakka
egri yarimsharida bo‘ladigan zararlanishlarni tadqiq qiladi. Olimning aniqlashidan,
bunday holatda inson so‘zlay olishi, ammo o‘zgalarning muloqotini, nutqlarini
tushunmasligi oydinlashadi. Ko‘rinadiki, neyrolingvistika nafaqat tilning
moddiylashuvini, balki uning buzilish sabablarini ham o‘rganuvchi tilshunoslik
bo‘limidir.
Neyrolingvistikani tadqiq qilishda, genderlik jihatlari, yosh tafovutlari, bir
tillilik va ko‘p tillilik, ma’naviy holat, so‘zlarning ishlatilish o‘rni va jozibasi, pauza,
temp, ijtimoiy soha doirasi, inson e’tiqodi masalasi, gapirish intonatsiyasi, til
grammatikasining bilish darajasi muhim material hisoblanadi. Jumladan, o‘g‘il
bolalar va qiz bolalarning miya faoliyatidagi neyronlarning faollik darajasiga ko‘ra
ular ifoda etayotgan til birliklaridagi va nutqning mazmuniy ko‘rinishidagi, bayon
qilinishidagi farqlarni kuzatish mumkin bo‘ladi. Yoki yosh tafovuti bilan bog‘liq
jarayonlarni tahlilga tortganimizda, ma’lum yoshdan keyin zararlanib, yo‘q bo‘lib
boruvchi neyron tolalari natijasida inson obektiv borliq haqidagi bilimlarni unutishi,
nutqni bayon qilish va idrok etish tezligining susuyashi yoki butkul yo‘qolishi, xotira
tizmidagi buzilishlar natijasida katta lug‘at boyligining unutila borishi, yoki kichik
yosh doirasidagilar nutqining to‘la shakllanmagan, ifodaning ravon bo‘lmagan
bosqichidan o‘sib borishi aniqlanadi. Ya’ni bu jarayon zidlanish asosida kechadi
(yosh bo‘yicha olganda, dastlab “quyidan yuqoriga” yosh ulug‘aygach “ yuqoridan
quyiga”).
Ko‘p tilni biluvchi poligotlarning miyasidagi nutq zonasiga zarar yetkanda,
neyrolingvistikaning qirralarini o‘rganish uchun qulay vaziyat sanaladi[5]. Chunki,
bu vaqtda shaxslar bir tilni butkul unutishi yoki ma’lum darajada saqlab qolib,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
436
boshqa tillarni unutishi, yoki barcha til birliklarini bir-biri qorishtirib yuborishi
mumkin.
Neyrolingvistika yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish, davo topish masalalari
bilan shug‘ullanadi. Neyrolingvistikada til, xususan, nutq bilan bog‘liq shunday
holatlar mavjudki, ular alohida jarayon sifatida o‘rganiladi. Malasan, afaziya
hodisasini olsak, bunda afaziya hodisasiga duchor bo‘lgam bemorlarda birovning
nutqini tushunishda, o‘qishda, yozishda, nutq bayon qilishda zaiflashish,
qobiliyatsizlik holatlari yuzaga chiqishi mumkin. Afaziyaning kelib chiqish
sabablari miyaga qon quyilishi, miya o‘simtasi, biror bir tashqi mexanik zarba,
shikast kabilar bo‘lishi mumkin. Afaziyaning bir nechta tasniflari mavjud bo‘lib,
ular Luriya tomonida sistemlashitirilib, ma’lum guruhlarga birlashtirilgan. Bular
total, qisman, motor, sensor, harakat, akustik, semantik afaziyalardir
[2].
Miya faoliyatining buzilishi nutqiy jarayonga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Miya
faoliyati buzilishi turlicha bo‘ladi: vaqtincha, doimiy, tug‘ma yoki orttirilgan [4].
Ruhiy zarbalar, qattiq siqilishlar, kuchli qo‘rquv va hayajon, haddan tashqari
tushkunlik, xavotir bundan tashqari, zararli ichimliklar va chekish vositalariga
bo‘lgan mutelik miya faoliyating vaqtincha yoki orttirilgan buzilishlariga asos
bo‘ladi. Ayni shu holatlarni homilador ayol boshdan kechirishi natijasida farzandda
tug‘ma miya faoliyati nuqsoni, buzilishi kuzatilishi mumkin. Nutq har bir shaxsda
individual shaklda rivojlanar ekan, uning til birliklari, nutq jarayoni bevosita o‘zi
mansub bo‘lgan muhit va o‘sh muhitning miyaga beradigan axborotlari, ta’siri
tufayli hosil bo‘ladi.
Neyrolingvistikaning taraqqiy etayotgan yo‘nalishlarida biri sifatida biz,
NLPni, ya’ni insonni til va so‘zlar yordamida dasturlashni ko‘rsatishimiz mumkin.
Bunday neyrolingvistik dasturlash orqali bugungi kunda ko‘plab insonlar shaxslarga
ta’sir qilishga urinmoqdalar.
Neyrolingvistik dasturlashga oid ilk ilmiy ish hisobotlari o‘tgan asrning
70-yillarida paydo bo‘lgan. Amerikalik olimlardan Jon Grinder va Richard
Bendlerlar neyrolingvistik dasturlar asoschilari hisoblanadilar. Neyrolingvistik
dasturlar turlicha bo‘lishi mumkin: har qanday hissiyotdan eng qisqa muddatda
chiqib ketish; (qo‘rquv, depressiya), insonning o‘zga qo‘ygan turli xil chegara va
cheklovlarni bartaraf etish (past o‘zlashtiruvchi, ma’lum hayoti vaziyatlardan
cho‘chib o‘z qobig‘iga o‘ralib olganlar); zararli illatlardan vos kechish (ichish,
chekish) uchun qo‘llanadigan dasturlar.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
437
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, insonning nutq ifoda eta olish qobiliyati,
o‘zgalarning nutqini tushunishi va qayta ishlay olishi, borliqdagi bilimlarni
o‘zlashtirgan holda tafakkur qila olishi bevosita miya faoliyatining tashkil
qilinishiga bog‘liq ekanligini neyrolingvistika sohasi isbotlab bergan. Til sistemasi
inson miyasida belgilar ko‘rinishida mavjud bo‘lib, nutqiy jarayonda kodlash va
dekodlash orqali, axborotlarni qabul qilish va uzashatishda yuzaga chiqadi.
Neyrolingvistika shu jarayondagi til birliklaridan miya faoliyatining buzilishi orqali
muloqotdagi uzilishlarning yuzaga chiqishi, turli psixologik ta’sirlar va tashqi muhit,
ichki ruhiy holat natijasida paydo bo‘lib, nutqqa putur yetkazadigan murakkab
omillarni tadqiq etadi. Nutqiy faoliyatning yuzaga kelishi, faoliyat a’zolarining bir-
birini tushunishda muhim vazifada turadigan miya mexanizmini o‘rganadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Egamberdiyeva. H.S. Zamonaviy tilshunoslikda neyrolingvistika
sohasining paydo bo‘lishi va uning ahamiyati. B-2.
2.
http:fayllar.org/public/.
3.
Muslixiddinova. R.H Neyrolingvistika: tahlil va talqin. Academic
research in Educational Sciences. Volume 5. Issue 1. B-62. 2024
4.
Otaqulova. A.O. Badiiy matn qahramonlarining neyrolingvistik tahlili.
Golden Brain journal. Volume 1. Issue 33. B-103
5.
Primov. A.I. Tilshunoslikning dolzarb muammolari. Urganch-2019.
B-55
