“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
450
MUSIQA TA’LIMIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Farg’ona davlat universiteti
1-kurs magistranti
Madaminova Xolida
Annotatsiya:
Mazkur maqolada mamlakatimiz ta'lim tizimining jahon
andozalariga mos tarzda rivojlanishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va zamonaviy
usullarni tatbiq etish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish masalalari
ko‘rib chiqiladi. Musiqa ta’limi insonning estetik didini shakllantirish va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutgani ta’kidlanadi. Shuningdek,
maqolada musiqa ta'limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interfaol
o‘qitish usullari, innovatsion texnologiyalar va ularning o‘quvchilarning musiqiy
qobiliyatlariga ta’siri batafsil yoritiladi.
Kalit so’zlar:
Pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari, ijodiy
qobiliyatlar, innovatsion metodlar, interfaol usullar, ta'lim samaradorligi.
ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ
ТЕХНОЛОГИЙ В МУЗЫКАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация:
В данной статье рассматривается развитие образовательной
системы нашей страны в соответствии с мировыми стандартами, вопросы
повышения эффективности образовательного процесса за счет внедрения
передовых педагогических технологий и современных методов. Отмечается,
что музыкальное образование играет важную роль в формировании
эстетического вкуса и развитии творческих способностей человека. Также в
статье
подробно
рассмотрены
информационно-коммуникационные
технологии в музыкальном образовании, интерактивные методы обучения,
инновационные технологии и их влияние на музыкальные способности
учащихся.
Ключевые слова:
Педагогические технологии, информационные
технологии, творческие способности, инновационные методы, интерактивные
методы, эффективность обучения.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
451
POSSIBILITIES OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MUSIC EDUCATION
Abstract:
This article considers the development of our country's education
system in accordance with world standards, increasing the effectiveness of the
educational process through the implementation of advanced pedagogical
technologies and modern methods. It is emphasized that music education plays an
important role in the formation of a person's aesthetic taste and the development of
creative abilities. The article also discusses in detail the use of information and
communication technologies, interactive teaching methods, innovative technologies
in music education and their impact on students' musical abilities.
Keywords:
Pedagogical technologies, information technologies, creative
abilities, innovative methods, interactive methods, educational effectiveness.
KIRISH
Mamlakatimizda yangilanib, jahon standartlariga mos keladigan ta‘lim
mazmuni tabiiy ravishda emas, balki ilg‘or pedagog-olimlar, metodist o‘qituvchilar
va jahon tajribasida erishilgan pedagogika yutuqlari orqali takomillashtirilmoqda.
Shu sababli, ta‘limni hozirgi bosqichda isloh qilish vazifalari yangicha fikrlaydigan,
tezkor axborot va texnologiyalar, kompyuterlashgan modelli o‘qitish sharoitida yosh
avlodning ta‘lim-tarbiyasi uchun mas‘ul bo‘lgan ijodkor o‘qituvchilarni
shakllantirishga qaratilgan.
Musiqa ta’limi insonning estetik didini shakllantirish, ijodiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish va madaniy merosni avlodlarga etkazishda muhim o‘rin
tutadi. Zamonaviy ta’lim jarayonlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
samaradorlikni oshirishning muhim omillaridan biridir. Ushbu maqolada musiqa
ta’limida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari haqida
so‘z yuritiladi.
Musiqa ta’limidan davlat ta’limi standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni
o’quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda asosan tarbiyani
birga olib borish lozimligi ta’kidlanadi. Shu bois, musiqa madaniyati ta’limning
yangi mazmuni, yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan,
umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida
voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Bunda o’quvchilar musiqa san’atini butun
nafosati bilan o’rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
452
etish, yakka va jamoa bo’lib qo’shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik
malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim-tarbiya jarayoni nima, u
an’anaviy dars turlaridan nimasi bilan farqlanadi degan masalaga e’tiborni
qaratamiz. Ma’lumki, an’anaviy dars turlarida ta’lim-tarbiya jarayonida markazda
o’qituvchi turadi. U o’quv materialini tushuntiradi, so’raydi va baholaydi.
O’quvchilar esa o’qitish jarayonining sust ishtirokchisi bo’lib, ular o’qituvchi
tushuntirishini eshitadilar va uning savollariga javob berish bilan kifoyalanadilar.
Pedagogik texnalogiyaga asoslangan o’qitishda esa o’quvchi mustaqil ravishda
bilim ko’nikma malaka egallash bilan birga o’z faoliyatlarini baholash darajasiga
ko’taradilar. Bunday o’qitishning esa ijrochisi o’quvchidir.
O’qituvchi bunda ta’lim olishning tashkilotchisi, o’quvchining yordamchisi
sifatida qatnashadi.Ta’limning zamonaviy sharoitlarida an’anaviy metodlarni
takomillashtirishga va yangi metodlarni izlab topishga tobora jiddiy talablar
qo’yilayotir. Hozirgi kunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnalogiyalar, dars
o’tishning noan’anaviy usullari, xususan , interfaol usul keng joriy etilyapti.
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida
texnik vositalar inson saloxiyati hamda ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib
o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va
qo’llashning tuzilish metodidir.
Musiqa darsi o’tishning zamonaviy pedagogik usullariga doir ko’plab
qo’llanmalar mavjud, bunday uslublarni ilg’or musiqa muallimlarining o’zlari kashf
qilganlar va ular yaxshi samara bermoqda. Xususan, “mavzu qanday bayon qilganda
uning necha foizi o’quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan o’zlashtiriladi?” degan
tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilgan ma’ruzalarning dialog shaklida
olib borilishi tajriba yakunida bugungi o’quvchilarning mustaqil fikrlashlari o’sib
borayotganini ko’rsatmoqda. Musiqa ta’limi yo’nalishi o’quvchilariga “Musiqa
o’qitishning innovatsion texnologiyalari” fanini o’qitishda “Aqliy hujum”,
“Juftlikda ishlaymiz”, “Musiqani top”, “Raqamlarni tanla”, “Xotira charxi” va
boshqa usullarni qo’llash jarayonida yuqori natijalarga erishmoqdamiz.
Pedagogik texnologiyalar – bu ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va
boshqarishning zamonaviy usullari majmuidir. Ular o‘qitishning samaradorligini
oshirish, o‘quvchilarning qiziqishlarini kuchaytirish va bilimlarni mustahkamlashga
yordam beradi. Musiqa ta’limida bu texnologiyalar o‘quvchilarning ijodiy
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
453
qobiliyatlarini rivojlantirishda, ularning musiqaga bo‘lgan qiziqishini oshirishda
muhim ahamiyatga ega.
Musiqa ta’limida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari
1.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
Virtual darslar va onlayn platformalar: ZOOM, Google Meet, Moodle kabi
platformalar yordamida masofaviy musiqa darslari tashkil qilish mumkin. Bu,
ayniqsa, individual yondashuv talab qilinadigan vokal va cholg‘u asboblari
darslarida qulaylik yaratadi.
Multimedia vositalari: Interaktiv taqdimotlar, audio va video materiallar
orqali musiqa nazariyasini osonroq tushuntirish mumkin. Masalan, mashhur
bastakorlarning asarlarini vizualizatsiya yordamida tahlil qilish.
2.Interfaol ta’lim usullari
O‘yin texnologiyalari: Musiqa ritmini o‘rgatishda musiqiy o‘yinlar va
mashqlar katta yordam beradi. O‘quvchilar uchun qiziqarli topshiriqlarni joriy etish
orqali ularning e‘tiborini jalb qilish mumkin.
Guruhiy faoliyat: Guruh bo‘lib kuylash, ansambl mashg‘ulotlari orqali
o‘quvchilarda hamkorlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi.
3.Innovatsion texnologiyalar
Mobil ilovalar va dasturlar: Musiqiy ta’lim uchun mo‘ljallangan ilovalar
(Musical Ear, Simply Piano, Yousician) orqali o‘quvchilar mustaqil ravishda mashq
qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Virtual haqiqat (VR) va kengaytirilgan haqiqat (AR): VR yordamida
o‘quvchilar orkestr tarkibida o‘zlarini sinab ko‘rishlari yoki tarixiy musiqiy
sahnalarga virtual sayohat qilishlari mumkin.
Musiqa idrokini shakllantirishda ifoda vositalarining muhimligi qo’shiqni sof
ohangda kuylash bilan xarakterlidir. Qo’shiqdagi unli tovushlarni cho’zibroq,
undosh tovushli bo’g’inlarni esa tez va burro talaffuz etish tavsiya etiladi. Bunday
ifoda vositalari boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan dars va qo’shimcha
mashg’ulotlar o’tkazish jarayonida qo’llanilsa dars samaradorligiga erishiladi.
Dars jarayonida o’qituvchi musiqa tinglashda jonli ijrodan foydalansa
o’quvchiga yanada qiziqarliroq bo’ladi. Musiqa tinglash faoliyatini texnik vositalar
orqali amalga oshirish bilan o’quvchining musiqiy dunyoqarashi kengayadi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
454
Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilar musiqa tinglash, qo’shiq kuylash,
cholg’u asboblariga jo’r bo’lish kabi harakatlarni bajarish bilan birga albatta ritmik
harakatlarni to’laqonli ravishda bajarishlari shart. Bu bilan o’quvchining tinglash,
diqqatni bir joyga to’plash, musiqa ohangiga mos harakatlar bajarish, chapaklar
asosida ritmga jo’r bo’lish orqali qobiliyatlari rivojlanadi.
Musiqa ta’limida texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari
O‘quvchilarning musiqaga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
Darslarni o‘tkazish jarayonida vaqtni tejashga yordam beradi.
Talabalar ijodkorligini rivojlantiradi va ularni mustaqil o‘rganishga undaydi.
Ta’lim jarayonida individual yondashuvni ta’minlaydi.
XULOSA
Musiqa
ta’limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quv
jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish va zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish uchun keng imkoniyatlar
yaratadi. Ushbu texnologiyalarni to‘g‘ri va maqsadli qo‘llash orqali musiqa ta’limini
yanada yuqori bosqichga olib chiqish mumkin.
FOYDALANGAN
ADABIYOTLAR
1.
J.G’ Yo’ldoshev, S.A.Usmonov Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy
asoslari. -Toshkent, O’qituvchi 2004 yil.
2.
Q.Tolipov, M.Usmonboeva Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy
asoslari.T. «Fan»2006 yil.
3.
Ishmuhammedov R.J. Innovatsion tehnologiyalar yordamida ta’lim
samaradorligini oshirish yo’llari.T2000 yil.
4.
D.A. Karimova Musiqiy pedagogi mahorat asoslari.T. Moliya-iqtisod
2008
5.
Davletshin M. G. Zamonaviy maktab o`qituvchisining psixologiyasi. –
Toshkent, - O`zbekiston, 1999 – yil.
6.
Sharipova G. Musiqa o`qitish metodikasi. TDPU, 2004 – yil.
7.
Musiqa o`qitish metodikasi va maktab repertuari. Fanning o`quv –
uslubiy majmuasi. – SamDU, 2011 – yil.
