“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
490
XIVA XONLIGIDA JADIDCHILIK HARAKATI
Xudoyberdiyev Olloberdi G’ayratjon o’g’li
University of Business and Science
Tarix yo’nalishi 2-kurs talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada Xiva xonligida jadidchilik harakatini
shakllanishi va namoyondalari faoliyati, jadidchilik harakati orqali nimalarga
erishilgani haqida so’z boradi.
Kalit
so’zlar
: Usuli savtiya, Maktabi muharamiy, Maktabi jadida, Vaziriy
Akbar, Yosh xivaliklar, qozi, oxund, pochta, telegraf.
Xiva xonligida jadidchilar tomonidan buyuk kelajakni yaratish yo’lida olib
borilgan ilmiy va ma’naviy islohatlar, bu islohatlar qanday natijalar bergani va xalq
bunday islohatlarni qanday qabul qilgan va qanday munosabat bildirgan.
Vatanimiz tarixida XIX ikkinchi yarmida hukimronlik qilgan xonlar, amirlar
orasida hech biri adabyot va san’at, ilm-marifat, ta’lim-tarbiya, mamlakat
obodonchiligi soxasida Muhammad Raximxon Feruzchalik faoliyat ko’rsatgan
emas. Xiva xonligida Muhammad Raximxon Soniy va mirzaboshi Komil Xorazmiy
tashabusi bilan usuli jadid makatablari Buxoro amirligiga nisbatan ancha oldin
ochila boshladi. 1891-yildayoq ulug’ mutafakkur Komil Xorazmiy tashabbusi bilan
Urganchda birinchi usuli jadid maktabi ochildi. Bu maktab xalq orasida katta etibor
qozondi. Dastlab 25 ta o’quvchi talim oldi va diniy bilimlar bilan bir qatorda tarix,
hisob, jug’rofiya kabi aniq fanlar hamda rus tili alohida o’quv predmeti sifatida
o’qitilgan. Xonlikdagi an’anaviy maktablardan farqli ravishda darslar jadvali, xar
bir dars 50 minut va 10 minutlik tanafus joriy qilindi. Bu maktabni Muhammad
Raximxon ham kelib ko’rdi va o’g’li Asfandiyorni shu maktabga o’qishga berdi,
jihozlari,o’quv qurollari uchun davlat hazinasidan mablag’ ajratadi. Xiva xonligida
jadidchilik harakati rahnamolaridan biri Sayid Islomxo’ja ibn Sayid Ibrohimxo’ja,
shoir va mutafakkir Yusufbek Bayoniy, Muhammad Rasul Mirzo (Komil
Xorazmiyning o’g’li), Ahmad Tabibiy, Avaz O’tar o’g’li shu maktabda rus tilini
o’rganishgaan.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
491
Komil Avaz “Garchi erurman tolei Feruz” maqolasida takidlagandek, Feruz
xonlikda ta’lim-tarbiya, maoruf soxasida ham katta islohatlarni amalga oshirgan.
1904-yilda Muhammad Rahimxon buyrug’iga binoan Urganch shaxrida “usuli
savtiya” usuliga asoslangan jadid maktablari ochiladi. Qozondan taklif etilgan
pedagog Husayn Qo’shayev mualimlik qiladi va qo’l ostidagi o’quvchilar soni 45
nafarga yetadi. 1906-yilda marifatparvarlar va ota-onalar taklifiga binoan
Urganchda hudi shunday maktab qizlar uchun ochildi. Muallim etib Husayin
Qo’shayevning rafiqasi Komila Qo’shayeva tayinlandi. Bu maktabni Muhammad
Raximxon borib ko’radi, talim-tarbiyani yangicha usulini ko’rib mamnun bo’ladi.
Husayin Qo’shayevni boshdan oyoq sarpo berildi va xonlik xazinasidan maktab
iqtisodiy yordam ko’rsatishga qaror qildi.
Asfandiyorxon valiyaxtlik vaqtidayoq “usuli savtiya”ga asoslangan yangi
maktablarning usuli qadim maktablaridan afzaliklarini tushunib yetgan edi,
islohatchilik faoliyati bilan ancha etibor qozongan yangilik tarafdorlaridan edi.
1907- yil fevralda Xiva aholisining arziga binoan Qozon shaxrining mashxur
Olimjon Barudiy madrasasidan ikki nafar usuli jadid mualimini taklif etadi. Bu
mualimlar ishtirokida yangi usul maktablari ochadi.
Xivada ochilgan ushbu “Maktabi Muxaramiy” va “Maktabi jadida”da 113
talaba 1907-yil 28-mayda valiyaht Asfandiyor va devonbegi huzurida, 31-mayda
qozilar, oxundlar, muftiylar huzurida imtixon topshirdilar. Imtixon axli Xiva va
Urganchda yana ikkita usuli jadid maktabini ochish va Qozondan yana ikki mualim
taklif qilishga qaror qabul qildilar. Xonlikdagi yangi maktablar noziri Ramazon
Muxamad Karimzoda bu qarorni barchaga elon qildi.
Muhammad Rahimxon Feruz vafotidan kegin taxtga o’tirgan Asfandiyor ham
usuli jadid maktablari rivojiga katta ahamiyatni davom etirdi ayniqsa, devonbegi
(Bosh vazir) Said Islomxo’ja bunday ma’rifiy ishlarga bosh bo’ldi. Qozondan
mualimlar taklif qilish ular yordamida usuli jadid maktablari ochish davom etdi. XX
asr boshdayoq Islomxo’ja zamona talablariga ham ohang holda o’z hisbidan ikki
qavatli usuli jadid maktabi qurdirdi, rus, tatar mualimlarini jalib qildi. U bunday
ma’rifiy faoliyati tufayli “Vaziriy Akbar” sharafli unvoniga musharaf bo’ldi. Uning
bu faoliyati “Tarjimon” gazetasi taxriryati etiborini o’ziga qaratdi: “Islomxo’ja
iqtizoyi zamona ko’ra ilm va marifat nashrini daxi lozim ko’rub, Xivaya ruscha va
tatarcha mualimlar keltirmish va bir qoch adad usuli jadida maktablari ochtirmish
edi. O’z masorifindan bir maktab bino qildirdi. Mamlakat islohini so’ngi yilarida
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
492
ko’p xizmat edi… Xivada bazi ilmlarning Buxorodan ilgarida o’lmasinda
Islomxo’janing tasiri o’ldi, demak mumkundur”.
Islomxo’ja bilan Asfandiyorxon taraqqiyparvarlikda fikran bir-birlariga juda
yaqin edilar, buning ustiga Asfandiyorxon Islomxo’jaga kuyov ham edi.Bunday
fikriy yaqinlik natijasida xonlikning Xiva va Urganch shaharlarida zamonaviy
shifoxonalar, po’chta-telograf, maorif-madaniyat maskanlari barpo etildi va ularga
xonlik xazinasidan mablag’ ajratildi.
Isfandiyorxon taxtga o’tirgan 1910-yilda “Yosh xivaliklar” tashkiloti xalq
ichida katta tasir kuchiga edi. Sharoyitni xisobga olib va 1917-yilda Rassiyada sodir
bo’lgan Fevral inqilobi tasirida Isfandiyor bazi bir tadbirlarni amalga oshiradi. O’sha
yilning 5-aprelida “Yosh xivaliklar” ishtirokida elik kishidan iborat Oliy Majlis
tuziladi va hatto ikki jadid-biri hukimat, ikkinchisi esa majlis rayisi etib saylanadi.
Junaydixonning bu majlis qarorni tan olmay, xamkorlikda faoliyat ko’rsatishdan
bosh tortishi, ikkinchi tomonda ruslarning “Yosh xivaliklar” hukumatiga qarshi
chiqishi natijasida majlis Isfandiyorxon tomonida tarqatilib yuboriladi. 1917-yilgi
Oktiyabr to’natrishidan kegin vaziyat yanada o’zgardi. Hokimat tepasiga kelgan
balshevniklar yashirin va qochqinlikda faoliyat olib borayotgan “Yosh xivaliklar”ni
qo’lab quvatlashdi.
Shu bilan birga balshevniklar Isfandiyorxon bilan ham orani uzmadi. Ora
yo’lda qolgan Junaydixon esa bir tomondan rus qo’shinlari, ikkinchi tomondan
Isfandiyorxon va “Yosh xivaliklar” bilan kurashni davom etiradi. 1918-yilning
sentiyabir oyida u Urganch-To’rtko’l-Chorjo’y telefon aloqa tarmog’ini yo’q qilib,
bir nechta qishloqni qo’lga oladi va oxir oqibat Isfandiyorxoni o’ldirishga muaffaq
bo’ladi. Isfandiyorxoni o’limidan so’ng Xivadagi vaziyat yanada keskinlashadi.
Junaydixon tomonidan qo’ng’irotlardan bo’lgan Sayyid Abdullo taxtga o’tkaziladi.
Xon ruslarga uzoq vaqit davomida urush olib borildi. 1920-yilning 20-yanvarida rus
qo’shinlari Xivaga kiradi va Sayyid Abdullo taxdan ag’dariladi va 1-fevralda
Xorazim Xalq Jumuryati elon qilinib,boshqaruv “Yosh xivaliklarga”ga o’tadi.
Jadid maktablarining Xiva xonlikgi bilan Buxoro amirligida shakilanish va
rivojlanish jarayoni bir-biridan tubdan farq qiladi. Buxoro amirligida usuli jadid
maktablarining keng tarqalishiga yuqori tabaqa – amir, ko’shbegi, qozikalom va
mutassib ulamolar Keskin qarshilik ko’rsatgan bo’lsalar, Xiva xonligida, aksincha
bu masalada xon boshchiligidagi yuqori tabaqa bunday maktablarni qo’lab quvatladi
va farmonlar chiqarishdi, pastki tabaqa hamda mualimlar bunda sust bo’lishdi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
493
Shuning natijasida usuli jadid maktablari keng shakilana olmadi. Jadid
maktabdorlari, usuli jadid pedagoglari va mualimlari xalq orasidan yetishib chiqishi
sust kechdi, xaonlik asosan Qozon tatarlaridan, Bog’chasaroydan darsliklar, turli
o’quv kitoblari olish, mualimlar jalb qilish masalasi bilan mashg’ul bo’ldi. Bu yo’l
orqalik xonlikdagi morif tizimni tubda isloh qilish mumkun emas edi.
Xulosa qilib shuni aytish keraki, mahaliy ananaviy maktablarning jahon
taraqiyotidan butunlay uzulib qolganligi, ta’lim-tarbiya tizimidagi turg’unlik XIX
asr boshlaridayoq Muhammad Xakimxon, Komil Xorazimiy kabi dunyo ko’rgan
mutafakirlarni qattiq tashvishga soldi. Ular o’z asarlarida ta’lim-tarbiya tizimini
tubdan takomilashtirish, jadid milliy dunyoviy boshlang’ich ta’limiga asos solish va
rivojlantirishga o’z asarlarida urg’u beradilar. Ular bu masalada katta amaliy
ishlarga ham bosh qosh bo’lishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
“Tarjimon” gazetasi, 1913 yil. 75-son
2.
Satimjon Xolboyev. Turkiston jadidchiligi-miliy uyg’onish davri tarixi.
“Namangan”. 2012.
3.
Rustam Sharipov. Turkiston jadidchilik harakati tarixidan. “O’qtuvchi” -
Toshkent. 2002.
