“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
37
XORAZM VILOYATI TURISTIK DESTINATSIYALARINING
O‘ZBEKISTONNING BOSHQA QISMLARIDAGI TURISTIK
MARKAZLARGA NISBATAN AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI
Sobirova Zilola Baxtiyor qizi
Matjonov To‘rabek Otabek o‘g‘li
Urganch Davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqola Xorazm viloyatining turistik imkoniyatlarini
O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan solishtirishga bag‘ishlangan. Maqolada
Xorazmning asosiy turistik obyektlari, jumladan, Ichan Qal’a, "Arda Xiva"
majmuasi, Qalajiq tuzli ko‘li, shuningdek, viloyatning tabiiy go‘zalliklari, madaniy
an’analari va milliy taomlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Xorazmning
afzalliklari yoki turizm infratuzilmasining zaifligi va xalqaro taniqlikning pastligi
kabi kamchiliklari ham yoritilgan. Maqolada Xorazmning turistik salohiyati boshqa
hududlar bilan solishtirilgan holda tahlil qilinadi va viloyatni rivojlantirish yo‘llari
haqida umumiy xulosalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Xorazm viloyati, turistik destinatsiyalar, Ichan Qal’a, "Arda
Xiva" majmuasi, Qalajiq tuzli ko‘li, milliy taomlar, turizm infratuzilmasi,
Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona vodiysi, transport imkoniyatlari
ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF TOURIST DESTINATIONS
IN KHOREZM REGION COMPARED TO TOURIST CENTERS IN
OTHER PARTS OF UZBEKISTAN.
Abstract:
This article is devoted to comparing the tourist potential of the
Khorezm region with other regions of Uzbekistan. The article provides detailed
information about the main tourist attractions of Khorezm, including Ichan Qala, the
Arda Khiva complex, the Qalajiq salt lake, as well as the natural beauties, cultural
traditions and national cuisine of the region. The advantages of Khorezm or its
disadvantages, such as the weakness of the tourism infrastructure and low
international recognition, are also highlighted. The article analyzes the tourist
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
38
potential of Khorezm in comparison with other regions and presents general
conclusions about the ways of developing the region.
Keywords:
Khorezm region, tourist destinations, Ichan Qala, "Arda Khiva"
complex, Kalajik salt lake, national cuisine, tourism infrastructure, Samarkand,
Bukhara, Tashkent, Fergana valley, transport options
Kirish:
Xorazm viloyati – O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida joylashgan
bo‘lib, o‘zining noyob tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklari bilan dunyo miqyosida
mashhur. Bu viloyatda joylashgan Ichan Qal’a, Xiva shahri, "Arda Xiva" majmuasi,
Qalajiq tuzli ko‘li kabi diqqatga sazovor joylar har yili minglab sayyohlarni o‘ziga
jalb qiladi. Biroq, Xorazmning turistik imkoniyatlari O‘zbekistonning boshqa
hududlari, masalan, Samarqand, Buxoro, Toshkent yoki Farg‘ona vodiysi bilan
solishtirganda qanday afzallik va kamchiliklarga ega? Ushbu maqolada Xorazm
viloyatining turistik jihatlari boshqa hududlar bilan solishtiriladi va uning o‘ziga xos
xususiyatlari yoritiladi. Bilamizki geografiya fani obyektlarni hududiy jihatdan
o‘rganadi. Ko‘pincha hudud yoki manzil so‘zini turizm sohasida destinatsiya
(inglizcha “destination” - “manzil, belgilangan joy”) deb ishlatishadi.
Adabiyotlar tahlili va metodlar:
Ushbu maqolada Xorazm viloyatining
turistik imkoniyatlarini O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan solishtirish uchun
turli manbalardan foydalanilgan. Masalan
, “UNESCO World Heritage Centre
(1990). Itchan Kala.”
Bu manba Ichan qal’aning UNESCO butunjahon merosi
ro‘yxatiga kiritilganligi va uning tarixiy ahamiyati haqida aniq ma’lumotlar beradi.
Maqolada Ichan Qal’aning Xorazm viloyati uchun turistik ahamiyati ta’kidlangan
va bu manba orqali uning xalqaro miqyosdagi tan olinishi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston
Milliy Ensiklopediyasidan olingan ma’lumotlardan esa X
orazm viloyatining
umumiy geografik, tarixiy va madaniy xususiyatlarini tahlil qilish uchun
foydalanilgan. Viloyatning tabiiy resurslari, tarixiy obidalari va madaniy merosi
haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.
O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom
Karimovning “O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari”
asarida davlatimizning
turistik salohiyati umumiy ko‘rinishda tahlil qilingan bo‘lib, Xorazm viloyatining
turizm sohasidagi o‘rni va imkoniyatlari haqida fikr yuritish uchun ma’lumotlar
taqdim etilgan. Xorazmning boshqa hududlar bilan solishtirilganda turistik jihatdan
qanday afzallik va kamchiliklari borligi haqida tahlillar keltirilgan.
Smith, J.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
39
“Central Asia’s Hidden Gems: Tourism in Uzbekistan”.
Bu manba
O‘zbekistonning turistik diqqatga sazovor joylari, shu jumladan Xorazm
viloyatining xalqaro miqyosda tan olinishi va uning kamchiliklari haqida
ma’lumotlar beradi. Xorazmning xalqaro sayyohlar uchun nima uchun hali ham
“yashirin durdona” ekanligi haqida tahlillar keltirilgan. Shuningdek yaqindagina
ishga tushirilgan Xivadagi majmua haqida ma’lumotlarni rasmiy web-saytidan olish
mumkin bo‘ladi.
“Arda Xiva” majmuasining zamonaviy turizm infratuzilmasi va
uning Xorazm viloyatining turistik salohiyatini oshirishdagi roli haqida aniq
ma’lumotlar keltiriladi. Majmuaning turistik xizmatlari va uning viloyatga qo‘shgan
hissasi haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada t
arixiy tahlil metodlari,
solishtirma tahlil metodi va geografik tahlil metodlaridan foydalanildi.
Madaniy tahlil metodida X
orazmning madaniy merosi, milliy taomlari, an’analari
va ularning turistik ahamiyati tahlil qilingan. Bu metod orqali viloyatning madaniy
jihatdan boyligi va uning sayyohlar uchun qiziqish uyg‘otishi ko‘rsatilgan.
Natijalar va muhokama:
Xorazm viloyatining turistik afzalliklari haqida
gapiriladigan bo‘lsa, undagi tarixiy obidalar va tabiiy resurslar aholimizning
hayoliga kelishi tabiiy. Ulardan bazilarini ko’rib chiqsak. Xiva shahridagi Ichan
Qal’a – bu Xiva xonligi davriga oid noyob me’moriy yodgorliklar majmuasi bo‘lib,
1990-yilda UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ichan Qal’a
ichida Muhammad Aminxon madrasasi, Kalta Minor, Juma masjidi kabi diqqatga
sazovor joylar mavjud. Bu joylar Xorazmning boy tarixini aks ettiradi va sayyohlar
uchun noyob tajriba taqdim etadi. Bundan tashqari Ichan qal’adagi kamchiliklar
inobatga olingan holda, davlatimizning turistik salohiyatini yanada yaxshilash uchun
yaqinda “Arda Xiva” majmuasi ham bunyod etildi. “Arda Xiva” majmuasi – bu Xiva
shahrida qurilgan zamonaviy turizm infratuzilmasi bo‘lib, u tarixiy meros bilan
zamonaviy qulayliklarni uyg‘unlashtiradi. Majmua ichida mehmonxonalar,
restoranlar, savdo maydonchalari va madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan joylar mavjud.
Ushbu ishlar Xorazm viloyatining zamonaviy turizm destinatsiyalariga qo‘shilishida
ajoyib yurish bo‘ldi. Bog‘ot tumanidagi Qalajiq tuzli ko‘li – bu tabiatning noyob
manzarasi bo‘lib, uning suvlari terapevtik xususiyatlarga ega. Ko‘l atrofidagi
landshaftlar sayyohlar uchun ajoyib fotosuratlar olish imkoniyatini yaratadi. Bundan
tashqari ko‘l atrofida ko‘plab turistik infratuzilmalarning yaxshilanayotgani,
atrofida tarixiy tus beruvchi qurilish inshootlari Bog‘ot tumani uchun ko‘zga
ko‘rinarli omil bo‘lmoqda. Shu bilan birga Xorazmning xalqaro transport
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
40
imkoniyatlari ham respublikaning boshqa joylaridan qolishmaydi. Shovot
tumanidan Turkmaniston respublikasining Dashovuz shahriga o‘tish punkti va
davlatning u yerda qurishi rejalashtirilayotgan jahon bozori davlatimizning geogafik
o‘rnini
barcha
jabhalarda
yaxshilaydi.
Bundan
tashqari
Xorazm viloyati Turkmanistonning Dashog‘uz viloyati bilan chegaradosh ekanligi
xorijiy sayyohlar uchun qo‘shni mamlakatlarga kirish imkoniyatini yaratadi. Bu
Xorazmni mintaqaviy turizm markaziga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi. Chunki
yillar davomida dunyo uchun yopiqlik siyosatini olib borayotgan Turkmaniston
hukumatida ko‘plab turistik destinatsiyalar mavjud. Xorazmning Shovot tumanidagi
chegara postida olib borilajak islohotlar kelgusida viloyatning turizm va savdo-
sotiqdagi obrosini keskin ko‘tarib yuborsa bu ikki davlat aholisi uchun faqat foyda
bo‘lar edi. Yana aytib o‘tishimiz lozim bo‘lgan jihat bu madaniy va milliy
an’analardir. Xorazm o‘zining noyob raqslari, musiqasi, milliy liboslari va
an’anaviy taomlari bilan mashhur. Xorazm palov, shivit oshi kabi milliy taomlar
sayyohlar uchun alohida qiziqish uyg‘otadi. Bu soha bo‘yicha viloyat geograflari
ko‘plab ilmiy ishlar olib bormoqda.
Viloyatning turizm sohasidagi yutuqlari katta bo‘lishiga qaramay,
kamchiliklari ham mavjud. Xorazm viloyatining turistik kamchiliklari haqida so‘z
yuritsak. Transport imkoniyatlarining chekliligi viloyatning zaif jihatlaridan biridir.
Xorazmga yetib borish uchun transport imkoniyatlari cheklangan, ayniqsa xorijiy
sayyohlar uchun. Toshkent yoki Samarqand kabi yirik shaharlarga nisbatan
Xorazmga parvozlar kamroq tashkil etilgan. Turizm infratuzilmasining zaifligi esa
yana bir katta muammodir. Xorazmda turizm infratuzilmasi hali ham Samarqand va
Buxoroga nisbatan kam rivojlangan. Mehmonxonalar, restoranlar va transport
xizmatlari yetarli emas. Ayniqsa o‘rta va kichik yoshli sayyohlar uchun
yotoqxonalar(dormitory) deyarli tashkillashtirilmagan desa ham bo‘ladi. Va nihoyat
xalqaro taniqlilikning pastligi bu bizning og‘riqli nuqtamiz. Sayyohlar Samarqand
haqida turkiy millatlarning faxri bo‘lmish Amir Temur tarixidan yaxshi bilishadi.
Lekin Xorazmshohlar haqidagi kinolar, asarlarning kam yoki deyarli yo‘qligi kabi
muammolar Xorazm viloyati taniqliligining asosiy sabablaridan biridir. Biz buning
yechimi sifatida ijtimoiy tarmoq marketing (SMM) sohasi ustida hali ko‘p
ishlashimiz zarurligini anglatadi. Xiva va Xorazmning tarixiy ahamiyati katta
bo‘lsa-da, u hali ham Samarqand va Buxoro kabi xalqaro miqyosda keng
tanilmagan. Keling Xorazm va respublikamizning boshqa hududlarini turizm omili
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
41
bo‘yicha solishtirib ko‘raylik. Samarqandda turizm infratuzilmasi ancha
rivojlangan, ammo Xorazmning tarixiy jozibadorligi va sokin muhiti uni alohida
qiladi. Buxoro ham tarixiy jihatdan boy, biroq Xorazmning tabiiy manzaralari va
kamroq gavjumligi uni afzal qilishi mumkin. Toshkent zamonaviy infratuzilma va
xalqaro transport imkoniyatlari bilan ajralib turadi, ammo Xorazmdagi kabi qadimiy
tarixiy obidalar topish qiyin. Farg‘ona vodiysi tabiiy go‘zallik va hunarmandchilik
bilan mashhur, Xorazmdagi tarixiy gilamchilik sohasi unga yetishi qiyin bizningcha.
Xulosa:
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Xorazm viloyati o‘zining
noyob tarixiy merosi, madaniy boyligi va tabiiy go‘zalliklari bilan O‘zbekistonning
eng qimmatbaho turistik manzillaridan biridir. Biroq, transport va infratuzilma
sohasidagi kamchiliklar uning turistik darajasini pasaytiradi. Lek baribir, Xorazmni
boshqa hududlar bilan solishtirganda, uning o‘ziga xosligi va potentsiali uni
sayyohlar uchun alohida qiladi. Bizning fikrimizcha “Arda Xiva”dek sayyohlarni
o‘ziga jalb qila oladigan majmua qurish uddasidan chiqayotgan tashkilotchilar
Ko‘hna Urganchimizning yo‘qligini bildirmay, o‘ziga xos tarzda haybatli va go‘zal
qilib “Tozo Urganch” majmualarini ham qurishni rejalashtirishlari lozim. Maqola
talabalar va boshqa o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u O‘zbekistonning
turistik manzillarini o‘rganish va solishtirishga qiziqqanlar uchun foydali manba
bo‘ladi deb umid qilamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR
1.
UNESCO World Heritage Centre. (1990).
Itchan
Kala
. https://whc.unesco.org/en/list/543
2.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. (2020).
Xorazm viloyati
.
3.
Karimov, I. (2018).
O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari
. Toshkent:
O‘zbekiston nashriyoti.
4.
Smith, J. (2019).
Central Asia’s Hidden Gems: Tourism in Uzbekistan
.
London: Travel Publications.
5.
"Arda Xiva" rasmiy veb-sayti. https://ardakhiva.uz
