Authors

  • Kumush Bobojonova
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
  • To‘rabek Matjonov
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.81871

Keywords:

Xorazm viloyati ArcMap to‘qay sinflashtirish

Abstract

Ushbu maqolada GAT texnologiyalari yordamida Amudaryo to‘qaylarining Xorazm hududidagi qismini xaritalashtirish masalalari o‘rganilgan. Bunda Landsat 8 OLI/TIRS sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan, dasturlash muhiti sifaftida esa ArcMap ilovasidan foydalanilgan. To‘qaylarning tuzilishi nisbiy bo‘lib, ularni chegaralashda NDVI ma’lumotlari va usulidan foydalanish biroz muammo bo‘lgani sababidan, xarita yasashda sinflashtirish metodidan foydalanildi. Natijadagi xaritani shakllantirish uchun Xorazm viloyatining 2025-yilning mart oyidagi sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlaridan foydalanildi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

159




GAT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA XORAZM VILOYATI

HUDUDIDAGI AMUDARYO TO‘QAYLARI XARITASINI CHIZISH

Kumush Bobojonova Iskandar qizi

Matjonov To‘rabek Otabek o‘g‘li

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada GAT texnologiyalari yordamida

Amudaryo to‘qaylarining Xorazm hududidagi qismini xaritalashtirish masalalari
o‘rganilgan. Bunda Landsat 8 OLI/TIRS sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan,
dasturlash muhiti sifaftida esa ArcMap ilovasidan foydalanilgan. To‘qaylarning
tuzilishi nisbiy bo‘lib, ularni chegaralashda NDVI ma’lumotlari va usulidan
foydalanish biroz muammo bo‘lgani sababidan, xarita yasashda sinflashtirish
metodidan foydalanildi. Natijadagi xaritani shakllantirish uchun Xorazm
viloyatining 2025-yilning mart oyidagi sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlaridan
foydalanildi.

Kalit so‘zlar:

Xorazm viloyati, ArcMap, to‘qay, sinflashtirish

MAPPING OF AMUDARYA GROVES IN KHOREZM REGION

USING GAT TECHNOLOGIES

ANNOTATION:

This article studies the issues of mapping the Amudarya

groves in the Khorezm region using GIS technologies. Landsat 8 OLI/TIRS satellite
data was used, and the ArcMap application was used as a programming environment.
Since the structure of the groves is relative, and the use of NDVI data and methods
for their delimitation was somewhat problematic, a classification method was used
to create the map. Satellite images of the Khorezm region in March 2025 were used
to form the resulting map.

Key words:

Khorezm region, ArcMap, grove, classification

Mavzuning dolzarbligi.

Quruq iqlimli hududlar aholisi uchun suv obyektlari

va ular atrofidagi landshaftning ta’siri katta. Cho‘lni kesib o‘tuvchi tranzit daryolar
va ular atrofidagi to‘qaylar ko‘chmanchi qabilalar uchun dastlab termachilik,
ovchilik kabi faoliyatlar maydoni hisoblangan bo‘lsa, keyinchalik chorvalarni
oziqlantiruvchi maydon, ekin dalasi sifatida o‘zlashtirildi. Bugungi kunga kelib


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

160




estetik zavq olish va daryobo‘yi landshaftini asrash uchun maxsus qo‘riqxonalarga
aylantirilayotgan bir davrda bazi hukumatlar bu yakuniy bosqichga o‘tish o‘rniga,
haligacha suv obyekti yaqin bo‘lgan, unumdor tuproqli to‘qay maydonlarini ekin
ekish maqsadida o‘zlashtirishmoqda. Natijada ko‘plab noyob o‘simlik va hayvonot
dunyosi vakillari qirilib ketdi yoki qirilib ketish arafasida. Bu kabi ishlarning oldini
olish uchun turli xil institutlar turlicha choralar ko‘rmoqda. Biz ham Amudaryo
daryosi bo‘yidagi to‘qay landshaftini saqlab qolish uchun ushbu daryo
to‘qaylarining Xorazm viloyati hududidagi qismini xaritalashtirishni maqsad qildik.
Ushbu ishni bajarishda AQSh ning Landsat 8 OLI/TIRS sun’iy yo‘ldosh
ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.

Landsat 8 2013-yil 11-fevralda uchirilgan AQSh ning yerni kuzatish sun’iy

yo‘ldoshidir. Bu Landsat dasturidagi sakkizinchi sun’iy yo‘ldosh va orbitaga
muvaffaqiyatli chiqqan yettinchi sun’iy yo‘ldoshdir. Dastlab Landsat Data
Continuity Mission (LDCM) deb nomlangan, loyiha NASA va Amerika Qoʻshma
Shtatlari Geologik xizmati (USGS) oʻrtasidagi hamkorlikdir. Merilend shtatining
Greenbelt shahridagi NASA Goddard kosmik parvozlar markazi raketani ishlab
chiqish, missiya tizimlari muhandisligi va sotib olishni ta'minladi, USGS esa yer
tizimlarini ishlab chiqishni ta'minladi va doimiy missiya operatsiyalarini amalga
oshiradi. U Yer yuzasi haroratini oʻrganish va global isishni oʻrganish uchun
foydalaniladigan Operatsion Land Imager (OLI) va Termal Infraqizil Sensor (TIRS)
kamerasini oʻz ichiga oladi[1].

Tadqiqot ishining maqsadi.

Masofadan olingan ma’lumotlar asosida

Xorazm viloyati Amudaryo to‘qaylari mavjud hududlarni aniqlash.

Material va metodlar.

Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshidan 2025-yil mart oyidagi

havo ochiq yoki havo qisman bulutli biror davrdagi kosmik suratlar tanlab olinadi.

Buning uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirlari

https://earthexplorer.usgs.gov/

saytidan Landsat 8-9 OLI/TIRS C2 L2 tanlovi bilan qidiriladi. Shuningdek
izlanuvchi tadqiqot ishi olib borilayotgan joylarni qadab o‘tishi kerak

(1-rasm)

.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

161





Keyinchalik ArcMap dasturi ishga tushiriladi va unga Xorazm viloyati

tumanlari va Amudaryo daryosining shape fayl ma’lumotlari kiritiladi. Biz
Amudaryodan 2 km lik buffer zona oralig‘idagi to‘qaylarni aniqlaymiz. Buning
uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi.

ArcToolbox –> Analysis Tools –>Proximity–>Buffer
Keyin esa Buffer ishchi oynasiga Amudaryodan 2 km masofadagi buffer

hududlarni aniqlashi uchun buyruq beriladi

(2-rasm)

.

Keyin esa hududning Landsat sun’iy yo‘ldoshidan olingan tasvirlarining

3,4,5 – “band” lari ArcMap ishchi oynasiga qo‘shiladi.

Unda to‘qay zonalarini alohida sinflashtirish uchun 3 xil rang bandlarini

birlashtiriladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi.

ArcToolbox –>Data Management Tools –>Raster–>Raster Processing–>

Composite Bands

1-rasm


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

162





Composite Bands ishchi oynasiga 3 xil rangli bo‘lim joylanib, buyruq

beriladi

(3-rasm)

.

3-rasm

2-rasm


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

163





Xaritani yasashda uchragan yana bitta katta muammo shuki Xorazm viloyati

hududi Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshidan 3 bo‘lak qilib suratga olinadi. Shuning uchun
uning 3 bo‘lak qismlaridagi 3,4,5-ranglarni yuklab olishimiz va mos ravishda
birlashtirishimiz kerak

(4-rasm).

Bandlarni Mosaic buyrug‘i orqali birlashtirib chiqish mumkin

(5-rasm).

4-rasm


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

164




Xorazm viloyati to‘liq maydonining 3,4,5- badlari tayyor holga kelganidan

keyin ularni vegetatsiya indeksi bandlariga ko‘ra qo‘shish uchun “composite”
buyrug‘i beriladi.

5-rasm


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

165




Xorazmning butun hududi vegetatsiya indeksi paydo bo‘lgach, bizning

xaritamiz uchun muhim bo‘lgan Amudaryo daryosidan 2 km li buffer zona bilan
ustma-ust tushgan joyini qirqib olamiz. Buni clip buyrug‘i orqali bajarish
mumkin

(6-rasm).








Natijani 3 xilda, ya’ni, to‘qay, Amudaryo, o‘tloq qilib sinflashtirib chiqamiz.

Undan keyingi natijani esa shape fayl shakliga o‘tirib olamiz.

6-rasm


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

166




Maqoladagi maqsadimiz aynan Xorazm hududidagi to‘qaylar xaritasini

yasash va maydonini masofadan turib aniqlash bo‘lgani uchun, Diva-GIS saytidagi
O‘zbekiston Respublikasi siyosiy-ma’muriy kartasi ma’lumotlari yuklab olindi va
Amudaryo bo‘yidagi to‘qaylarning shu saytda berilgan Xorazm chegaralari bilan
chegaralangan qismi hisoblandi. Olingan xaritaga ko‘ra natija yaxshi chiqdi deb
o‘ylaymiz, lekin xaritaning masshtabini maydalashtirsa undagi to‘qay va o‘tloqlar
ko‘rinishi mumkin, lekin daryo yaxshi ko‘rinmaydi

(7-rasm).

Deyarli hamma narsa tayyor, endi xaritani epaqaga keltirish qoldi xalos.

Tadqiqot natijalari va xulosalar.

Hisobimizga ko‘ra Amudaryoning

Xorazm viloyatidagi to‘qayzorlar maydoni 2025-yil mart oyiga ko‘ra 892 kv. km. ni
tashkil qiladi. 2 km. buffer zonadagi o’tloqlar maydoni esa 807 kv.km atrofida
maydonni egallagan. Va yana shuni eslatib o’tishimiz kerakki, bu izlanishimiz bizga
nisbiy ma’lumot berib, asosan yilning xohlagan faslida, Landsat 8 sun’iy
yo‘ldoshidan olinadigan ma’lumotlarni qayta ishlab biror daryo bo‘yidagi to‘qayzor

7-rasm


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

167




va o‘tloqlarning maydonini aniqlash va xaritasini chizishning oson va tez usulini
yoritadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

168




ADABIYOTLAR:

1.

https://en.wikipedia.org/wiki/Landsat_8

2.

https://en.wikipedia.org/wiki/Normalized_difference_water_index

3.

https://nicolasdeffense.github.io/

References