Authors

  • Mahliyo Kamolova
    Navoiy Davlat Universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.76138

Keywords:

Coleoptera Tenebrionidae antenna tana qismlari tarsal formula antenna.

Abstract

Tenebrionidae oilasi vakillarining yer yuzida tarqalishi, yashash tarzi, oziqlanishi, tana tuzilishi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST

ISSN 2992-8869

503

UDK 59-3176

TENEBRIONIDAE OILASI VAKILLARINING MORFOLOGIK

XUSUSIYATLARI (Blaptini tribasi misolida)

Kamolova Mahliyo Zokirovna

Navoiy Davlat Universiteti tayanch doktoranti


Annotatsiya:

Tenebrionidae oilasi vakillarining yer yuzida tarqalishi,

yashash tarzi, oziqlanishi, tana tuzilishi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqida
umumiy ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

Coleoptera, Tenebrionidae, antenna, tana qismlari, tarsal

formula, antenna.

Аннотация:

представлены общие сведения о распространении

представителей семейства Tenebrionidae на земле, образе жизни, питании,
строении тела, характере и значении в жизни человека.

Ключевые слова:

Coleoptera, Tenebrionidae, усики, части тела, формула

лапки, усики.

Annotation:

general information about the distribution of representatives of

the Tenebrionidae family on the earth, lifestyle, nutrition, div structure, nature and
importance in human life is presented.

Key words:

Coleoptera, Tenebrionidae, antenna, div parts, tarsal formula,

antenna.

Tenebrionidae oilasi turlar soni jihatidan Coleoptera turkumining eng katta

oilalardan biri hisoblanadi.

Dunyo boʻylab bu oilaga mansub boʻlgan 30,000 dan

ortiq tur aniqlangan.

Lotin tilidan tarjima qilinganda tenebrio soʻzi

“qorongʻusevar” degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, oila vakillari asosan qora
rangli boʻlganidan qora tanli qoʻngʻizlar deb ham ataladi. Tuproqda yashaydigan
vakillari orasida toʻq jigarrang, tropik va subtropik mintaqa oʻrmonlarida esa yorqin
va metal ranglilari ham uchraydi. Tenebrionidlar asosan tunda harakatlanadi,
kunduzlari esa ularni toshlar ostida va atrofida, chirigan barglar, qurigan daraxt
qobiqlari hamda qoʻziqorinlar tanasi ostidan topish mumkin. Voyaga yetgan
qoʻngʻizlar va ularning lichinkalari asosan oʻsimlik qoldiqlari, quruq iqlimli
hududlarda yashaydigan vakilari tirik oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Lichinkalar
oʻsimlik ildizlari va oʻsayotgan urugʻlar bilan ham oziqlanishi mumkin. Voyaga


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST

ISSN 2992-8869

504

yetgan qoʻngʻizlar yosh oʻsimliklarning ildiz boʻgʻinlarini kemiradi, koʻplab choʻlda
yashaydigan turlari oʻsimliklarga tirmashib chiqish xususiyatiga ega va butalarning
tepa qismiga koʻtarilib ularning barg yoki kurtaklari bilan oziqlanadi. Tenebrionidlar
tirik ozuqalarni ham, oʻlik,ba’zan chalajon hasharotlar va hatto quruq oʻlik tanalarni
ham yeyishdan qaytmaydi. Bir qator turlari chumoli inlarida yashaydi.

Qoʻngʻizlar tanasining uzunligi mayda oʻlchamli vakillarida 2 – 3 mm dan

yiriklari 8 sm gacha boʻladi. Tanasi choʻziq, uzun oval, ellipssimon, oʻrtasidan
siqilgan va orqaga kengaygan shakllarda boʻlishi mumkin. Tana yuzasida turli
nuqtalar mavjud boʻlib, lupa orqali kattalashtirilganda ular chuqur boʻlmagan
yumaloq, chuqur yumaloq va koʻp qirrali ekanligini koʻrish mumkin.

Barcha qoʻngʻizlar singari tenebrionidae vakillarida ham rivojlanish toʻliq

matamorfoz bilan boradi va bunda ular 4 ta: tuxum, lichinka, gʻumbak va voyaga
yetgan davri boshidan kechiradi.

Blaptini tribasi Tenebrionidae oilasi, Tenebrioninae kenja oilasi mansub

vakillarni o’z ichiga oladi. Triba vakillari son jihatdan Tenebrioninae kenja
oilasining deyarli yarmini tashkil qiladi.

Qoʻngʻizlarning boshi gipognatik tipda, ya’ni jagʻlar va ogʻzi pastga qarab

ochiladi. Boshining oldingi qirrasi bir oz yoysimon va ko'pincha o'rta qismi tekis
bo’ladi. Boshida koʻzi, ogʻiz organlari va 1 juft antennalar joylashgan. Yonoqlari
qavariq bo’lib, bo’rtib chiqadi. Boshning eng keng qismi odatda ko'zlar va ma'badlar
chegarasiga to’g’ri keladi. Blaptini tribasi vakillarining yonoqlari qavariq shaklda
bo’lib, biroz oldinga bo’rtib chiqadi. Loviya shaklidagi koʻzlari boshining ikki
yonida joylashgan.
Koʻpchilik turlarida ogʻiz organlarining bir qismi ayrim turlarida esa butunlay
qobiq, ya’ni klipeus bilan qoplangan. Qora qoʻngʻizlarning ogʻiz apparati tuzilishi
ularning ovqatlanishi va turmush tarzi xususiyatlari bilan chambarchas bogʻliq.
Koʻpchilik vakillarining ogʻiz organlari kemiruvchi tipda boʻlib, yuqori lab, bir juft
yuqori jagʻ yoki mandibula, bir juft pastki lab yoki maksilla va pastki lab yoki
labiumdan iborat. Blaptini tribasi vakillarida ham og’iz organlari kemiruvchi tipda
tuzilgan bo’lib, mandibulalari kuchli rivojlangan.

Antennalari 11 boʻgʻinli, kamdan-kam hollarda 10 boʻgʻinli boʻladi.

Masalan, Bolitophaginae, Hypophloeinae, shuningdek Archeolglenini va
Opatrinae tribalarining ba’zi vakillarida. Archeolglenini tribasi turlari orasida
ba’zan 9 segmentli moʻylovga ega boʻlgan turlari ham uchraydi. Qora tanlilarning
antennalari turli shakllarda, monoliform, filiform, massiv, oxirgi 3 ta segmenti
apikal kengaygan, kuchli tarmoqlangan, yalangʻoch yoki tukli boʻlishi mumkin.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST

ISSN 2992-8869

505

Ayrim turlarida antenna sirti turli tuklar, qillar, sensillalar bilan qoplangan.
Antennalar qoʻngʻizlar uchun juda muhim, ular hidlash va ta’m bilish funksiyasini
bajaradi. Hid va ta’m bilish retseptori joylashgan antennalar oziqlarini topishda
yordam beradi.

Blaptina vakillarini tashxislashda ko’pincha antennalarning tuzilishidan

foydalaniladi. Antennalarni qiyosiy o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki,
Blaptinalarning turli taksonlarida ushbu organ o’zaro o’xshash bo’lib, faqat ayrim
belgilari bilan bir-biridan farqlanadi. Antennalar 11 segmentli bo'lib, erkaklarda
ular ayollarga qaraganda deyarli har doim uzunroqdir. Ammo tor yo'llar bo'ylab
tuproqni qazish yoki tuproq ostiga kirish antennalarning mos ravishda qisqarishiga
olib keladi. Bunga misol qilib quyidagi turlarni keltirishimiz mumkin. Blaps
hiemalis va Blaps parvicollis Zubkov, 1829. Antennalarning turli segmentlari
shakliga ko’ra o’zaro bir-biridan farqlanadi. Shu bilan birga, turli taksonlarda, hatto
bir genusda ham, apikal antennomerlarning shakli sezilarli darajada farq qilishi
mumkin: cho'zilgan oval va sharsimon. Masalan, Blaps chinensis Faldermann,
1835 turida 8-10-antennomerlarning shakli cho'zilgan, Blaps allardiana allardiana
Reitter, 1889, Blaps kompressipes Reitter, 1887 va Blaps helopioides Seidlitz,
1893 vakillarida cho’zilgan oval shaklida bo’ladi.

Koʻkrak qismi 3 ta segmentdan iborat boʻlib, har bir segmentda bir juftdan

oyoqlar joylashgan. Ikkinchi va uchinchi segmentda esa bir juftdan qanotlar
mavjud. Qoʻgʻizlarning yurishi, sakrashi va uchishi uchun yordam beradigan
muskullar ham koʻkrak qismida joylashgan. Birinchi jufti elitra deb nomlanuvchi
tashqi qattiq qanotlar. Ular uchishda ishtirok etmaydi, ostki qanotlarni himoya
qilish vazifasini bajaradi.

Abdomen - qoʻngʻizlar tanasining oxirgi qismi. Nisbatan kattaroq qismi

boʻlib, 11 segmentdan tashkil topgan. Tenebrionidlarning ba’zilaridan abdomen
segmentlari oʻzaro qoʻshilishi natijasida 11 tadan kam qismlarga ega boʻlishi
mumkin.

Tenebrionid qoʻngʻizlarning oyoq panjalari odatda 5 – 5 – 4 formulaga ega,

ya’ni oldingi va ikkinchi juft oyoqlari 5 panjali, oxirgi juft oyoqlari esa 4 panjali.
Bu ularni boshqa oila vakillaridan ajratish uchun asosiy belgilaridan biridir. Ayrim
hollarda istisno mavjud. Misol uchun, Bolitophaginae, Diaperinar, Pimeliinae va
Phrenapatinae tribasi vakillarida tarsal formula 4 – 4 – 4 hamda Phrenapatinilarda
3 – 3 – 3 koʻrinishda boʻladi. Tenebrionidlar odatda oʻrmalab harakatlanadi, ba’zi
turlari ucha oladi va ularni tungi lampalar orqali jalb qilish mumkin. Ammo
koʻpchilik turlari uchish qobiliyatini yoʻqotgan. Qurgʻochil hududlarda yashovchi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST

ISSN 2992-8869

506

koʻplab qora tanli qoʻngʻizlar uchun ikkinchi juft qanotlarining yoʻqolishi xos
boʻlib, elitrasi chok boʻylab zich birlashgan holda subelitral boʻshliqni hosil qiladi.
Bu boʻshliqqa traxeyalardan keladigan teshiklar ochiladi. Subelitral boʻshliqdagi
havo massasining qurulik darajasi pasayadi. Bu esa qoʻngʻiz tanasidagi namlik
yoʻqolish tezligini kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga tenebrionidae
vakillarining koʻpchilik qismi, masalan, Epitragini tribasi hamda Gonocephalum,
Anemia, Belopus va boshqa genus vakillari uchish qobiliyatini butunlay saqlab
qolgan.

Blaptini tribasi vakillarining oyoqlari o’rtacha uzunlikda bo’ladi. Pro- va

mezokokslari sharsimon, matakokslar ko'ndalang-oval shaklda. Troxanterlari
uchburchak shaklda.

Qora tanli qoʻngʻizlar orasida insonlarning omborxonalarida yashab oziq-

ovqat zaxiralari bilan oziqlanib zarar yetkazadigan turlar ham uchraydi. Shu bilan
birga, koʻplab ahamiyatga molik foydali xususiyatlari ham mavjud. Bir qancha
turlarning lichinkalari boqiladigan hasharotlar uchun oziq yoki labaratoriya
obyektlari sifatida maxsus yetishtiriladi. Tribolium castaneum laboratoriya
hayvonidir, ayniqsa populyatsiya ekologiyasini oʻrganishda namunaviy organizm
sifatida foydalidir. Zophobas morio boqiladigan sudralib yuruvchilar uchun ozuqa
sifatida foydalaniladi. Koʻpgina tenebrionidlar don va un siloslari va boshqa
omborxonalarning zararkunandalaridir, jumladan, T. kastaneum, Tribolium
confusum va Tribolium destructor kabi boshqa Tribolium turlari. Stenokara va
Onymacris kabi bir qancha avlodlar qurgʻoqchilik sharoitlarini va ular bilan bogʻliq
moslashuvlarni ekologik tadqiq qilishda qiziqish uygʻotadi.

Ulomoides dermestoides “saraton qoʻngʻizi” yoki “astma qoʻngʻizi” deb

nomlanadi, Argentinada iste'mol qilinadi, u yerda saraton, astma va boshqa
kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. ФАУНА УКРАИНЫ, И.И. Шмальгаузена, КИЕВ 2005 – г.
2. НАСЕКОМЫЕ УЗБЕКИСТАНА Академия наук Республики Узбекистан,
Ташкент 1993 – г.
3. ЭНТОМОФАУНА ЮГО-ЗАПАДНОГО КЫЗЫЛКУМА, А.Г. Давлетшина,
Г.А. Аванесова, А. К. Мансуров, Tашкент – 1979 г.
4.

www.zin.ru

5.

www.wikipedia.org

References

ФАУНА УКРАИНЫ, И.И. Шмальгаузена, КИЕВ 2005 – г.

НАСЕКОМЫЕ УЗБЕКИСТАНА Академия наук Республики Узбекистан, Ташкент 1993 – г.

ЭНТОМОФАУНА ЮГО-ЗАПАДНОГО КЫЗЫЛКУМА, А.Г. Давлетшина, Г.А. Аванесова, А. К. Мансуров, Tашкент – 1979 г.

www.zin.ru

www.wikipedia.org