“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
468
MOYCHECHAK OʻSIMLIGINING TIBBIYOTDAGI
DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Ro’ziyeva Gulsara Temirqulovna
XOLTO`RAYEVA DIYORA FARXODOVNA
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz Sh Farovon masivi 43 b-
uy
Annotatsiya
. Annotatsiya: Ushbu maqolada moychechak o’simligining
umumiy tasnifi yoritib berilgan. Moychechak o’simligining dorivorligi va
yetishtirish agrotexnologiyasi haqida malumotlar keltirilgan.
Kalit so`zlar.
Moychechak (Matricaria chamomilla), o‘simlik tibbiyoti, dorivor
o‘simliklar, tinchlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, antibakterial, og‘riq
qoldiruvchi, ekstraktlar, choy, teri parvarishi, oshqozon-ichak tizimi, uyqusizlik,
asabiylashish, yallig‘lanish, bioaktiv moddalari, flavonoidlar, terpenoidlar,
malhamlar, kompresslar.
Kirish.
Moychechak (Matricaria chamomilla) – o‘simlik tibbiyotida dorivor
sifatida keng qo‘llaniladi. U asosan yengil tinchlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi,
antibakterial va og‘riq qoldiruvchi xususiyatlari bilan mashhur. Moychechakning
turli qismlari, ayniqsa uning gullari, ko‘plab kasalliklarni davolashda
ishlatiladi.Matricaria chamomilla (sinonimi: Matricaria recutita), odatda romashka
nemis moychechagi, venger moychechagi (kamilla), yovvoyi romashka, ko‘k
moychechak yoki xushbo‘y mayvi o‘ti deb ataladi. Moychechakning eng mashhur
xususiyati uning tinchlantiruvchi ta'siridir. U asab tizimini tinchlantiradi va
asabiylashish, uyqusizlik yoki bezovtalik kabi holatlarni kamaytirishga yordam
beradi. Moychechak choyi ko‘pincha uyquni yaxshilash va stressni kamaytirish
uchun ichiladi. Asteraceae oilasiga mansub oʻsimlik. Moychechak asosan oshqozon-
ichak kasalliklari uchun ishlatilishi bilan mashhur. Matricaria chamomilla —
janubiy va sharqiy Yevropadan kelib chiqqan Asteraceae oilasining aʼzosi. Bugungi
kunda oʻsimlikni barcha qitʼalarda topish mumkim. U shoxlangan, tik va silliq
poyaga ega boʻlib, balandligi 15–60 cm gacha yetadi. Uzun qator barglari
uchburchakdir. Gullari roʻvak toʻpgullarda (kapitulada) joylashgan. Gullari yozning
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
469
boshidan oʻrtalarida gullaydi va kuchli, xushboʻy hidga ega. Gullar tarkibida koʻk
rangli efir moyi mavjud boʻlib, u oʻziga xos hidni beradi.
Yogʻ tarkibidagi chamazulen bilan bogʻliq boʻlgan bu rang xususiyati oʻsimlik
nima uchun Moviy romashka umumiy nomi bilan ham tanilganligini tushuntiradi.
Mevasi sargʻish-jigarrang ranga ega. Moychechak o‘simligi bir qator davolovchi
xususiyatlarni o‘zida jamuljam etadi. Uning gullari B guruhi vitaminlari, A
provitamin, C vitamin, ko‘pgina organik kislotalar va boshqa biologik faol
elementlar mavjud. Moychechakni turli joylarda bobuni, bobunaj, kaztaban,
uqxuvon, amorakun, farsaniyun, lukansimum deb ham ataladi. Moychechakning
bo‘yi 15- 60 sm keladigan bir yillik o‘ziga xos o‘tkir xidli guldir. Gulbandi tarkibida
0.8% gacha efir moylari bo‘lgani bois ular may-avgust oylarida terib olinadi va xalq
tabobati hamda an’anaviy tibbiyotda turli muolajalar uchun ishlatiladi. Poyasi bir
yoki bir nechta, tik yoki ko‘tarilib o‘sadi, tepa qismidagi shoxlangan, xidli. Barglari
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
470
ikki karra patsimon qirqilgan. Savatchasi geterogom, oq tilsimon urug‘chi gullardan
iborat. Savatchasining diametri 4-8 mm, yarim sharsimon bo‘lib, o‘rama barglar
bilan o‘raglan. Savatcha chetidagi oq tilsimon gullari 12-18 ta bo’ladi. O‘rtadagi
gullari sariq, ikki jinsli, naychasimon, gulkosachasi bo‘lmaydi, gultoji besh tishli,
changchilari 5ta bo‘lib mevasi qo‘ng‘ir-yashil tusda. Iyun-iyul oylarida gullab
urug‘laydi. Savatchada to‘plangan gullari tarkibida 0.2-0.8% efir moyi va boshqa
moddalar bo`ladi. Efir moyi ko‘k suyuqlik bo‘lib tarkibida 1.64-8.99% xamazulen,
20% gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, trisiklik spirt, bisobolen va uning
oksidlari, kaprin, nonil, izoverrian kislotalar hamda terpen va seskviterpenlar bor.
Efir moyi tarkibidagi seskiverpenlarning umumiy miqdori 50% gacha bo‘ladi.
Xamazulen efir moyining asosiy ta’sir etuvchi qismi hisoblanadi.
Shifobaxsh xususiyatga ega boʻlgan moychechak (romashka) oʻsimligi teri va
uyqu holatini meʼyorlashtirish xususiyatiga egaligi hamda boshqa noyob dorivorlik
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tomoq yalligʻlanishi va shamollashda ham
moychechak damlamasi yaxshi yordam berishi hech kimga sir emas. Quyida
moychechakning shifobaxsh xususiyatlari haqida batafsil bilib olamiz. Siz
moychechakning qanday shifobaxsh xususiyatlarga egaligi va undan qanday qilib
foydalanish usullarini ham bilib olishingiz mumkin. Moychechak damlamasi
asablarni tinchlantirishda koni foyda. Ishdan soʻng, albatta bir finjon ushbu
damlamadan ichish,maroqli dam olishda samara beradi. Bu damlamani kattalar va
bolalar ham isteʼmol qilishlari mumkin. Uyquning meʼyoriy boʻlishi uchun
moychechak(romashka),lavanda(havorang yoki binafsha rangli xushboʻy yashil
oʻsimlik),melissaning gullari foydalidir. Bu oʻsimliklardan 10 gr.dan olib
aralashtiring va (200 ml) qaynoq suv soling hamda 15 daqiqadan soʻng isteʼmol
qiling. Shunda asablaringiz dam olgani va tinchlanganini his qilasiz. Bundan
tashqari, bosh ogʻrigʻini bartaraf qilish hamda asablarni tinchlantirish maqsadida,
moychechak efir moylaridan aromaterapiya uchun foydalanish mumkin. Tomoq
ogʻrishi yoki shamollashning oldini olish hamda ularni bartaraf etishda moychechak
damlamasi bilan tomoqni chayish samarali hisoblanadi. Buning uchun quritilgan
romashka gullaridan 4 osh qoshigʻini olib, yarim litr suvga solib, 45 daqiqa
davomida dam beriladi. Va suzib olinadi-da, ogʻiz sohasi shu damlama bilan kuniga
4-5 mahal gʻar-gʻara qilinadi. Moychechak meʼdaga kuch beradi, uning ogʻrigʻini
qoldiradi. Moychechakdan yana surunkali gastritlarda, xoletsistitda, oʻt yoʻllari
diskineziyasida, surunkali gepatitlarda foydalaniladi. Gulida yiringlashning oldini
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
471
oluvchi quvvat bor. Masalan, oshqozon yarasida, shivit (ukrop) urugʻi,
boʻyimodaron (tisyachelistnik), dalachoy (zveroboy) oʻtlari, moychechak
(romashka) gullaridan teng miqdorda olinadi. Yigʻma aralashtirilib, 1 oshqoshigʻi
200 ml qaynoq suvga solinib, 20 daqiqa damlanadi. Suziladi va 2 oshqoshiqdan
kuniga 3 mahal taomdan oldin ichilsa, yalligʻlanish jarayonining bartaraf boʻlishida
yaxshi samara beradi. Hamda qorin dam boʻlishini yengillatishda ham moychechak,
limon oʻti, oʻlmas oʻti kabi nodir tabobat namunalaridan tayyorlangan choy juda
yaxshi samara beradi. Buning uchun dorivor limon oʻti 100 gr. oʻlmas oʻt 100 gr.,
moychechak oʻti yoki yalpiz 100 gr. olinib, hammasi yaxshilab aralashtiriladi. 2 osh
qoshiq yigʻma choyni 300 gr. qaynoq suvda 4 soat damlab qoʻyiladi. Dokadan
suzilib, ovqatgacha 100 gr.dan 3 mahal ichiladi. Eʼtibor qilgan boʻlsangiz kofe
ichganda tish sargʻayib qoladi, baʼzilarda esa yuz terisi yoqimsiz rangga oʻzgaradi.
Lekin uyquni tarqatish uchun kofe ichishga majbur boʻlasiz. Buning oʻrniga
moychechak damlab, unga asal qoʻshib ichish sizni bir muncha tetiklashtiradi.
Moychechak buyraklar salomatligini taʼminlashda, uni turli zaharli moddalardan
tozalashda ham foydalaniladi. Buning uchun oshqovoq va zigʻir urugʻlari, dalachoy
oʻti, moychechak gullaridan 1 osh qoshiqdan olib aralashtiring va 0,5 l. qaynoq
suvda 30-40 daqiqa davomida damlang. Soʻng tindiring va tayyor damlamani 4
qismga boʻling. 5 kun davomida ovqatlanishdan oldin 1 soat oldin iching.
Tovondagi yoriqlarni ketkazishda ham moychechak foydasi juda katta.
Koʻpchilik ayollarning tovoni quruq boʻlib, muntazam yoriqlar hosil qiladi.
Moychechak eritmasi va dengiz tuzidan solib vanna qilinsa, tovoningiz ancha
yumshoq hamda nafis boʻladi. Buning uchun moychechakli suvga 15- 20 daqiqa
atrofida vanna qiling, (tovoningiz shunda ham juda quruq boʻlsa) oyoq kafti va
tovonlariga yumshatuvchi yogʻli krem surting. Buning uchun 5 oshqoshiq
momoqaymoq
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
472
(oduvanchik) gullari olinadi. Unga 1 oshqoshiq tirnoqgul (kalendula), 1
oshqoshiq moychechak (romashka), 1 oshqoshiq qonchoʻp (chistotel), 1 oshqoshiq
yalpiz (myata) gullaridan qoʻshiladi. Hammasi aralashtiriladi va sirli idishga
solinadi. Ustidan bir barmoq ustunligida shakar solinadi (eng maʼquli, gullar va
shakar galma-galdan solishdir). Aralashtiriladi va ogʻzi yopiladi. Bir hafta
tindiriladi. Keyin aralashma ustiga 1 litr suv solinadi va qiyom holiga kelgunga
qadar qaynatiladi. Sovigach, gullar suzib olinadi. Gullardan tayyorlangan asal shisha
idishga solinadi Isteʼmol qilish tartibi: xar kuni 3 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa
oldin 1 oshqoshiq qiyom 2 oshqoshiq issiq suvga solib ichiladi. Bu eliksir jigarni,
taloqni, qonni, qon tomirlarni, meʼdani, limfa bezlarini tozalab, immunitetni
koʻtaradi. Bundan tashqari tibetliklar ham uzoq davrlardan beri foydalanib
kelinayotgan maxsus eliksir ham bor. Tibetcha eliksirni tayyorlash uchun boʻznoch
(bessmertnik), qizilpoycha (zveroboy), moychechak (romashka) va qayin
kurtagidan har biridan 100 gr. olinadi (quritilgani) va maydalanadi. Keyin hammasi
aralashtiriladi. Ichimlik tayyorlashda termosdagi yigʻmaning bir oshqoshigʻi solinib,
0,5 litr qaynoq suvda damlanadi. 40 daqiqa turgach dokadan oʻtkaziladi va iliqdan
issiqroq holda ichiladi. Bu yoshlik eliksiri ertalab ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin va
kechqurun taomlanishdan 1,5-2 soat keyin taʼbga koʻra asal qoʻshib ichiladi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
473
Moychechak gullaridan tayyorlangan qaynatmaga tuz qoʻshib revmatizm, podagra
kabi kasalliklarida ham ishlatiladi. Shuningdek, hayotimizda koʻp uchraydigan
holatlar — yengil lat yeyishlarda ham romashkaning dorivorlik xususiyati juda
foydalidir. Masalan, paylar choʻzilganda moychechak (romashka)ning barglaridan
ham shifo sifatida foydalanishimiz mumkin. Buning uchun 100 gr. moychechak
barglarini 2 litr qaynoq suvga solib, 1 soat davomida damlanadi. Keyin ushbu
damlamadan vanna qilinadi. Tungi uyqu yaxshi emasligidan baʼzi kishilar nolib
qolishadi. Bunda uyqu kelmayotgan boʻlsa, dori-darmonlar bilan birga xalq tabobati
usuli ijobiy samara beradi. Buning uchun 1 choy qoshiq qoraqiz (chereda) oʻti, 0,5
choy qoshiq moychechak (romashka) gullari, 1 osh qoshiq suli poyasi olinib, obdan
qorishtiriladi. Va ustiga 200 ml. qaynoq suv qoʻshiladi, yarim soat dam beriladi.
Suzilgach, taomdan soʻng 100 ml.dan 2 mahal – ertalab va kechqurun qabul qilinadi.
Uxlashdan oldin dengiz tuzi va moychechak aralashmasi (tayyor holda dorixonada
mavjud) qoʻshilgan vanna qabul qilinsa, uyqu osuda kechadi. Bunday dorivor
oʻsimliklarni qogʻoz yoki mustahkam quruq qutida saqlagan yaxshiroq. Damlama
tayyorlash jarayonida esa uning toʻpgullaridan foydalangan maʼqul. Moychechak
(romashka) shuningdek, xalq tabobatimizda bavosir (gemorroy), oʻt pufagida tosh
paydo boʻlishi, ayollar jinsiy aʼzolari kasalliklari, homiladorlikdagi toksikoz,
oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yarasi, yarali kolit va boshqa dardlarni
davolashda ham qoʻllaniladi. Tibbiy preparatlarda boʻlgani kabi dorivor
oʻsimliklarda ham isteʼmol qilish mumkin boʻlmagan holatlar borligini ham
unutmaslik lozim. Har qanday dorivor oʻsimlikda boʻlgani kabi moychechak
(romashka) ham baʼzi insonlarda allergiya chaqirish xususiyatiga ega. Agar
oshqozon buzilishi, yuz va tanaga toshma toshishi kabi holatlar kuzatilayotgan
boʻlsa, demak, moychechak damlamasini ichishni toʻxtatish hamda shifokor bilan
maslahatlashish lozim. Bundan tashqari, moychechakli choyni tinchlantiruvchi va
siydik haydovchi preparatlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Sababi
moychechak damlamasi ham xuddi shu dori vositalari singari tinchlantiruvchi
hamda buyrak ishini faollashtiruvchi xususiyatlarga ega. Agar siz antidepressantlar
qabul qilayotgan boʻlsangiz, moychechakdan tayyorlangan choy ichishingiz
mumkin emas. Sababi moychechakli choy uning miqdorini (dozasi) oshirib
yuborishi mumkin. Moychechakli choyni uzoq vaqt ichish ham bosh ogʻrigʻi va
holsizlikni paydo qilishi mumkin. Shuning uchun ham oʻz taningizga quloq soling
va tanaffuslarga amal qiling. Kimning qon bosimi past boʻlsa, moychechakli choy
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
474
ichishi mumkin, ammo koʻp miqdorda emas. Chunki u qon bosimini tushirish
xususiyatiga ham ega. Shunday ekan, har qanday tibbiy muolaja oldidan, albatta,
shifokor koʻrigidan oʻtish hamda maslahatlashish lozim. Mamlakatimizda
moychechak osishi, rivojlanishi, hosildorligiga turli xil omillarning tasiri haqida
malumotlar endilikda shakllanib bormoqda.Va moychechakni dorivorlik
xususiyatlarini bilgan davlatlar qatorida Rossiya va boshqa chet mamlakatlar turli
xil tuproq iqlim sharoitlarida bir qancha tadqiqotlar otkazilgan va yetishtirish
texnologiyalari ishlab chiqilgan. Moychechak ekish maqsadi va navning
agrobiologik xususiyatlariga, shuningdek, tuproq iqlim sharoitiga qarab, 60x15,
60x10, 60x8, 70x15, 70x10, 70x8 sxemalarida bahorda asosiy va galladan keyin
takroriy ekin sifatida ekiladi. Moychechak uruglarini unishi +6-7°S dan boshlanadi,
lekin ulaming unishi uehun optimal harorat +20-25°S hisoblanadi. Agar uruglar
ekilgandan song namlik yetarli bolmasa, uruglar uzoq vaqtgacha unmasligi mumkin.
Bu vaqtda uruglar ekilgan maydon lar tez-tez sugoriladi. Nihollar unib chiqqandan
song (namlik va havoning harorati normal darajada bolganda) 20-40 kunda har bir
niholda 6-10 tadan yonlama barglari osib ehiqadi. Kuzda ekilgan nihollar shu holda
qishlaydi. Erta bahorda ekilgan nihollardan aprel oyining birinchi on kunligida 7-9
tadan yonlama barglari osib ehiqadi. Mart-aprel oyi davrida bahorning seryomg'ir
kelishi natijasida barglari tez o'sishi va yiriklashishi natijasida osimlik o rtasida po
yani osib chiqishi va shoxlanishi kuzatiladi. 0simlikni namlik bilan yaxshi taminlab
borilsa, havo haroratining kotarilib borishi natijasida may oyining birinchi on
kunligida dastlabki gullar ochi ladi. Umuman olganda bahorda ekilgan uruglardan
30-50 kunda dastlabki gullami ochiladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, osimlik
poyalarida endigina paydo bolgan
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
475
gunchalardan 10-12 kunda gul lar ochilishi mumkin. Shubhasiz bunga
havoning harorati, tuproq namligi va tuproq dagi ozuqa elementlar muhim rol o
ynaydi. Kunlaming issiqligi va tuproq namligiga qarab, osimlikdagi bitta savatcha
5-6 kun ochilib turishi mumkin. Havoning harorati ortacha 19-21°S bolganda gullari
yaxshi ochilishi kuzatilgan. Haroratning 30°S dan ortishi gullarning ochilishiga
salbiy tasir etishi bilan birga ularning may dalashishiga olib keladi. Gullarni
ochilishida yorug'lik ham muhim ahamiyatga ega. Havoning bulutsiz ochiq bolib
turishi gullarni tez ochilishiga yordam beradi. Moychechak yorugsevar, namsevar
osimlik hisoblanadi, shu sababli ham uni ochiq va unumdor yerlarda o'stirish
maqsadga muvofiqdir. Moychechak uruglarini sepishdan oldin har gektar yerga 20-
25 tonnadan mahalliy ogit va superfosfat solib, tuproq 25-30 sm chuqurlikda
haydaladi. osimlik osishi va rivojlanishi uchun tuproqda mineral moddalar yetarli
bo'lishi kerak. Moychechak o'simligini 2-3 yil ekib, so'ng o'rniga boshqa dorivor
yoki qishloq xo'jalik o'simliklarini ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Aks holda
yil sayin moyehechakning hosildorligi pasayib boradi. Moychechak bahorgi-yozgi
o'simlik bo'lgani sababli, iyul va avgust oylarida undan bo'shagan maydonlarga
kechki ekinlar ekib ulardan qo'shimcha hosil olish ham mumkin. Moychechak
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
476
ekiladi gan maydonlar iloji boricha yorug'lik yaxshi tushadigan, atrolida daraxtzorlar
bo'lmagan va unumdor tuproqli bo'lgani maqsadga mu vofiq xisoblanadi. Nihollar
o'sish davrida begona o'tlami ko'payib ketishini hisobga olgan holda, 4-6 sm
chuqurlikda kultivatsiya o'tkazilishi, begona o'tlarni yo'qolishiga sabab bo'ladi.
O'simlikni yig'ishtirib olgandan keyin ham tezlik bilan shudgor qilinishi, shu
maydonlami begona o'tlardan tozalanishiga, o'simlik qoldiqlarini tuproq ostida
organikaga aylanishiga yordam beradi. Moychechak o'simligi Yevropa davlatlarida
va Rossiya Federatsiyasi hududlarida keng miqyosda dorivor o'simlik sifatida
o'stirilganligi sababli bu o'simlikning biologiyasi va o'g'itlash tizimi o'rganilgan
hisoblanadi. O'zbckistonda dorivor o'simlikshunoslik eng yosh yo'nalish bo'lganligi
sababli ko'pgina istiqbolli dorivor o'simliklar kabi moychechak o'simligining
biologiyasi va o'g'itlash tizimini o'rganish ilmiy ahamiyatga ega. Moychechak
ekiladigan yerlami mexanik tarkibi o'rtacha, sho'rlanish darajasi juda past bo'lishi
lozim. O'simlik ekiladigan maydonlar kuzda gektariga 25- 30 tonna organik o 'g 'it
va fosforli o'g'itlam 1 yillik normasini 70% solinib haydaladi. Moychechakni o'sib
rivojlanishi davomida ikki marta: birin chisi - nihollari paydo bo'lgan davrda (mart
oyining birinchi o'n kunligida), ikkinchisi g'unchalash davrida (aprel oyining
uchinchi o'n kunligida) gektariga 30-40 kg hisobida azotli o'g'itlar beriladi. Azotli
o'g'itlarni o'simlikni sug'orishdan oldin beriladi. O'simlikni azotli, fosforli va organik
o'g'itlar bilan yaxshi oziqlantirilganda moychechak gullarini gektariga 1,5-3,0
sentnerga oshishi kuzatiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Ro'ziyeva
G.T.,Babamurotov
B.E.Shaymanova
"Quruq
subtropik
mintaqalardan sharoitida o'sayotgan zaytun (Olea Europaeal) o'simlikning tabiatdagi
dorivorlik xususiyatlari. Monografiya Toshkent "Metodist nashriyoti" 2023yil
2. Ataboyeva X,. N. va boshqalar. Osimlikshunoslik. T., Fan nashriyoti, 1995.
3. Xolmatov X. X., Xabibov. Ozbekiston dorivor osimliklari. T., Meditsina
nashriyoti, 1972. 3. Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. ToShkent Xalq merosi, 1993.
T.1.
4. Ahmedov O., ErgaShev A., Abzalov A, YUlchiyeva M. Dorivor osimliklar
yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. ToShkent, 2009.
5. Axmedov E.T., Berdiyev E.T. Dorivor osimliklarni yetishtirish
texnologiyasi. ToShkent OzR FA, 2017.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
477
6. AShurmetov O.A., Toxtaev B.YO. Dorivor osimliklar introduktsiyasining
tarixi, muammolari va istiqbollari // Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya
materiallari. Xiva: XMA, 2003. 12-15 b. 7. Belolipov I.V. va bosh. Ozbekistonning
osimliklar dunyosi. ToShkent. Oqituvchi. 1997. 120 bet.
