Authors

  • Farangiz Ziyoyeva
    Termiz iqtisodiyot va servis universeteti Tibbiyot fakulteti talabalari
  • Jasmina Abdumurotova
    Termiz iqtisodiyot va servis universeteti Tibbiyot fakulteti talabalari.
  • Gulsara Ro’ziyeva
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.83574

Keywords:

bo’yimadaron o’simligi sho’ng’uvchi ildiz vegetatsiya davri fitoterapiya taninli moddalar damlama qon ivishining buzulishi diuretik qonning quyuqligi fotosensibiliyatsiya epilipsiya

Abstract

Ushbu maqolada bo’yimadaron o’simligining tuzulishi; hayotiy shakli; ildizi va bargining tuzulishi; o’simlik yallig’lanishga qarshi, antiseptik, qon to’xtatuvchi, og’riq qoldiruvchi, siydik haydovchi, o’t haydovchi va antiallergik ta’sirga ega ekanligi; homiladorlik va emizish davrida, shuningdek, allergiyasi bor shaxslarga tavsiya etilmasligi holatida qayta tarzda foydalanish usullari keltirilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

624




Bo’yimadaron o’simligi va uning tibbiyotdagi ahamiyati

Ziyoyeva Farangiz Chori qizi

Abdumurotova Jasmina Baxriddin qizi

Ro’ziyeva Gulsara Temirqulovna

Termiz iqtisodiyot va servis universeteti Tibbiyot fakulteti talabalari.

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti o’qituvchisi.

e-mail:ziyoyevafarangiz7@gmail.com

jasminaabdumurotova@gmail.com

Ruziyeva.gulsara@gamil.com

Annotatsiya

. Ushbu maqolada bo’yimadaron o’simligining tuzulishi; hayotiy

shakli; ildizi va bargining tuzulishi; o’simlik yallig’lanishga qarshi, antiseptik, qon
to’xtatuvchi, og’riq qoldiruvchi, siydik haydovchi, o’t haydovchi va antiallergik
ta’sirga ega ekanligi; homiladorlik va emizish davrida, shuningdek, allergiyasi bor
shaxslarga tavsiya etilmasligi holatida qayta tarzda foydalanish usullari keltirilgan.

Kalit so’zlar

: bo’yimadaron o’simligi, sho’ng’uvchi ildiz, vegetatsiya davri,

fitoterapiya, taninli moddalar, damlama, qon ivishining buzulishi, diuretik, qonning
quyuqligi, fotosensibiliyatsiya, epilipsiya.

Растение боярышник и его значение в медицине

Зиёева Фарангиз Чори кизи

Абдумуротова Жасмина Бахриддин кизи

Рузиева Гулсара Темиркуловна

Студенты медицинского факультета университета экономики и

сервиса Термез.

Преподаватель медицинского факультета Термезского

университета

экономики и сервиса.

e-mail:ziyoyevafarangiz7@gmail.com

jasminaabdumurotova@gmail.com

Ruziyeva.gulsara@gamil.com

Аннотация

. В этой статье описывается структура растения боярышника;

жизненная форма; структура корня и листа; что растение обладает


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

625




противовоспалительным,

антисептическим,

кровоостанавливающим,

обезболивающим, мочегонным, желчегонным и противоаллергическим
действием; и способы повторного использования во время беременности и
кормления грудью, а также в случае, если оно не рекомендуется людям с
аллергией.

Ключевые слова: растение ромашка, ныряющий корень, вегетационный

период, фитотерапия, дубильные вещества, настойка, нарушение
свертываемости

крови,

мочегонное

средство,

темнота

крови,

фотосенсибилизация, эпилипсия.

The bacilli plant and its importance in medicine

Ziyoyeva Farangiz Chori qizi

Abdumurotova Jasmina Baxriddin qizi

Ro’zieva Gulsara Temirkulovna

Students of the Faculty of Medicine of the universeteti Termez economics

and service.

Termez is a faculty member of the Faculty of Medicine of the University

of Economics and services.

e-mail:ziyoyevafarangiz7@gmail.com

jasminaabdumurotova@gmail.com

Ruziyeva.gulsara@gmail.com

Annotation

. This article presents methods of re-use during pregnancy and

breastfeeding, as well as in the case of not being recommended for individuals with
allergies, in the event that the plant has anti-inflammatory, antiseptic, blood
suppressant, analgesic, urinary, herbivorous and antiallergic effects.

Keywords

: neckline plant, diving Root, growing season, Phytotherapy,

tannins, tincture, blood clotting disorder, diuretic, blood clot, photosensitivity,
epilipsia.

Bo’yimadaron-Asteraceae(qoqidoshlar)oilasiga mansub ko’p yillik o’t

o’simlik. Uni qon to’xtatuvchi o’t va ming yaproqli degan nomlari ham bor.
Sho’ng’uvchi yer ostida tarqaluvchi ildizlarga ega. Ildiz bo’g’zidan barg va poyalar
o’sib chiqadi. Ildizlar sershox , o’simlikni tuproqqa mustahkam tutib turadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

626




To’g’ri o’sadigan tik, ba’zan biroz egilgan bo’lishi mumkin. Yuqori qismida

shoxlanadi. Uzunligi odatda 30-80 sm ba’zan 1 metrgacha yetadi. Yengil tuklar bilan
qoplangan. Barglari patlab bo’lmagan ingichka va o’tkir uchi bilan ajralib turadi.
Ildizi atrofidagi burglar yirikroq poya bo’ylab yuqoriga chiqqan sari maydalashib
boradi. Barglari ko’kimtir yashil. Mayda yoki och pushti rangli gullari bo’ladi.
Gullari poyaning yuqori qismida qalqansimon to’pgul hosil qiladi. Gullash davri
iyun-avgust oylarida. Mevasi mayda yassi pistacha shaklida. Avgust oyida yetiladi.
Urug’i yengil va shamol yordamida tarqaladi.

Bu o’simlikning hayotiy shakli bir yillik yoki bir urug’li o’t o’simlik

hisoblanadi. Bu degan, u bir vegetatsiya davrida urug’dan unib chiqadi, gullaydi,
meva hosil qiladi va so’lib qoladi. Bo’yimadaron odatda past bo’yli yer yuzasiga
yoyilib o’sadigan, kuchli ildiz tizimiga ega bo’lgan o’t o’simlikdir. Ko’pincha yo’l
yoqalarida, ekinlar orasida va boshqa ochiq joylarda uchraydi.

Bo’yimadaron

o’simligining

tarkibida

quydagilar

mavjud:

Flavonoidlar(avikulyarin,kvercetin va boshqalar), taninlar, saponinlar, silikat
kislota tuzlari, vitaminlar (ayniqsa C vitamini), organik kislotalar. Bu tarkibidagi
modddalar sababli u xalq tabobatida rivojlangan fitoterapiyada keng qo’llaniladi.

Bo’yimadaronning tibbiyotdagi ahamiyati.

Siydik haydovchi (diuretik), bo’yimodaron tanani ortiqcha suyuqlikdan

tozalashda yordam beradi. Bu xususiyatlar bilan buyrak toshlari va qumni
haydashda, piyelonefrit, sistit kabi buyrak va siydik yo’li kasalliklarida, tana
shishlari, yurak kasalliklaridagi shishlarda foydali hisoblanadi. Ichki yallig’lanishda
(gastrit kolit)da ishlatiladi. Taninli moddalar qon tomirlarni toraytirib, qon ketishni
kamaytiradi.Bu holatda : burun qonashi, ichki qon ketishlarda ishlatiladi.

Barglaridan tayyorlangan qaynatmalari yoki damlamalari: teri tozalaydi va

tiklanishini tezlashtiradi. O’pka va nafas tizimi kasalliklarida yo’talni yumshatadi,
balg’am ko’chirishni osonlashtiradi. Bu xususiyat bronxit, faringit, traxeit kabi
kasalliklarda foydalidir.

Qo’llanish usullari

.

Ichish uchun damlama (ichki foydalanilishi): 1osh qoshiq quritilgan o’simlik,

1stakan qaynagan suv, 15-20 daqiqa damlab qo’yiladi, suzib olinadi. Kuniga 2-3
mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

627




Tashqi foydalanish uchun qaynatma: yaralarni yuvish yoki compress uchun

ishlatiladi. 2 osh qoshiq o’simlik 1 stakan suvda 10 daqiqa qaynatiladi. Sovutilib,
toza mato bilan yara ustiga qo’yiladi.

Garchi foydali bo’lsa-da,ba’zi hollarda ehtiyotkorlik zarur: Homiladorlikda va

emizikli ayollar uchun shifokor bilan maslahatlashmasdan ichish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizikli davrida qat’iyan man etiladi. Chunki bu homila

tushishiga olib kelishi mumkin. Emizish davri: Bo’yimadaroning emizikli onalar va
chaqaloqlar uchun xavfsizligi yetarlicha o’rganilmaganligi sababli,emizish davrida
uni qo’llanishdan saqlanish lozim.

Buyrak

kasalliklarining

og’ir

shakllari(glomerulonefrit,buyrak

yetishmovchiligi)bo’lgan ehtiyot bo’lishi kerak. Tanadagi ortiqcha quyuqlik
(qonning quyuqligi) holatida qon ivishini kuchaytirishi mumkin. Bo’yimadaron qon
ivishini sekinlashtirishi mumkin. Shuning uchun qon ivishining buzulishi bo’lgan
shaxslar, shuningdek operatsiyadan oldin va keyin uni iste’mol qilishdan
saqlanilishlari kerak. Lithium preparatlarini qabul qilish. Bo’yimadaron
organizmdan lithiumning chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin, bu esa lithiumning
kontsentratsiyasini oshirib nojo’ya ta’sirlar xavfini oshiradi. Agar lithium qabul
qilayotgan bo’lsangiz, bo’yimadaron qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan
maslahatlashing. Bo’yimadoroni uzoq muddat davomida (bir necha oy) iste’mol
qilish ba’zi hollarda terining sezgirligini oshirishi (fotosensibilatsiya) va
toshmalarga olib kelishi mumkin. Bo’yimadaron tarkibidagi ayrim moddalar
(masalan ,tuyon ) nerv tizimiga ta’sir qilishi mumkin shuning uchun epilipsiyasi bor
shaxslar uni ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak.

Xulosa.

Bo’yimadaron- ko’p yillik dorivor o’simlik bo’lib, tarkibida efir

moylari, flavonoidlar va boshqa biologik faol moddalar mavjud. U yallig’lanishga
qarshi, antiseptik, qon to’xtatuvchi, og’riq qoldiruvchi va boshqa foydali
xususiyatlarga ega. Bo’yimadaron xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda
keng qo’llaniladi, lekin homiladorlik, emizish davri va allergik reaksiyalarda
ehtiyotkorlik talab etiladi. Bo’yimadaron ko’p qirrali foydali o’simlik bo’lib tibbiyot
va kasmetologiyada keng qo’llaniladi. Uning shifobaxsh xususiyatlari tufayli turli
kasaliklarni davolashda va terini parvarish qilishda muhim ahamiyatga ega.