“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
346
Xorazm viloyati qishloq xo’jaligi tarmoqlarining rivoji va suv
resrurslaridan samarali foydalanish masalalari
Axmedova Mashxura Azad qizi
Urganch davlat universiteti magistranti
Annotatsiya:
Mazkur ilmiy maqola Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi
tarmoqlarining rivoji va suv resurslaridan samarali foydalanish masalalariga
bag‘ishlanganViloyatning sug‘oriladigan yerlaridan samarali foydalanish, tuproq
unumdorligini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun amalga
oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqolada suv
resurslarining kamayib borishi va Amudaryo suvining ifloslanishi kabi dolzarb
muammolar ham o‘rganilgan. Xorazm viloyatining suv resurslarini samarali
boshqarish, yangi texnologiyalarni joriy etish va melioratsiya sohasidagi
innovatsiyalarni rivojlantirishning ahamiyati ta’kidlangan. Maqolada zamonaviy
agrotexnik va suv tejovchi texnologiyalar, shuningdek, yerlarning melioratsiyaviy
holatini yaxshilash uchun ko‘rilishi kerak bo‘lgan choralar muhokama qilinadi. Bu
maqola Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishiga, shuningdek,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muvozanatni saqlashga
qaratilgan ilmiy tavsiyalarni taqdim etadi.
Kalit so’zlar:
Xorazm viloyati, qishloq xo’jaligi, suv resurslari, yer resurslari,
sug’oriladigan yerlar, tuproq unumdorligi, agrotexnika, melioratsiya, ekologik
barqarorlik, suv tejovchi texnologiyalar
Abstract
: The article is dedicated to the efficient use of irrigated lands in the
region, increasing soil fertility, and ensuring ecological sustainability. It outlines the
measures necessary to achieve these goals. Additionally, the article examines
pressing issues such as the depletion of water resources and the pollution of the Amu
Darya River. The importance of effective water resource management in the
Khorezm region, the introduction of new technologies, and the development of
innovations in the field of land reclamation are emphasized. The article discusses
modern agrotechnical and water-saving technologies, as well as measures needed to
improve the reclamation condition of lands. It provides scientific recommendations
aimed at advancing the agricultural sector in the Khorezm region, promoting the
rational use of natural resources, and maintaining ecological balance.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
347
Keywords
: Khorezm region, agriculture, water resources, land resources,
irrigated lands, soil fertility, agrotechnology, land reclamation, ecological
sustainability, water-saving technologies
Аннотация
:
Статья
посвящена
эффективному
использованию
орошаемых земель региона, повышению плодородия почвы и обеспечению
экологической устойчивости. В ней указаны меры, необходимые для
достижения этих целей. Кроме того, в статье рассматриваются актуальные
проблемы, такие как истощение водных ресурсов и загрязнение реки
Амударья. Подчеркивается важность эффективного управления водными
ресурсами в Хорезмской области, внедрения новых технологий и развития
инноваций в сфере мелиорации. В статье обсуждаются современные
агротехнические и водосберегающие технологии, а также меры, которые
необходимо принять для улучшения мелиоративного состояния земель.
Статья предлагает научные рекомендации, направленные на развитие
сельскохозяйственного
сектора
Хорезмской
области,
рациональное
использование природных ресурсов и поддержание экологического баланса.
Ключевые слова
: Хорезмская область, сельское хозяйство, водные
ресурсы, земельные ресурсы, орошаемые земли, плодородие почвы,
агротехника, мелиорация, экологическая устойчивость, водосберегающие
технологии
Kirish:
Xorazm viloyati O‘zbekistonning asosiy agrar hududlaridan biri bo‘lib,
boy resurslari tufayli mamlakatning qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutadi.
Ammo viloyatda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda hosildorlikni
oshirish bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lib, bu masalalar mintaqaning iqtisodiy va
ekologik barqarorligiga ta’sir qilmoqda.
Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi huquqiy
asoslar muhim ahamiyatga ega:
“Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni (222-IV-son, 2020-yil 13-aprel) – ushbu qonun yer resurslaridan samarali
foydalanish va hosildorlikni oshirishga yo‘naltirilgan.
Prezidentning PQ-3318-son qarori (2017-yil) – dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-
quvvatlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga doir
choralar belgilangan[5].
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
348
“Yer resurslaridan oqilona foydalanish to‘g‘risida” qabul qilingan qarorlar –
tuproq unumdorligini oshirish va suv tejovchi texnologiyalarni tatbiq qilish
masalalari o‘z aksini topgan.
Xorazm mamlakatimizda Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan katta bo`lib,
maydoni 6,05 ming km2 ni tashkil etadi. Hududining katta qismi qishloq xo`jaligiga
tegishli (332,8 ming ga) va shundan 26,6 ming gektari sug`oriladigan yerlar
hisoblanadi (8,1%). Qishloq xo`jaligining 205,3 ming gektari ekin yerlar hamda
uning barchasi obikor yerlardir[3].
Asosiy qism:
Umuman respublikamizda sug`orma dehqonchilik agrar
sohaning intensiv shakli borasida ushbu viloyat hududidagi xalqlarning o`ziga
yarasha o`rni mavjud. Masalan, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish yo`llari,
tuproqning eroziyaga (suv eroziyasiga) uchrashi oldini olish (bu ayniqsa, qiyaligi
yuqori joylarda), sug`orishning o`ziga xos usullari, o`rtacha hosildorlikning nisbatan
yuqoriligi va hokazo.[ 4] Shuni alohida ta'kidlash joizki, Xorazm viloyati o'zining
boy agrar resurslari bilan ajralib turadi, ammo bu resurslarni oqilona boshqarish va
ulardan samarali foydalanish bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biridir.
Ayniqsa, sug'oriladigan yerlar maydoni nisbatan kichik bo'lishiga qaramay,
viloyatda intensiv dehqonchilik usullarini rivojlantirish zarur.
Viloyat hududida tuproq unumdorligini oshirish uchun zamonaviy agrotexnik
usullardan foydalanish, masalan, tuproqni organik va mineral o'g'itlar bilan
oziqlantirish hamda sifatli sug'orish tizimlarini joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, suv tejovchi texnologiyalar, masalan, tomchilatib sug‘orish va
qo‘shaloq suv resurslarini qayta ishlash tizimlari orqali viloyatning suv tanqisligiga
bo‘lgan qaramligini kamaytirish mumkin.
Bundan tashqari, suv eroziyasiga qarshi kurashish va yerlarning meliorativ
holatini yaxshilashga qaratilgan dasturlarni joriy etish ham dolzarb masalalardan
biridir. Hozirgi paytda Xorazm viloyati qishloq xoʻjaligi asosini paxtachilik va
gʻallachilik tashkil etadi.Polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik,
pillachilik ham rivojlangan. Xususiy fermer, dehqon xoʻjaliklari, aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda jami ekin maydoni 232,1 mingga, shundan
129,4 mingga qishloq xoʼjaligi shirkatlariga (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7
ming gektar yer dehqon xoʻjaliklari) tegishli. Jami ekin maydonining 102,3 ming
gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming
gektariga sabzavot ekiladi. Don (asosan, bugʻdoy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
349
kengaydi. Xorazm viloyati mamlakatda sholi yetishtirish boʻyicha 1 - oʻrinda
turadi.Xorazm viloyatida suv bilan taʼminlashda yagona manba Amudaryo
hisoblanib, u bu yerdagi barcha oqar suvlar rejimiga oʼz taʼsirini koʻrsatadi.
Amudaryoning Xorazm viloyatida oqib oʼtgan qismi uzunligi 148 kmni tashkil
qiladi.Hozirda Amudaryo suvi yildan - yilga kamayib ketmoqda.[ 5] Xorazm
viloyatining asosiy suv manbai bu Amudaryo hisoblanadi. Undan keladigan suvning
katta qismi yaʼni 30% suvi turli xil yoʻllar bilan ifloslanib bormoqda va ushbu 30%
suv yaʼni 1.5 mlrd m³ suv zovur hamda zahkashlar orqali Turkmaniston hududi
orqali Sariqamish koʻliga oqizilmoqda. Suv resurslarini tejash maqsadida ham 2015-
2030-yillarda suv resurslarini tejash boʻyicha chora tadbirlarlar bajarilishi koʻzda
tutilgan boʻlib, ushbu tadbirlar amalga oshganda viloyatda mavjud boʻlgan barcha
qishloq xoʻjaligi yerlaridan unumli foydalanib viloyatning iqtisodiyotida muhim
ahamiyat kasb etadi. [6] Xorazm viloyatining suv resurslarini samarali boshqarish
masalasi uning iqtisodiy va ekologik barqarorligi uchun katta ahamiyatga ega.
Amudaryodan olinadigan suvning 30% ifloslanib, zovur va zahkashlar orqali boshqa
hududlarga oqizilayotgani viloyat uchun ulkan yo'qotishdir. Shu sababdan, suv
resurslarini tejash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tezlashtirish va
samaradorligini oshirish zarur. Viloyatdagi sug‘orish tizimlarini modernizatsiya
qilish va suvni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish orqali, yo‘qotishlarni
sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Xorazmning suv resurslarini tejash va
samarali boshqarish orqali nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, balki
viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda ham sezilarli yutuqlarga
erishish mumkin. Bu viloyatning kelgusidagi agrar sohadagi rivojlanishi va ekologik
barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Muhokama:
Xorazm viloyati O‘zbekistonning eng muhim agrar hududlaridan
biri bo‘lib, uning iqtisodiy taraqqiyoti asosan qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, ayniqsa
dehqonchilik va chorvachilik faoliyatlariga bog‘liqdir. Viloyatning tabiiy-iqlimiy
sharoitlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay bo‘lsa-da, suv
resurslarining cheklanganligi va ularning samarasiz boshqarilishi hududda agrar
sohaning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, so‘nggi
yillarda iqlim o‘zgarishlari, suv tanqisligi va yerlarning sho‘rlanishi muammolari
yanada keskinlashib, resurslardan oqilona foydalanishni taqozo etmoqda.
Mazkur mavzuning dolzarbligi, birinchidan, Xorazm viloyatida qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, ikkinchidan esa, suv
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
350
resurslaridan ilmiy asoslangan, tejamkor va innovatsion texnologiyalar yordamida
foydalanishni yo‘lga qo‘yish zaruriyatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, bu masala
O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish strategiyasi va oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutadi.
Shu sababli, Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish
bilan bir qatorda, suv resurslarini boshqarish va ulardan samarali foydalanishning
geografik, iqtisodiy va ekologik jihatlarini chuqur o‘rganish ilmiy-amaliy jihatdan
nihoyatda dolzarb hisoblanadi.
Xulosa
Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri
bo‘lib, aholining bandligi va oziq-ovqat xavfsizligida muhim o‘rin egallaydi. Asosiy
yo‘nalishlar – paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik va bog‘dorchilik –
viloyatning tabiiy-iqlimiy sharoitlariga moslashgan.
Suv resurslaridan foydalanish holati
esa ko‘plab muammolarga duch
kelmoqda. Amudaryo suvi asosiy manba hisoblanib, uni noto‘g‘ri taqsimlash,
eskirgan irrigatsiya tizimlari, suv yo‘qotishlarining yuqoriligi va yerlarning
sho‘rlanishi hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Viloyatda
qishloq xo‘jaligi tarmoqlari modernizatsiyasi
, suv tejovchi
texnologiyalarning yetarlicha joriy etilmagani va resurslardan foydalanishda ilmiy
yondashuvning sustligi mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik
qilmoqda.
Iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va demografik bosim
kabi omillar Xorazm
viloyatida ekologik va agrar muvozanatni saqlashni dolzarb muammoga
aylantirmoqda.
Takliflar
Suv tejovchi texnologiyalarni (tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib
sug‘orish)
joriy etishni kengaytirish va ularni davlat tomonidan subsidiyalash
mexanizmlarini kuchaytirish.
Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish
, suv yo‘qotilishini kamaytirish
va raqamli monitoring tizimlari asosida suv hisobini yuritish.
Sho‘rlangan va qumloq yerlarni rekultivatsiya qilish
, agromeliorativ
tadbirlarni kuchaytirish orqali yer unumdorligini tiklash.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
351
Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish
, ya’ni faqat paxta va g‘alla
yetishtirishga emas, balki eksportbop sabzavot, meva va dukkaklilarni ham
ko‘paytirish.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun agrar konsalting xizmatlarini
rivojlantirish
, suvdan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar va treninglar tashkil
etish.
Ilmiy tadqiqotlar asosida agrotexnik va gidrotexnik choralarni
takomillashtirish
, lokal sharoitga mos innovatsion yechimlarni ishlab chiqish.
Hududiy rejalashtirishda
ekologik omillarni inobatga olgan holda, barqaror
suv siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi yer fondi. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ma’lumotlari (https://kadastr.uz/).,
2023.
2.
Abduazizovich, N. J. R. (2024, May). XORAZM VILOYATI
DEHQONCHILIGIDA FOYDALANILADIGAN SUV RESURSLARINING
HUDUDIY TAHLILI. In Konferensiyalar| Conferences (Vol. 1, No. 11, pp. 58-62).
3.
“ Geografiya – keleshekke ko’z-qaras” atamasindagi Respublikaliq ilimiy-
teoriyakiq konferenciya
4.
GOSPODARKA
I
INNOWACJE
QISHLOQ XOʻJALIGINING
IXTISOSLASHUVI VA XUDUDIY TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISHNING
IQTISODIY GEOGRAFIK JIHATLARI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)
5.
