Authors

  • Maftuna Tojidinova
    Andijon davlat pedagogika instituti 303-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.99041

Keywords:

Genlar ekspressiyasi r-DNK Plazmidalar biotexnologiya Nuklein kislotalar Genom Ribosoma Bakteriofaglar Gen muhandisligi Transgen o‘simlik.

Abstract

Transgen o’simliklar bu- boshqa o’simlik turlarining genini muvaffaqiyatli tarzda boshqa bir tur o’simlikda rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan o’simliklardir. Adabiyotlarda “Genetik modifikatsiyalangan (o’zgartirilgan) organizmlar” degan terminni uchratish mumkin, uni o’simliklar uchun ham qo’llash mumkin. Transgen o’simliklar ( genini o’tqazish-retsipient nuqtai nazaridan) inson uchun foydali bo’lgan yangidan-yangi xususiyatlarga ixtisoslashtirilmoqda. Jumladan, gerbitsitlarga yuqori chidamlilik, zararkunandalarga chidamlilik, virus va boshqa kasalliklarga chidamli o’simliklar yaratilmoqda. Mana shunday genetik o’zgartirilgan kulturalardan olingan ozuqa mahsulotlari boshqacha maza berish xususiyatiga ega bo’lishi mumkin, yaxshi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin va uzoq saqlanishi mumkin. Bundan tashqari bunday o’simliklar ularning tabiiy holdagilariga nisbatan yanada boy va turg’un hosil berishi mumkin.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

437




Transgen o’simliklar

Tojidinova Maftuna Abdunabi qizi

Andijon davlat pedagogika instituti 303-guruh talabasi

Annotatsiya:

Transgen o’simliklar bu- boshqa o’simlik turlarining genini

muvaffaqiyatli tarzda boshqa bir tur o’simlikda rivojlanishi natijasida kelib
chiqadigan

o’simliklardir.

Adabiyotlarda

“Genetik

modifikatsiyalangan

(o’zgartirilgan) organizmlar” degan terminni uchratish mumkin, uni o’simliklar
uchun ham qo’llash mumkin. Transgen o’simliklar ( genini o’tqazish-retsipient
nuqtai nazaridan) inson uchun foydali bo’lgan yangidan-yangi xususiyatlarga
ixtisoslashtirilmoqda.

Jumladan,

gerbitsitlarga

yuqori

chidamlilik,

zararkunandalarga chidamlilik, virus va boshqa kasalliklarga chidamli o’simliklar
yaratilmoqda. Mana shunday genetik o’zgartirilgan kulturalardan olingan ozuqa
mahsulotlari boshqacha maza berish xususiyatiga ega bo’lishi mumkin, yaxshi
ko’rinishga ega bo’lishi mumkin va uzoq saqlanishi mumkin. Bundan tashqari
bunday o’simliklar ularning tabiiy holdagilariga nisbatan yanada boy va turg’un
hosil berishi mumkin.

Kalit so’zlar:

Genlar ekspressiyasi, r-DNK, Plazmidalar, biotexnologiya,

Nuklein kislotalar, Genom, Ribosoma, Bakteriofaglar, Gen muhandisligi, r-DNK ,
Transgen o‘simlik.

Transgen o'simliklar turli xil to'qimalarga begona DNKni kiritish orqali

yaratilishi mumkin. Transgenik boshqa turdagi bir yoki bir nechta DNK ketma-
ketligi

sun'iy

ravishda

kiritilganligini

anglatadi.

Hayvonlar

ko'pincha

urug'lantirilgan tuxum yoki rivojlanayotgan embrionga begona DNKning kichik
ketma-ketligini kiritish orqali transgen bo'ladi.

Gen muhandisligi texnologiyasi transgen o‘simlik olishning quyidagi

bosqichlarini o‘z ichiga oladi: 1) genni tanlash va uni klonlash; 2) retsipient -
o‘simlik genotipini tanlash; 3) genni kiritish va uning retsipient – o‘simlik genomiga
ekspressiyasi; 4) transformant hujayralar regeneratsiyasi va transgen o‘simliklarni
tanlash. 2. Genni tanlash va uni klonlash . Genni tanlash , o‘simlikka ho‘jalik
ahamiyati qimmatli ma’lum bir belgini o‘tkazish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Hozirgi vaqtda, asosan, o‘simliklar transformatsiyasi uchun monogen belgilar,
ya’ni, pestitsidlarga chidamlilik, yoki boshqa xil stress omillarga chidamlilikni


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

438




belgilovchi genlar keng qo‘llaniladi. Bu belgilarga javobgar genlarning ko‘pchiligi
bakteriya genomlaridan ajratib olingan. Keyingi vaqtlarda chidamlilik belgilariga
javobgar donor sifatida yovvoyi o‘simlik turlari genomlari tanlanmoqda. Turli xil
tur, avlod va hatto oilalarga mansub o‘simliklarning biologik jihatdan bir-
biriga mos kelmasligi sababli bunday genlarni retsipient o‘simliklar genomiga jinsiy
gibridizatsiya usuli orqaligina kiritish mumkin emas. Hal etilishi yanada murakkab
muammo bir guruh sifat belgilari: urug‘ sifati, qurg‘oqchilik, yuqori va past
haroratga chidamlilik belgilarini ajratib olish hisoblanadi. Retsipient o‘simlik
genotipini tanlash. Retsipient sifatida ishlab chiqarish amaliyoti talablariga
hosildorligi, urug‘ - mevasi sifati, biotik va abiotik stresslarga chidamliligi bilan
javob bera oladigan, lekin faqat birgina salbiy belgi, masalan, zararkunanda
hasharotga chidamsiz nav yoki liniyalar tanlab olinadi.

Bunday o‘simliklar genomiga hasharotlarni nobud qiluvchi prototoksin oqsili

ekspressiyasini ta’minlovchi bakteriya genini kiritish tanlab olingan navda
hosildorlikni sezilarli oshishiga sabab bo‘ladi. Uning keng tarqalganligining sababi,
transformatsiyani amalga oshirishning birmuncha soddaligi transgen o‘simliklarni
ajratib olishda yuqori (o‘simlik turiga qarab, 10-60 %) samaradorligi bilan
izohlanadi. Dastlabki material uchun vektor (binar, koingegrativ yoki muayyan
transformatsiya turi uchun yaroqli boshqa biror) konstruksiyaga ega bo‘lgan
agrobakteriya shtammi bo‘lishi lozim. Vektor o‘simlik genomiga kiritilishi lozim
bo‘lgan gen ketma-ketligiga ega bo‘lishi kerak. Genning kelib chiqishi (prokariot
yoki eukariot) transformatsiya uchun ahamiyatsizdir, lekin u o‘simlik hujayrasiga
ekspressiya bo‘la oladigan promotor nazorati ostida bo‘lishi lozim. Fuksional
gendan tashqari, vektor, albatta, transformatsiyaning selektiv nishon belgisini
saqlashi shart. Bunday nishon belgi sifatida antibiotiklar: kanamitsin (npt -geni),
gigromitsin (npt -geni) va yoki gerbitsidlar xlorsulforon (ALS - geni), fosfinotritsin
(bar - geni) (BASTA) ga chidamlilik belgisini yuzaga chiqaradigan genlar
ishlatiladi. Bundan tashqari ,retsipient – o‘simlik navlarini tanlab olish lozim.
Transformatsiya uchun eksplant sifatida steril o‘simlik barg plastinkalari olinadi.
Biroq buning uchun yosh ildizlar (arabidopsisda), gipokotil (pomidorda), urug‘palla
(pomidor, baqlajonda ),bo‘g‘im oralig‘i (kartoshkada) ham ishlatilishi mumkin.
Eksplantlarni vektor konstruksiyali agrobakteriyalar saqlovchi suyuq muhitida
inokulyasiya qilinadi. Inokulyasiya qilish muddati har bir tur o‘simlik uchun alohida


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

439




tanlab olinadi. Bunda eksplantning jarohatlangan yuzasida hujayralarning
zararlanishi boshlanib, kokultivatsiyadan so‘ng 24 – 48 soat o‘tgach, T -
DNK bo‘lagini begona (tanlab olingan) gen bilan birga o‘simlik genomiga
joylashishi sodir bo‘ladi. Shundan so‘ng, eksplantlarni antibiotiklar (karbenitsillin
yoki sefot aksim) saqlovchi oziqa muhitiga o‘tkaziladi, bu agrobakteriya
hujayralarning tanlab nobud bo‘lishiga omillar sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, oziq
muhitiga kerakli (to‘g‘ridan - to‘g‘ri regeneratsiya yoki kallus hosil bo‘lishi uchun)
fitogormonlar va transformant hujayralarni selektiv tanlab olish uchun antibiotiklar,
gerbitsid qo‘shiladi. Antibiotik yoki gerbitsidga chidamlilik genlarining
ekspressiyasini amalga oshiruvchi ega transgen o‘simliklar selektiv agent qo‘shilgan
muhitda o‘sa olsa, transgen bo‘lmagan o‘simliklar bunday muhitda nobud bo‘ladi
1-haftadan so‘ng transformant eksplantlardan poyalar o‘sib chiqa boshlaydi, ularni
ajratib olinadi yoki keyingi qo‘shimcha molekulyar tahlillar uchun tuproqqa
ko‘chirib o‘tkaziladi. Protoplastlar shu yo‘sinda transformatsiya qilinadi, lekin bu
usuldagi transformatsiya protoplastlarning o‘zida regeneratsiya qilish qobiliyati
sustligi uchun kam samara beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Tuychiboyev J. I. et al. Gipotireoz modelida kalamush antioksidant tizimiga

e vitamin va kurkuminning korreksiyalovchi tasiri //Educational Research in
Universal Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 6. – С. 234-236.

2. Mukhammadjon M. et al. The effect of ngf on indicators of the antioxidant

system in rat brain tissue //Universum: химия и биология. – 2021. – №. 9 (87). –С.
82-86.

3. Saatov T. et al. Antioxidant and hypoglycemic effects of gossitan

//Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2019. – Т. 63.

4. Saatov T. et al. Study on hypoglycemic effect of polyphenolic compounds

isolated from the Euphorbia L. plants growing in uzbekistan //Endocrine Abstracts.
– Bioscientifica, 2020. – Т. 70.

5. Быков А.И. Проблема кормового белка в Зауралье и основные пути ее

решения // Аграрный вестник Урала. 2008. № 4 (46). С. 71-72.

6.

Кононков П.Ф., Гинс В.К., Гинс М.С. Освоение амаранта в России //

Аграрное обозрение. 2013. №4 (38). С. 22-28.

References

Tuychiboyev J. I. et al. Gipotireoz modelida kalamush antioksidant tizimiga e vitamin va kurkuminning korreksiyalovchi tasiri //Educational Research in Universal Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 6. – С. 234-236.

Mukhammadjon M. et al. The effect of ngf on indicators of the antioxidant system in rat brain tissue //Universum: химия и биология. – 2021. – №. 9 (87). –С. 82-86.

Saatov T. et al. Antioxidant and hypoglycemic effects of gossitan //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2019. – Т. 63.

Saatov T. et al. Study on hypoglycemic effect of polyphenolic compounds isolated from the Euphorbia L. plants growing in uzbekistan //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2020. – Т. 70.

Быков А.И. Проблема кормового белка в Зауралье и основные пути ее решения // Аграрный вестник Урала. 2008. № 4 (46). С. 71-72.

Кононков П.Ф., Гинс В.К., Гинс М.С. Освоение амаранта в России // Аграрное обозрение. 2013. №4 (38). С. 22-28.