126
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
Глотова, А.М. Зубахин, И.И. Лоор. - Барнаул: Изд-во АГАУ, 2006. -
198 с.
DEHQON XO‘JALIKLARINING KARTOGRAFIK
TA’MINOTINI ISHLAB CHIQISH USULI
Bozorov M.M.–
o’qituvchi,
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti,
Aralov M.M.–
o’qituvchi,
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O’RQ-683-
sonli
“Geodeziya va kartografiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunida
“Geodeziya va kartografiya” faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish
hamda sohaga oid ishlarni tashkil etish tartibi, geodeziya va
kartografiyaga oid ishlarni bajarish aniqligi, vositalari, usullari va
texnologiyalariga, geodeziya tarmoqlariga, karta va atlaslarning
mazmuniga, joyning raqamli modellariga doir asosiy texnik talablar,
shuningdek geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning bajarilishi hamda
ularning sifatiga oid talablar geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilab berildi[1
]
.
Dehqon xo‘jaligi kadastr kartografiyasi – bu rayon yoki aholi
punktini kadastr kartalarini tuzish bo’yicha bajariladigan kompleks
tadbirdir.
Dehqon xo‘jaligi kadastr kartalari va yozma inventarizatsion
materiallar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik yer uchastkalari identifikatorlari
vositasida amalga oshadi. Inventarizatsiya va kadastr kartografiyasi
bo’yicha ish bajarilayotganda bunday identifikatorlar sifatida yer
uchastkalarining identifikatsion raqamlari, davlat kadastri ma’lumotlar
bazasiga yangi ma’lumotlar kiritilayotganda esa kadastr raqamlari
ishlatiladi.Shunday qilib, kadastr kartalari inventarizatsiya va kadastr
kartografiyasi bo’yicha yer-kadastr shlarini bajarish vaqtida qo’lga
kiritilgan mahsulotlardan biri sanaladi va yer kadastrini informatsion
asosining kartografik komponentini o’zida namoyon qiladi. Dehqon
xo‘jaligi yer uchastkalarining joylashgan o’rnini, ularni chegaralari va
maydonini aniqlashda ishlatiladi.
Dehqon xo‘jaligi kartalari va aholi punktlari planlari uchun 1:1 000,
1:2 000 va 1:5 000 masshtablar, aholi punklari hisoblanmaydigan joylar
uchun esa - 1:10 000 va maydaroq masshtablar qo’llaniladi. Dehqon
xo‘jaligi kartalari va planlarda hududning maydoni (tuman, aholi punkti)
127
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
ko’rsatiladi, shuning uchun dehqon xo‘jaligi kartalari va planlar ko’proq
aerofototopografik syomka metodida tuziladi. Qurilgan hududlar uchun
stereotopografik metod qo’llanilsa, qurilmaganlari uchun ortotopoplanli
syomka qo’llaniladi. Qurilgan hududlarni syomka qilish uchun har ikkala
metodni qo’llasa bo’ladi, bunda binolar va baland imoratlar
stereofotogrammetrik yo’l bilan olinsa, qolgan obyektlar ortofotoplanli
metod yordamida olinadi
[7]
.
Ayrim hollarda kichikroq hududlarning planlarini tuzish uchun 1:2
000, 1:1 000 va 1:500 masshtablarda GPS, taxeometrik yoki teodolitli
syomkalar qabul qilinadi. Aerofotosyemka materiallari qatorida, mavjud
kartografik materiallar va konturli obyektlarning vektorli modeli
shaklidagi dala syomkasi natijalari ham ishlatiladi. Rasmda zamonaviy
GIS texnologiyasini qo’llash yordamida dehqon xo‘jaligi kartalari va
planlarni tuzish bo’yicha qilinadigan ishlarning umumlashgan texnologik
sxemasi ko’rsatilgan. Bu texnologik sxemada aerofotosyomka
materiallari asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi, GIS texnologiyani
qo’llash esa fotogrammetrik va karta tuzish kabi kameral ishlar bilan
chegaralangan.
Ushbu texnologik sxemada joyning dehqon xo‘jaligi yerlarini
syomkasini o’tkazish dehqon xo‘jaligi kadastr ma’lumotlari bazasini
yaratishda kartografik va inventarizatsiya jarayonlarini birligini
ko’rsatadi, hamda quyidagi zamonaviy metod va printsiplar asosiga
quriladi:
❖
rasmga olinadigan joyning koordinatalarini aniqlash va
navigatsiya uchun GPS sistemasi qo’llaniladigan aerofototopografik
syomka metodi.
❖
fotogrammetriyaning raqamli metodalari;
❖
raqamli kartalashtirish metodi va GIS texnologiya;
❖
mustaqil mahsulot shakli sifatida raqamli dehqon xo‘jaligi
kartalarini olish;
128
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
2.3.1-rasm.
Dehqon xo‘jaligi yerlarining kosmik tasviri.
❖
turli manbalardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirib, qayta
ishlash;
❖
ortofotoplan ish materilidan inventarizatsiya o’tkazish uchun
foydalanish.
Dehqon xo‘jaligi yerlarida deshifrovka o’tkazish paytida
ortofotoplandan emas, balki kattalashtirilgan aerofotoplanlardan
foydalaniladi.
Dala tadqiqotlariga chiqishdan oldin kameral deshifrovkaning
aniqligi va to’liqligi tekshiriladi, kerak bo’ladigan to’g’rilashlar va dala
syomkalari natijalari kiritiladi. Dala tadqiqotlari natijalari raqamli karta
(plan) tuzish maqsadida raqamli kartografik ma’lumotlarni kameral qayta
ishlash uchun qo’llaniladi. Bunday yondashish ortaqcha mehnatni
kamaytiribgina qolmasdan, balki mahsulotni sifatini ham oshiradi. Bu
asosan stereoskopik syomka qo’llanilayotganda seziladi.
Birinchidan, ekranda stereoskopik deshifrovka oson bajariladi,
stereospik tasvirlar yakkalik tasvirlarga qaraganda yaxshi deshifrovka
qilish imkoniyatlariga ega
[8]
.
Ikkinchidan, ekranda tasvirni dinamik masshtablashtirish mumkin;
kerak bo’lganda fotometrik tarkibni (kontrast, yorqinlik) almashtirish va
o’zgartirish mumkin.
Uchinchidan, oddiy deshifrovka vaqtida xato qilish ehtimoli
kattadir. Agar vektorlash deshifrovkadan keyin qilinsa, vektorlovchi
konturni qanday qilib vektorlash, deshifrovka qilingan materialda qanday
ko’rsatilganligiga e’tibor qaratish kerak.
129
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
Dehqon xo‘jaligi kartasi
(qog’ozda)
Aerofotosyomka materiallariga fotogrammetrik ishlov berish, ortofotoplanlarni
tayyorlash
Dala tadqiqot ishlari: uchastkalari chegaralarini aniqlash va zarur bo`lganda syomka
qilish
Dala tadqiqot ishlari va deshifrovka qilish materiallari, ro`yxatga olish kartalari
Kameral karta tuzish ishlari
Raqamli dehqon xo‘jaligi kartasi
Aerofotosyomka va GPS usullarida rasmga
olish markazi koordinatalarini aniqlash
Aerofotosyomka materiallariga fotokimyoviy
ishlov berish, diapozitivlar tayyorlash, ulardan
nusxalar tayyorlash
Aerofotosuratlarini planli-balandlikli bog’lash loyixasini ishlab chiqish, aholi punkitlari
chegaralarini belgilash
GPS-usullarini qo’llab aerofotosuratlarni planli-balandlikli bog`lash, aholi punkitlari
chegaralari nuqtalarini belgilash bo’yicha dala ishlari
Planli-balandlikli bog`lash materiallari, aholi punkitlari chegaralari nuqtalarining
koordinatalari
Tayyorgarlik ishlari:
fond materiallarini
to’plash, tizimlash va
ularga ishlov berish
130
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
Shuni aytish kerakki, yuqoridagi barcha variantning texnologik
sxemasini dala tadqiqotlari jarayonida kom’yuter yordamida ro’yobga
chiqarilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi yerlarida aerofototopografik syomka metodini
qo’llash bo’yicha ishlar kompleksida raqamli dehqon xo‘jaligi kartalarini
tuzish quyidagi texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi:
❖
tayyorgarlik ishlari;
❖
aerofotosyomka;
❖
planli-balandlik aerofotosyomka materiallarini tayyorlash,
tayanch to’rni tuzish;
❖
aerofotosyomka materiallarini fotogrammetrik qayta ishlash;
❖
kameral karta tuzish ishlari.
Asosiy texnologik jarayonlardan ayrimlarni qarab chiqamiz.
Tayyorgarlik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi;
❖
ma’muriy bazani tayyorlash;
❖
arxiv ma’lumotlarini yig’ish, qayta ishlash va tizimlashtirish;
❖
kadastr zonalashtirish ma’lumotlarini yig’ish va tahlil qilish;
❖
yerdan foydalanuvchilar va huquqiy subyektlar ro’yxatini
tayyorlash;
❖
deshifrovka materialida yig’ilgan ma’lumotlarni tasvirlash.
Planli-balandlik aerofotosuratlarini tayyorlashda dala ishlari
hajmini qisqartirish uchun ikki chastotali fazali qabul qiluvchilar
ishlatiladi, rasmga tushirish markazini koordinatalarini aniqlovchi GPS
metodlar qo’llaniladi.
Planli-balandlik aerofotosyomka materiallarini tayyorlash, tayanch
to’rini chizish, shuningdek dehqon xo‘jaligi chegaralari dala geodezik
ishlari kompleksini o’zida mujassamlashtirgan
[9,10]
.
Belgilarning planli-balandlik bog’lovchilari va ular bilan birgalikda
hududning chegarasidagi nuqtalar GPS metodlar yordamida aniqlanadi,
shuningdek elektron taxeometr va boshqa vositalar yordamida ham
bajariladi.
Yer maydonlarining dala tadqiqotlari, shuningdek, yer uchastkalari
va huquqiy subyektlar haqidagi barcha zarur bo’ladigan ma’lumotlorni
yig’ish, kartalar yoki texnik loyihalarni qarab chiqishni ham o’z ichiga
oladi. Agar dala tadqiqotlari kameral deshifrovkadan keyin o’tkazilsa,
tadqiqot jarayonida kameral deshifrovka natijalari tekshiriladi va
aniqlashtiriladi.
131
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
Kameral karta tuzish ishlariga obyektlar konturini vektorli modelini
olish va ularni keyingi qayta ishlash jarayonlariga bog’liq butun
texnologik jarayonlar kompleksi kiradi.
Tayyorgarlik ishlarining birinchi bosqichi o’z ichiga quyidagilarni
oladi:
❖
ma’lumotlar bazasini (MB) yaratish;
❖
sxemalar tuzish;
❖
loyihani tuzish.
Atributlar jadvali – bu obyektlar tavsifidan iborat bo’lgan
foydalanuvchi ma’lumotlar bazasi jadvalidir. Atributlar jadvali obyektlar
klassifikatorida kartalashtirilayotgan obyektlar tavsifini yozish imkonini
beradi. Har bir tanlab olingan tavsif uchun alohida atributlar jadvali
tuziladi. Masalan, “dehqon xo‘jaligi yer maydoni” uchun yer
uchastkasining barcha zarur bo’lgan tavsiflari berilgan jadval
tayyorlanadi. Har bir atributlar jadvali qaytarilmas nomga ega bo’ladi va
tanlab olingan tavsif aniq formatda kolonkalarda keltiriladi.
Varaq ramkasini tayyorlash va ramka chetlarini jihozlash bo’yicha
tayyorgarlik ishlari yakunlanadi. Kiruvchi ma’lumot bo’lib,
kartalashtirilayotgan joy chegaralarining burilish nuqtalarining
koordinatalari sanaladi, masalan, aholi punktlari. Natija har bir varaq
uchun ramka chetlarini jihozlashda grafik fayllarni tanlab olish orqali
ko’rsatiladi.
Shunday qilib, tayyorgarlik ishlarining asosiy natijalari bo’lib:
grafik fayl-prototiplar, ma’lumotlar bazasi jadvali, grafik fayl razgrafka,
ramka chetini jihozlashning grafik fayllari, resurs fayllar, sozlash fayllari
kiradi. Har bir atributning o’ziga hos ko’rsatkichlar mavjud va ularni
to’g’ri kiritishda bir necha masalalarga e’tibor berilgani lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasining “Geodeziya va kartografiya faoliyati
to’g’risida”gi Qonuni, 02.07.2020 yil // lex.uz
2. R.A. Turayev. “Sug‘oriladigan yerlar monitoringini yuritish
metodologiyasini takomillashtirish” . Dissertatsiya (DSc): 06.01.10. –T.:-
2022.
3. Safarov Е., Prenov Sh., Mo’minov A. Topografiya va kartografiya, GAT
texnologiyalari. O’quv qo’llanma. -Т.: “Sano-standart”. 2018.
4.Аралов М.М., Berdiyev D.F., Abdiaziziov A.A. Uchuvchisiz uchish
apparatlarini kartografiya sohasida qo‘llash tamoyillari. Oriental
132
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
renaissance: innovative, educational, natural and social sciences scientific
journal 2021, апрел.
5. Аралов М.М., Berdiyev D.F., Abdiraxmatov N.A. Geodezik ishlarda
sun`iy yo`ldosh orqali o`lchash usullari. Oriental renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences scientific journal 2021, апрел.
6.
Dehqon xo'jaliklarini kadastr ma'lumotlari bazasini takomillashtirish.
M.M.Aralov, U.O.Oripov - International conferences on learning …,
2022.
7.https://scholar.google.com/scholar?cluster=2370467247759733280&hl
=en&oi=scholarr
8.https://scholar.google.com/scholar?cluster=1033141500015341326&hl
=en&oi=scholar
9.https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&u
ser=p_TkgnAAAAAJ&citation_for_view=p_TkgnAAAAAJ:zYLM7Y9
cAGg
10.https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&
user=p_TkgnAAAAAJ&citation_for_view=p_TkgnAAAAAJ:qjMakFH
Dy7s
IRRIGATION OF VEGETABLE CROPS USING SOLAR
ENERGY THROUGH MICRO SPRAYERS
Burkhonova M.M.
– PhD student, TIIAME NRU,
Akhmadova D.A
. –
Student, TIIAME NRU,
Yaxshimurodov N.M
.– Student, TIIAME NRU
Abstract.
The article provides information about the widely used
sprinkler irrigation method for watering vegetables. Micro-sprinklers
which are used in this method, irrigate vegetables by receiving energy
from solar panels. In this method, the experience of India was studied, the
data was analyzed and a proposal was made for its use in the lands of
Uzbekistan. The method of charging micro-sprinklers through solar panels
and obtaining energy from them is an economical method, which not only
saves energy, but also saves water through sprinkler irrigation and ensures
that water reaches the roots of vegetables. This, in turn, has an effective
result on the productivity of the obtained crop.
Key words
: micro-sprinkler, solar energy, water-energy-food
(WEF), semi-commercial farming, solar photovoltaic.