Yer ajratishda bugungi davr talabi

CC BY f
138-144
3
1
Поделиться
Давронов, О., Иброхимов, С., & Холматжонов, Ш. (2023). Yer ajratishda bugungi davr talabi. Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения, 1(1), 138–144. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-management/article/view/23839
О Давронов, Государственный научно-проектный институт «Уздаверлойиха»

к.х.ф.д.(к.б.н.)

С Иброхимов, Государственный научно-проектный институт «Уздаверлойиха»

доктор философии (PhD)

Ш Холматжонов, Государственный научно-проектный институт «Уздаверлойиха»

докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada bugungi kunda qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer ajratishning jamiyatdagi o‘rni va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha qonun hamda qaror to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Ularning ijrosining ta’minlanishi yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar keltirilgan. Ushbu yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar keltirilgan.


background image

138

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

characteristics of Alfisols in Semi arid region. Ind. J. of Dryland
Agricultural Research and Development.30(2):11-16
9.

Holzapfel, E., Jara, J., Martínez, G. – 2011. Evaluation of A

micro-sprinkler irrigation system At an apple farm in the central valley
of Chile. Acta Hortic. 889: 499–506.
10.

Reddy, K.S, Vijayalaxmi, V Maruthi,Nemichandrappa and B

Umesha. – 2015. Influence of Super Absorbent Polymers on Infiltration
characteristics of Alfisols in Semi arid region. Ind. J. of Dryland
Agricultural Research and Development.30(2):11-16
11.

Holzapfel, E., Jara, J., Martínez, G. – 2011. Evaluation of A

micro-sprinkler irrigation system At an apple farm in the central valley
of Chile. Acta Hortic. 889: 499–506.

YER AJRATISHDA BUGUNGI DAVR TALABI

Davronov O.O‘.-

q.x.f.f.d.(PhD), “O‘zdaverloyiha”DILI,

Ibroximov

S.S.

- q.x.f.f.d.(PhD), “O‘zdaverloyiha”DILI,

Xolmatjonov Sh.F.

doktorant, “O‘zdaverloyiha”DILI

Annotatsiya.

Maqolada bugungi kunda qishloq xo‘jaligi

maqsadlari uchun yer ajratishning jamiyatdagi o‘rni va qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha qonun hamda qaror
to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Ularning ijrosining ta’minlanishi
yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
keltirilgan. Ushbu yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha tegishli taklif va
tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: yerdan foydalanuvchi, yer egalari, yer ajratish, mulk

huquqi,ijara huquqi, ikkilamchi ijara, dehqon xo‘jaligi, “E-AUKSION”
elektron savdo platformasi.

Bugungi kunda global iqlimning keskin o‘zgarishi, aholi soninig

qishloq xo‘jaligi mahsulotiga bo‘lgan talabning oshishi qishloq xo‘jaligi
sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish lozimligini ko‘rsatmoqda.
Birlashgan Millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi
tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘ylab jami 828 milliondan
ortiq kishi, ya’ni har to‘qqiz odamning biri to‘yib ovqatlanmayapti. Osiyo
qit’asida 424 milliondan ortiq aholi to‘laqonli ravishda ovqatlanmaslik
muammosiga duch kelmoqda. Yer yuzi aholi sonining tez ko‘payib


background image

139

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining
o‘sish imkoniyatlari va yer maydonining cheklangani oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash masalasini yildan-yilga keskinlashib borayotgani
mamlakatlar va hududlarda chuqurlashmoqda. Bu esa yerdan
foydalanuvchilar, yer egalari va ijarachilarga to‘g‘ri va shaffof mexanizm
yer ajratish orqali yer resurslaridan unumli foydalangan holda oziq-ovqat
mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish zaruriyatini tug‘dirmoqda.

Yer bu umummilliy boylik uni asrab avaylash, undan samarali va

oqilona va belgilangan maqsadda foydalanishimiz zarur. Bu borada
konstitutsiyamizning 68-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv ,
o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy
boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir….” deb ta’kidlangan.

Yer ajratishga kelsak, hozirgi kunda bir qancha ishlar amalga

oshirilmoqda. Yer kodeksining 23- moddasi “Yer uchastkalarini mulk qilib
berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer
ajratish tariqasida…” hamda 24-moddalarida “…Qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida …”
berilishi belgilangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8

iyunda “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga
bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga
aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga
ko‘ra, “yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor
tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy
munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer
egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy
qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti
sifatida erkin muomalaga kiritish…” maqsad qilingan. Farmonga muvofiq
yer uchastkalariga bo‘lgan huquq turlari 6 tadan 3 taga ya’ni mulk huquqi,
ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi belgilandi.
Ushbu farmonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va mo‘ljallanmagan
yerlar, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun davlat-xususiy sheriklik
loyihalari va ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari
uchun qaysi huquq turlari bo‘yicha ajratilishi belgilab qo‘yilgan. Shuni
ta’kidlashimiz joiz-ki, asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi
qishloq xo‘jaligi yerlari barcha turdagi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab


background image

140

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

chiqaruvchilari ishtirok eta oladigan ochiq elektron tanlov asosida
faqatgina ijara huquqi asosida ajratilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasi hamda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va
shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish
va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil
8-iyundagi PF-6243-son Farmonining ijrosini ta’minlash ya’ni bunda
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijara huquqi asosida ajratish
tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2021 yil 24 noyabr Vazirlar
Mahkamasining 709-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda

dehqon

xo‘jaligini yuritish uchun

va

yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi

maqsadlari uchun

yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy

reglamenti hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini

ikkilamchi ijaraga berish

tartibi to‘g‘risidagi nizom keltirilgan.

Unga ko‘ra, dehqon xo ‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligiga

mo‘ljallangan yer uchastkalari 3 bosqichda amalga oshiriladi. Quyida
rasmlarda ushbu bosqichlar keltirib o‘tilgan.(1-2-3-rasm)

1-rasm.

I-bosqich.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan

samarali foydalanish va hududlarni ixtisoslashtirish bo‘yicha loyihalarni
ishlab chiqish va tasdiqlash tartib-taomillari

.









2-rasm.

II-bosqich.

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini tanlovga

qo‘yish tartib-taomillari

.




background image

141

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

3-rasm.

III-bosqich.

Tanlov o‘tkazish tartib-taomillari


Bugungi kunda ushbu qarorning ijrosini ta’minlsh maqsadida dehqon

xo‘jaliklari uchun yer ajratish loyihalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan ijrochi
tashkilot sifatida amalga oshirib kelinmoqda. Birgina 2022 yil davomida
institutning hududlardagi bo‘linmalari tomonidan dehqon xo ‘jaliklari
uchun jami

428 757 ta

lot (

95513,23 ga

yer maydoni) Qoraqalpog‘iston

Respublikasi va viloyatlarda "E-AUKSION" elektron savdo platformasi
orqali tanlov g‘oliblari aniqlandi (1-jadval).

Quyidagi keltirilgan jadvaldan ko‘rishimiz mumkin-ki, eng ko‘p

dehqon xo‘jaligi uchun yer lotlar soni bo‘yicha asosan Andijon (67988 ta
lot) hamda Namangan (60259 ta lot) viloyatlarida ajratilgan. Maydon
jihatdan esa, Qashqadaryo (9238,71 ga ) hamda Samarqand (8710,28 ga)
viloyatlari yetakchilik qilmoqda.









background image

142

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

1-jadval

. Dehqon xo‘jaliklari uchun "E-AUKSION" elektron

savdo platformasi orqali ajratilgan yer maydonlari

01.01.2023 yil holatiga

T/r

Hudud nomi

Dehqon xo'jaligi uchun
Jami maydon

shu jumladan sug'oriladigan
maydon

lot soni

maydon, ga

lot soni

maydon, ga

1

Qoraqalpog`iston
Respublikasi

15199

6174,32

15162

6133,57

2

Andijon viloyati

67988

8118,14

67893

8102,89

3

Buxoro viloyati

46314

7705,02

46266

7693,23

4

Jizzax viloyati

16252

8486,63

12776

5475,74

5

Qashqadaryo
viloyati

20100

9238,71

19178

8616,12

6

Navoiy viloyati

18328

6233,79

18012

5944,33

7

Namangan
viloyati

60259

8162,89

59939

8052,84

8

Samarqand
viloyati

36928

8710,28

35942

8172,47

9

Surxandaryo
viloyati

31939

7376,81

31831

7324,76

10 Sirdaryo viloyati

10666

5305,44

10601

5256,73

11 Toshkent viloyati

23110

6635,36

21448

5739,22

12 Farg`ona viloyati

45545

6749,01

44641

6552,75

13 Xorazm viloyati

36129

6616,83

36115

6614,26

Respublika jami

428757

95513,23

419804

89678,91


Hozirda ushbu ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarida aholimizning 1

million 200 mingdan ziyod qismi bandligi ta’minlandi. Hamda ushbu
yerlardan qo‘shimcha 1,5 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari
yetishtirildi, ularning daromadi yanada oshdi. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida
ushbu ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratildi. Va kelgusi 2023-yilda suv
ta’minoti yaxshi bo‘lgan 100 ming gektar qo‘shimcha ekin maydonlarini


background image

143

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

aholiga ajratish, shuningdek yangi qariyb 350 ming ta yangi dehqon
xo‘jaliklarini tashkil etilishini ta’kidladi.

Ma'lumki, mamlakatimizning jami yer maydoni 44892,4 ming

gektarni tashkil etadi, shu jumladan sug‘oriladigan yerlar umumiy yer
maydonining 8,2 foizini tashkil qilmoqda. Ushbu yer toifasi alohida
muhofaza qilinadigan yerlar sirasiga kiradi. Shuni hisobga olsak asosiy
qishoq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib beruvchi ushbu yerlardan
samarali va oqilona foydalanish zarur. Bu esa tuman(shahar)larda hozirda
yaratib berilayotgan shart-sharoitlar orqali qishloq xo'jaligi maqsadlari
uchun foydalanish oborotdan chiqib ketayotgan yer maydonlaridan yer
ajratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Oborotdan chiqqan yer maydonlarining ajratilishi ularning kontur

yaxlitligini saqlab qolish bo‘lib, hozirda ajratilayotgan qishloq xo‘jalgi
yerlarining ma’lum bir konturlar qismlarga bo‘linib ketmoqda. Agar
ushbu yerlardan yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarga yer maydonlari
ajratib berilsa kontur yaxlitligi saqlab qolinishiga, yerlarni oborotdan
chiqishiga va uning hosildorligi ortishiga olib keladi.

Xulosa.

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi yer ajratish bilan bog‘liq

islohotlarni yanada takomiillashtirish zarur va shu orqali aholini sifali
oziq-ovqat bilan taʼminlash, iqtisodiy foyda darajasini yuksaltirishimiz
hamda ishsiz aholi sonini kamayishiga erishamiz. Zero, barcha
o‘zgarishlar negizida xalq farovonligini,yurt obodligi va dasturxonimiz
to‘kin-sochin bo‘lishi uchun amalga oshirilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 08.12.1992 yil;
2. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi T; - 30.04.1998 yil -
3. O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2021 yil 8 iyundagi “Yer

munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan
huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6243 farmoni.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 24

noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga
berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”
gi 709 sonli qarori.

5. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston

xalqiga Murojaatnomasi. 20.12.2022 yil

6. O‘zbekiston Respublikasining Yer fondi. 01.01.2020 yil


background image

144

“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”

7. Qishloq xo‘jaligi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash

instituti ma’lumoti. 01.01.2023 yil.

8.

https://lex.uz/

9.

https://www.fao.org/interactive/state-of-food-security-nutrition/ru/

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ЎСИМЛИКЛАРНИНГ КАСАЛЛИКЛАРИ

ВА ЗАРАРКУНАНДАЛАРИГА ҚАРШИ КИМЁВИЙ КУРАШ

УСУЛИ

Эргашев Б.Х

. – ассистент, Фарғона политехника инситути,

Рустамов Б.Н

. – магистрант, Фарғона Политехника Институти


Аннотация:

Мақолада

қишлоқ

хўжаликларида

ўсимликларнинг касалликлари ва зараркунандаларига қарши
кимёвий курашда қўлланиладиган турли хил конструкциядаги
пуркагичларнинг тахлили, классификацияси ва камчиликлари
тўғрисида хулосалар келтирилган.

Калит

сўзлар:

пуркагич,

ҳажм,

резервуар,

насос,

аралаштиргич, фильтр, шланг, тўзитгич, аппарат, вентилятор, уюрма,
редуктор, ўқ, кукун, норма, бункер, ричаг, гидравлик, цилиндр,
плунжер.


Қишлоқ

хўжалигининг

барча

соҳасидаги

ўсимлик

зараркунандалари ва касалликларига қарши курашиш, шунингдек
ғўза баргларини тўктириш мақсадида турли суюқ заҳарли
моддаларни

пуркайдиган

аппарат

ёки

машиналар

қўлланилади.Бундай аппарат ёки машиналар турига, заҳарли
эритмани катта босим билан жуда майда тўзитиш ҳисобига кам
нормада пуркайдиган аппарат киради. унда заҳарли суюқлик
катталиги 50-150 микрон, яъни оддий пуркашдагига нисбатан 3
марта кичик заррачаларни тўзитиб пуркалади.Пуркалган суюқлик
заррасининт ҳажми оддий пуркашдагидан 1560 марта кам бўлади,
заррачаларнинг ўсимлик баргларини қоплаш ва таъсир этиш сифати
яхшиланади.Пуркагичларнинг

резервуарини

тулдириш

сони

камайиб, иш унуми ошади. Кам ҳажмли пуркаш учун аэрозоль
мосламаларидан фойдаланилади. Аэрозоль генераторлари-минерал
мойлар, керосин ёки дизель ёнилғисида эритилган заҳарли

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 08.12.1992 yil;

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi T; - 30.04.1998 yil -

O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2021 yil 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6243 farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 709 sonli qarori.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 20.12.2022 yil

O‘zbekiston Respublikasining Yer fondi. 01.01.2020 yil

Qishloq xo‘jaligi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti ma’lumoti. 01.01.2023 yil.

https://lex.uz/

https://www.fao.org/interactive/state-of-food-security-nutrition/ru/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов