371
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
4. Ярош В.А. Разработка и применение геоинформационных технологий в
распределительных электрических сетях. – Автореф дисс. … к.т.н. –
Ставрополь: С-КГТУ, 2016. – 18 с.
5. Батырова, А.М. Применение географических информационных систем в
сфере АПК [Электронный ресурс] / А.М. Батырова, Т.Б. Жеруков. – Режим
доступа: http://novainfo.ru/article/8683.
6. Езиев, М.И. ГИС-технологии – эффективное решение некоторых проблем
народного хозяйства [Электронный ресурс] / М.И. Езиев, Жеруков Т.Б. –
Режим доступа: http://novainfo.ru/article/8548.
7. Тихоненко Д.В., Шамлицкий Я.И. Современные информационные
технологии и системы : Учеб. Пособие. – Красноярск: Сиб. гос. аэрокосмич.
ун-т., 2014. – 108 с.
8. Свечарник Д.В. Электрические машины непосредственного привода:
Безредукторный электропривод. – М.: Энергоатомиздат, 2012. – 208 с.
9. Yunusov R.F., Bayzakov T.M., Sattarov N.E., Xaliqnazarov U.A., Nazarov
O.A., Diniqulov D.U. Linear electric actuator of a sectional plane shut-off of
hydrotechnical structures // 1st International Conference on Energetics, Civil and
Agricultural Engineering 2020
(ICECAE 2020).
IOP Conf. Series: Earth and
Environmental Science 614 (2020) 012017.
10. Веселовский О.Н., Коняев А.Ю., Сарапулов Ф.Н. Линейные асинхронные
двигатели – М.: Энергоатомиздат, 2017. – 256 с.
O’ZBEKISTONDA TUPROQ DEGREDATSIYASIGA TA’SIR ETUVCHI
OMILLAR
Zabidullaeva R
. – assistant, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va
agrotexnologiyalari institute
Annotatsiya.
Hozirgi zamon global ekologik muammolari kishilik
jamiyatining barqaror rivojlanishiga xavf solmoqda .Ekologik muammolarning
o’ziga xos tomonlari shundaki,u chegara bilmaydi,chunki bu muammolar bir butun
birlikda , ya’ni tabiatda kechadi. Yer yuzida insoniyat tomonidan yerlarni
chegaralarga bo’linishi tabiat nuqtai nazaridan shartli bo’lib,tabiatda kechayotgan
jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog’liq.Ayniqsa tuproqda ro’y berayotgan jarayonlar
biosferaning barcha qismlari bilan chambarchas bog’liqdir. Tabiatda, xususan tuproq
qoplamida kechayotgan o’zgarishlar,ularning taqdiri bilan bog’liq jarayonlarni
372
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
bilish va unga jiddiy yondashish muhim hisoblanadi. Shu tufayli, ushbu maqolaning
asl maqsadi tuproq degradaciyasi holatlarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Kalit so’zlar:
ekologiya, tuproq, buzulish, degredatsiya, omillar, biosfera,
unumdorlik, sifat.
Tuproq degradatsiyasi - bu jarayonlar yig’indisi bo’lib, ular
tuproqlarning funksiyasini o’zgarishiga , xossalarining miqdori va sifat
ko’rsatkichlarining yomonlashishga va unumdorlikning pasayishiga olib keladi,
ya’ni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida elementlarning ekologik
tizimda tuproqning turg’un xossalarining buzulishi, xo’jalik nuqtai nazaridan
bahosining tushishi va samaradorlikning tushishidir [5].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 10-
iyunda “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq,
mamlakatda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini
yumshatish, hududlarda cho‘llanish va qurg‘oqchilikning oldini olish,
bioxilmaxillikni asrab qolish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish,
degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or ilmiy
ishlanmalar va innovatsiyalardan keng foydalanish asosida mintaqalarni barqaror
rivojlantirishga erishish bo’yicha ko’rsatmalar belgilab berildi [1].
Gerasimov fikricha, “Mustahkam antropogen yoki tabiiy salbiy jarayonalar
xususiyatiga ega bo’lgan mahsuldorlikning pasayishiga yoki mahsulot sifatiga va
mos ishlab chiqarish darajasini tiklash uchun harajatlarning oshishi tuproqlarning
degradatsiyasi hisoblanadi” [3, 18-23].
Karmanov va Bulgakov aytishlaricha, “ Tuproq degradatsiyasi deganda,
barcha tuproq xossalari ,funksiyalari yig’indisi ,tabiiy rejimlari hamda ekologik
tizimlar elementi sifatidagi tuproq vazifalarining o’zgarish jarayonlari va natijalari
tushuniladi ” [4, 5-6].
Tuproq degradatsiyasining o’ziga xos turlaridan biri - tuproqlarning zaharli
kimyoviy va organik birikmalar, og’ir metallar, neft va neft mahsulotlari hamda
radioaktiv elementlar bilan ifloslanishidir (1-rasm)
373
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
1-rasm. Tuproq degredatsiyaga uchragan yerlar
Tuproq degradatsiyasining asosiy turlariga: tuproqning fizikaviy, fizik-
kimyoviy, biologik xossalariga, havo, suv va issiqlik rejimiga salbiy ta’sir etuvchi,
eroziya degumifikatsiya jarayonlari, qatlamlarning zichlanishi kislotalikning ortishi,
ikkalamchi sho’rlanish ,botqoqlanish kabilar kiradi.
Tuproq degradatsiyasining darajalari: tuproq degradatsiyasining barcha turlari
har xil darajada bo’lishi mumkin, ya’ni kuchsizdan kuchligacha va hokazo.
Tuproq degradatsiyasining antropogen omillari ikki guruhga bo’linadi: [6]
1.Maqsadli tavsiflanadigan
2.Maqsadsiz yo’naltirilgan
1.Maqsadli yo’naltirilgan -bu tuproqlarning xossalariga aniq yo’nalishda
ta’sir qilishga qaratilgan.
2.Maqsadsiz yo’naltirilgan - bu tuproq qoplamiga kompleks aralashgan holda
ta’sir qilib ,uning xossalarining o’zgarishiga olib kelishi mumkin.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi turlarga bo’linadi:
1.fizik va mexanik degradatsiya. Tuproq granulometrik tarkibining o’zgarishi
bilan tuproq materiallarining yomonlashish jarayonini kuzatilishi, tuproq
qatlamlarining nazoratsiz qolishi, ularning zichlashishi, havo va suv rejimlarining
buzulishidir.
2. kimyoviy va fizikaviy degradatsiya. Tuproqninng kimyoviy va fizikaviy
degradatsiyasi – bu tuproq singdirish sig’imidagi jarayonlar, jumladan kislotalik –
ishqoriylik xosslarini,oksidlanish –qaytarilish potensialini, makro va mikro
elementlarini hamda o’simliklar uchun zarur bo’lgan hayot elementlarining salbiy
tomonga o’zagarishidir.
3.biologik va biokimyoviy degradatsiya. Biologik va biokimyoviy
degradatsiya - bu tuproq organik qismining o’zgarishi va sifatining yomonlashishi,
tuproq organizmlarini sifat va miqdor tarkibining salbiy tomonga o’zgarishidir .
374
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
Tuproq degradatsiyasi quydagi tiplarga bo’linadi:[2]
- Texnologik (yerdan uzoq muddat foydalanish )
- Tuproq eroziyasi
- Sho’rlanish
- Botqoqlanish
- Tuproqning ifloslanishi
- Cho’llashish (qurg’oqchilik)
Atrof- muhit va tuproq qoplamining degradatsiyasini baholashda ayrim
olimlar tomonidan taklif qilingan quydagi gradatsiyadan foydalanish mumkin.
Tuproqning degradatsiyaga uchrashining asosiy sababi –bu tabiiy –iqlimiy
omillar va inson faoliyati natijasida yerlarning cho’llanishiga va tanazzuliga olib
keladi.Bular jumlasiga:
-cho’llanish, o’rmonsizlanish va boshqalar;
-sug’orma dehqonchilik sharoitlarida yerning ikkilamchi sho’rlanishi, suv va
zax bosishi;
-tog’ va tog’ oldi hududlaridagi tuproqlarning suv vs irrigatsiya eroziyaga
uchrashi;
-intesiv ko’chma chorvachilik hududlarida yaylovlarni degressiya va
tuproqlar deflyatsiyaga uchrashi
-yerlarning qishloq xo’jaligi va sanoatda o’zlashtirishdagi
texnogen cho’llanish ;
- agrakimyoviy vositalar qo’llanilishi,sanoat va maishiy chiqindilar
tashlanishi va ziroatchilikdagi yakka hokimlik natijasida tuproqning ifloslanishi va
hosildorlikning yo’qolishi;
-Orol dengizining qurishi va tuz-chang to’zonlar,aerazol va boshqalarning
tuproq yuzasiga o’tirishi hisobiga tuproqlarning sho’rlanishi.
Bundan tashqari, tuproq va yerlarning degradatsiyaga duchor bo’lishida
quyidagi jarayonlar va tadbirlar asosiy rol o’ynaydi:
1.Mineral va organik o’g’itlar hamda pestid sidlarning noto’g’ri qo’llanishi.
Tuproqlarga yuqori miqdorga mineral o’g’itlar va pestidsidlarning qo’llanilishi
tuproq strukturasidga va ayrim xossalariga salbiy tasir qilib uni eroziyaga moyil
bo’lishiga olib keladi.
2.Meliorativ ishlar. Meliorativ ishlarni noto’g’ri texnalogiyalar asosida olib
borish natijasida tuproqlarning gumusli qatlamini kamayishiga va tuproqni unumdor
qatlamiga, tuproq hosil qiluvchi ona jins mahsulotlarini aralashib ketisiga olib
keladi.
3.O’rmon qurilishi materiallarini tayyorlash. O’rmon qurilish materiallarini
tayyorlash vaqtida og’ir texnikalarning harakati o’rmon qiyiga, o’simliklar
375
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
qoplamiga salbiy ta’sir qiladi va daraxt ildizlarini ko’chirishda u bilan ko’p
miqdorda gumus ham chiqib ketadi, natijada tuproqning ustki gumusli qatlami
yo’qoladi.
4.O’rmon yong’ini. O’rmonlarda yong’in sodir bo’lganda o’rmon bilan birga
o’rmon qiyi, o’simlik qoplamiga salbiy ta’sir qiladi va natijada tuproqni gumusli
qatlami yo’qoladi.
5.Qo’riq va torfli tuproqlarning yonishi. Qo’riq va torfli tuproqlarda yong’in
sodir bo’lganda tuproqni to’liq organik qismi yonib ketadi.
Xulosa
. Yuqorida tuproq degredatsiyasi bo’yicha keltirilgan ma’lumotlarga
tayanib, shunday xulosaga kelish mumkin: tuproq degredatsiyasi bu erning fizik,
kimyoviy, biologik va iqtisodiy unumdorligini kamaytirish yoki umuman
yo'qotishlarni o'z ichiga olgan jiddiy muammodir. Hozirgi kunda tuproq
degredatsiyasiga ta’sir qiluvchi omillarga asosan sanoat va inson omillari sabab
bo’lmoqda chunki kimyoviy mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va insonlarning
atrof-muhitga e’tiborsizligi kabi sabablar tuproq degredatsiyasini keltirib
chiqarmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
www.lex.uz/ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi
PQ-277-son
2.
В.Прокофева .Т.В.Антропогенние .Учебное юПод редюакад. РАН
Г.В.Доброволскогою.:2003
3.
Герасимова М.И., Строганова М.Н., Можарова .Н Долгопятова Г.Н.,
Сатаев АЮСЮ К вопросу о вклучении и сельскохозйственнепроизводство
земель oб подверженних загрязнениюхимическимиреагентамипри бурении
газових
скважин\\Основние
пути
повишения
плодородия
почь.Ставрпол,1982.-.18-23
4.
Карманов И.И. Булкаков Д.С Деградотсия почь :предложения по
совершенствованию терминов и определений // Антропогенная деградация
почвенного покрова и меры ее предупреждение. М.1998.т1 с.5-6.ч
5.
МахсудовХ.М ,Тупроқэрозиясивамуҳофазаси.ТошДАУ 2003
6.
Тешабоев.М. Тупроқлар деградациясининг олдини олиш ва
оқибатларини бартараф этишга оид қонинчиликни янада такомиллаштириш
чоралари. Илмий мақолалар тўплами.Тош: 2012